Oltintepa madaniyati



Download 35,39 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi35,39 Kb.
#128078
Bog'liq
OLTINTEPA MADANIYATI


OLTINTEPA MADANIYATI
REJA:


  1. Oltintepa madaniyati tarixi

  2. Oltintepa madaniyati o’rganilishi

Hozirgi kungacha Oltintepa madaniyatiga oid 30 dan ortiq yodgorlik topib o’rganilgan. Oltintepa madaniyati xronologik va hududiy chegaralari jihatidan ikki guruhga bo’linadi:g’arbiy va sharqiy guruhlar.(Namozgohtepa, Oqtepa g’arbiy guruh Oltintepa, Janubiy Anov sharqiy guruh).G’arbiy guruh joylarida kulrang keramika ayniqsa, juda ko’p,sharqda bunday idishlar vaqti-vaqti bilan uchraydi va bo’yalgan idishlar ta’sir izlarini va oxirgi eneolit davridagi geoksyur tipidagi sopol buyumlarning neolit davridagi an’analarini saqlab qoladi. O’rta Osiyodagi qadimgi dehqonlar manzilgohida ilk bronza 1904-yildagi Pompili boshchiligidagi Amerika ekspeditsiyasi paytida ma’lum bo’ldi. Oltintepa madaniyatining asosiy yodgorliklari Namozgohtepa, OLtintepa, Oqtepa, Ulug’tepa, JAnubiy Anov, Tekkemtepa hisoblanadi.Bu madaniyatning eng katta yodgorligi Namozgohtepa hisoblanadi.Namozgohtepa Janubiy Turkmanistonning Kopetdog’ etaklaridagi Lunsuy vohasida joylashgan.Maydoni 70 gektar.Namozgohtepa birinchi bo’lib 1916-yil D.DBukinich tomonidan ochilgan.Undan o’ttiz yilcha o’tgandan so’ng 1949-1950-yillarda B.A.Litvinskiy tomonidan birinchi qazish ishlari olib borildi.Namozgoh IV vaNamozgoh V yodgorliklarini 1953-1957-yillarda A.F.Gonyalin tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.Shuningdek, Namozgohtepada L.I.Xlopin ham o’rganish ishlarini olib borgan.Madaniy qatlamning qalinligi ayrim joylarda 34 metrgacha boradi.Yodgorlikda 1949-1952-yillarda B.A.Kuftin boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya qazishmalar olib borib O’rta OSiyo eneolit va jez davriga oid arxeologik davriy sistemani ishlab chiqdi.1950-yillarning o’rtalaridan boshlab yodgorlikni V.M.Masson boshchiligidagi Sankt-Peterburg arxeologlar guruhi o’rgandi.Namozgohtepa madaniy qatlamlari 6 ta xronologik bosqichlarga bo’lingan.(Namozgoh I-VI).Ulardan Namozgoh I-III eneolit davriga,Namozgoh IV-VI esa jez davriga tegishlidir.Bu yodgorlik manbalari bazasida oddiy qishloqdan yirik poytaxt darajasiga bo’lgan evolutsion taraqqitotni kuzatish mumkin.Namozgohtepadagi 34 metrli madaniy qatlamning 4 metrga yaqin qatlami Namozgoh IV bosqichiga tegishlidir.Bu qatlamlar miloddan avvalgi IV mingyillikdan II mingyillikgacha bo’lgan davrga oiddir.Namozgoh I davrida (ilk eneolit) qishloqlarning hududi ancha kengaydi, uy-joy majmualari qoshida hovlilar paydo bo’lgan,hovlilarni birlashtiruvchi tor lo’chalar rasmiylashadi, ko’chalar esa qishloq markazida joylashga maydonga tutashadi.

Eneolit davrining mehnat qurollari asosan, toshdan, suyakdan, va qisman misdan ishlangan.Sopol ishlab chiqarishda hali kulolchilik charxi kashf etilmagan, sopol idishlar qo’lda yasalgan.Masalan, Namozgoh I davri ishlanmalariga qora mineral rang bilan geometric naqsh berilgan.Namozgoh II bosqichi sopol idishlarining shakli va ularning sirtiga tushurilgan naqshlar soda va ko’p jihatdan Namozgoh I davri sopollaridan kam farq qilsada, ammo Namozgoh I davrining “monoxrom” naqshlari o’rnida Namozgoh II davrining “polixrom” naqshli sopollar yasala boshlangan. Namozgoh III davriga kelib avvalgi soda qilib ishlangan geometric naqshli sopollar o’rnini murakkab, jimjimador nozik gulli sopollar egallaydi.Sopollarga “gilam gulli naqsh “ deb yuritilgan bezak berilgan.Hayvon va parrandalarning suratlarini tushirish odati yanada keng yoyiladi.Bu esa urug’doshlik jamoasining diniy tasavvurlarini “totem” ko’rinishida namoyon bo’lishidan guvohlik beradi.Eneolit davrining xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik va xonaki chorvachililk tashkil etadi.Namozgoh II davridan boshlab sun’iy suv omborlari qurila boshlanadi.Namozgoh IV davri majmualari Namozgohtepada ilk jez davrining boshlanishidan guvohlik beradi.Dehqonchilik va xonaki chorvachilik xo’jaligi, hunarmandchilikning turli sohalari rivojlanadi.Tepalikda ko’p xonali binolarning qoldiqlari qazib ochilgan bo’lib, eneolit, ya’ni Namozgoh I II III bosqichlariga qaraganda Namozgoh IV bosqichida binokorlikning muayyan tarzda takomillashuvning rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin bo’ldi.Xonalarning ko’pi bu davrda to’g’ri burchak shaklida qurilgan.Ular ichida supalar, o’choqlar joylashgan,devorlarida narsalar qo’yish uchun tokchalar o’rnatilgan.Namozgoh IV bosqichi sopol idishlari rangli bo’lib, naqshlar orasida o’simlik va hayvon suyaklari uchraydi.Namozgoh IV davrining oxirlarida kulolchilik charxi kashf qilindi .Natijada shunday o’zgarishlar yuz berdiki, oqibatida Marg’iyonaning janubiy muzofotlari o’z taraqqiyoti bilan Qadimgi Sharq madaniyatiga yaqinlashib qoldi.Sopol idishlar endilikda maxsus xumdonlarda pishiriladigan bo’ldi.Kulolchilik charxining hunarmandchilikda joriy qilinishi sopol buyumlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratdi.Charxda yasalgan idishlar qo’lda tayyorlangan sopol buyumlardan jiddiy farq qilib,bu o’zgarishlar asosan dehqonchilik madaniyati uchun xarakterlidir.

Namozgoh IV davrining so’nggi bosqichida me’morchilikda monumental inshootlar qurish kuzatiladi.Namozgoh V jez davrining yuksak rivojlangan davri bo’lib, sohada rivojlanishning yuqori darajasi kuzatiladi.Sopol ishlab chiqarish korxonalarining mahsuloti to’la-to’kis Tovar xarakterini oladi.Sopollarning Mutlaq aksariyati naqshsiz holda ishlab chiqariladi.Bu davrga kelib me’morchilikda monumental inshootlar qurish keng tus oladi.Xullas, shu tarzda tom ma’nodagi ilk shahar shakllanadi.Namozgoh V davrida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar Namozgoh VI davrida yanada chuqurroq va kengroq davom etadi.Namozgohtepada so’nggi davr qatlamlari kam uchraydi.Buning sababi, deb yozadi A.Asqarov, aynan shu davrdan e’tiboran “metropoliyalarda”gi shahar hayoti yangi muzofotlarga, xuxusan, Murg’ob vohasi va Baqtriyaga ko’chadi.Arxeolog olimlar Namozgohtepani ilk shahar markazi sifatida e’tirof qiladilar.Uning atrofida joylashgan Shortepa, Qo’shtepa, Taychonoqtepa, Yelkantepa, Tekkemtepa singari kichik qishloqlar iqtisodiy va balki siyosiy jihatdan ham Namozgohtepaga tobe bo’lgan bo’lishi mumkin.

Xullas, Namozgohtepa tarixiy taraqqiyot pog’onalari jarayonida muayan vohaning poytaxti, ilk shahar sifatida Janubiy O’rta Osiya tarixida muhim o’rin tutgan.

O’rta Osiyo janubidagi Oltintepa madaniyatiga oid ikkinchi eng yirik yodgorlik Oltintepa yodgorligidir. Bu manzilgoh bronza davriga oid yodgorlik bo’lib, uzoq yillar davomida yaxshi o’rganilmagan yoki e’tibordan chetda qolganligi ajblanarlidir. Mazkur yodgorlik sovet davrida G.Chayld, V. Masson, V.Sarianidi, M.Dyakonov, A.Kabirov , A.Asqarov , U.Rahmonov kabi tadqiqodchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan .Lekin mazkur tatqiqodlarning aksariyatida Oltintepa manzilgohi tarixiga umumiy , ya’ni kompleks ravishda yondashilmaganligi ajablanarlidir . Masalan ingliz olimi G. Chayldning ilmiy izlanishlarida Oltintepa yodgorligining paydo bo’lishi masalasi qadimgi Sharq arxeologiyasining bir bo’lagi sifatida qaralgan bo’lsa, V.Dyakonov tatqiqodlarida Oltintepa manzilgohining shaharlashish jarayoniga asosiy e’tibor qaratilgan.Lekin mazkur manzilgoh tarixini o’rganishda rus olimi V.Masson tatqiqodlarini qayd etmaslik noto’g’ri bo’ladi.Mazkur olim Oltintepa manzilgohining vujudga kelish jarayoni , uning hududiy hususiyatlari, aholining joylashuvi , mashg’ulotlari, moddiy va ma’naviy madaniyatlari haqida kengroq ma’lumot berganligi xarakterlidir.

Ma’lumki , Janubiy Turkmaniston hududida Oltintepa manzilgohi tarixi 1955-1963-yillarda tadqiq qilina boshlagan. Bu yerda topilgan joylar va topilmalar haqida 1962, 1964, 1971-yillarda Masson, 1963-64, 1969-yillarda Xlopin , 1965-yilda Sarianidi ishlarida ko’rsatib o’tilgan.Bu qazuv ishlari natijasida bronza davriga oid ko’plab yangi ma’lumotlar va buyumlar qo’lga kiritildi. Oltintepa manzilgohi ilk marotaba 1929-yilda Xavanekey ekspeditsiyasi tomonidan A. A. Semyonovich tomonidan tadqiq qilina boshladi . Janubiy Turkmanistonda tadqiqot olib brogan 14-bo’lim B.A .Kuftin boshchiligida Oltintepada ajoyib terrakota kolleksiyasini topishdi.(1954-1956 -yillarda.) Shundan so’ng 1953-yilda A. F.Ganyavin ikkita katta bo’lmagan shurf tashlab , 3,5 metr qalinlikda qazib ko’rib yangi ma’lumotlarni qo’lga kiritadi. 1959-1962-yillarda qazuv ishlari A. F.Ganyavin , A.A.Marushenko,D.D.Durdiyev, Y.Atagarriyev, O.K. Berdiyevlar tomonidan tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqotlar natijasida baquvvat bo’lgan xom g’ishtdan ishlangan devor qoldiqlari topiladi. Shu bilan birga bu yerdan ikkita chet eldan keltirilgan ashyolar topiladi. Shundan so’ng olimlar bu hudud yirik markaz bo’lganligiga ishonch hosil qilishadi. Shunday katta hududlardan yana biri Namozgohtepa bo’lsa-da, Oltintepaning alohida ajralib turishi , uning ustki qatlami yaxshi saqlanib qolganligi bilan belgilanadi.

Oltintepa shaharchasi 26 gektardan iborat bo’lib, uning balandligi 17-22 metr balandlikdadir , madaniy qatlamning hajmi 8 metrdan 30 metrgacha bo’lgan. 1965-yildagi qazuv ishlari asosan xom g’ishtdan qurilgan devorlarni ochishga qaratilgan edi. Birinchi bo’lib qazuv ishlarida stratigrafiya ishlariga katta e’tibor qaratilib , 3 ta gorizont vaqti aniqlanadi. Namozgoh V, Namozgoh IV (Oltin IV) , dastlabki uchinchi-to’rtinchi qatlamda , Sarianidi 1966-yilda V qatlamdan boshlab ,1967-yilda Masson VI qatlamda qazuv ishlarida (shimolda) yana Sarianidi 1967-yilda qazuv ishlarini olib boradi. 1967-1969-yillarda qazuv ishlari natijasida VII qatlamni ochishga muvaffaq bo’ladi .1971-yilda qazuv ishlari natijasida parallel ravishda ikki yo’nalishda izlanishlar olib boradi .Hunarmandlar uylari X qatlamdan topiladi. 1972-yilda diniy marosimlar bilan bog’liq bo’lgan 3-qurilish obyektida qazuv ishlari olib borilayotgan paytda dindor kishilarning qabrlari ochilgan bo’lib, oltindan yasalgan buqa va bo’rining bosh qismi topiladi. Shu bilan birgalikda parallel ravishda yuqori gorizontdan VIII-X qatlamlar o’rganilgan. Oltintepa manzilgohi Kopetdog’ etaklarida Oqmozor irmog’I yoki Meanachay irmog’i atrofida joylashgan.Undan shimoli-sharqda ikkinchi irmoq Chachay oqib o’tadi.Suvning bunday ko’p bo’lishi natijasida bu yerlar o’sha hudud aholis tomonidan tezda o’zlashtirilgan.Bu yerda miloddan avvalgi VI mingyillikga tegishli Joytun aholi punkylari ochilgan.Oltintepadan eneolit davriga oid hunarmandlar uylari qoldiqlari birinchi qazuv ishlaridan topiladi.1965-1966-yillarda Namozgoh V davriga oid 3 ta qurilish gorizonti ochilib, u Oltin IV nomi bilan ataladi.Shu vaqtning o’zida Namozgoh IV davriga oid to’rtburchak ko’rinishga ega Oltin IV manzilgohi ochiladi.1970-yilda bu manzilgohning stratigrafiyasini o’rganishda 4 metr kenglikda qazuv ishlari olib boriladi va Oltin V ochiladi.


V.M. Masson Oltintepa qadimgi ilk shahar qatlamlaridan Namozgoh IV va V qatlamlariga tegishli yuzdan ortiq ayol ma’mubadalariga chizilgan piktografik belgilarni topdi. Bu belgilar olimning fikriga qaraganda o’zining shakli , xarakteri bo’yicha xarappa va shumer hamda protoelam yozuvlaridan deyarli farq qilmaydi. Aynan shunday piktografik belgilardan 30 dan ziyodrog’i Sopollitepadan ham topilgan. Afsuski bu “yozuvlar” mutahassislar tomonidan haligacha atroflicha o’rganilgani yo’q. Yozuvning mavjudligi esa ilk shahar husuyiatini belgilovchi muhim elementlardan biridir. Xususiy boylikning to’plana borishi tufayli savdoning rivojlanishi u bilan bog’liq bo’lgan talonchilik, o’sha zamonlarga xos qaroqchilik, yangi hosildor yerlarni egallashga bo’lgan intilish, qishloqlarni talash singari alomatlar fartifikatsiyaning jadal rivojlanishiga omil bo’ldi.

Shunday qilib yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida Marg’iyonada dastlabki urbanik jarayonni, ya’ni ilk shaharlarning tashkil toppish dinamikasi kuzatildi.

Bu yodgorlik ibtidoiy jamoa tuzumi zaminida yuz bergan qator ijtimoiy, iqtisodiy va mafkura masalalariga doir yangiliklar bilan qadimgi Marg’iyona va Baqtriya xalqlari tarixin boyitdi.Bu davrga oid mudofaa devorlari, monumental ibodatxona qoldiqlari, hunarmandchilik, uy-joy xo’jalik komplekslari va boshqalar o’rganildi.V.M.Massonning xabar berishicha bu yodgorlikda Namozgoh IV davri qatlami 4 metrgacha qalinlikda uchraydi.Oltintepada Namozgoh IV davriga oid 60 metr masofada mudofaa devorlari, ko’pxonali xo’jalik komplekslari o’rganilgan.Oltintepaning “devorlar tepaligi” deb atalgan qismidan diniy-e’tiqod markazi-ibodatxona ochildi.Uning tashqi atrofi 5 metr balandlikdagi monumental mudofaa devori bilan o’rab oligan .Shuningdek, bu yodgorlikda ko’p xonali uylar qazib tekshirildi.Olimlar fikricha bunday uylarda katta patriarxal oila jamoalari yashagan.Uylarning maydonlari keng, 50-70-100 metr kvadrat keladi.Ular tog’ri burchakli uy-joy va xo’jalik xonalaridan iborat.Namozgoh V bosqichida hunarmandchilikning metallurgiya sohasi keng rivojlandi.Mehnat qurollari endilikda asosan, bronzadan yasaladigan bo’ldi.Bronzadan randalash, o’rish, parmalash qurollari yasaldi.Muhim kashfiyotlardan yana biri- Oltintepadan topilgan ibodatxona edi.Bu inshoot paxsa va xom g’ishtdan ishlangan zinapoyali ibodatxona bo’lib,uning nomi zikkurat deb ataladi.Aslida zikkuratlar ikki daryo oralig’ida Uruk davrida paydo bo’lgan.Namozgoh V bosqichida avvalgidek turli qimmatbaho toshlardan marjonlar, tumorlar yasash, hayvonlarning terrakotadan haykallarini yasash davom etgan. Ulug’tepa Turkmanistondagi Dushak stansiyasidan 4 kilometr janubda joylashgan.Maydoni o’n gektar.Ba’zi joylarda balandligi 30 metrgacha yetadi.Yodgorlikda 1967-yilda V.I.Sarianidi qazishma ishlarini olib borgan.Bu yerdan topilgan yodgorliklar Namozgoh IV-VI davriga mansubligi aniqlandi.

Oqtepa-uncha katta bo’lmagan yodgorlik Ashxobodda joylashgan bo’lib 0,5 gektarni tashkil etadi.Bu yerda birinchi bo’lib 1939-yil A.A.Marushenko tomonidan olib borilgan.Bu yodgorlikdan topilgan topilgan har xil kulolchilik buyumlari, mehnat qurollari va boshqa moddiy topilmalar Anov III davriga tegishli ekanligi aniqlandi.Eng yuqori qatlamda 12 xona aniqlangan bo’lib, bu xonalar turli maqsadlar uchun qurilgan.Turar joy, oshxona va boshqa xonalarga ajratilgan.Ba’zi xonalarning pollari va devorlari alabaster bilan shuvalganligi aniqlandi.Bu yerdan topilgan moddiy manbalar shundan dalolat beradiki, bu yerning aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan.Chorvachilik, hunarmandchilik kabi xo’jaliklar ham bo’lib bular aholi hayotida qo’shimcha mashg’ulot hisoblanib aholi hayotida ikkilamchi o’rin tutgan.



Shortepa-bu yodgorlik Baba-Durmaz stansiyasidan 5 kilometr shimoli-sharqda joylashgan.Bu yodgorlik balandligi 5 metr bo’lib, maydoni 3 gektarni tashkil qiladi.Shortepada birinchi bo’lib 1935-yilda A.A.Marushenko tomonidan topilgan.Keyinchalik 1958-1959-yillarda A.R.Gonyalin tomonidan o’rganish ishlari olib borilgan.A.Shetonko esa 1967-1969-yillarda qazishma ishlarini olib borgan.Bu yedan topilgan moddiy manbalar, jumladan, kulolchilik buyumlari, sopol idishlar, uy-ro’zg’or buyumlari va boshqalarni o’rganish ishlarida shu ayon bo’ldiki, bu yodgorlik Namozgoh IV davriga oiddir.
ADABIYOTLAR


  1. Аскаров А.А. К пере датировке культуры Заман-баба. – В кн.: Культура и искусство Древнего Хорезма. – М.: Наука, 1981.

  2. Аванесова Н.А. Археология Средней Азии. – Самарканд, 2020.

  3. Бижанов Е.Б. Каменный век Устюрта. Автореф. на соискание д.и.н. – Нукус, 1996.

  4. Джуракулов М.Д., Холматов Н.У. Мезолит и неолит Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1991.

Download 35,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish