Operatsion tizimlar


 Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi



Download 4,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/146
Sana07.01.2022
Hajmi4,24 Mb.
#329854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
operatsion tizimlar

2. Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi. 
        Windows  oilasidagi  OT  lar  Microsoft  firmasi  tomonidan  tayyorlangan.  Ular  qulay 
grafik interfeysni uzida namoyon etuvchi ko’p vazifali operatsion tizimlardir. Windows 95 
operatsion tizim va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir.Windows 95 tizimi 
yangi  to’laqonli  operatsion  tizim  bo’lib,  qudratli  va  foydalanishda  oddiydir.  Agar 



 
Windows 3.x ning ilgarigi versiyalari MS DOS ni asos sifatida olgan bo’lsa, Windows 95 
esa  kompyuterda  biror  bir  boshqa  operatsion  tizim  ishtirokini  talab  etmaydi.  Siz 
mashinaga bittagina maxsulotni o’rnatasiz va darxol .Windows muxitiga tushasiz. 
Bundan  tashkari  .Windows  95  shunchaki  operatsion  tizimgina  emas.  Bu  ko’plab 
yangi,  foydali  va  qiziqarli  narsalarni  uzida  saklaydigan  dasturiy  maxsulotdir.  Oddiy  va 
tushunarli  xujjatga  yunaltirilgan  interfeys,  kontekstli  menyu,  sozlashning  oddiyligi,  DOS 
ilovalar  va  Windows  ning  oldingi  versiyalari  bilan  tulik  moslik,  shuningdek,  umuman 
butun  tizimning  g’aroyib  kuch  kudrati  –  uzoq  va  mashaqqatli  ishi  natijasi  bo’ldi.  Endi 
hatto  yangi  foydalanuvchi  ham  mazkur  yangi  OT  bilan  ishlashda  o’zini  ishonchsiz  his 
etmaydi.  Foydalanuvchi  qanday  vaziyatda  qolmasin  qulay  va  tushunarli  interfeysda 
adashib  qolmaydi.  Ish  jarayonida  yordam  beradigan  va  kompyuter  texnikasi  soxasidan 
uzoq bo’lgan kishiga mo’ljallangan interfeys bu mahsulotni ommaviy iste’molchiga qulay 
qilib qo’ydi. 
Windows 95 OTning asosiy menyusida ishlash juda ham oddiy bo’lib, foydalanuvchi 
uchun  qo’shimcha  qiyinchiliklar  tug’dirmaydi.  Microsoft  kompaniyasining  boshqa 
istalgan  maxsuloti  kabi  Windows  95  ni  ham  uchta  oddiy  so’z  bilan  izoxlash  mumkin: 
oddiylik, kuvvatlik, moslik. 
Windows operatsion muxiti quyidagi imkoniyatlarga ega: 
Universal grafika- Windows dasturlarining qurilmalariga va dastur ta’minotga 
Bog’liqsizligini ta’minlaydi. 
Yagona  interfeys-  Windowsda  foydalanuvchining  muloqoti  yagona,  ya’ni  turli 
dasturlar  bilan  ishlash  qoidalari  umumiy.  SHuning  uchun  yangi  dastur  bilan 
ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. 
Mavjud  dastur  ta’minot  bilan  muvofikligi  –  Windowsning  barcha  amaliy  paketlari 
taxrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi. 
Ko’p masalaligi – Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hisoblaydi, bir 
dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi. 
 Mavjud operativ xotirada to’la foydalana oladi, qurilma resurslaridan ham to’liq 
foydalanadi. 
 Ma’lumotlar 
almashuvi  –  Windows  dasturlararo  ma’lumotlar  almashish 
imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE (ma’lumotlarning 
dinamik  almashuvi,  ya’ni  boshqa  dastur  natijalaridan  foydalanish)  yoki  OLE 
(ma’lumotlardan ularni taxrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. 
Windowsda  ekran  ”desktor”  deb  ataladi.  Barcha  amallar  unda  bajariladi.  Windows 
so’zining  ma’nosi  “oynalar”  (darchalar).SHuning  uchun  Windowsga  kirganda  dasturlar 
darchalarda  bajariladi.Darchalarni  joyini  va  o’lchamlarini  uzgartirish  mumkin.  Agar  bir 
nechta dastur bajarilayotgan bo’lsa, darchalarni piktogrammalarga kichraytirish mumkin.       
Bu esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi. Darchalar uch xil bo’ladi:                                                                                                                                                               
Dasturlar darchasi



 
Xujjatlar darchasi; 
Muloqot darchasi. 
Darcha  yoki  piktogramma  joyini  o’zgartirish  uchun  sarlavxani  sichkoncha 
tugmachasini bosgan xolda yangi joyga keltiriladi. 
Windows  dasturi  yuklanganda  uning  ishchi  stolida  “moy  kompyuter”,  “moi 
dokument” ,“portfel”, “korzina” piktogrammalari (istalgan piktogrammalarni joylashtirish 
mumkin)  namoyon  bo’ladi.  Ekranning  pastida  joylashgan  “  Panel  zadach”da  “Pusk” 
tugmasi joylashgan bo’lib, unda Bosh menyu joylashgan. 

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish