Optik asboblarning rivojlanish tarixi ko‘z uchun asbob-uskuna


Tungi ko’rish asboblari haqida umumiy tushuncha



Download 223,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana03.02.2022
Hajmi223,34 Kb.
#427868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblarning rivojlanish tarixi

Tungi ko’rish asboblari haqida umumiy tushuncha 
 
Tunda ko’rish asboblari (TKA) -
yetarlicha yoritilmagan sharoitlarda 
joylarning (ob’ektiv nishon va h.o) tasviri operatorni ta’minlovchi optik-elektronli 
asboblar sinfiga kiradi. Mazkur tipdagi asboblar sutkaning qorong’i davrlarida va 
qorong’u binolarda yashirin kuzatish (razvedka) olib borishda hamda 
avtomobilning yorug’lik faralaridan foydanilmaganida mashinalarni haydashda 
keng qo’llanilmoqda. O’zining egasiga bera oladigan qator yutuqli tomonlari 
mavjud modellarning ko’p qismi yon tomonlarini ko’rishga imkon beraolmasligi 
qayd qilib o’tilgan.Bu esa ulardan samarali foydalanish uchun maxsus mashqlar 
qilish zaruriyatini tug’dirdi. Elektron-optik qayta kuchaytirgichlar ko’rinadigan va 
yaqin IQ spektr yorug’likni kuchaytiruvchi vakuumli fotoelektron asbobdir. 
Yuqori sezgirlikka ega va juda ham past yoritilishda ham tasvirni berish 
qobiliyatiga ega. Tunda ko’rish asboblaridan tarixan birinchi bo’lib, arzon TKA 
sifatida hozirgi paytda ham keng qo’llaniladi. Ma’lumki spektrning IQ diapazonida 
faqat yaqin IQ sohada sezgirdir. Demak yarim o’tkazgichli videokameralar kabi 
yoritilishning mavjud bo’lishini talab qiladi (masalan: yettinchi osmon yorug’ligi 
yoki IQ projektorning yoritishini). EOP ning kuchaytirish koeffitsiyenti bir necha 
mingdan bir necha o’n ming marta katta. Unda nurlanish, vizual va miqdoriy 
baholanishi uchun, elektr signaliga aylantirilib, kuchaytirilib va avtomatik qayta 
ishlanib, issiqlik ob’ekti ko‘rinadigan ob’ektga aylantiriladi. Infraqizil nurlanish 
diapazoni bir-necha qismga bo‘linadi: To‘lqin uzunligi 0,76÷1,5 mkm bo‘lganlari 
yaqin infraqizil nurlanish; 1,5÷5,5 mkm bo‘lganlari qisqa to‘lqinli infraqizil 
nurlanish; 5,6÷25 mkm bo‘lganlari uzun to‘lqinli infraqizil nurlanish; 25÷100 
mkm bo‘lganlari uzoq infraqizil nurlanish deyiladi. Infraqizil nurlanish, maxsus 


linzalar tizimida bir nuqtaga yig‘iladi va infraqizil spektrning ma’lum chastotasini 
sezishga sozlangan foto qabul qilgichga tushadi. Bu nurlanish foto qabul 
qilgichning elektr xususiyatlarini o‘zgarishga olib keladi va elektron sxemada qayd 
qilinadi va kuchaytiriladi. Olingan signal qayta ishlanib raqamli kodga aylantiriladi 
va unga biror rang mos keltiriladi. Shundan so‘ng, ekranda rangi infraqizil 
nurlanishning biror qiymatiga to‘g‘ri kelgan nuqta paydo bo‘ladi. Skanerlovchi 
tizim asbobga ko‘ringan maydoning hamma nuqtalarni aylanib chiqadi. Natijada, 
ob’ektning infraqizil nurlanish ko‘rinishdagi tasviri hosil qilinadi. 
Teplovizorlarning yuqori sezgirligi yarim o‘tkazgichli indiy-antimodli InSb, 
simob-kadmiy-tellur Hg-Cd-Te va boshqa qabul qilgich asboblarning nurlanishni 
sezgirligi bilan aniqlanadi. Issiqlikni ko‘rish metodlarini qo‘llanilish sohalari. 
Teplovizorlar harbiy razvedkada va ob’ektlarni qo‘riqlashda ishlatiladi. Qo‘lda olib 
yuriladigan issiqlik asbobi bilan odamni 300 m masofadan ko‘rish mumkin. 
Odatda harbiy texnikalar 2-3 km dan ko‘rinib turadi. Bugungi kunda, sezgirligi
yuzlab gradus ulushlarida ishlaydigan, berilgan mikroto‘lqin diapazonida 
kompyuter ekraniga tasvirni chiqarib beradigan videokameralar yaratilgan. Misol: 
Eshikni ochadigan dasta ushlanganda, undagi issiqlik ushlanib qolishi 0,5 
soatgacha davom etadi. Metroga yangi kirgan odamlar yaqqol bilinadi. Odamning 
tumovga uchraganini bir-necha yuz metrdan bilsa bo‘ladi. Yaqinda o‘chirilgan 
mashinani bilish yoki kresloda kim va qachon o‘tirganini aniqlash 
mumkin.Teplovizorni tanlashda asbobning quyidagi muhim xarakteristiklarga 
e’tibor beriladi: 
- matrisaning o‘lchami; 
- termosezgirlik (0,08 °C gacha eng yaxshi modellarda); 
- o‘lchanadigan temperatura diapazoni (o‘rtacha – 20 dan +350 °C gacha); 
- payqash masofasi; 
- ob’ektivning ko‘rish maydoni; 
- tasvirni taqdim qilish formati; 
- ma’lumotlarni xotirada saqlash imkoniyati (o‘rnatilgan flesh-xotira, karta 
SD, USB bo‘yicha ulanish). 


Portativniy teplovizor "Сычь-3" oddiy va murakkab ob-havo sharoitida va 
sun’iy xalal berish sharoitlarida berilgan hududni nazorat qilishda, butun sutka 
davomida ob’ektlarni izlash va kuzatish, izlash-qutqaruv ishlarini o‘tkazish, 
yong‘in manbalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Kamera uzun to‘lqinli (8 - 12 
mkm) infraqizil diapazonda ishlaydi. Spektrning infraqizil hududida bizni o‘rab 
turgan tabiiy va sun’iy ob’ektlarning xususiy elektromagnit nurlanishni asosiy 
ulushi mujassamlangan. "Сычь-3" teplovizoriga tashqi manbaning ulanish 
imkoniyati bor. Bu esa, asbobni stansionar va mobil variantlarida ishlash 
imkoniyatini beradi.[8]

Download 223,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish