O’qituvchining muomala odobi



Download 160,5 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2022
Hajmi160,5 Kb.
#646743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’qituvchining muomala odobi

Voqeiy hikoyat. Boshlang’ich maktabni a‘lo baholarda bitirgan Shahlo beshinchi sinfda o’qishni boshqa shahardagi maktabda davom ettirdi. Shahloning kundalik daftarida matematikadan nuqul “uch” baholar paydo bo’layotganini ota-onasini tashvishga solib qo’ydi. Shahlo bir hafta darsga bora olmagan kunlari, o’tilgan mavzularni bilmasligi bunga sabab bo’lgan, muallimga bu gapni aytishga cho’chiyotgan ekan. Shahloning onasi maktabga borib, sinf rahbari bilan maslahatlashdi. Ertasi kuni matematika o’qituvchisi: “Uyingda men haqimda bo’lmag’ur gaplarni tarqatibsan”,-deb Shahloga gapirdi. Onasining matematika o’qituvchi bilan uchrashuvi ham dilsiyohlik bilan tugadi.
-Qizingiz “uch” olayotgani nega sizni buncha tashvishga solayapti? Bu yerda eng qobiliyatli bolalar ham matematikadan “besh” ololmaydi,-iddao qildi muallima.
-Mening qizim siz uchun qobiliyatsiz o’quvchi bo’lib qoldimi?-bo’sh kelmadi Shahloning onasi. Natija shu bo’ldiki, Shahloning matematikadan bilimi ham, baholari ham pasayib ketdi. Muallimning adolatsizligi o’quvchining qalbidagi ishonchini ham barbod qildi, matematikani o’rganishdan ixlosi qaytdi. Pedagogik odobning muhim tamoyillaridan birga –maktab bilan oilaning hamfikrligi, hamkorligiga putur yetdi.
Muallimning ota-onalar bilan aloqa qilish yo’llari, vositalari xilma-xildir. O’quvchining kundalik daftariga baho qo’yish, turli xabarlarni bitish, xat yozish, ota-onalar majlisi yoki boshqa yig’inlarda uchrashish, o’quvchining uyiga borish kabilar shular jumlasidandir.
O’quvchining kundalik daftaridan muallim axloqiy tarbiyaning bolaga ta‘sir o’tkazishning muhim vositasi sifatida foydalanishi mumkin va lozim. Aks holda u dars jadvali va uy vazifalari yozilgan oddiy bir daftarga aylanib qoladi. Ayrim o’qituvchilar bolaning kundalik daftariga hatto olgan bahosini qo’yishga e‘tibor bermaydilar. Sinf rahbarlari ham bu masalaga turlicha yondoshadilar: ba‘zilar bolaning hafta davomida olgan hamma baholarini yozib qo’ysa, ba‘zilari faqat “ikki” yoki faqat “to’rt”, “besh” baholarini va qoldirgan darslarini yozib, to’g’risiga imzo qo’yadilar. Shu bilan birga kundalik daftarga bolaning xulqi va o’qishida erishgan yutuqlari, maslahat va takliflarini yozadigan sinf rahbarlari ham bor. Bolaning kundalik daftarida uchraydigan: “darslarga faolroq qatnashadigan bo’lding, muallimlaring sendan mamnun”, “fizika va biologiyadan dars qoldirgan kunlaringda o’tilgan mavzularni o’zlashtirib ol, boshqa fanlardan biliming tuzuk”, “jamoatchilik ishlariga, mehnatga munosabatingni o’zgartir, faolroq bo’l”, “sinfdoshlaring bilan xushmuomala bo’l, o’zingni tuta bil, irodangni ishga sol”, “uyda nima ishlar qilishingni menga aytib tur” kabi yozuvlar shundan dalolat beradi. Muallim o’quvchi bilan gaplashayotgandek tuyulsa ham, aslida bu yozuvlar ota-onalar uchun ham eslatmadir.

Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish