Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Gipotalamus: qismlari, funksional anatomiyasi. Gipofiz. Gipotalamo-gipofizar tizim. III qorincha



Download 71,67 Kb.
bet9/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
10.Gipotalamus: qismlari, funksional anatomiyasi. Gipofiz. Gipotalamo-gipofizar tizim. III qorincha.

Bo‘rtiq osti sohasi - hypothalamus ikki yuzadan iborat bo‘lib, oldingi yuza - regio hypothalamica anteriorni kulrang modda - tuber cinereum,voronkasimon o ‘simta - infundibulum, gipofiz bezi - hypophysis, ko‘ruv nervi - tractus opticus va uning kesishmasi - chiasma opticum tashkil etadi. Orqa - regio hypothalamica posterior sohani so‘rg‘ichsimon moddalar - corpora mamillaria tashkil etadi. Bo‘rtiq osti sohasida ko‘p miqdorda vegetativ nerv tizimiga mansub bo’lgan nerv hujayralari joylashadi. Bu sohadan voronkasimon o ‘simta - infundibulum

boshlanib, uning uchida kalla suyagining turk egarini to‘lg‘azib turadigan, gipofiz bezi - glandula pituitaria osilib turadi. Bir juft bo ‘lib joylashgan so‘rg‘ichsimon moddalar - corpora mamillaria hid biluv po ‘stloq osti markazi hisoblanadi va bu sohada hid biluv nerviga tegishli hujayralar joylashadi.

Bo‘rtiq osti - hypothalamus sohasida quyidagi hosilalar bo‘ladi:

Area hypothalamica rostralis - oldingi bo‘rtiq osti sohasi. Bu sohada nucleus anterior hypothalami - bo ‘rtiq ostining oldingi o ‘zagi; nucleus preopticus lateralis, medialis, medianus - ko‘ruv oldi lateral, oraliq, medial o ‘zaklari, nucleus suprachiasmaticus - kesishma usti o‘zagi, nucleus supraopticus - ko‘ruv usti o‘zaklari joylashadi.

Area hypothalamica dorsalis - dorzal bo‘rtiq osti sohasi. Bu sohada nucleus dorsamedialis - dorzomedial o‘zak, nucleus endopeduncularis - oyoqcha ichidagi o‘zak, nucleus ansae lenticularis - yasmiqsimon olzak qovuzlog‘ining o ‘zaklari joylashadi.

Area hypothalamica intermedia - bo‘rtiq osti oraliq sohasi. Bu sohada nucleus dorsalis hypothalami - bo‘rtiq osti dorzal o‘zagi; nucleus infundibularis - quyg‘ich (voronka) o ‘zagi, nucleus periventricularis - qorincha atrofidagi o ‘zak, area retrochiasmatica - kesishma orqasidagi soha o ‘zaklari joylashadi.

Area hypothalamica lateralis - lateral bo ‘rtiq osti sohasi. Bu sohada area preoptica - ko‘ruv oldi sohasi, nuclei tuberales laterales - kulrang do‘nglikning lateral o‘zagi, nucleus perifornicalis - gumbaz oldi o ‘zagi; nucleus tuberommammilearis - kulrang do ‘nglik - so ‘rg‘ichsim on tana o‘zaklar bo‘ladi.

Area hypothalamica posterior - bo‘rtiq osti orqa sohasi. Bu sohada nucleus premammillaris dorsalis - dorzal so‘rg‘ichsimon tana oldi o ‘zagi, nucleus mammillaris lateralis - lateral so‘rg‘ichsimon tana o‘zagi, nucleus mammillaris medialis - medial so‘rg‘ichsimon tana o ‘zagi, nucleus supramammillaris - so‘rg‘ichsimon tana ustidagi o ‘zak, nucleus premammillaris ventralis - ventral so‘rg‘ichsimon tana oldi o ‘zaklari joylashadi.

Substantia alba hypothalami - bo‘rtiq osti sohasidagi oq m oddalar quyidagi hosilalardan iborat:

1) fasciculus longitudinalis posterior - orqa bo‘ylama tutam;

2) commissura supraoptica dorsalis - dorzal ko‘ruv usti bitishm asi;

3) fibrae striae terminalis - yakuniy hoshiya tolalari;

4) fornix - gumbaz;

5) tractus hypothalamohypophysialis - bo‘rtiq osti sohasi va gipofiz bezi orasidagi o ‘tkazuv yo‘li;

6) fasciculus mammillotegmentalis - so‘rg‘ichsimon tana va tom osti soha orasidagi tutamlar;

7) fasciculus mammillothalamicus - so ‘rg‘ichsim on tana bilan ko ‘ruv bo ‘rtig‘i orasidagi tutamlar;

8) fasciculus medialis telencephali - oxirgi miya medial tutamlari;

9) tractus paraventriculohypophysialis - qorincha atrofi o ‘zaklari bilan gipofiz bezi orasidagi o ‘tkazuv yo‘li;

10) tractus suproopticohypophysialis- ko ‘ruv usti sohasi o ‘zaklari bilan gipofiz bezi orasidagi o ‘tkazuv yo‘li;

11) comissura suprooptica ventralis - ventral ko‘ruv usti bitishmasi;

12) tractus retinohypothalamicus - to‘rsimon formatsiya bilan bo‘rtiq osti sohasi orasidagi o ‘tkazuv yo‘li.

Gipofiz bezi - hypophysis, glandula pituitaria - m iya ortig‘i yoki pitiutar - fibroz kapsula bilan o ‘ralgan gipotalamus sohasida joylashgan bez. Uning og‘irligi 0,5-0,6 gr bo‘lib, lx l, 3x0,6 sm ga teng. Taraqqiyoti va vazifasi har xil bo‘lgan ikki bo’lakdan iborat bo’ladi. Oldingi, distal yoki adenogipofiz - lobus anterior, pars distalis, adenohypophysis; orqa bo‘lagi yoki neyrogipofiz - lobus posterior. Bez og‘irligining 70 % ini, oldingi adenogipofiz bo ‘lagi tashkil etadi. Gipofiz asosiy suyakdagi turk egarining chuqurchasida joylashadi. Turk egari ustki tom ondan qattiq parda o ‘sim tasi bilan yopilgan bo‘lib, o ‘rta qism idagi teshik orqali o‘tgan infundibulum o ‘sim tasi bilan gipofiz bezi bosh miyaning gipotalamus sohasiga birikib turadi.

Oraliq miya bo‘shlig‘i III qorincha - ventriculus tertius ni hosil qiladi. Uchinchi qorincha orqa tarafda apertura aqueductus mesencephali - miya suv yo’li orqali to‘rtinchi qorincha bilan tutashadi. Uchinchi qorinchaning yon devorlari sohasida esa yon qorinchalarga ochiladigan teshik -

foramena interventricularia joylashadi. Uchinchi qorinchaning yon devorlari ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasidan hosil bo‘ladi.

Qorinchaning old devori oxirgi tizim chalar - lamina terminalis va gumbazning old sohasi - columnae fornicis dan tashkil topadi.

Qorinchaning yuqori devori: gumbaz, qadoqsimon modda va tomirli chigal - tela choroidea ventriculi tertia hisobiga hosil b o ‘ladi.

Q orinchaning orqa devori bo‘rtiq usti soha hisobiga tashkil topib, comissura habenularum va comissura cerebri posterior dan hosil bo ‘ladi. Orqa devorida ikkita chuqurcha - recessus suprapinealis ham da recessus penealis bo‘ladi.

Qorinchaning ostki devori talam us osti sohasiga to‘g ‘ri kelib, substantia perforata posterior, corpora mamillaria, tuber cinereum va chiasma opticum lardan hosil bo’ladi.


Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish