Ontagenezning genetik asoslari Reja: kirish I bob. Individual rivojlanish genetikasi to`g`risida tushuncha


Organizmlar rivojlanishida genetik axborotning xilma-xillligi



Download 1,01 Mb.
bet4/10
Sana09.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#647401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ontagenezning genetik asoslari

1.3 Organizmlar rivojlanishida genetik axborotning xilma-xillligi.
Gastrulyasiya va uning tiplari. Morula yoki blastuladan keyin, ya’ni embrionning bir qavatlilik davridan keyin embrionning ikki qavatlik davri boshladi. Embrionning ikki qavatlik davri gastrula deb, bu jarayonning o‘zi esa gastrulyasiya deb ataladi.
2-rasm. Amfibiyalarda gastrulyasiya bosqichlarining ketma-ketligi.
A-blastula; B-gastrulyasiyaning dastlabki bosqichi; V-gastrulyasiyaning o‘rta bosqichi; G-gastrulyasiyaning keyingi bosqichi; I-embrionning sagital kesmasi; II-shu embrionning 90 burilganholati.bs-blastosel; gs-gastrosel; d.g.-blastopor labining darsal qismi; v.g.-blastopor labining ventral qismi; j.pr.-sariqlik tiqini; an-animal qutb; veg-vegetativ qutb.

Gastrulyasiya grekcha gaster - qorincha degan ma’noni bildiradi. Bu qavatlar embrion varaqlari yoki qavatlari deb ataladi. Bu qavatlarning tashqisi ektoderma (ectos - tashqi, derma - teri), ichkisini esa entoderma (entos - ichki) qavatlar deb nomlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichini deyarli hamma ko‘p hujayrali hayvonlar bosib o‘tadi. Gastrulyasiya jarayoni embrionning blastula yoki morula davrining davomi hisoblanadi. Blastulaning ma’lum tipigagastrulyasiyaning ham ma’lum tipi mos keladi. Gastulyasiyaning quyidagi tiplari mavjud:


1. Botib kirish - invaginasiya. Bu seloblastuladan keyin sodir bo‘ladi. Bunda blastulaning vegetativ qutbi blastosel bo‘shlig’iga botib kiradi. Asta-sekinlik bilan u animal qutbga yetadi va embrion ikki qavatli bo‘lib qoladi. Vegetativ qutbdagi blastomerlar blastosel bo‘shlig’iga botib kirishi tufayli bu bo‘shliq yo‘qoladi va uning o‘rnida boshqa bo‘shliq-birlamchi ichak bo‘shlig’i yoki gastrosel bo‘shlig’i hosil bo‘ladi.
2. Immigrasiya. Bunda ayrim blastomerlar blastula devoridan blastosel bo‘shlig’iga ko‘chib (qaynab) chiqadi va bu blastomerlardan entoderma hosil bo‘ladi Agar blastomerlar bir qutbdan ko‘chsa, buni unipolyarli, blastulaning hammajoyidan ko‘chsa multipolyarli, ikki qutbdan ko‘chsa bipolyarli immigrasiya deb ataladi. Birinchi holat gidromeduzalarda, ikkinchisi sarkomeduzalarda va ba’zi bulutlarda sodir bo‘ladi. Gastrulyasiyaning bu turini 1884-yilda I.I. Mechnikov aniqlagan.
3. Qatlamlanish - delyaminasiya. Bunda blastula devoridagi blastomerlar ikki qavatga ajraladi. Tashqarida qolganlaridan ektoderma, ichkaridagilaridan esa entoderma qavatlari hosil bo‘ladi. Bunday delyaminasiya birlamchi delyaminasiya deb ataladi va meduzalarda uchraydi. Gastrulyasiyaning yuqorida aytilgan usullari blastomerlarning blastosel bo‘shlig’iga chiqishi bilan hosil bo‘ladi.
Agar blastosel bo‘shlig’i blastomerlar bilan to‘lgan bo‘lsa, unda gastrulyasiya quyidagi yo‘llar bilan boradi:
1. Ikkilamchi delyaminasiya. Bu morula va sterroblastuladan keyin sodir bo‘ladi. Bunda ham blastuladan blastomerlar ajraladi. Lekin blastosel bo‘shlig’i yo‘qligi tufayli blastomerlar tashqariga ajaraladi. Tashqi tomonga ajralgan blastomerlardan ektoderma, ichkarida qolganlaridan esa entoderma qavatlar paydo bo‘ladi.
2. O‘sib qoplash-epiboliya. Bu sterroblastuladan keyin kuzatiladi. Mayda animal blastomerlar juda tez bo‘linadi, sariqlik bilan to’la bo‘lgan vegetativ blastomerlarni o‘sib qoplaydi. Dastlabki blastomerlar ektodermani, keyingilari esa entodermani hosil qiladi.
3. Gastrulyasiyaning aralash tipi. Ba’zi hayvonlar embrion taraqqiyotida gastrulyasiyaning invaginasiya, epiboliya va boshqa tiplarning ayrim xususiyatlari uchraydi. Bu hodisa amfibiyalar embrion taraqqiyoti davrida kuzatiladi vagastrulyasiyaning aralash tipi deyiladi.Gastrulyasiyaning yuqorida bayon etilgan tiplari alohida-alohida holatda kamdan-kam uchraydi. Bu tiplar bir organizmning o’zida kuzatilishi mumkin. Demak, ular bir-birini to‘ldirib turadi. Gastrulyasiyaning oxiriga borib blastosel bo‘shlig’i o‘rnida gastrosel bo‘shlig’i hosil bo‘ladi. Blastopor esa kichkina teshikka aylanadi. U og’izga, anal teshigiga yoki har ikkalasiga (bulutlar va kovakichlilarda) aylanishi mumkin.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish