O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt


O'qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt



Download 154 Kb.
bet8/9
Sana22.03.2022
Hajmi154 Kb.
#505426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
педагогика мус такил иш

O'qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo’lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin muno­sabatda boiishga intilishi deb ta'riflanadi. Bu intilish o'qituvchining o'quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o'rnata olishi va belgi-langan maqsadga erishishini ta'minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo'lmaydi, ayniqsa yosh o'qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o'qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta'kidlaydilar:
Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta'sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o'z ichki olamiga beriluv-chan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o'qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo'lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo'lishini ta'kidlaydilar. Biroq, ko'pincha, pedagogikada ekstravert tip-US dagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e 'tirof etilganlar. O'qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o'z kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan o'qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
• sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega boiishi;
•o'quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o'quv-chiga individual shaxs sifatida yondashishi;
• birorta ham o'quvchisining yomon bo'lishiga, ularning hurmat e'tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
• biror o'quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-moasi bilan o'zaro yaxshi munosabatni yo'lga qo'yilishiga xalaqit qili-shini bilishi;
• o'quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardi-natsiya) saqlash mumkin emasligi;
• sinf jamoasida sodir boiadigan kulgili vaziyatlarda o'qituvchining o'ta jiddiy va qat'iy bo'lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini unutmasligi;
• har bir o'quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) o'qituvchi va o'quvchi orasidagi munosabatni mustahkam-laydigan ko'prik ekanligini unutmaslik.
O'qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati o'quvchilar jamoasi bilan qizg'in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib ketishida namoyon bo'ladi. Awalo, o'qituvchi o'zining kasbiy-pedago-gik dilkashlik fazilati haqida va uning nima ekanligini va tarkibiy qism-lari nimalardan iboratligi to'g'risida aniq ma'lumotga ega boiishi lozim. Shu bilan birga, o'qituvchi o'zining kasbiga xos bo'lgan shaxsiy fazi-latlari nuqtai nazaridan e'tibor berib, dilkashlikning qanday jihatlarini o'zida shakllantirish lozimligini aniqlashi va o'z-o'zida kommunikativ hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak.
Pedagogik kommunikatsiyaning o'qituvchi kasbiy faoliyatidagi ahamiyati shundan iboratki, unda o'qituvchining yuksak kommunikativ madaniyati qay darajada ekanligi namoyon bo'ladi. O'qituvchining kommunikativ madaniyati o'z navbatida turli pedagogik vaziyatlarda paydo boiadigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har birimizda, o'z shaxsiy muloqotimizning va o'zgalarning biz bilan olib boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko'plab ajoyib taassurotlar xotiramizda saqlanadi. O'zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini namoyish etadigan ko'plab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. Biroq, muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o'ziga qaratib, kommu-nikatsiyaning qoq markazida faoliyat ko'rsatishni istovchi o'qituvchilar ham bor. Hayotda yana shunday o'qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda kamgap, suhbatda istar-istamas ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommu-nikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan suhbatdoshini qo'llab turadi. Ba'zan hech kirn bilan umuman muloqotga kirisha olmaydigan tund toifali o'qituvchilar ham uchraydi. Ammo, pedagogik faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida, balki o'qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining 
Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish