O‟rmonov N. T., Ismailov A. R



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

 
 
11.2. Xususiy kompaniyalarni boshqarishda korporativ boshqaruvning 
o„rni. 
Xususiy korxonaning egasi bir shaxs bulib, u yakka xolda mulkka egalik 
kiladi, uni tasarruf etadi, daromadni oladi va uzining tadbirkorlik faoliyati natijalari 
buyicha tulik moddiy ma‘suliyatli xisoblanadi. Ular davlatning vakolatli organlari 
tomonidan ruyxatga olinadi. 
Xususiy korxona o‗z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega 
bo‗lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da‘vogar 
va javobgar bo‗lishi mumkin. 
Xususiy korxona o‗z majburiyatlari bo‗yicha o‗ziga qarashli butun mol-
mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli 
bo‗lmagan taqdirda, xususiy korxonaning majburiyatlari bo‗yicha o‗ziga qarashli 
mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‗ladi. 
Xususiy korxona to‗liq firma nomiga ega bo‗lishi lozim, shuningdek 


194 
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‗lishga haqli. Xususiy korxona O‗zbekiston 
Respublikasining hududida va undan tashqarida qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda bank hisobvaraqlari ochadi. Xususiy korxona o‗zining to‗liq firma nomi 
davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri ko‗rsatilgan 
muhriga ega bo‗lishi kerak. Muhrda ayni paytning o‗zida firma nomi boshqa tilda 
ham ko‗rsatilishi mumkin. Xususiy korxona o‗zining firma nomi yozilgan 
shtamplariga va blanklariga, o‗z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan tovar belgisiga hamda ko‗zga tashlanib turadigan boshqa 
identifikatsiya vositalariga ega bo‗lishga haqli.
 
 
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-
mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida 
boshqacha qoida belgilangan bo‗lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. 
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik 
shaxslarning muassisi bo‗lishga yoki ularning ustav fondida o‗zgacha tarzda 
ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli. 
Xususiy korxonaning ta‘sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning ustavida 
korxonaning firma nomi, uning joylashgan yeri va pochta manzili to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar, asosiy faoliyat turlarining ro‗yxati, mulkdorning familiyasi, ismi, 
otasining ismi va yashash joyi, ustav fondining miqdori o‗z ifodasini topishi lozim, 
bundan tashqari ustavda qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa qoidalarni 
ham belgilash mumkin. 
Xususiy korxona davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan boshlab yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‗ladi. Xususiy korxonani davlat ro‗yxatidan o‗tkazish 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Xususiy korxonaning ustav fondi bo‗linmasdir va uni mulkdorning o‗zi belgilaydi. 
Pul, qimmatli qog‗ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy 
huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‗zga huquqlar xususiy korxonaning 
ustav fondiga qo‗shiladigan hissa bo‗lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning 
ustav fondiga o‗zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. Agar xususiy 
korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‗z oila a‘zolarining 


195 
umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol- mulkni korxonaga 
berayotgan bo‗lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial 
tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. 
Xususiy korxonaning ustav fondini ko‗paytirish va kamaytirish mulkdorning 
qaroriga ko‗ra, xususiy korxonaning ustaviga o‗zgartishlar kiritish yo‗li bilan 
amalga oshiriladi. Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya 
yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan 
kam ekanligi ma‘lum bo‗lib qolsa, xususiy korxona o‗z ustav fondini o‗zining sof 
aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart. Xususiy korxona 
sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. 
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, 
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‗radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, 
xususiy korxonaning pul mablag‗larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, 
shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, 
banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha 
xodimlari uchun majburiy bo‗lgan buyruqlar chiqaradi va ko‗rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxona ustaviga qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish, xususiy korxonani qayta 
tashkil etish va tugatish to‗g‗risida qaror qabul qilish, xususiy korxonaning soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlar to‗langanidan keyin qolgan foydasidan o‗z ixtiyoriga 
ko‗ra foydalanish, xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, 
ijaraga berish, garovga qo‗yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa 
sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish huquqiga 
ega. Xususiy korxona mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga 
ham ega bo‗lishi mumkin. 
Xususiy korxona mulkdori ustav fondini shakllantirishi, o‗ziga qarashli 
korxonani yakka boshqarishi shart. Xususiy korxona mulkdori zimmasida qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‗lishi mumkin. 
Xususiy korxona mulkdori o‗zi vaqtinchalik bo‗lmagan taqdirda, shu muddatda 
rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash 


196 
to‗g‗risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona mulkdori muvaqqat 
rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab 
qo‗yishi mumkin. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish