O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi



Download 17 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi17 Kb.
#470882
Bog'liq
2-savol

. O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi


Har xil pedagogik stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko‘pchiligi, garchi pedagogik ta’sir vositalarini doimiy qo‘llasalar ham, kommu­nika­tiv vazifalarni pedagogik jarayonning muhim zaruriy elementi sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o‘qituvchilar o‘z pedagogik vazi­falarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun tanlangan ta’lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish kabi kom­po­nentlarni yaxshi anglab yetadilar.


O‘zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o‘qituvchi uchun kommunikativ vazifalarni o‘z faoliyatining asosiy inst­ru­mental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ta’sir modeli qan­chalik oydinlashishini, ta’sirning o‘zi yanada jozibali, aniq, yorqin bo‘lishiga ishonch hosil qiladi.
O‘qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o‘yla­nib qoladi. Bu savolga javob berish uchun – o‘quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o‘z faoliyatida qo‘llagan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta’lim-tarbiyada mo‘ljalni aniq olib, o‘quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to‘g‘ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko‘rish mumkin. Ayrim holatlarda o‘ziga xos «yuzma-yuz hujum», ba’zan tarbiyalanuvchining o‘qituvchi bilan bevo­sita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig‘ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlarni birgalikda o‘tkazish, har bir o‘quvchining nima­larga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari orasida aynan – jamoaviy va yakka tartibdagi suh­bat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan vaziyatlar turli­cha bo‘lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta’lim-tarbiya jara­yonida ta’sir o‘tkazish metodlarining samaradorligini ta’minlaydi.
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e’tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so‘rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod – iltimos qilish. Biroq, bevosita so‘raladigan nar­sa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta’minlaydigan dast­labki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma’lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixo­logik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihat­dan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta’sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foyda­laniladigan har bir ta’sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta’li­motga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ metod­larni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu qiyinchiliklarni keskin his qilishadi.
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi – pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnash­chilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish