O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Epiteliy to’qimasi (taraqqiyoti, o’ziga xos morfologik belgilari)



Download 2,63 Mb.
bet19/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188
Bog'liq
morfologiya

2. Epiteliy to’qimasi (taraqqiyoti, o’ziga xos morfologik belgilari).
Epiteliy - qoplovchi (chegara) to`qimalar tananing butun yuzasini, kovakli organlar ichini va zardob pardalarni qoplab turadi, shuningdek organizmda ko`pdan-ko`p bezlarni hosil qiladi. Epiteliy himoya, trofik (moddalar almashinuvi) va sekretsiya vazifalarini amalga oshiradi. Bu to`qima ma`lum qalinlikka ega, bir yuzasi tashqi muhitga qaragan, ikkinchi yuzasi biriktiruvchi to`qimaga tegib turuvchi hujayralardan iborat qavat (plast)dir.
Epiteliy to`qimalari bir necha o`ziga xos belgilari: organizmning tashqi muhit bilan chegarasida joylashganligi, faqat hujayralardan tuzilib, hujayramas moddalar yo`qligi; qutbli (polyar) differensiatsiyalanganligi hujayralarning nisbatan tez o`lib, intensiv ko`payuvchi yosh (kambial) elementlar bilan almashib turishi va qon tomirlari bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Epiteliyning bu xossalari asosan uning chegarada joylashganligi bilan bog`liq. Epiteliy qavati (plasti)ning ikki yuzasi turlicha sharoitda ekanligi uchun bu yuzalarning morfologik farqlari ham bor (qutbli differensiatsiya). Bir qavatli epiteliylarda hujayraning tashqi muhitga qaragan qutbi apikal, biriktiruvchi to`qimaga qaragan uchi bazal qutblari deyiladi. Ko`p qavatli epiteliyda esa yuza qavat hujayralari chuqur joylashgan bazal qavat hujayralardan farq qiladi. Hujayralarning maxsus strukturalari va tuzilishining ko`p tomonlari qutbli differensiatsya bilan bog`liq: kutikula, tukchalar, mikrovorsinkalar hujayraning apikal qutbida, mitoxondriyalar bazal qutbga yaqin, plastinkali kompleks o`zak bilan apikal qutb oralig`ida joylashadi. Elektron mikroskop vositasida o`tkazilgan tekshirishlar fermentlarga boy sekret ishlab chiqaruvchi bez epiteliy hujayralarda sitoplazmatik to`r yaxshi taraqqiy qilganligini ko`rsatadi. Epiteliy to`qimasining oziqlanishi biriktiruvchi to`qimaning suyuqligi hisobiga diffuziya yo`li bilan amalga oshadi. Bu suyuqlikning to`qima yuzasiga sizib chiqmasligi uchun epiteliynig apikal yuzasida maxsus moslamalar (hujayralararo yopuvchi plastinkalar) mavjud.
Epiteliy embrion varaqlarning har uchalasidan ham hosil bo`ladi.
Tananing turli qismlarida joylashgan epiteliy to`qimalari tabiiyki bir-biridan farq qiladi. Bu hol epiteliyni tasniflashni qiyinlashtiradi. Ko`pchilik tomonidan qabul qilingan morfologik tasniflash ayrim kamchiliklarga qaramasdan (ko`p qatorli silindirik epiteliy o`z biologik xossalariga ko`ra, ko`p qatlamli epiteliyga yaqin tursa-da, uni bu tasniflash bir qatlamli deb hisoblaydi) ancha qulaydir. Bu tasnifga ko`ra epiteliylar ikki guruh: bir qatlamli va ko`p qatlamli epiteliylarga bo`linadi.
Epiteliy va uning ostida joylashuvchi biriktiruvchi to`qima orasida asosiy (bazal) membrana bor. Bu membrana hosil bo`lishida har ikkala qo`shni joylashgan to`qima ishtirok qiladi. Bir qatlamli epiteliylarda barcha hujayralar o`zlarining bazal uchi bilan ana shu membranaga tegib tursa, ko`p qatlamli epiteliyda bazal membranaga tegib turuvchi hujayralar qatlami ustiga bu membrana bilan aloqador bo`lmagan hujayralar bir necha qatlam bo`lib joylashadi.
O`z navbatida bir qatlamli epiteliylarning bir qatorli va ko`p qatorli turlari bor. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralarning balandligi bir xil bo`lsa, ko`p qatorli epiteliyda ularnig balandligi turlicha bo`ladi. Ko`pchilik epitelial hujayralarning apikal uchi epiteliy yuzasigacha borib tursa, ayrimlariniki bu yuzaga etib bormaydi. Bunday hujayralarning shakli turlicha, o`zaklari turli balandlikda joylashib, bir necha qator bordek fikr tug`diradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish