O`quv ustaxonasi” Fani


Titish – tozalash agregati



Download 16,09 Mb.
bet7/87
Sana31.12.2021
Hajmi16,09 Mb.
#243177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
O'quv ustaxonasi uslubiy qo'llanma

Titish – tozalash agregati

Titish – tozalash agregati (TTA) tarkibi va mashinalarining o‘rnatilish ketma-ketligi bilan tanishtiradi. Titish – tozalash agregati mashinalarining vazifasi va ishlashini tushuntiradi. TTA mashinalari ishga tushirilishi tartibi va mashinalarni bosh boshqaruv qutisi yordamida ishga tushirish tartibi bilan tanishtiriladi mashitalarni dastlab ishga tushirishda chiqaruvchi mashina ishga tushiriladi so‘ngra TTAlari sistemasi ishga tushiriladi, LVSA kandensori ishga tushirilib barchi xavo so‘rish quvirlari ishlashi kuzatiladi va mashinalar ketma ket tartib bilan ishga tushiriladi.

Paxta tolasi yigirish korxonalariga toy holatida keltiriladi. Toyning og‘irligi 200-250 kg, xajmiy og‘irligi esa 500 kg/m3 gacha bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bunday qadoqlangan tolalali mahsulot zichlik kuchi ta’sirida qattiq qatlamlar holatida bo‘ladi. Ularni navbatdagi texnologik jarayon aralashtirish va tozalash uchun avvalo tolalarni kichik bo‘laklarga ajratish, ya’ni titish kerak bo‘ladi.

Tolali mahsulotlarni mayda bo‘lakchalarga ajratishda qo‘yidagi titish usullari ishlatiladi:

chimdib titish;

takroriy zarbiy kuchlar ta’sirida titish;

kuchli havo oqimi ta’sirida titish;

kombinatsiyalashgan vositalar ta’sirida titish.





1. BO-C firmasining ta’minlovchi aralashtiruvchi mashinasi

2,4. LVSA - kondensori

3. CLEANOMAT tizimining CL-3 tozalagichi

5. SP-DX DUSTEX aerodinamik tozalagichi

6. Pnevmatik tola taqsimlagich

7. DK-903 tarash mashinasi




1-rasm.O‘quv laboratoriyasida TTA mashinalarining joylashish sxemasi.

Dastlab BO-C firmasining ta’minlovchi aralashtiruvchi mashinasiga toylangan paxta tolasi ishchilar tomonidan 250-350 gramlik mayda bo‘lakchalarda ta’minlash lentasiga tashlanadi. Titilgan tolalar ajiratuvchi barabandan LVSA – kondensori havo quviri orqali so‘rib olib BE bunkeri yetqazib beriladi bunkerda tolalar mayda bo‘lakchalarga ajiratilib erkin xolatda aralashtiriladi va CLEANOMAT tizimining CL-3 tozalagichida yigiruvga yaroqsiz nuqsonlar, xas-cho‘plardan tozalanib, havo quviri orqali so‘rib olib SP-DX DUSTEX aerodinamik tozalagichida chang va mayda xas-cho‘plardan tozalanadi havo quviri orqali pnevmatik tola taqsimlagich DK-903 tarash mashinasiga havo quviri orqali etkazib beriladi.

Mashina ishchi qismlarining sirtlari garnitura bilan qoplangan bo‘lib, ular etarli darajada yuqori harakatlanish tezligiga egadir, bu garnitura elementlari nafaqat tolali mahsulotni qisib titadi, balki tolalarga ma’lum darajada zarbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tolali massaga yo‘naltirilgan bunday zarbiy ta’sirlar titish samarasini oshiradi va tolalar silkinib titilish xususiyati amalga oshib, tutam tarkibidagi tolalar siljish holati ro‘y beradi. Shu sabab tolalar orasidagi bog‘lanish darajasi kamayib, katta tutamchalar mayda tutamchalarga ajralishini ta’minlaydi. Tola tabiatan egiluvchan bo‘lganligi sabab tutam tarkibidagi tolalarga ta’sir etib, erkin xolatda tolalar joylashadi va buning natijasida tolali mahsulotning xajmiy og‘irligi kamayadi.

Pichoqli, qoziqli va arra tishli baraban pichoqlari, qoziqlari yoki arra tishlari bilan tolali bo‘lakchaga zarba berganida (urganida) bo‘lakchani orasidagi nuqsonlar bilan tola orasidagi ilashish kuchi keskin ozayadi, emiriladi bu jarayon barabanlar ostidagi qo‘zg‘almas panjaraga bo‘lakchalar urilganida yanada kuchayadi.

Tolalarni titish jarayonida ularni titib-ta’minlovchi mashinalardan ham foydalaniladi. Ta’minlovchi mashina komponentlar ulushining bir me’yorda ta’minlanishini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Yangi avlod mashinalarida texnologik parametrlar kompyuter dasturlari asosida boshqariladi.







2-rasm. Asosiy tituvchi qismlar




Download 16,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish