O‘quv yilida yillik ish reja asosida o‘z faoliyatimizni boshladik



Download 62 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi62 Kb.
#511542
Bog'liq
28-m Yillik hisobot


2021-2022 o‘quv yilida yillik ish reja asosida o‘z faoliyatimizni boshladik. Oylik rejalar ishlab chiqilib, ish faoliyati uchun kerakli xujjatlar, metodikalar bazasi, treninglar jamlanmasi, o‘quvchilar xaqidagi ma’lumotlar bazasi jamlandi. Psixolog xonasi nizomda ko‘rsatilganidek jixozlanishga erishildi, maktabning pedagog xodimlari, rahbariyati bilan bilan tanishib, maktab xayoti xaqida kerakli ma’lumotlar bazasi to‘plandi.


Maktab sharoitiga, o‘quv faoliyatiga moslashishda hamda muloqot-munosabatlarga kirishishda qiyinchilikka uchrayotgan o‘quvchilarni psixologik diagnostika va korreksiya qilish maqsadida o‘quvchilarning o‘quv motivini baholash (N.G.Luskanova metodikasi), moslashish jarayonlarini o‘rganuvchi metodikalar o‘tkazildi. Moslashuv jarayoni sekin kechayotgan o‘quvchilar bilan korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ota-onalar yig‘ilishida psixologik tavsiyalar berildi.
O‘quvchilarning moslashish jarayonlari oson va muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlash maqsadida psixoprofilaktik mashg‘ulot sifatida o‘yinli treninglar o‘tkazildi. Jumladan, “Mo‘jizalar maydoni o‘yini” (liderlikka moyilligi va muloqotni shakllantirish), “Guruhlarga ajrat” o‘yini, “Sen nima deb o‘ylaysan” o‘yinlaridir. O‘quvchilarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilarga tavsiyalar berildi.
O‘quvchilarning o‘z “Men”ni qay darajada baholay olishi psixologik tahlil qilindi. “Zina” metodikasi o‘tkazildi. O‘ziga ishonchi sust bo‘lgan o‘quvchilar aniqlanib, turli xarakatli o‘yinlar yordamida o‘quv faoliyatiga nisbatan o‘ziga bo‘lgan ishonchi shakllantirildi. Ota-ona va farzand, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rasidagi shaxslararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va ijtimoiy foydali mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tafakkur, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, dastlabki kasbiy tushunchalarni o‘rganishga qaratilgan psixokorreksion harakatli o‘yinlar o‘tkazildi.
O‘quvchilarda maktabga munosabat diagnostikasi orqali jamoada faolligini oshirish maqsadida “Maktabga, o‘quv faoliyatiga munosabat” testi hamda guruhda jipslik, birgalikda harakat qilish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quvchilarning bilish jarayonini o‘rganish va psixokorreksion ishlarni amalga oshirish maqsadida o‘quvchilarda mantiqiy va avtomatik xotirani o‘rganish metodikasi. Xotira turlarini takomillashtirish va maxsuldorligini oshiruvchi metodika, “To‘tiqush” trening mashg‘uloti (Nutq faoliyatini takomillashtiruvchi va muloqot jarayonida so‘zlarni qo‘llash malakasini shakillantiruvchi metodika.) kabi metodikalar olib borildi.
O‘quvchilarning aqliy qobiliyati va tafakkur jarayonni o‘rganish uchun “Ortiqcha so‘zni toping” testi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar o‘tkazildi. Ota-ona darsdan tashqari vaqtda o‘quvchining bilish jarayonlarini takomillashtirish uchun tavsiyalar berildi. Pedagoglar uchun o‘quvchini bilish jarayoni rivojlanganlik darajasini inobatga olgan holda darsni tashkil etish uchun maslahatlar berildi. O‘quvchilarda mantiqiy va mexanik xotirani o‘rganish uchun o‘quvchilardagi mantiqiy va mexanik xotirani o‘rganish metodikasi o‘tkazildi. O‘quvchilarning diqqat va xotirasini rivojlantirish maqsadida “Rasmni eslab qol” trening mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quvchida qaysi xotira turi dominantaligini aniqlandi va bilimlarni o‘zlashtirishga ko‘maklashildi.
O‘quvchilarning turli fanlarga munosabatini taxlil qilish va fan to‘garaklariga jalb etish maqsadida fanlarga qiziqishini o‘rganishga qaratilgan metodika (V.V.Kazanseva) o‘tkazilib, natijasi asosida qaysi fanga iqtidori borligi baholandi. O‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari hamda kasb bo‘yicha tasavvurlarini rivojlantiruvchi “O‘ylab top” mashqi orqali o‘quvchilarni kasbiy moyilligini aniqlandi va natijalar asosida fan to‘garaklariga yo‘naltirildi.

“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 2 modulga asoslanib, o‘quvchilarga o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning qoidalarini bilish; o‘zini parvarish qilish uchun zaruriy vositalarni aniqlash va sotib olish qobiliyati; tashqi ko‘rinish qoidalarini o‘zlashtirish kabi tushunchalar borasida suhbatlar olib borildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni, erta tug`ruqni aniqlash hamda tangli vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash maqsadida sorovnomalar olindi


“Kasbim kelajagim ” platformasi orqali 7-8-9-10-11-sinf o`quvchilari kasbga qiziqishlarini aniqlandi
“Kasbim kelajagim ” platformasi orqali 5-7-sinf o`quvchilarning IQ darajasi aniqlandi
O‘quvchilarning kasbga nisbatan moyilliklarini aniqlash maqsadida G.Gardnerning “Intellekt tiplari” metodikasi yordamida aqliy faoliyati qirralarini tahlil etish orqali fan to‘garaklariga yo‘naltirildi. “Kasblar zanjiri” trening mashg‘uloti orqali o‘quvchilarni turdosh kasblar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minladi. Milliy va umuminsoniy kasblar haqida umumiy tasavvurlarni shakllantirish uchun T.Elersning “Shaxs muvaffaqiyatga erishish motivatsion sohasini o‘rganish” metodikasi o‘tkazilib, o‘quvchilarga kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi va kasbga yo‘naltirildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 2 modulga asoslanib, o‘quvchilarga o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning qoidalarini bilish; o‘zini parvarish qilish uchun zaruriy vositalarni aniqlash va sotib olish qobiliyati; Tashqi ko‘rinish qoidalarini o‘zlashtirish kabi tushunchalar borasida suhbatlar olib borildi.
O‘quvchining tashkilotchilikka layoqati va qobiliyatlari o‘rganildi.
O‘quvchilarda lidirlik hamda yetakchilikka layoqatini o‘rgatuvchi, maqsadni belgilashini o‘rgatuvchi “O‘quvchilarni tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash” metodikasi o‘tkazildi. “O‘quvchilarning maqsadlarga intilish” testi asosida o‘quvchilarni o‘ziga xos xususiyatlarini anglaishga yordamlashildi.
O‘quvchilardagi qiziqishlarni yo‘nalganlikni baholash va mutaxassislikka yo‘naltirish, o‘quvchilarning milliy va zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqishlarini orttirish uchun o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash metodikasi o‘tkazildi. Kasbiy moyillikni baxolash maqsadida “Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi orqali kasbga yo‘naltirildi.
Ota-onalar majlisida farzandlarini imkoniyatlari xaqida ota-onalarni tanishtirildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 1 modulga asosan, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar, jismoniy salomatlik, zararli odatlar, emotsional va psixik salomatlik (g‘azab bilan ishlash, stress-menedjment) kabi mexanizm mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; muntazam jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushunish; alkogol, tamaki va giyohvand moddalarga tobe’lik nima ekanligini tushunish; emotsional kechinmalarni va ularning organizmga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish kabi tushuncha va fikrlar berib o‘tildi.

Muloqot va muomala jarayonining o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarini shakllantirish jarayonida milliy qadriyatlarni namoyon bo‘lish xususiyatlarini yoshlar xulq-atvorida takomillashtirish uchun ushbu metodikalar o‘tkazildi. “Muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash”so‘rovnomasi, “O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari nazariy yo‘naltirish va intilishlarini aniqlash” metodikasi yordamida o‘quvchilarga, ularning ota-onalariga qobilyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berish. Kasbiy qiziqish va moyillikning nazariy jihatdan tahlil etib ulardagi kasbga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavotirlanish darajasini aniqlash maqsadida “Xavotirlanish darajasini aniqlash” metodikasi o‘tkazildi. Kasbni egallashga nisbatan mavjud qo‘rquvni yengish uchun suhbat tashkillashtirildi. “Kasbiy qiziqishlarni aniqlash” metodikasi ham o‘tkazildi. Faoliyat yo‘nalganligini mohiyatiga kreaktiv yondashuvni shakllantirildi.


“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 1 modulga asosan, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar, jismoniy salomatlik, zararli odatlar, emotsional va psixik salomatlik (g‘azab bilan ishlash, stress-menedjment) kabi mexanizm mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; muntazam jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushunish; alkogol, tamaki va giyohvand moddalarga tobe’lik nima ekanligini tushunish; emotsional kechinmalarni va ularning organizmga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish kabi tushuncha va fikrlar berib o‘tildi.
Shaxslilik xususiyatlarini takomillashuvida milliy qadriyatlarning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda amalda qo‘llash, “Men” tushunchasi asosida shaxs ijtimoiy statusini takomilashtirish va o‘z-o‘ziga baho berishni rivojlantirish uchun “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi, “Avtoportret” metodikasi yordamida o‘quvchini o‘ziga xos hussiyatlari aniqlandi va natijalari bilan ota-onalar majlisida ishtirok etib tanishtirildi.
“Kim bo‘lsam ekan?” shiori ostida kasbiy oriyentatsiya, kasbiy diagnostika va kasbiy yo‘naltirish ishlarini amalga oshirildi. Turdosh kasbga nisbatan qiziqishlar mexanizmini diagnostikasini amalga oshirish uchun “Qiziqishlar anketasi” orqali o‘quvchini qiziqish doirasini kengligini baholandi. “Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi yordamida o‘quvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Hududdagi mavjud kasb va hunarlarning professiogrammasi bilan o‘quvchilarni tanishtirildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 3 modulga ko‘ra
1. Do‘stlik munosabatlari
2. Hayot tarixini tuzish.
3. Aynan o‘xshashlik.
4. Mening qo‘llab-quvvatlash tarmog‘im
kabi g‘oyalarni ilgari surgan xolda “Men kimman?” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Trening jarayonida mustahkam munosabatlar shakllanishi haqida tushunchaga ega bo‘lish, puxta munosabatlar qanday shakllanishi hakida; tengdoshlar bosimidan qutilish va kuchli bo‘lishda davom etish; yaqin munosabatlarda javobgarlikni o‘z bo‘yniga olish kabi tushuncha va xususiyatlarni o‘quvchilarga o‘rgatishga erishildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 4 modul
1. Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar;
2. Kommunikativ ko‘nikmalar;
3. Nizolarni xal qilish;
4. O‘zini dadil tutish;
5. Qaror qabul qilish ko‘nikmasi;
6. Vaqtni boshqarishni o‘rganish
kabi g‘oyalarga asoslanib “Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar haqidagi bilimlar; verbal va noverbal muloqot, o‘zini dadil tutish, qaror qabul qilish, nizoli vaziyatlarni xal qilish, vaqtni boshqarish ko‘nikmalari shakllantirish kabi tushunchalarni o‘rgatishga erishildi.
Kasbga nisbatan motivlarni shakllanganlik darajasini o‘rganish “Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi asosida o‘quvchilarda kasbiy bilimlarni egallashga tavsiyalar berildi. “O‘quv motivatsiyasinining yo‘nalganligini aniqlash” so‘rovnomasi orqali o‘quvchi egallaydigan mutahasisligiga yo‘naltirish berib olindi. “Kasbiy moyillik” so‘rovnomasi orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida kasbga yo‘naltirish berildi. “Xavotirlanish darajasini aniqlash” so‘rovnomasi yordamida o‘quvchilarni stress xolatlarini tahlil qilindi va individual maslahatlar tashkil etildi.

“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 3 modulga ko‘ra


1. Do‘stlik munosabatlari
2. Hayot tarixini tuzish.
3. Aynan o‘xshashlik.
4. Mening qo‘llab-quvvatlash tarmog‘im
kabi g‘oyalarni ilgari surgan xolda “Men kimman?” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Trening jarayonida mustahkam munosabatlar shakllanishi haqida tushunchaga ega bo‘lish, puxta munosabatlar qanday shakllanishi hakida; tengdoshlar bosimidan qutilish va kuchli bo‘lishda davom etish; yaqin munosabatlarda javobgarlikni o‘z bo‘yniga olish kabi tushuncha va xususiyatlarni o‘quvchilarga o‘rgatishga erishildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 4 modul
1. Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar;
2. Kommunikativ ko‘nikmalar;
3. Nizolarni xal qilish;
4. O‘zini dadil tutish;
5. Qaror qabul qilish ko‘nikmasi;
6. Vaqtni boshqarishni o‘rganish
kabi g‘oyalarga asoslanib “Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar haqidagi bilimlar; verbal va noverbal muloqot, o‘zini dadil tutish, qaror qabul qilish, nizoli vaziyatlarni xal qilish, vaqtni boshqarish ko‘nikmalari shakllantirish kabi tushunchalarni o‘rgatishga erishildi.
O‘quvini qiziqishlari asosida o‘zi egallaydigan soha faoliyatiga kreativ yondashuvni shakllantirish qiziqqan sohga oid ma’lumotlarni o‘quvchini o‘zi yeg‘ishi va mustaqil izohlashi orqali kreaktiv fikr yuritishini namoyon eta olishga undash kabi xolatlarni aniqlash uchun Ye.K.Klimovning “Bo‘lajak kasb tipini aniqlash” takomillashtirilgan varianti o‘tkazildi, Ota-onalarga farzandlari egallaydigan kasb haqida maslahat va yo‘riqnomalar berildi. “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha” test yordamida ma’lum bir soha mutahasisligiga yo‘naltirish borasida maslahat berildi.
“Men kimman?” va “Kelgusida kim bo‘laman?” qonuniyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarni o‘zligini anglash va ijtimoiy muhitdagi statusini baholay olish malakasini shakllantirildi. O‘zining psixologik portretini ijobiy va salbiy tomondan baholash malakasini shakllantirish, o‘quvchi shaxsining yashash hududidagi o‘ziga xoslik qirralarini milliy qadriyatlar asosida rivojlantirish va takomillashtirish hamda malakasini oshirish, salbiy xususiyat va ko‘nikmalarga nisbatan tanqidiy yondashuvni shakllantirish maqsadida “Avtoportret” metodikasi”, “Ayzenkning shaxs xususisiyatlarini o‘rganish” so‘rovnomasi o‘tkazildi. Ota-ona va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning xarakter xususiyatlar, ulaorning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 3 modulga ko‘ra
1. Do‘stlik munosabatlari
2. Hayot tarixini tuzish.
3. Aynan o‘xshashlik.
4. Mening qo‘llab-quvvatlash tarmog‘im
kabi g‘oyalarni ilgari surgan xolda “Men kimman?” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Trening jarayonida mustahkam munosabatlar shakllanishi haqida tushunchaga ega bo‘lish, puxta munosabatlar qanday shakllanishi hakida; tengdoshlar bosimidan qutilish va kuchli bo‘lishda davom etish; yaqin munosabatlarda javobgarlikni o‘z bo‘yniga olish kabi tushuncha va xususiyatlarni o‘quvchilarga o‘rgatishga erishildi.


“Voyaga yetmaganlarni mustaqil hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” (qo‘llanma) 4 modul
1. Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar;
2. Kommunikativ ko‘nikmalar;
3. Nizolarni xal qilish;
4. O‘zini dadil tutish;
5. Qaror qabul qilish ko‘nikmasi;
6. Vaqtni boshqarishni o‘rganish
kabi g‘oyalarga asoslanib “Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni qanday muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin” trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Hayotiy va ijtimoiy ko‘nikmalar haqidagi bilimlar; verbal va noverbal muloqot, o‘zini dadil tutish, qaror qabul qilish, nizoli vaziyatlarni xal qilish, vaqtni boshqarish ko‘nikmalari shakllantirish kabi tushunchalarni o‘rgatishga erishildi.
2020-2021 o‘quv yili davomida “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash”, “Qizlarni turmushga tayyorlash”, “Internet-kiber olam xaqida” va yana turli mavzularda davra suhbatlari olib borildi. Ota-onalarga farzand tarbiyasidagi muammolarni bartaraf etish borasida treninglar tashkil etilib tavsiyalar berildi.
Maktabning iqtidorli o‘quvchilari bilan ularning to‘garak faoliyatlari bilan tanishib, iqtidorini namoyon qilishida psixologik qo‘llab-quvvatlandi.
Maktab ichki nazoratiga olingan o‘quvchilar bilan individual suhbatlar olib borildi va ijobiy natijalarga erishildi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bilan ham individual suhbatlar olib borildi.
Haftaning har shanba kunlari “ochiq eshiklar ” kuni munosabati bilan turli tashkilotlarga o`quvchilar bilan birgalikda tashrif buyurdi
Maktab amaliyotchi psixologi: Najmiddinova H
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish