Orol fojeasi Orol dengizi qurishdan to’ztaydimi?



Download 192,59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi192,59 Kb.
#451906
Bog'liq
4-mustaqil ish



Mavzu: Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqayotgan ekologik muammolar 
1 Orol dengizining ekologik ahvoli, muommolari. 
2 Orol dengizi yana tiriladimi? 
3 Orol fojeasi 
4 Orol dengizi qurishdan to’ztaydimi?
 
Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan 
koʻproq janubiy-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoliy-sharqiy 
qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari 
bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, 
Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan 
keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoliy-sharqdan janubiy-gʻarbga choʻzilgan, uzunligi 428 km, eng 
keng joyi 235 km (45° shahrik.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, 
oʻrtacha chuqurligi 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol 
dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy 
qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim 
orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimoliy qirgʻoqlarida eng katta qoʻltiqlaridan 
Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, janubiy-sharqiy va sharqiy 
qirgʻoqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan 
joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiklari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol 
dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik 
davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali Orol dengizi suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi 
ancha baland boʻlib, janubiy va janubiy-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. 
Orol dengizi unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurt yonida 
chuqurligi 69 m gacha yetgan.Koʻlning sayoz joylari uning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy 
qismlariga toʻgʻri kelgan. 
Orol dengizi qirgʻoqlarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan 
farqlanadi. Shimoliy qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; 
qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Janubiy qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil 
boʻlgan.Gʻarbiy qirgʻogʻi kam qirqilgan va Ustyurt chinkidan iborat. Orol dengizida 300 dan ortiq orol 
boʻlgan. Ularning 80% dengizning janubiy -sharqiy qismida. Eng 
kattalari Koʻkorol (273 km²), Vozrojdeniye (216 km²) va Borsakelmas (133 km²) edi. Dengizga 
Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 60-yillargacha yiliga Amudaryo Orol dengizi ga 38,6 km³, Sirdaryo 
esa 14,5 km³ suv olib borgan. Suv balansida yogʻinlar ham muhim oʻrin egallagan. Dengiz akvatoriyasiga 
yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. 
Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa 
keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun 
ilimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Masalan, 1785 


yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825 yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana 
koʻtarilgan, 1862 yili kamaygan. Koʻkorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi 
pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899 yilga kelib Koʻkorol 
yarim orol boʻlib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 
1935 yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr 
mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. 
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va Sirdaryoning bahor-yoz 
paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil 
davomida oʻzgarish amplitudasi o’rtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %. 
Suvdagi tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy tarkibiga koʻra, 
suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz 11 mlrd. ga yaqin deb 
baholangan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dengiz suvi, ayniqsa, markaziy qismida juda tiniq. Suvi, 
xususan, qishda tiniq boʻladi. Yoz oylarida ham 24 m chuqurlikkacha dengizning tubi koʻrinadi. Suvining 
rangi koʻpgina qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning quyilish 
joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi. Yozda suvning yuqori qismidagi 
temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda 
temperatura 8°ga oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning o’rtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda —7°, 
— 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvyan, sudak, oqchavoq, laqqa, taran (leshch), pilmay kabi 
baliqlarga boy edi. 
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik portlari faoliyat 
koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, asosan, baliqchilik bilan va qisman, chor-
vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha 
dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash 
xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun 
posyolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan.Orol 
dengizini birinchi marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va xaritaga tushirgan.Orol dengizi 
suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻliqligidan, bu ikki daryo suvi sug’orishga 
qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan 
sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan 
quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya 
boshladi. 
Orol dengizida suv sathi pasayishining uning suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv 
sathining pasayishi suv balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60 
yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida), daryolar dengizga quyadigan 
suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. 
Sarflanish, yaʼni chiqim esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil 
etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili 1 km³ dan, 1911—60 yillar 
davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan. 
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi 
— 8—13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi — 
69— 72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi — 68-69 g/l). Rossiya 
konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi.Orol 
dengizi (qoz. Aral Teңіzі, Aral Tengizi, qor. Aral tenʼizi) Oʻrta Osiyoda joylashgan yopiq suv havzasidir. 
Shimoldan Qozogʻiston, janubdan Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston) yerlari bilan oʻralgan. 
1960-yillargacha maydoni 68,000 km
2
boʻlib, dunyoda kattaligi boʻyicha toʻrtinchi koʻl boʻlgan. Biroq, 
uni taʼminlovchiAmudaryo va Sirdaryo suvlarining koʻp miqdorda irrigatsiyaga sarflanishi uning hajmini 


keskin kamaytira boshladi. 2007-yilga kelib, Orol dengizi maydoni 50 yil avvalgiga nisbatan 90 % 
qismini yoʻqotib, uchta alohida koʻlga aylandi. Shoʻrlik oshishi Orol dengizi va 
atrofidagi nabotot va hayvonot qirilishiga sabab boʻldi. Mahalliy iqlim oʻzgardi; yoz issiqroq, qish esa 
quruq va sovuqroq boʻla boshladi. 
2010-yil maʼlumotlariga koʻra Orol dengizi maydoni 13,900 km
2
dir.1996-yil yanvarida Oʻzbekiston, 
Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida Orol dengizi ekologik holatini 
yaxshilashga doir shartnoma imzolandi.Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan 
biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz 
suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi 
va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 
oʻzgarishi tabiiy iqlim xususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi 
maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida 
sug’orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga 
quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 
16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, sho’rlanish darajasi 
9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000 yilga borib 180—200 gGʻl koʻtariladi. Hozirgi kunda dengiz 
sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib 
qolgan yerlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati 
yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlib qoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar 
chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy 
gʻarbiy Qizilqum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kabi landshaft 
komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 
ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning 
Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi 
dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha 
qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl 
maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib 
yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz 
ayrozonalarini shamol yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki 
maʼlumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — tuzon kutarilishi 
mumkin. Dengiz tubidan ko’tarilgan chang — tuz to’zoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib 
yubormoqda Chang — to’zonlarning atmosferaga ko’tarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan koʻzatilgan. 
Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning yer 
yuzasida yog’ilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol 
boʻyiga yog’ilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgga tashkil etib, 
tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning sug`oriladigan 
maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. 
Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 ming ga yaylovlarni egallab bormoqda. G’oʻza uchun 
ajratilgan maydonlar kasallik koʻzg’atuvchi zarar kunandalar bilan zararlangan. Qishloq xoʻjalik 
maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati 
yomonlashishi. (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand) II kategoriyada yerlaning koʻpayishiga 
olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida 
murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik 
maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub yerlar hisoblanadi, sho’rlangan, 
kuchli sho’rlangan maydonlar 35- 70 % tashkil etadi. Tuproqlarning sho’rlanishi hisobiga kichik xoʻjalik 
maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda 30 %, Turkmanistonda 40 %,Qozog'istonda 
33 %, Tojikistonda 1990 Qirg'izistonda — 20 % pasayib ketdi. Kuchli sho’rlangan yer osti suvlarning 
joylashishi, cho’llanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo vab Sirdaryo qirgʻoqlarini pasayish 
natijasida daryolarning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay 


oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan o’tloqli — botqoqli tuproqlar unumsiz 
o’tloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib 
ketdi. Kurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. 
Orol boʻyining sanitar — epidemiologik ahvoli nixoyatda og’ir aholi markazlashtirilgan suv bilan 
taʼminlash 29- 67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol 
dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil 
etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz 
shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash 
uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. O DYeN Orol dengizi muammosi xam diqqatga 
sazovordir.Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy 
muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm 
dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan yerdagi tuzlar shamol esganda 
changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha yerdagi aholida suv 
muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, 
hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ 
dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha 
erga „yetmayapti“. Buni qisqa qilib shunday taʼriflash mumkinki, O’rta Osiyo mamlakatlarida 
qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka 
qadalganida“ anglab yetishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni yechish 
yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni 
paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam 
yetib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlagan. 
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini 
toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va 
uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza 
boshlandi. Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan 
boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, 
suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi.Suv 
zahiralaridan nooʻrin foydalanish — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot 
suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning 
shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi 
shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 
100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan 
yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin 
foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan 
global ekologik halokatni paydo qildi. 
Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol 
esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi. Ayrim 
maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga 
bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan 
bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning 
kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga 
tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi 
hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u erdagi muzliklarning 
erishini tezlashtirib yuborgan.Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 
ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay 
ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin 
kamayishiga olib keldi. 


Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi 
harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq 
kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan 
ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, 
oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-
qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.Ekologik tanglik Orol boʻyi 
tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va 
shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, 
oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv 
toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi 
xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka 
chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik 
va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning 
quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy 
Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi 
„noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik 
dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 
turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. 
Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. 
Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol 
dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan 
esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, 
km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin 
maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin 
kamaya boshlagan. Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4 marta, 
suv sathi 1,8 marta, undagi suv hajmi 9 martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 
70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. 
Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan 
oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz 
kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy 
qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l). 
Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga quyilgan. Orol 
dengizi 1573-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan. Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan 
kit, akula va dengizda yashaydigan qizil baliq qoldiqlarini topishgan. 1850-yilda Rossiya buyurtmasi 
asosida Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan. 1965-yilgacha Aralsk, Moʻynoq, 
Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol 
boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 
ming sentnergacha baliq ovlangan. 1981-yilda Amudaryoda kema va parom qatnovi toʻxtatilgan. Orol 
dengizining yuz km dan koʻproq ichkariga chekinishi natijasida kemalar quruq qum ustida qolib ketdi. 20 
asr oʻrtalarida Orol boʻyida umurtqali hayvonlarning 178 turi, oʻsimliklarning 1200 turi aniqlangan. 
Amudaryo qirgʻoqlaridan yiliga 1 mln dan ortiq ondatra moʻynasi tayyorlangan. Oʻtgan asrning 90-
yillarga kelib, moʻyna tayyorlash butunlay barham topdi. Tuproqning kuchli shoʻrlanishi oqibatida 
qishloq xoʻjalik mahsulotlari etishtirish bir necha marta kamayib ketdi. Yerlarning shoʻrlanishi, turar 
joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar 
foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni 
kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol 
boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan. 


Bugun atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, inson salomatligini ta`minlash 
butun jahonda eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Toza ichimlik suvi ta`minoti esa hozirgi paytda 
dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ekologik muammolardan biridir. Olimlarning hisob-
kitoblariga ko'ra, bir litr oqova suv yetti litr tabiiy suvni ifloslantirar ekan. Ma’lumotlarga ko’ra, 2025- 
yilga borib dunyoda har 10 kishidan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi muammosidan 
aziyat chekadi. Bu muammo mintaqamiz uchun ham dolzarbdir. Hozir dunyoda Orol dengizining qurishi 
tufayli kelib chiqqan ekologik falokat haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Orolbo’yi xalqlariga 
yetkazilgan ma’naviy zararni umuman to’ldirib bo’lmaydi. “Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik 
ekologik va gumanitar fojialardan biri,- deb yozadi I.A. Karimov — dengiz havzasida yashaydigan 
qariyib 3.5 mln. kishi uning ta’sirida qoldi ”.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentyabr- dagi 48-
sessiyasida jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammolariga qaratgani, Bosh assambleyaning 
1995-yil 24-oktyabrdagi 50-sessiyasida Orol fojiasidan aziyat chekayotgan davlatlarning vakillari jahon 
hamjamiyatiga murojaat qilib, dengizni va Orolbo‘yini asrash bo‘yicha yordam ko‘rsatishga chaqirganlari 
bejiz emas. Yaqin-yaqin vaqtlargacha Orol dengizi Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish, oziq-
ovqat ishlab chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va barqaror ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishda 
muhim o‘rin tutar edi. Orolbo‘yi suv havzalarida yiliga 35 ming tonnagacha baliq ovlanar, Amudaryo va 
Sirdaryo deltalaridagi unumdor yerlar, yuqori samarali yaylov va suv havzalari millionlab odamlarning 
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida ish bilan bandligini ta’minlar edi. 
Biroq mintaqadagi yirik daryolarda o‘ylamasdan ulkan gidrotexnik inshootlar qurilgani, transchegaraviy 
daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning tabiiy oqimi noto‘g‘ri boshqarilishi eng yangi tarixda 
Yer yuzidagi g‘oyat og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Bir paytlar dunyodagi eng noyob, 
go‘zal va yirik yopiq suv havzalaridan biri bo‘lgan Orol dengizi bir avlod ko‘z o‘ngida batamom yo‘q 
bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Bu esa mintaqada misli ko‘rilmagan ofatga aylanib, Orolbo‘yida 
yashayotgan aholi hayotiga, bu yerdagi ekotizim va bioxilma-xillikka o‘nglab bo‘lmaydigan darajada 
zarar yetkazmoqda. Qurigan dengiz o’rnida hosil bo’lgan Orolqum sahrosi maydoni 5,5 gektarga yetib, 
undan har yili qariyib 100 million tonna qum-chang va zaharli tuzlar atmosferaga tarqalmoqda. Ana shu 
zararli moddalar tarkibing yarmini uglerod oksidi, 15 % ni uglerod chiqindilari, 14 % oltingugurt qo’sh 
oksidi, 9 % azot oksidi, 8 % ni qattiq moddalar taashkil etadi va 4 % ga yaqin o’ziga xos zaharli 
moddalarga to’gri keladi. Olimlarning aniqshicha, ana shunday zararli moddalar Pomir, Tyan-Shan 
muzliklari, hattoki Arktikaga ham borib yetayapti. 
Amudaryo va Sirdaryoning Orolga umumiy quyilish hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 5 barobar, Orol 
dengizining suvi 14 barobardan ko‘proq kamaydi, uning sho‘rlanish darajasi esa deyarli 25-marta ortdi. 
Bu Orol dengizida ilgari bo‘lgan baliq va boshqa dengiz mavjudotlarining deyarli butkul yo‘qolishiga olib 
keldi.
Ammo Orolbo‘yida ro‘y berayotgan fojia ko‘lamini, bu yerda yashayotgan millionlab odamlarning dardi 
va orzu-armonlarini quruq raqamlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va 
Turkmanistonning Orol fojiasining kuchli ta’siri ostida qolgan mintaqalari aholisi har kuni suv resurslari 
yetishmasligi, ichimlik suvi sifatining pasayishi va tuproq tarkibining buzilishi, iqlim o‘zgarishi, aholi, 
birinchi navbatda, bolalarning turli kasalliklarga chalinishi ko‘payib borayotgani bilan bog‘liq ijtimoiy-
iqtisodiy va demografik muammolarni boshdan kechirmoqda. 
Bu jahon hamjamiyati Orol dengizi fojiasiga global ekologik ofat sifatida qarayotgani va millionlab 
odamlar yashayotgan ushbu mintaqaning ekologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etish 
masalasiga zudlik bilan e’tibor qaratish g‘oyat dolzarb ekanini e’tirof etayotganidan dalolat beradi.
Ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida O’zbekiston Orol fojiasi asoratlarini kamaytirishga ulkan kuch-g’ayrat 
safarbar etmoqda. 1993 yilda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston 
ta’sisligida tashkil etilgan Orolni Qutqarish Xalqaro Jamg’armasi (OQXJ) ning ta’sischilarining biri 
sifatida mamlakatimiz uning faoliyati mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratyabti. Jumladan, 1997-
1999 yillarda Jamg’armaga raislik qilgan respublikamiz tomonidan OQHJ huquqiy ba’zasini 
rivojlantirish, Orol dengizi havzasida barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida xalqaro tashkilotlar va 


moliya muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha qator chora — tadbirlar amalga oshirildi. 
Mamlakatimiz 2013-yildan boshlab Jamg’armaga raislik qilib kelayapti.
Qabul qilinayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, Orol dengizining qurishi va uning halokatli oqibatlari 
hamon dolzarbdir. Iqlim o’zgarishi, suv-yer degradadatsiyasi davomiyligi, cho’llanish tuproq sho’rlanishi 
va botqoqlanishi mintaqadagi sotsial-iqtisodiy, gumanitar va ekologik holatga salbiy ta’sir ko’rsatayotir. 
Binobarin, OQHJga raislik qilayotgan O’zbekiston tomonidan 2013-2016 yillarga mo’ljallangan Orolning 
qurish oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo’yidagi halokatning oldini olishga oid chora-tadbirlar rejasi 
ishlab chiqildi. Zero, unda ekologik barqarorlikka erishish, onalikni muhofaza qilishni yaxshilash, 
kasalliklarga qarshi kurashish va inson hayoti uchun xavfsiz sharoitlar yaratish nazarda tutilgan. Hudidda 
suv resurslarini oqilona boshqarish, suvni tejash va sug’orishda ilg’or texnologiyalatni qo’llash, aholini 
toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ijtimoiy sohalar — ta’lim, sog’liqni saqlash infratuzilmasi, transport 
komunikatsiyalarini ravnaq toptirish, profilaktik va tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholing bandligini 
mustahkamlash hamda daromadlarini ko’paytirish, harakatlanadigan qumlar va zararli tuzlarnig havoga 
ko’tarilishing oldini olish, eroziyaga qarshi kurashish, bio xilma-xillikni saqlash, OQHJning BMT va 
boshqa tashkilotlar bilan hamkorligini kuchaytirish kabi yo’nalishlar dasturning ustivor jihatlaridir. 
Shu kunga qadar ayni yonalishdagi tadbirlar uchun 2 mlrd AQSH dollarida teng mablag’ sarflandi. 2014-
oktabr oyida Urganch shahrida bo’lib o’tgan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini 
yumshatish bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish” masalasiga bag’ishlangan xalqaro konfirensiyada esa 
BMT, Yevropa Ittifoqi, yetakchi xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari hamkorligida Orol dengizi 
havzasidagi mamlakatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha 8 mlrd AQSH dollaridan ortiq mablag’ jalb 
etiladigan o’nlab loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan 
dasturga asosan, 2013-2016-yillarga mo'ljallangan dasturning muhim vazifalaridan biri biologik 
resurslardan oqilona va kompleks foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmoqlarini 
rivojlantirish va kengaytirish hisoblanadi. Shu bois Orol dengizining qurigan tubida (80 ming gektar 
maydonda) o'rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish orqali Orolbo'yini ekologik sog'lomlashtirish, 
mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini rivojlantirish ishlari izchil olib 
borilmoqda. 
Yaqin kelajakda bu tadbirlarni amalga oshirish Orol dengizi havzasida ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni yechishga imkon beradi va Osiyoda o’ziga xos suv havzasini saqlab qolish 
borasida katta tadbirlarni amalga oshirishga asos yaratadi. Shu bilan birga bugungi avlod zimmasiga 
ulkan ma’sulyat yuklaydi.

Download 192,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish