Ommaviy axborot vositalari



Download 44,74 Kb.
bet1/12
Sana14.07.2022
Hajmi44,74 Kb.
#801273
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ommaviy axborot vositalari 1


OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATI, O'ZGARISH VA MUAMMOLAR


Akbar Nomozovich Rasulov
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Gulruh Baxodir qizi Vafoeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyatining o'zgarish va muammolar qisqacha ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: axborot, qonun, Reuters, France Press, matbuot.
MASS MEDIA ACTIVITY, CHANGE AND PROBLEMS IN THE REPUBLIC
OF UZBEKISTAN
Akbar Nomozovich Rasulov
Chirchik State Pedagogical Institute
Gulruh Bahodir kizi Vafoeva
Student of Chirchik State Pedagogical Institute
ABSTRACT
This article provides a brief overview of the changes and problems in the media in the Republic of Uzbekistan.
Keywords: news, law, Reuters, France Press, press.
KIRISH
Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o'ynamoqda. Shu jumladan, OAV ning O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'rni ham tezlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo'gi 395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan bo'lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir. O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni
tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda yetakchi xorijiy OAV vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
ADBIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyatini o'zida aks ettiradigan bamisoli bir ko'zgu ekanligi hayotda o'z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo'llagan tabrigida ta'kidlanganidek, "Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz"[1].
O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonunida (1 -ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 125-qarorida (2-ilova) davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas'uliyatini ta'minlash vazifalari belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g'oyat muhim qadam bo'ldi.
Mazkur qonun va qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O'zbekiston davlat jahontillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog'iston davlat universiteti Jurnalistika bo'limida "Axborot xizmatlari" fani o'qitilmoqda. Mazkur oliy ta'lim muassasalariga 2019-2020 o'quv yilidan e'tiboran Axborot xizmatlari yo'nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevral kuni qabul qilingan "Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonida "Davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi yetarli darajada yo'lga qo'yilmagan"i qayd etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zimmasiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini ta'minlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy o'zaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning Axborot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha bo'linmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan ta'minlash orqali ko'maklashish vazifasi ham yuklatildi. Bu vazifalar to'la-to'kis bajarilishi uchun avvalo har bir vazirlik, idora, muassasa va tashkilotning Axborot xizmatlari ham mas'uldirlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hayot ko'zgusi hisoblanmish matbuot "to'rtinchi hokimiyat" darajasiga ko'tarilmog'i lozimligi ko'p bora ta'kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan vazifalar juda ko'p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy va ma'muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o'zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o'zi uchun yangi bo'lgan hozirgi vaziyatda ba'zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko'rsatma kutib o'tirgandek ko'rinishi to'g'ri tanqid qilinmoqda. Shu o'rinda ba'zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e'tibor qaratsak. www.kun.uz saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan: "O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo'yicha selektor o'tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bo'layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko'paydi. Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o'ynamoqda. Tan olish kerak,
bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko'pchilik tasavvur ham qila olmasdi.
Ammo davlat organlari va OAV o'rtasida hamkorlik qanday yo'lga qo'yilgani haqidagi savolga javob yo'q. To'g'risini aytish kerak, ba'zi rahbarlar matbuot bilan ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba'zi tashkilotlar Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga yaqin davlat va xo'jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana boshqa ishlar topshirib qo'yilganki, u o'z ishi bilan shug'ullanishga ulgurmaydi ham..." deya Aripovning so'zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri"[2]. Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida www.uza.uz saytida berilgan "Saida Mirziyoyeva: "Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim!" sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan xabarga ko'ra "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida "OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusida respublika konferensiyasi o'tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o'rinbosari Saida Mirziyoyeva ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan.
Ma'ruzada ta'kidlanishicha, o'tkazilgan tahlillar va o'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, sohada eng asosiy muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to'g'risidagi konseptual hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o'z nutqida davlat va xo'jalik tashkilotlari Axborot xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to'xtaldi. Sohada ish hajmining ko'p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib ketmoqda. O'ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko'pgina tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. Ko'plab davlat va xo'jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. - Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram tarmog'ida a'zolar 300 ming nafardan oshmaydi,- dedi Saida Mirziyoyeva.-O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga olsak, yuqoridagi ko'rsatkichlardan o'zingiz xulosa olishingiz mumkin. Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o'tar ekan, «Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat'iy ta'kidladi"[3].
Mamlakatimizda Axborot xizmatlari tizimini takomillashtirish borasida muhim qadamlar qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e'lon qilingan "O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 125-sonli qarori sohani yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta'minlovchi tizimlar esa - barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda O'zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga o'tishini ta'minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xo'jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas'uliyatini ta'minlash zarur. Bu davlat va xo'jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta'minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g'oyani ro'yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAV alohida o'rin tutadi. Chunki aynan OAV globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajarmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining jurnalistga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta'minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi.
Bu axborot olishdagi ba'zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, jurnalist materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bo'lishini ta'minlaydi.
Jamiyatda oshkoralikni ta'minlash oson kechmaydi. Unga to'sqinlik qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to'sqinlik bor ekan, deb qo'l qovushtirib o'tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko'rpaga o't qo'yish -oshkoralikni ta'minlash yo'lidagi sa'y-harakatlarni chippakka chiqarib qo'yish bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan javob topish yagona to'g'ri yo'ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati - jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda ish yuritish demak.
"El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro'yobga chiqarish, bu yo'lda g'ov bo'lib turgan turli to'siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta'magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan ko'tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o'z kasbi, o'z hayotining ma'no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,- deb ta'kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.- Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o'z so'zi uchun mas'uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma'naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o'quv-uslubiy ta'minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak" [1]. Darhaqiqat, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa'y-harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o'z samarasini ko'rsatishi shubhasiz. Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog'liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko'zga yaqqol tashlanadi. Ya'ni, O'zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan bo'lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o'z fikri va e'tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir»[4].
Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o'sha ijroni kim ta'minlashi kerak, degan haqli savol tug'iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko'rsatayotgan mutasaddilargina tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot erkinligini ta'minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini izohlashga hojat yo'q. Haqiqiy demokratik matbuot ko'rsatma asosida yashay olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o'z ifodasini topishi zarur. Bu o'z
navbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
XULOSA
Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
"Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e'tiborini qaratmoqda", — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo'lg'usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e'tibor qaratishi kerakligini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda "xalqimizning boy ma'naviy merosiga tayansak", bu ish yanada samaraliroq bo'ladi.
Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug' alloma va publitsist Mahmudxo'ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so'ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo'la boshladi. O'zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko'ndalang qo'yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.
 Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani liberallashtirish O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi. 1991 yili O’zbekistonda 395 ta OAV faoliyat yuritgan bo’lsa, bugun ularning soni 1437 taga yetdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etmoqda. 1990 yilda 9 nashriyot bor edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta. Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli matbaa korxonalarining soni ham yil sayin ortibbormoqda:1990-2016yillardagi bosmaxonalarsoni149 tadan 1719 taga yetdi.
2015 yilda “O’zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferentsiyasi o’tkazilgani ayni muddao bo’ldi. Buning natijasida fond yuqori malakali jurnalist, tahlilchi va sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar bilan samarali ijodiy aloqalar o’rnatish, yosh mutaxassislarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirdi.’zi OAV oldiga fikrlar xilma- xilligi, mamlakatimiz va xorijda ro’y berayotgan voqea-hodisalarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to’liq ta’minlash, O’zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol yoritish vazifasini qo’ymoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarga ega bo’lgan va fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri hisoblangan O’zbekiston ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jamoatchilik fikrini ifoda etadigan, hayotimizning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish yo’lida harakatga keltiruvchi kuch bo’lishi , Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mus- tahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega.
YuNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar omtimizning har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o’z mas’ulligini his etgan holda el- yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo’shishga intilishiga ko’maklashishi lozim.
Jahon axborot makoni globallashuvining kuchayishi ommaviy axborot vositalari sohasida dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga tez va mos ravishda munosabat bildirish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik qayta o‘zgarishlar haqida respublika aholisini, dunyo hamjamiyatini o‘z vaqtida va xolisona xabardor qilish tizimini takomillashtirish masalasi eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi, davlat va nodavlat davriy bosma nashrlar, teleradiostudiyalar, tahririyat-matbaa komplekslarining miqdor va sifat jihatidan o‘sishi, fuqarolik jamiyati institutlari, reklama agentliklari, axborot xizmatlari, media kommunikatsiya, internet jurnalistikasining shakllanishi raqobatbardosh, yangicha shart-sharoitlarda ishlay oladigan jurnalist kadrlarni tayyorlash zaruratini taqozo etmoqda.


Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam milliy jurnalistika maktabini shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot va Internet tarmog‘idagi tahliliy saytlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga egadir.


Bugungi kunda yurtimizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar zarur. Biroq, mamlakatimizda bunday keng ko‘lamli vazifani hal etadigan tayanch oliy ta’lim muassasasi mavjud emas.


Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash, shuningdek, hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini ta’minlash hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirish maqsadida:


1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etilsin.


2. Belgilab qo‘yilsinki, Universitet ommaviy axborot vositalari sohasi uchun jurnalist kadrlar, shu jumladan, yuqori malakali, bir necha xorijiy tillarni mukammal biladigan xalqaro jurnalistlar hamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, respublikada mediata’lim tizimini yaratish, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mazkur yo‘nalishlarda ilmiy va o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.


3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:


jurnalistika sohasini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslari, zamonaviy mediatexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan, yuqori malakali jurnalist kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;


mamlakatimizning ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika sohasida erishgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalarining tajribasi va hududlarda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalarining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tegishli yo‘nalishlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish, shuningdek, o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini va masofadan o‘qitish usullarini joriy etish;


jurnalistika sohasi ta’limini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;


o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;


istiqbolli yosh bitiruvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining magistratura va doktoranturasida ta’lim olish uchun muntazam yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

respublika ommaviy axborot vositalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-metodik bazasini shakllantirish va o‘quv-metodik rahbarlikni amalga oshirish.


4. Quyidagilar:


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;


2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga, zarur hollarda, Universitet tuzilmasiga oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. 2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Qayd etilsinki:


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi asosida Universitetning tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasb layoqatini aniqlashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon (yozma va suhbat shaklida) o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;


2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklari, shu jumladan, “Oliy jurnalistika kurslari” bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettiradilar;


2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.


6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga Universitetning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin.


Qayd etilsinki, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari 2018/2019 o‘quv yilida Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan qabul kvotalarining o‘ttiz foizigacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.


7. Belgilansinki, Universitet uchun bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativi 1:6,0 nisbatda o‘rnatiladi va Universitet professor-o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga o‘ttiz foiz ustama qo‘shib hisoblanadi.


8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:


bir oy muddatda Universitet ustavini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi choralarini ko‘rsin;


2018-yil 15-iyunga qadar Universitetning bo‘limlari, fakultetlari va kafedralarini shakllantirishni, tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori malakali, ta’lim tizimida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahorati va darajasini uzluksiz oshirish uchun sharoitlar yaratilishini, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar keng jalb etilishini ta’minlasin;


2018-yil 15-iyulga qadar jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlashga oid ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv rejalari va fan dasturlari, o‘quv-metodik materiallar va qo‘llanmalar ishlab chiqilishini va kafedralarga yetkazilishini ta’minlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda talabalarning malakaviy amaliyotlarini belgilangan tartibda milliy, shuningdek, ilg‘or xorijiy ommaviy axborot vositalari bazasida tashkil etish choralarini ko‘rsin;


Universitetning boshlang‘ich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning bino va inshootlarini joriy ta’mirlash va jihozlash (mebellar, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalari) uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalansin.


9. Universitet kadrlar buyurtmachilari ro‘yxati va ularga biriktiriladigan talabalar soni 4-ilovaga hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirilishi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Quyidagilar Universitetda yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kadrlar buyurtmachilarining asosiy vazifalari etib belgilansin:


korxona va tashkilotlar obyektlarida talabalarning amaliyotini tashkil qilish va “ustoz-shogird” tizimi asosida o‘talishini ta’minlash hamda talabalarni ishlab chiqarishning yangi me’yoriy hujjatlari, zamonaviy axborot dasturiy ta’minot mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish;


ishlab chiqarish korxona va tashkilotlaridan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlariga asosiy ish joyidan qo‘shimcha ish haqlarini tayinlash;


manfaatdor vazirlik va idoralar tasarrufidagi boshqarmalar va ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlardan malakali, tajribali mutaxassislarni ta’lim jarayonida ishtirokini ta’minlash;


korxona va tashkilotlarda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalari uchun shart-sharoitlar hamda kafedralarning filiallarini tashkil etish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish imkoniyatini yaratish.


Kadrlar buyurtmachilari talaba bilan o‘qishni bitirganidan so‘ng 5 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy to‘lov kontraktini 2-bosqichda kamida 50 foiz, 3-bosqichda kamida 75 foiz va 4-bosqichda 100 foiz miqdorda to‘lab berishi mumkinligi qayd etilsin.


Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Universitetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarini xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlariga malakasini oshirish va doktoranturaga yuborish, talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashini muntazam tashkil etsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Universitetda jurnalistika sohasi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ochish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.


13. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:


O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;


to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;


xo‘jalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;


jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;


xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;


qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


14. Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-5, 88-uyda joylashgan Yunusobod dizayn kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Universitetga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.


Belgilab qo‘yilsinki, Yunusobod dizayn kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Universitet binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.

15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Universitetni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan ta’minlash, shuningdek, Internet hamda elektron ta’lim milliy tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;


Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Universitetning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini 2019-yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilishi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqsin.


16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:


Universitetni saqlash xarajatlarini 2018-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida ajratishni, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin;


Universitetga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.


17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:


bir oy muddatda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Vasiylik kengashining tarkibini tasdiqlasin;


Universitetning moddiy-texnika bazasini yaratish, shu jumladan, talabalar turar joyini qurish va jihozlash, kichik bosmaxona va o‘quv telestudiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.


18. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Download 44,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish