Ona tili ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar


«O‘Z O‘RNINGNI TOP» O‘YINI



Download 68,5 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2023
Hajmi68,5 Kb.
#914585
1   2   3
Bog'liq
1405689181 56329

«O‘Z O‘RNINGNI TOP» O‘YINI

Bu o‘yin o‘quvchilarni sezgir, zukko va topqir bo‘lishga odatlantiradi. O‘yinda ishtirok etish uchun o‘quvchi mavzuni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim, aks holda, o‘yindan chiqib qoladi. Ana shuni o‘quvchi his kila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.


Mazkur o‘yindan tilning barcha sathlarini o‘rganishda foydalanish mumkin. Jumladan, leksikologiya bo‘limida ma’nodosh so‘zlar mavzusi yuzasidan o‘tkaziladigan mustahkamlash daqiqalarida shu o‘yinni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘yin quyidagi tartibda o‘tkaziladi. O‘qituvchi bir necha ma’nodosh so‘zlar guruhini tanlaydi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra; quyosh, kun, oftob; avval, ilgari, oldin, burun; ataylab, atay, jo‘rttaga, maxsus. Bu so‘zlar alohida-alohida qog‘ozlarga yoziladi va stol ustiga qo‘yiladi. Bulardan bosh so‘zlar ajratib olinadi va 4 ta o‘quvchiga beriladi. Demak, to‘rtta o‘quvchi bosh so‘z yozilgan qog‘ozni ushlab to‘rt joyga turadi.
Qolgan so‘zlar aralashtirilib qo‘yiladi. Sinf o‘quvchilari ham to‘rt guruhga bo‘linadi va har bir guruhga bitta bosh so‘z biriktiriladi.
Masalan, 1-guruh o‘quvchilariga yuz so‘zining, 2-guruhga avval so‘zining, 3-guruhga quyosh so‘zining, 4-guruhga ataylab so‘zining ma’nodoshlarini topshp topshiriladi. 1-guruh o‘quvchilari navbat bilan chiqib, aralash xoldagi so‘zlar ichidan bst, aft, bashara, chehra so‘zlarini topib yuz so‘zi yozilgan qog‘ozni ushlab to‘rgan o‘quvchi yonidan, ya’ni «Bosh so‘z» yonidan o‘rin oladilar. Qolgan guruh a’zolari ham o‘yinni shu tarzda davom ettiradilar, ya’ii o‘z o‘riini topadilar. O‘qituvchi guruhlarning topqirlikni qanday bajarganliklarini tekshiradi, o‘z o‘rinlarini to‘g‘ri topgan guruhlarga to‘liq ball, o‘rin topishda adashgan guruhlarga esa pastroq ball qo‘yiladi. O‘yinni biroz murakkablashtirish ham mumkin. Buning uchun ma’nodosh so‘zlar ichiga ma’nodoshlik qatoriga mansub bo‘lmagan so‘zlar ham aralashtirib yuborilsa, o‘quvchilarning kerakli so‘zni topib olishi qisman murakkablashadi. Bu ish o‘quvchilar bilimiga, iqtidoriga qarab belgilanadi.
Uyadosh so‘zlar, shakldosh so‘zlar, iboralar mavzusi bo‘yicha ham bu o‘yin shu tartibda o‘tkaziladi.
Morfologiya bo‘limida fe’lning ma’noviy guruhlari, fe’l nisbatlari, tub va yasama fe’llar, sifatning ma’noviy guruhlari, olmoshning ma’noviy guruhlari mavzularini o‘rganishda shu o‘yindan foydalanish yaxshi samara beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:



  1. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning yoshlarga ta’lim tarbiya berish haqidagi fikrlari). — T.: «O‘zbekiston», 1997.

  2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. «Ta’lim to‘g‘risida.» T., 1997.

  3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida.» T., 1997.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida»gi 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida». 1990-yil 16-avgust.

  6. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim stardarti. — «Ta’lim taraqqiyoti», 1-maxsus son, T., 1999, 6-45 betlar.

Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish