Oltin tarkibli rudalarni boyitishga tayyorlovchi jarayonlar


Oltinni shlyuzlarda boyitish



Download 432,2 Kb.
bet5/5
Sana15.11.2022
Hajmi432,2 Kb.
#866259
1   2   3   4   5
Bog'liq
6.RUDALARNI O\'ZI YANCHAR TEGIRMONLARDA YANCHISH USULLARI

2. Oltinni shlyuzlarda boyitish.

Sochma kon (oltin, volfram, qalay va kamyob metallar) rudalarini boyitishda shlyo’z deb ataluvchi dastgohdan foydalaniladi.

Shlyuz - to’g’ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo'lib, uning tubiga trafaret yoki juni o'siq, mato (kigiz, tuki o'siq, movut, g'adir-budir rezina va h.k.) to'shaladi.

Shuningdek, metal trafaretlar ham ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g'adir-budir materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyo’zning tubi bo'ylab harakatlanayotgan zarrachalarga qarshilikni oshiradi va quyi qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi.

Trafaret va qoplamalar shlyo’zlar ishining sifat ko'rsatkichlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.

Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo'lmasligi kerak, o'z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga harab tanlanadi. Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan maxsulotning eng katta zarrachasi o'lchamidan 2-3 marta katta bo'lishi kerak.

Bo'tana shlyo’z bo'ylab harakatlanganda minerallar aralashmasidagi zarrachalar zichligi va yirikligiga harab ajraladi.



Chizma-7. Bo'tananing yuzasi.

1-bo'shliq,; 2-uyurma oqimlar; 3-shlyo’z tubi; 4-mat; 5-trafaret; 6-yirik yengil zarracha va uning yo'li; 7-mayda og’ir zarracha va uning yo'li.

I - muallaq holdagi zarrachalar qatlami;

II - birlamchi kontsentratsiyalash qatlami;

III - oxirgi kontsentratsiyalash qatlami;


Avval shlyo’z tubiga og’ir minerallar cho'kadi; ular trafaretlar orasida to'planadi va g’adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirik mayda toshlar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyo’zdan chiqib ketadi.

Vaqt o'tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko'zlari) da og'ir mineral zarrachalari yig'iladi. Yig'ilib-yig'ilib oxiri uyalar to'ladi va shlyo’zga mahsulot berish to'xtatiladi. Cho'kkan maxsulot shlix deyiladi. Shlix ajratib olinadi.

Cho’kmani ajratib olish operatsiyasi chayish deyiladi. Avval yuqori qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyo’zga suv beriladi. Keyin suv berish to'xtatiladi va trafaretni ajratib olishga kirishiladi, bunda to'plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib tushiriladi. Bu mahsulot yog'och yoki metall kurakchalar yordamida shlyuz tubi bo'ylab yuqoriga ko'tarib beriladi (bo'sh tog' jinslarini ajratish uchun). Yirik bo'laklar qo'l bilan olib chiqindilar to'planadigan maydonga jo'natiladi. Shlyuz tubida qolgan homaki kontsentrat alohida idishga yuvib tushiriladi va shlyuz yaqinida joylashgan tozalash dastgohlariga uchun yuboriladi.

Junli matoni yuvish maxsus idishda amalga oshiriladi. Shlyo’zlarda cho'kmani ajratib olish ancha qiyin, ko'p mehnat sarflanadigan operatsiya hisoblanib, hozirgi ishlab chiharilayotgan zamonaviy shlyuzlarda bu jarayon avtomatlashtirilgan.

Shlyuzlarning asosiy texnologik ko'rsatkichlari: qattiq zarrachalarning bo'tanadagi miqdori (bo'tananing zichligi), oqimning chuqurligi, shlyo’zning qiyalik burchagi, shlyuz tubining turi, shlyuzning kengligi. Ular boyitilayotgan mahsulotning xossalariga harab tanlanadi.

Bu ko'rsatkichlar ishlab chiharish unumdorligi, ajralish va boyitmaning sifati kabi boyitish ko'rsatkichlarini belgilaydi.

8-Jadval. Avtomatik shlyo’zlarning texnik harakteristikasi


Parametrlar


SHА-1М

34-КS

346-КS

Yuzaning o'lchami, mm:

o’zunligi, kengligi



1800 х900



1800х 1800



1800 х1800


Yuzaning umumiy maydoni, m2


8

16

16

Yuzalar soni

5

5

5

Shlyo’zda boyitishda yuzaning qiyalik burchagi, gradus

9х45

9х45

4х12х45

Boyitiluvchi mahsulotning yirikligi, mm



0,3 gаchа




Elektrodvigatel quvvati, kVt


1,7

1,7

0,4

"Gabarit o'lchamlari, mm: o’zunligi, kengigi, balandligi

1650х 1345 х3320


2840х 2250х 3320


2810х 2205 х3540


Og’irligi, t


2,5

2,28

1,41


Chuqur to'ldiriluvchi shlyuzlar qalinligi 40-50 mm li taxtadan to’g’ri burchak kesimli qilib tayyorlangan tarnovchadan iborat. Shlyo’zlarning o’zunligi 150-180 m, kengligi 0,9-1,8 m, chuqurligi (balandligi) esa 0,75 dan -9 m gacha bo'ladi. Shlyo’zning qiyalik burchagi 2-3°. Shlyuz tubiga trafaret to'shaladi. Ko'pincha, trafaretlar orasida cho'kuvchi mayda og’ir minerallarni ushlab qolish uchun butun shlyuz tubi bo'ylab trafaret ostidan junli mato joylashtiriladi.

Mayda zarrachali mahsulotni boyitish uchun sayoz to'ldiriluvchi shlyuzlardan foydalaniladi. Bunday shlyuzlar tubiga kigiz, dag'al tukli movut, karderoy, velvet kabi qoplamalar to'shaladi.

Shlyuzlarning solishtirma ishlab chiqarish quvvati mahsulotning yirikligi, boyitmaning chiqishi va junli qoplamaning turiga qarab 2 dan 30 t/m2 sutkani tashkil qiladi.



Shlyuzlarda boyitishga sarflanadigan suvning hajmi mayda mahsulotni boyitishda va qiyalik burchagi katta bo'lganda sarflanadigan suv miqdori har 1 m3 ruda uchun 3-10 m3, 200-300 mm yiriklikdagi rudani boyitishda esa 1 m3 ruda uchun 100 m3 gacha suv sarflanadi.
Download 432,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish