O`quv yili 4-choragida Mamatqulova Xilola Burxonjonovnaning



Download 0,91 Mb.
bet1/29
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#216537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
10biologiya tezis


2019-2020 o`quv yili 4-choragida Mamatqulova Xilola Burxonjonovnaning

10- sinf biologiya fanidan o`tkazilgan onlayn darslar bo`yicha yozgan tezislari.


Sana

Mavzular

Mavzuning qisqacha bayoni

Mavzuni mustaxkamlash

Uyga vazifa

1.04.2020

Evolutsiyaning sintetik nazariyasi

O`qituvchi:

Populatsiya o‘zidan kichik tarkibiy qismlarga bo‘linmaydigan, tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanishi mumkin bo‘lgan evolutsiyaning boshlang‘ich birligidir. Populatsiya individlardan tashkil topgan. Har qanday foydali mutatsiyaga ega bo‘lsa ham yakka organizm hech qachon evolutsion jarayonni sodir etolmaydi. Individlarning evolutsiya jarayoniga qo‘shadigan hissasi ko‘payish jarayonida genetik axborotni nasldan naslga o‘tkazishdan iborat.

Evolutsiya sintetik nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Populatsiya – evolutsiyaning eng kichik, elementar birligi.

2. Populatsiya genetik tarkibining o‘zgarishi evolutsiyaning elementar hodisasi hisoblanadi.

3.Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik hisoblanadi.

4.Evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillari: populatsiya to‘lqini, genetikavtomatik jarayonlar (genlar dreyfi ),migratsiya, alohidalanish, yashash uchun kurashda yuzaga chiqadigan tabiiy tanlanishdan iborat.

5.Mutatsion va kombinativ o‘zgaruvchanlik, populatsiya to‘lqini va alohidalanish tasodifi y yo‘naltirilmagan xarakterga ega omillardir.

6. Evolutsiyaning yo‘naltiruvchi omili yashash uchun kurash asosida paydo bo‘ladigan tabiiy tanlanishdir.

7. Evolutsiya asta-sekin va uzoq davom etadigan jarayondir.

8. Tur o‘zaro bog‘langan, morfologik, fi ziologik va genetik jihatdan farq qiladigan, biroq reproduktiv jihatdan alohidalashmagan birliklar – kenja turlar va populatsiyalardan tarkib topadi.

9. Allellar almashinuvi, genlar oqimi tur ichidagina ro‘y beradi.

10. Evolutsiya divergent xarakterga ega, ya’ni bir turdan bir necha turlar kelib chiqishi mumkin, ba’zan esa yagona bir turdan boshqa yagona tur kelib chiqishi mumkin.

11. Mikroevolutsiya tur doirasida, makroevolutsiya turdan yuqori sistematik birliklarda yuzaga keladigan evolutsion jarayonlarni ifodalaydi.

XX asrga kelib irsiyat va o‘zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atrofl icha o‘rganila boshlandi.



1. Genlar dreyfini tushun-tirib bering.

2. Populatsiya to‘lqinini tushuntirib bering.

3. Alohidalanishni tushuntirib bering.


1. Darslikdagi 44-§ ni mavzuni o‘qib, tayanch so‘zlarni tahlil qiling.
2. Darslikdagi mavzu so`ngida berilgan savol va topshiriqni bajarib.

3.04.2020


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish