Oʻqituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qoʻyiladigan talablar



Download 69,5 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi69,5 Kb.
#742693
Bog'liq
Pedagogik qobiliyat


MAVZU:
Oʻqituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga qoʻyiladigan talablar.
REJA :
I . Kirish.
1.Qobiliyat va pedagogik qobiliyat nma ?.
2 .O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari.
3 .Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
II.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muay-yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir, Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Psixolog olim Olga Matveeva quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:
1.Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2.Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. SHunda o‘qituvchi kim nima-ga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3.Eshitish va his qilish qobiliyati. SHunday qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, sher va qoshiqlarni sevib tinglaydi.
4.Kinetsetik (teri-muskul) qobiliyat. O‘qituvchining o‘z hatti hara-katlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5.Mantiqiy qobiliyat. Falsafty mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda dsosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6.SHaxsning ichki qobiliyati. O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qatiyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomil-lashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik - insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat - insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va mala­kalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishiga aytiladi. U o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘ladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi. istedodining yuksak cho‘qqisi — uning intellektini belgilaydi. "Intellekt - bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muamolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati" (Veksler), ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.

2.O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari..

O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish; munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
3. Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
Zamonaviy pedagogga qo’yiladigan birinchi talab - bu pedagogic qobiliyatlarning mavjud bo’lishidir.
1. Tashkilotchilik qobiliyati – talabalarni birlashtirish, vazifalar bilan band qilish, javobgarlikni taqsimlash, umumiy topshiriqlar bajarishda ko’rinadi.
2. Didaktik qobiliyati – o’quv materialini, ko’rgazmalarni tanlash va tayyorlash, talabalarning bilishga nisbatan qiziqish va ehtiyojlarini rag’batlantirish, o’quv faolligini oshirishda namoyon bo’ladi.
3 Perseptiv qobiliyati – talabaning ma’naviy dunyosiga kira olish, ruhiy-emosional holatini aniqlash va obyektiv baholay olish, pedagogik intuisiya va empatiyada ko’rinadi.
4 Kommunikativ qobiliyati – talabalar, hamkasblar va rahbariyat bilan pedagogic maqsadga muvofiq munosabat o’rnatish, muloqotga tez kirishish, ekstrovertlikda namoyon bo’ladi.
5 Suggestiv qobiliyati – talabalarga emosional irodaviy ta’sir ko’rsatish, ularni o’z imkoniyatlariga ishontira olishda ko’rinadi.
6 Ilmiy-tadqiqotchilik qobiliyati – pedagogik vaziyat va jarayonlarni o’rganish va baholash malakalari tushuniladi.
7 Nutq qobiliyati – aniq va ishonchli, emosiyali, madaniyatli, lug’atiy jihatdan boy nutq texnikasiga ega bo’lish.
O’quv-tarbiyaviy jarayonda pedagogning insoniy xislatlari alohida muhimlik kasb etadi.
Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari.

1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday


qobiliyatga ega bõlgan õqituvchi fanni o'quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko'zatib boradi. Unga nihoyatda qiziqishadi, tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Ba‟zan o'quvchilar orasida: "X ni professor deyaber" ko'pincha biz u o'z sohasida bilmaydigan biror narsa bormikin deb o„ylab qolamiz", "U darsni butun vujudi, jonjahdi bilan o'tadi", yoki "Vajohati katta-yu, bilimining mazasi yo'q", kabi iboralar uchrab turadi.
2. Tushuntira olish qobiliyati-o„qituvchining o„quv materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o„quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg„otish qobiliyatidir.
O„qituvchi zarur hollarda o„quv materialini o„zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o„quvchilarga etkaza olishi darkor. O„qituvchi o„quvchining mustaqil fikrlashini rag„batlantira oladi. Lekin, ayrim hollarda shunday fikrlarni uchratamiz: "o„qituvchi opamiz hech narsaga yaramas edilar, yo„l-yo„lakay biror narsani mutlaqo tushuntirib bera olmasdilar." O„quvchilar ruhiyatini hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. qobiliyatli pedagog o„quvchilarning bilim va -kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo„yganliklarini tasavvur etadi. Ko„pchilik o„qituvchilarga, ayniqsa tajribasi katta o„qituvchilarga, o„quv materiali oddiy tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyulmaydi. Qobiliyatli, tajribali o„qituvchi o„zini o„quvchining o„rniga quya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo„lgan narsaning o„quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo„lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u bayon etishni xarakter va shaklini alohida o„ylab chiqadi hamda rejalashtiradi. Qobiliyatli o„qituvchi materialni bayon etish jarayonida turli o„quvchilarning tushuntirilayotgan materialni qanday o„zlashtirayotganlarini qator belgilar asosida to„g„ri aniqlab oladi va zarurat tug„ilgan hollarda bayon qilish usulini o„zgartiradi. SHuningdek qobiliyatli o„qituvchi o„quvchilarning saboqni o„zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularning dam olishdan ishga o„tishlari bo„shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zaruratini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan, darsning haddan tashqari zuriqish bilan va kuchli boshlanishi o„quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish holatiga sabab bo„ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o„qituvchining so„zlari etarli darajada idrok qilinmaydi.
3. Ko„zatuvchanlik qobiliyati o„quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko„zatuvchanlikdir. qobiliyatli o„qituvchi uncha katta bo„lmagan tashqi
ko„rinishlar asosida o„quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o„zgarishlarini ham faxmlab oladi. o„quvchilarning ba‟zan shunday gaplarini eshitamiz: "qaramayottanga uxshaydi-yu, hamma narsani ko„rib turadi", "o„qituvchimiz biror o„quvchining xafa bo„lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko„zidan biladi".
4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. o„qituvchining nutqi darsda hamisha o„quvchilarga qaratilgan bo„ladi. o„qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o„quvchining javobini tahlil qilayottan, ma‟qullayottan yoki qoralayottan bo„lsa ham uning nutqi hamisha o„zining ichki kuchi, ishonchi, o„zi gapirayottan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o„quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo„ladi. o„qituvchining bayoni o„quvchilar fikri va diqiqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O„qituvchi o„quvchilar oldiga savollar qo„yib, ularni

asta-sekin to„g„ri javob berishga olib boradi, o„quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so„z va iboralar qo„llaniladi. o„qituvchi o„zundan o„zok jumlalar, murakkab so„z birikmalari, murakkab iboralarni qo„llashdan qochadi. O„rinli yumor, hazil, engilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o„quvchilar yaxshi qabo„l qiladilar. o„qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffo„zi jihatidan erkin ifodali, hic-hayajonli bo„lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho„ziq zeriktiradigan nutq o„quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo„yadi. Ayrimlar tez,ayrimlar sekin gapirishga moyil bo„ladilar. O„quvchilarning o„zlashtirishlari uchun o„rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutqu o„quvchilar asabini bo„zadi, toliqtirib qo„yadi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o„quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o„z ishini to„g„riuyushganligini nazarda tutadi.o„z ishini tashkil etish deganda ishni to„g„ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda to„tiladi. Tajribali o„qituvchilarda vaqtni o„ziga xos his etish ishlanmasini vaqtga qarab to„g„ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo„ladi. Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o„qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o„zgartira oladi. Obro„ orttira olish qobiliyati - o„quvchilarga bevosita emostional irodaviy ta‟sir ko„rsatish va shu asosda obru orttira olishdir. Obru faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hakozolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o„qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat‟iyligi, talabchanligi va hakozolar) shuningdek o„quvchilarga ta‟lim - tarbiya berish mas‟uliyatini his etishga o„zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o„quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog„liq. o„quvchilar qo„pollik qilmaydigan, qo„rqitmaydigan, to„g„ri talab qo„ya oladigan o„qituvchini hurmat qiladilar.


7.Kommunikativ - to„g„ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o„zaro munosabat o„rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
8. Kelajakni ko„ra bilish qobiliyati - o„z harakatlarining oqibatlarinioldindan kurishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishi haqidagi tasavvur bilan bog„liq bo„lgan shaxsni tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. By qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog„liq bo„ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o„qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo„lishi muhimdir. Diqqat ayni bir vaqtda faoliyatning bir qancha turlari o„rtasida taqsimlanish qobiliyati o„qituvchining ishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyat tajribali o„qituvchi mavzuni bayon qilish mazmunini va formasini o„z fikri yoki o„quvchi fikrini diqqat bilan ko„zatadi, ayni vaqtda barcha o„quvchilarni o„z diqqat e‟tiborida tutadi, toliqish, e‟tiborsizlik tushkunlik alomatlarini hushyorlik bilan ko„zatib boradi, barcha intizom bo„zish hollarini e‟tibordan qochirmaydi, nihoyat shaxsiy hatti harakatlarini ko„zatib boradi. Tajribasiz o„qituvchi ko„pincha materialni bayon qilishga berilib ketib o„quvchilarni e‟tibordan chetda qoldiradi. O„qituvchi yuqoridagi qobiliyatlardan tashqari sabr - toqatli, irodali bo„lishi va ibrat - namuna bo„la olish qobiliyatiga ega bo„lishi lozim. o„qituvchi o„quvchilarni o„zining shaxsiy namunasi, o„z shaxsiy hulq atvori va butun shaxsi bilan ham tarbiyalaydi. Bolalar uchun o„qituvchining har bir hatti harakati namunadir. Bu xolat o„qituvchidan bolalarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo„lishni talab etadi. SHuning uchun o„qituvchi o„zi o„qitadigan fanni mO„qammal bilish bilan birga yuksak axloqiy, ma‟naviy pok, irodali, nazokatli, sabr toqatli, qat‟iyatli, mehnatsevar, kamtar bo„lishi lozim. O„qituvchining irodasi va ahamiyatiga to„xtalib o„tgan maqsadga erishish yo„lida turgan qarama-qarshiliklarning bartaraf qilish uchun zo„r berish bilan bog„liq bo„lgan va ma‟lum maqsadga qaratilgan ongli hayotiy harakatlar irodaviy harakatlar deb nomlanadi. O„qituvchida irodaviy sifatlarning musaqillik,didaktik,
qat‟iylik, o„zini tuta bilish kabi muhim tomonlari bo„lishi kerak. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, o„qituvchi o„zining ish harakatlarning tevarak atrofdagilarning taziyini, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o„z ishonch aqidalari, bilimlari va shu vaqtda qanday ish tutish kerakligi haqidagi tasavvurlarga asoslanib belgilaydi. Dadillikda o„qituvchi o„z vaqtida va ortiqcha ikkilanishlarsiz etarli darajada asoslangan qarorga keladi va shundan so„ng ularni o„ylab hayotta tadbiq etadi. Dadillik bilan bir qatorda qat‟iylik ham ishni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta‟minlovchi muhim sifatdir. Maqsadga erishadigan qiyinchiliklar uni hayiqtirmaydi, maqsad sari intilaveradi. Irodaviy faoliyatning yuksak darajasi o„zini tuta bilishdir. o„qituvchining sobitlilik, o„zini tuta bilish, hic-tuygulari, kayfiyati kechinmalarini, temperamentini boshqara olish sifatlari juda muhimdir. Har qanday vaziyatda o„zini tuta oladigan, o„zini yo„qotmaydigan, kupam asabiylashmaydigan va bolalarning asabini ham bo„zmaydigan o„qituvchini o„quvchilar afzal ko„radilar. Nerv sistemasining tipi (temperament) g„oyat barqaror, uni xoxlagan paytda tezo„zgartirib bo„lmaydi. Ammo uni qandaydir ma‟noda boshqarish, jumladan salbiy tip ko„rinishlarini tutib turish mumkin. o„z tipidagi ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo„lgan kishi o„qituvchi bo„lishi mumkin. o„qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta‟sir ko„rsatadi. o„qituvchilar kayfiyati yomon bo„lsa, ularning darslari ham yurishmasligini biladilar. Buni o„quvchilar ham sezadilar ularga ta‟sir qiladi. O„qituvchi ayrim hollarda xunob bo„lishi va g„azablanishi ham mumkin, lekin shu vaqt ham o„zini yo„qotmasligi kerak, qo„pollik va haqoratga o„tmasligi lozim. O„qituvchi bO„qilmas irodaviy xususiyatga ega bo„lishi, hayot va faoliyatda aslo og„ishmasdan maqsadni hatti harakatlarni amaliyotda qo„llashi lozim. o„qituvchining sabr toqatlilik xususiyati ushbu hollarda qamrab olinishi mumkin: turli xususiyatlardan tashkil topgan sinfni jamoa sifatida shakllantirishda; o„qituvchining xulq atvoriga, o„zlashtirish darajasiga, o„qishga munosabatiga, o„ta faolligi (sustligiga) vazminli bilan yondashishda; shaxslararo munosabatdagi har xil nizoli, ziddiyatli holatlarga nisbatan shaxsiy fikrini bildirishda, ularning oldini olishda; maktab ichki rejimiga jamoatchilik topshiriqlariga, rag„batlantirishning zaifligiga, ba‟zi illatlar kurinishga toqat qilib faoliyat ko„rsatishda; milliy an‟analar bilan zamonaviylik o„rtasidagi ziddiyatda va boshqalarda.
O„qituvchining andishalilik xususiyati muhim rol o„ynab, u pedagogik faoliyatning mazmundorligi, uning ta‟sirchanligi mezoni bo„lib hisoblanadi. O„qituvchining andishaliligi bir qancha holatlarda ifodalanishi mumkin: o„quvchi yoki ota-onaga etkazilishi, o„zatilishi mo„ljallangan axborot, xabar, ma‟lumotga o„qituvchining kasbiy nufo„ziga zarar keltirishi ehtimoli nuqtai nazardan kelib chiqqan holda yondoshiladi; o„quvchi shaxsiyatiga, o„qishga munosabatiga, snnf jamoasi o„rtasidagi nufo„zga sezilarli xalal berish ehtimoli mavjudligini hicobra olishda; ota-onalar bilan oila sha‟niga nisbatan salbiy kechinmalar paydo bo„lishini e‟tiborda tutishda; oilaviy nizolar, mojarolar, ziddiyatlar, janjallar oldini olish, ularning oqibatlarini tushunishda; shaxslar munosabat, muomala, muloqot sharoitini bo„zilishi va boshqa nozik holatlarni anglatadi va hakozo.
O„qituvchining andishaligini, andishaning oti qo„rqoq qabilida tutmasligi kerak. Bag„rikenglik o„qituvchining bag„rikenglik xususiyati xulq odob ko„rinishlari, noxulq kechinmalari, ziddiyatlar oqibatlarini ruhiydunyodan chiqarib tashlashda kurib ko„rmaslikka, sezib sezmaslikka olishda ko„zga tashlanadi. Samimiylik o„qituvchining maktab, sinf, turar joyda yuzaga kelayotgan ijobiy taraqqiyparvar voqealarga va hodisalarga nisbatan ilk munosabatini, undagi samimiylikni ifodalaydi. Uning asosiy mohiyati quyidagi hollarda ifodalanadi: hamkasblar faoliyati, yutuqlariga nisbatan xayrixoxlikda; shogirdlar yutuqlariga munosabatining tabiiyligida; kishilarning xulqi, tadbirkorligi ishbilarmonligi kabi fazilatlar va xususiyatlarni xolisona baholashda;el, yurt, xudud, jamoa, rypyh, zafarlariga jahon stivilizastiyasi va turli mohiyatdagi yaqqol voqeliklarga odilona munosabatda bo„lish va h.k.
Empatiya va persteptiv kobiliyatlar.
Falsafa tarixida qobiliyat o„zoq davrgacha “o„zgarmas irsiyat”, nasldan-naslga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan..Bunday qarashlar dastlab ingliz faylasufi J. Lokk va fransto„z materialistlari tomonidan tanqid qilingan.Qobiliyatni
rivojlantiruvchi anatomik-fiziologik xususiyatlari tug„ma bo„ladi. Empatiya - boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish qobiliyatidir.(Birgalikda dardlashmoq.) Persteptiv - idrok jarayonining asosiy to„zilishi 1-chi bo„lib, bu idrok ob‟ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir.
Didaktik qobiliyat - o„quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta‟lim qonuniyatlarini ham metodlarini o„rgangan holda,kishining ta‟lim bera olish qobiliyatidir shu bilan birga ibratli dars berishi.
Konstruqtiv – o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olishidir.
Pedagogik faoliyat va uning tarkibiy to„zilmasi. Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlarga bog„liq bo„ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: ob‟ektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
kommunikativlik – insonlarga yuz tutish,xayrixohlik, muomalalik;
persteptiv qobiliyatlar – kasbiy etO„qlik, empatiya, pedagogik tuyg„u;
shaxs dinamikasi – irodaga ta‟sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
hissiy barqarorlik - o„zini boshqara olish;
kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko„nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir. o„qitish, o„rganish va o„rgatish bo„yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: talabani tushunishni ko„rish va sezish, bunday tushunishning darajasini va
xarakterini o„rnatish qobiliyati;
o„quv materialini mustaqil tanlab olish, o„qitishning samara beruvchi usul
va metodlarini belgilash qobiliyati;
materialni etarli bayon qilish, uning barcha talabalarga tushunarliligini ta‟minlash qobiliyati; talabalarning individualligini hisobga olgan holda o„qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati;
o„qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
o„zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
o„zining tajribasini boshqalar bilan baham ko„rish qobiliyati;
mustaqil ta‟lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
boshqa insonning ichki holatini to„g„ri baholash, unga hamdardlik
bildirish, hamnafas bo„lish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
taqlid qilish uchun namuna bo„lish qobiliyati;
tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
muloqotning lozim topilgan uslubini, o„z o„rnini topish, kelisha olish qobiliyati;
hurmat qozonish, talabalar o„rtasida obro„ga ega bo„lish qobiliyati. Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo„lgan qobiliyat alohida ajralib turadi.
O„qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni kommunikativ qobiliyat bilan bog„laydilar.
Kommunikativ qobiliyat – bu pedagogik o„zaro aloqalar doirasidagi o„ziga xos tarzda namoyon bo„ladigan muloqot qobiliyatidir.
Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir necha guruhlari farqlanadi:
1. Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berishni,kishining tashqi ko„rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berishni; savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o„qiy» olishni qamrab olinadi.
2. Kishining o„z-o„zini bilishi. U o„z bilimlarini, qobiliyatlarini o„z xarakteri va o„z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo„lsa, shunday baho berishni ko„zda tutadi.

3. Muloqot vaziyatini to„g„ri baholay olish. Bu vaziyatni ko„zatish, uning ko„proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sostial va psixologik mundarijasini to„g„ri idrok etish va baholash qobiliyatidir.
Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish