Organik kimyo organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o’rganadi



Download 107,16 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi107,16 Kb.
#281448
  1   2
Bog'liq
Alisiklik birikmalar kirish


Organik kimyo - organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o’rganadi.

Organik moddalar kishilarga juda qadimdan ma'lum bo’lgan. Ular qadim zamondan beri shakar va moy olishni, yog’larni qaynatib sovun olishni bilganlar. Hindiston va Misrda organik kimyo fani fan sifatida shakllanmagan bo’lsada, kishilar organik bo’yoqlardan foydalanib, buyash san'atini rivojlantirgan edi.

Sof holdagi organik moddalar dastlab 900 yillarda arab alkimyogarlari tomonidan hosil qilingan edi. Umuman moddalar to’g’risidagi tushunchalar dastlab Aristotelning filosofik qarashlarida ma'lum bo’lgan edi. Ya'ni hamma moddalar 4 ta "element" dan iborat - yer, suv, havo va olov. Kimyoviy bilimlar 16 asrdan boshlab rivojlana boshlandi. O’sha paytda nazariy asosda bo’lmasada lekin moddalar to’g’risida juda ko’p tajribalar to’plangan edi. Hamma moddalar hali organik va anorganik moddalarga bo’linmagan edi.

XI asrda "Flogiston" nazariyasi davrida asta-sekin organik va anorganik moddalarni sinflarga bo’linishi boshlandi. 1807 yilda Shved olimi Ya.Berselius tirik organizmdan olingan moddalarni organik moddalar deb atashni taklif qildi va tez orada bunday moddalardan sun'iy yo’l bilan yangi organik moddalar hosil qilindi. Shunday qilib, organik kimyo o’simlik va hayvonlardan olinadigan moddalar kimyosi sifatida shakllana boshladi.

1824 yilda Berseliusning shogirdi nemis kimyogari F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o’simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani, 1828 yilda esa oddiy organik tuz - ammoniy sianatdan hayvon organizmida hosil bo’ladigan mochevina (karbamid) ni sintez qildi.

Dastlab kaliy sianidni oksidlab kaliy sianat hosil qilinadi.

KCN + [O]  KNCO

Bu modda ammoniy sulfat ta'sirida parchalanib, ammoniy sianat NH4NCO ni hosil qiladi. NH4NCO esa yuqori harorat ta'sirida mochevinaga aylanadi.

KNCO + (NH4)2SO4 2NH4NCO + (NH4)2CO

ammoniy sianat
yoki


disian


1842 yilda rus olimi N.N.Zininning nitrobenzoldan anilinni olishi, 1845 yilda nemis olimi Kolbening sirka kislotani sintez qilishi, 1861 yili rus olimi A.M.Butlerovning paraformaldegiddan shakarsimon moddani sintez qilib olishi organik kimyo fanining rivojlanishiga katta yo’l ochdi.

Organik kimyo fani uglevodorodlar va ularning hosilalarini o’rganuvchi fandir.

Organik kimyo fani biologiya va tibbiyot bilan uzviy bog’liq holda o’rganiladi.

O’simliklardan, hayvonlardan va boshqa tabiiy manbalardan olinadigan barcha moddalar kimyosi, biologik faollikka ega bo’lgan modda kimyosi, olingan moddalar farmakologiyasi hamma-hammasi uzviy bog’lig’dir.

Organik kimyo fani yutuqlariga tayangan holda yuqori sifatli sintetik kauchuklar, plastmassalar, sun'iy tolalar, organik o’g’itlar, motor yoqilg’ilari, dori-darmon preparatlari, bo’yoqlar va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Organik va anorganik moddalarning farqlari:

1. Hozirgi paytda noorganik moddalar soni 650 mingga yaqin bo’lsa, organik moddalarning soni 5 milliondan ortiq. Har yili o’rta hisobda 2000 dan ortiq yangi organik birikmalar sintez qilinmoqda.

2. Organik kimyo fanida o’rganiladigan moddalar o’simlik va hayvon organizmida sodir bo’ladigan hayotiy jarayonning asosini tashkil etadi.

3. Organik moddalar tarkibidagi uglerod atomlari uzun zanjirsimon tuzilishga ega bo’lishi mumkin (chiziqli, tarmoqlangan va yopiq xalqali uglerod zanjirlarini hosil qiladi). Lekin anorganik moddalarda bu xususiyat yo’q. Masalan: O3, N4, Si6 bular qisqa zanjirlar hosil qiladi.

4. Organik moddalar yonadi (ba'zilari tetraxloruglerod va shu kabilar bundan mustasno),

Ko’pchilik anorganik moddalar esa yonmaydi.

5.Organik moddalar past haroratda suyuqlanadi, anorganik moddalar yuqori haroratda suyuqlanadi.

6.Organik birikmalar ko’pchilik anorganik birikmalardan ionlarga dissosilanmasligi

bilan farqlanadi, chunki ularni tashkil etgan atomlar o’zaro kovalent bog’langan bo’ladi.

7.Organik moddalarning reaksiyaga kirishish xususiyatlari anorganik moddalarnikidan farq qiladi.

8.Organik birikmalarda izomeriya hodisasi mavjud.




Download 107,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish