O`qituvchi: O`quvchi



Download 276,5 Kb.
Sana13.04.2022
Hajmi276,5 Kb.
#548760
TuriReferat
Bog'liq
tibbiyot

REFERAT


Tibbiyot kasbiga kirish


O`qituvchi:____________
O`quvchi:_____________


TIBBIYOT XODIMLARINING MEHNAT VA
SHAXSIY GIGIYENASI

Tibbiy xodimlar mehnatini yengillatishga imkon beradigan sharoitlarni yaratish kasalxona gigiyenasining eng muhim vazi-


falaridan biri hisoblanadi. Mehnat jarayonini takomillashtirish
bo`yicha tadbirlar majmuyini o`tkazish yo`li bilan tibbiy xodimlar
charchashining oldini olish mumkin.

Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va hokazo. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.
Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.
SH.g. ga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.
Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Sh.g. da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).
Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻrpatoʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Sh.g. ga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin (qarang Bemorni parvarish qilish). Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (qarang Goʻdak, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi). Sh.g. qonunqoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomikfiziologik xususiyatlariga bogʻliq tomonlari ham bor. Jinsiy aʼzolar va jinsiy hayot gigiyenasi (qarang Jinsiy gigiyena) masalalari bilan seksologiya shugʻullanadi. Mehnat jarayonida Sh.g. ni toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi.

Poliklinika va kasalxonalarda vrachlar xonalari, muolaja xo-
nalari, navbatchi hamshiralar ishlash o`rni, ordinatorlar, labo-
ratoriya xonalari eng zarur ish joylari hisoblanadi. Ish joyi
jihozlariga: tibbiy asboblar, yozuv qurollari, hujjatlar, tashkiliy
texnika va tezkor aloqa vositalari kiradi.
Hujjatlarni yurgizishga ketadigan vaqtni qisqartirish muhim
tadbirlardan hisoblanadi. Jumladan, tibbiyotga oid yozuv-hisob
ishlarida hujjatlashtirishning bosmaxona imkoniyatlaridan
foydalanish lozim. Tibbiy xodim bu qog`ozlardan foydalanar
ekan, zarurining tagiga chizib qo`ya qoladi. Ma’lumki, bemorga
beriladigan yozma tavsiyalar og`zakisiga qaraganda samarali
bo`ladi. Chunki, og`zaki tavsiyalarni bemorlar faqat 30-35%
eslab qoladi.
Tibbiy xodimlar uchun quyidagilar birmuncha ahamiyatli
hisoblanadi:
1. Skelet mushaklarining statik taranglashishi, masalan,
operatsiya vaqtida jarroh gavdasining majburiy holati, stoma-
tologning bemorga qarayotgandagi holati.
2. Atrof-muhitning zararli kimyoviy moddalar bilan iflos-
lanishi. Bulardan eng muhimi amaliyot xonasi havosini narkotik
birikmalar bilan, rentgen va fizioterapiya xonalarining simob-
kvars lampalarini ishlatishda ozon va azot oksidlari, lazer nurida
foydalanilganda biologik to`qimalarning chala yongan mahsulotlar bilan ifloslanishi. Kasalxonalar binosi havosida aerozollar,
antibiotiklar va boshqa dori moddalar bug`i, masalan, aerozol
terapiya, sezuvchanlikni oshiruvchi ta’siri bo`lgan dezinfek-
siyalovchi moddalar bilan ifloslanishi mumkin.
Novokain, aerozol yoki antibiotiklar, yuvuvchi tozalovchilar
va boshqa birikmalarning teriga tegishi natijasida allergik holatlar
yuzaga kelishi kuzatilgan.
3. Juda isitib yuboradigan mikroiqlim. U issiqlik idora
etilishini kuchaytirib, birinchi navbatda suv va balchiq bilan
davolash xonalari, balneoterapiya bo`limi, ovqat bloki, kir yuvish
xonasida xodimlar sog`ligiga va ish qobiliyatiga noxush ta’sir
ko`rsatadi. Issiq havo jarrohning ish qobiliyatiga ayniqsa yomon
ta’sir etishi mumkin.
4. Atmosfera bosimi. Yuqori bosimda ishlaganda azotning
narkotik toksik ta’sir etishi, past bosimda tavsiya qilingan tadbirga rioya qilinmaganda dekompression kasallik ro`y berishi mumkin. 5. Yuqumli kasalligi bor bemor yoki batsilla tashuvchi bilan
muloqotda bo`lgan tibbiy xodim kasalxona gigiyenasi va shaxsiy
gigiyena qoidalariga amal qilmaganda yuqumli kasalliklar bilan
og`rib qolishi mumkin. Masalan, gripp epidemiyasi bilan tibbiy
xodim boshqalarga qaraganda 2, 1/2-3 baravar, yuqumli
gepatitda esa 4-10 baravar ko`p kasallanadi.
6. Ionlashtiruvchi nurlar. Rentgen xonasi, radiologiya bo`limi,
radonli vannaxona, angiografiya, koronorografiya va kavografiya
xonalarida xizmat qiladigan xodimlar, shuningdek yuqoridagiga
o`xshash nazoratda operatsiya qiladigan jarroh ionlashtiruvchi
va radioaktiv nurlar hamda radioaktiv moddalar ta’siriga uchrashi mumkin.
Tibbiy xodimga ta’sir etadigan boshqa omillarga ultratovush,
lazer nuri, turli diapazondagi elektromagnit maydoni va bosh-
qalar kiradi.
Kasalxonaga ishga kiradigan barcha kishilar albatta tibbiy
ko`rikdan o`tkaziladi. Oziq-ovqat bloki xodimlari va bevosita
bemorlarga xizmat ko`rsatadigan kichik xodimlar har oyda tibbiy
ko`rikdan o`tkazib turiladi, yarim yilda bir marta batsilla tashuv-
chanlikka (ichak infeksiyalarini qo`zg`atuvchilari) tekshiriladi.
Chaqaloqlarga va ba’zi bemorlarga xizmat ko`rsatadigan tibbiy
xodimlar burun-halqumda patogen stafilokokklar va streptokokklar borligiga tekshiriladi.
Bunday qo`zg`atuvchilarni tashuvchilar kasallikdan forig`
bo`lmaguncha ishga qo`yilmaydi.
Download 276,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish