O‘QUV USTAXONASIDA ISHLATILADIGAN TISKILAR
Stul tiski (gira)lari 1.3-rasmda ko‘rsatilgan. Bu tiskining qo‘zg‘almas 2 va qo‘zg‘aluvchan 3 jag‘lari bor. Qo‘zg‘almas jag‘ning uzaytiriladigan oyoqchasi 5 bor. Qisuvchi 4 yordamida tiskining jag‘larini bir-biriga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish mumkin
Stul tiskilar yumshoq po‘latdan yasaladi,. Tiski jag‘larining ishlaydigan qismlari yetarli darajada qattiq bo‘lishi kerak. Tiski stoldagi qattiq plastinaga vint bilan biriktiriladi.
Parallel tiskilar (1.4-rasm). Parallel tiskilarda qo‘zg‘aluvchan jag‘ni ochganda u qo‘zg‘almas jag‘ga nisbatan parallel hoatda qolaveradi, shuning uchun ham bu giraga shunday nom berilgan. Dastgohda ishlanganda ko‘pincha buriladigan parallel tiskilar 3 da ko‘rsatilganidek ishlatiladi. Bu giralar qo‘zg‘almas jag‘2ga korpusi to‘g‘ri burchak shaklida teshilgan, shu teshikka qisuvchi vintning gaykasi 3 joylashgan. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ 1 ning prizmatik quyrug‘i 4 to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida o‘yilgan teshikka kirib turadi. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ning korpusidagi teshikdan o‘tkazilgan qisuvchi vint 5 stopor planka 9 bilan mahkamlab qo‘yilgan.Tiskining qo‘zg‘almas jag‘i asos plita 7 ga markaziy bolt 8 bilan mahkamlangan va zarur bo‘lganda tiski shu bolt atrofida buriladi. Tiskini zarur holatda mahkamlab qo‘yish uchun vint 17 dan foydalaniladq.
Parallel tiskilar kul rang cho‘yandan ishlanadi. Tiskilarning o‘lchamlari jag‘larining eniga qarab belgilanadi, jag‘lar eni esa 60 mm dan 150 mm gacha, tiskining og‘irligi esa 3 kg dan 50 kg gacha bo‘ladi.Dastgohda tiskining qanchalik to‘g‘ri o‘rnatilganligi unda ishlovchi studentning bo‘yiga qarab tanlanadi. Parallel tiski-ni o‘rnatganda student tiski oldida to‘g‘ri turib, qo‘lini tirsak-dan bukib, tirsak bilan tiski jag‘lariga tayanadi. (1.6-rasm) va barmoqlarini yozib yuborganda, qo‘l ko‘krakka qisilgan bo‘lishi
kerak; agar tiski to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, yozib yuborilgan bar-moqlar iyakka tegib turishi lozim.
Parallel tiski studentning bo‘yiga qarab to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lining tirsak qismi gorizontal holatda bo‘lib, tir-sakning bukilgan joyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi (1.5-rasm, a). Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, tirsakning bukilgan joyi to‘g‘-ri burchak hosil qilmaydi (1.5-rasm, b).
Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lning tirsagi yo past-ga tushib yoki ko‘tarilib turadq.
Dastaki tiskilar. Bu tiskilar mayda buyumlarni mahkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Dastaki tiskilar qo‘lda ushlab turiladi-gan yoki dastgohga mahkamlab qo‘yiladigan bo‘ladi. 1.6-rasmda qo‘l tiskisi va undan foydalanish tartibi ko‘rsatilgan.
1-.3-rasm. Stol girasi:
1— dastgoh, 2— so‘zg‘almas jar, z— so‘zg‘aladigan jag‘, 4— kesuv-chi vint, 5— girani dastgohga mahkamlab qo‘yadigan oyoscha
1.4- rasm. Buriladigan parallel tiski:
1- suriladigan jag‘, 2- so‘zg‘almaydigan jag‘, 3- kevchi gayka.
4-yo‘naltiruvchi prizma, 5- sisuvchn vvnt, 6- qisuvchi vint gaykasi uchun T simon o‘q, 7- giraning asosi, 8- markaziy bolt, 9- stopor planka, 10- giraning buriladigan qismi, 11- girani dastgohga mahkamlab turadigan vint.
1.5-rasm. Tiskini bo‘yga moslab o‘rnatish
a - studentning bo‘yiga qarab dastgohga o‘rnatilgan girani tekshirish, b- gira bilan to‘g‘ri ishlash.
1.6-rasm. Dastaki tiski:
a — odatdagi dastaki tiski:1—jag‘lar, 2—suloqli vint,
3— prujinasi, b — nafis ishlar uchun gira, v — dastakj giraga sistirib qo‘yilgan sterjenlarni egovlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |