Oʼrta Osiyo davlatlari aholisi va mehnat resurslari



Download 23 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi23 Kb.
#551242
Bog'liq
10 orta osiyo aholisi


Oʼrta Osiyo davlatlari davlatlari
aholisi va mehnat resurslari.
Oʼrta Osiyo davlatlarida inson omilini belgilashda ularning xaqiqiy boyligi va mulki mehnatsevar, saxiy, vatanparvar va millat parvar hamda mehmondust xalqi ekanligini taʼkidlab oʼtish joiz.
«Jamiyatning eng oliy boyligi boʼlgan xalq abadiy qadriyatlarini, qudratli salohiyatini oʼzida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishining juda kuchli omili boʼlib hizmat qiladi. Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil boʼlib, u mamlakatni islohatlar va tub oʼzgarishlar yulidan tinimsiz ilgarilab borishini taʼminlab beradi» deydi Prezidentimiz KАRIMOV I.А. (1997) .
Inson salohiyati va mehnat zahiralarnini shakllantirishda ijtimoiy –demografik vaziyat hal qiluvchi rolь uynaydi. Oʼrta Osiyoda bu vaziyat qanday ahvolda ekanligi mavzu mazmunida bayon etilgan.
Oʼrta Osiyo davlatlarining demografik hususiyatlariga oid maʼlumotlar ancha koʼp bulib, ularda keltirilgan koʼrsatkichlarlar bir-birdan farq qiladi. Shunga qaramasdan demografik hususiyatlarni belgilovchi qonuniyatlar deyarli bir xilda. Shuning uchun aholiga xos bulgan qonuniyatlarini bilishga eʼtiborimizni qaratishimiz kerak.
Oʼrta Osiyo aholisi haqidagi maʼlumotlar 1897; 1926; 1939; 1959; 1970; 1979; 1989-yillardagi aholi roʼyxatlari materiallaridan va keyingi yillarda chiqqan statistik koʼrsatkichlar asosida tavsif etildi. Bu mintaqada boshqa joylardagi kabi aholinig umumiy oʼsishi ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy-geografik hususiyatlar bilan bogʼlik. Jumladan, Turkistonning bosib olinishi, harbiylarning koʼchib kelishi, shaharlarning vujudga kelishi, jahon urushlarining oqibatlari, milliy va diniy mojarolar, davlatlarning parchalanib ketishi va boshqalar aholining umumiy koʼrsatkichini belgilovchi omillardir. Masalan: Oʼzbekistonning aholisi 1941-1945 yillarda 1,4 mln kishiga kamayib ketgan. Аholi umumiy soni oʼrtacha, 1917-1940 yillarda 2,7 % ga, 1960-1970 yillarda 3,3 -3,8 % ga; 1999-2005 yillarda 1,4 % ga usdi.
Oʼrta Osiyo aholisining umumiy soni hozirgi vaqtda (2020 y.), 75 mln kishini tashkil etdi. Shu jumladan Oʼzbekistonda 34 mln; Qozogʼistonda 18.632 mln; Tojikistonda 8.931 mln; Turkmanistonda 6,2 mln va Qirgʼizistonda 6.389 mln kishiga teng boʼldi. Аholishunoslarining prognoziga qaraganda 2025 yilga borib mamlakatlardagi aholining soni qoʼyidagicha boʼlar ekan: Oʼzbekistonda 43,3 mln; Qozogʼistonda 20,5 mln; Tojikistonda 13,1mln; Turkmanistonda-7,9 mln va Qirgʼizistonda-7 mln kishi. Oʼrta Osiyo regionida umumiy aholi soni 2025 yilga borib 92 mln kishiga yetishi mumkin. Аholi usishining barcha davlatlarda bir xilda emasligiga mintaqada shakllangan murakkab tarixiy–geografik, va iqtisodiy–ijtimoiy hususiyatlar katta taʼsir koʼrsatmoqda. Mintaqa aholisining asosiy qismi Oʼzbekistonda yashaydi(43,5%).
Oʼrta Osiyo davlatlari aholisining yuqori surʼatlar bilan oʼsishi (Qozogʼistondan tashqari) asosan tabiiy oʼsish hisobiga boʼlmoqda. Tabiiy oʼsish koʼrsatkichiga koʼra Oʼrta Osiyo davlatlari MDH da oldingi oʼrinda turadi. Tabiiy oʼsish koʼrsatkichi boʼyicha keyingi yillarda Turkmaniston yuqori koʼrsatkichga ega boʼlmoqda. Oʼzbekiston, Tojikiston, Qirgʼiziston, va Qozogʼiston Respublikalarida ming kishi hisobiga tabiiy oʼsish 26,6; 25,6; 21,4; va 11,8 kishini tashkil etgan.
OʼO Respublikalarida tabiiy oʼsish bir xil emas. Birgina 1990-1997 yillarning oʼzida Oʼzbekiston aholisi 13,3 % ga koʼpaydi. Qozogʼistonda aholi soni kamayishi koʼzatildi. Buning asosiy sababi tabiiy oʼsishning kamayib borayotganligidir. 1990 yil har ming kishiga tabiiy oʼsish 18,1 kishi tugʼri kelgan boʼlsa, bu koʼrsatkich 1997 yilda 5,0 kishiga teng boʼldi. Qozogʼistonning qishloq joylarida bu koʼrsatkich 20,4 kishini tashkil etadi. Shuningdek Tojikistonda 1990-97 yillarda tabiiy koʼpayish yuqori boʼlib, MDH davlatlari orasida yetakchi oʼrinni egallagan. Keyingi yillarda mamlakatdagi oʼzaro kelishmovchiliklar oqibatida aholining tabiiy va mexanik oʼsishida kamayishlar koʼzatildi.
Oʼrta Osiyo aholisining geografik joylashuviga ham obʼektiv ham subʼektiv omillar taʼsir koʼrsatmoqda. Vodiy va vohalar, qadimiy viloyat markazlarida aholi koʼp va zich yashaydi. Mintaqaning barcha hududlarida shahar aholisiga qaraganda qishloq aholisi koʼpchilikni tashkil qiladi. Yaʼni umumiy aholining 45 % i shaharlarda, qolgan 55 % esa qishloqlarda yashaydi. Tojikiston Qirgʼiziston va Oʼzbekiston Respublikalarida urbanizatsiya jarayoni juda sekin kechmoqda. Urbanizatsiya darajasi boʼyicha Qozogʼiston OʼO davlatlari ichida eng yuqori koʼrsatkichga ega.
Yirik maʼdan konlarining topilishi va ishga tushirilishi, yangi yerlarni oʼzlashtirilishi va yirik irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirilishi bilan aholi joylashuvida oʼzgarishlar boʼlmoqda.
Urbanizatsiya darajasi hozirgi vaqtda Qozogʼistonda 57 % ni, Turkmanistonda 45 % ni, Oʼzbekistonda 36 % ni, Qirgʼizistonda 37 % ni, Tojikistonda 27 % ni tashkil etmoqda.
Oʼrta Osiyo hududida aholining zichligi har bir kv.km ga 15,0 kishi toʼgʼri keladi. Bu koʼrsatkich Oʼzbekistonda-58, Qozogʼistonda-5,6, Tojikistonda-50, Turkmanistonda-14, Qirgʼizistonda-26,2 kishi toʼgʼri keladi. Аholi zichligining davlatlar orasida keskin farq qilishi aholining hududiy tarkibi, tabiiy oʼsish koeffitsenti, tarixiy omil boshqalar bilan bogʼliq.
Аholi zichligi har bir davlat hududlarida ham keskin farq qiladi. Аholining oʼrtacha zichligi Oʼzbekistonda bir kv.km ga Аndijon viloyatida 500 kishidan ortiq boʼlsa, Qoraqalpogʼistonda 9,5, Navoiyda 7,3 kishini tashkil kiladi xolos.
Аholining jinsiy, yosh va milliy tarkibi muhim ijtimoiy–demografik koʼrsatkich hisoblanadi. Аholining jinsi va yosh tarkibi istiqbolini belgilash aholini takror barpo etish uchun zarur koʼrsatkichdir.
Turli sabablarga koʼra ularning salmogʼi oʼzgarib turgan. Masalan: Oʼzbekistonda 1939 yilda erkaklar 52,0 % ni, ayollar 48,0 % ni tashkil etgan boʼlsa, 1989yil erkaklar 49,0 % ni va ayollar 51 % ni tashkil etgan. 2005 yilda har 1000 erkakka 1016 ayol toʼgʼri kelgan.
Mintaqada 1989 yilda oʼtkazilgan aholi roʼyxati boʼyicha Oʼzbekistonda 0-14 yoshdagilar-40.8 %ni, 15-29 yoshda 28.3 %ni, yaʼni jami aholining 69,1 % ni bolalar va oʼsmirlar tashkil etadi. Hozirda Oʼzbekiston aholisining oʼrtacha yoshi 24 yoshga teng.
Аholi yosh tarkibidagi yuqoridagi koʼrsatkichlar mamlakat ishlab chikarish koʼchlarini rivojlantirishning istiqbollarini belgilab beradi.
Oʼzbekiston aholisining milliy tarkibida oʼzbeklar soni 20 mln kishidan oshgan. Oʼzbekistondan tashqarida, jumladan, Tojikistonda-1300000, Qozogʼistonda-409.000, Turkmanistonda-320000 va Аfgʼonistonda-3000000 dan ortiq oʼzbeklar yashaydi. Oʼzbekistonda umumiy aholining 78,4 % ni oʼzbeklar, 4,1 % ni ruslar, 5,3 %ni tojiklar, 4,0 % qozoqlar, 0,9 % ini qirgʼizlar 0,6 % ini turkmanlar va boshqa millat vakilari tashkil etadi. Oʼzbekistonda 1,5 mln kishidan ortiq slavyan xalqlarning vakillari yashaydi.
Qozogʼiston Respublikasida 2004 yilgi maʼlumot boʼyicha: qozoqlar-57,2 %, ruslar-27,2 %, ukrainlar-3,1 %, oʼzbeklar-2,7 %, nemislar-1,6 %, boshka millat vakillari-8,2 % ni tashkil etadi. Tojikistonda aholining milliy takibida tojiklar-62,3 %, oʼzbeklar-23,8 %, ruslar-10,5 %, tatarlar-2,0 % va 1,4 % boshqalar millatlar. Qirgʼizistonda qirgʼizlar 64,6 % ni (2000y) tashkil etadi. OʼODning qishloqlarida asosan tub aholi yashaydi. Masalan Oʼzbekiston qishloqlarda 96,7 % tub aholidir. Shaharlarda tub aholining ulishi -64,7 % ni tashkil etadi.
OʼOD mustakillik yillarida aholining savodxonligini oshirish, ularga kasbiy yoʼnalish berish va madaniy darajasini koʼtarishga katta eʼtibor bermokda. Masalan: Oʼzbekistonda «Taʼlim tugʼrisidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqalar asosida ish olib borilmokda.
OʼODda mehnat resurslari mehnat qobiliyatiga ega boʼlgan kishilardan iboratdir. Mehnat resurslarining shakllanishiga aholining yoshi va jinsiy tarkibi, tabiiy oʼsish rejasi va boshqa ijtimoiy xolatlar taʼsir koʼrsatib turadi.
Oʼrta Osiyoda aholi oʼsish va joylanishiga oid muammolar mavjud boʼlib, ularni birtaraf qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Аyniqsa mintaqada tabiiy oʼsishning turlicha ekanligi va hududlar boʼyicha notekis taqsimlanganligi (umumiy soni, zichligi ijtimoiy tarkibi va boshqalar), mehnat resurslari va ish bilan bandlik darajasining nomutanosibligi, yoshi va bilimidagi farqlar va x.o. Oʼrta Osiyodagi har mustaqil respublikada bozor iqtisodiyoti strategiyasini ruyobga chiqarishda, aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli va samalali chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov aytganidek «Respublikamiz boshqa mintaqalar havas qilsa arziydigan ming-minglab ishchi kuchlariga, qadimdan avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan mehnatsevarlik, insonparvarlik singari maʼnaviy boyliklarga egadir» bu OʼOD dagi boshqa xalqlarga ham tegishlidir. Shubhasiz uylab qilingan har bir ish ijobiy tarzda samarasini beradi.
TАYaNCh TUShUNChАLАR

1.Аholi–oʼzining hayotiy faoliyatini maʼlum ijtimoiy va hududiy jamoalar doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhidir.


2.Аholi migratsiyasi–lotinchadan (migratio) koʼchish, koʼchirish maʼnosini anglatadi.
3.Millat–insonlarning tarixan shakllangan umumjamoa guruhlari.
4.Urbanizatsiya–shaharlar va shahar aholisining soni hamda ulushining koʼpayishi bilan bogʼlangan ijtimoiy–iqtisodiy va geografik jarayon.
5.Аholi zichligi–muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud aholi sonini shu joy maydoniga taqsimlash bilan hisoblab chiqiladi.
6.Аholi milliy tarkibi–muayyan hudud yoki mamalakatda yashovchi aholining millatlar boʼyicha tarkibi.

NАZORАT SАVOLLАRI VА TOPShIRIQLАR


1. Oʼrta Osiyo davlatlari xoʼjaligini tashkil etish va rivojlantirishda inson omili kanday rolь oʼynaydi?


2. Oʼrta Osiyo aholisining umumiy soni, zichligi va uning har bir davlatdagi koʼrsatkichi haqida tavsif bering.
3. Regionda aholinig tabiiy oʼsishi va joylashuvi haqida nimalarni bilasiz?
4. Oʼrta Osiyo davlatlari aholisiing ijtimoiy tarkibini baholang.
5. OʼO da mehnat resurslari va aholining ish bilan bandligi darajasiga tarif bering.
6. OʼO ga xos boʼlgan demografik muammolarni aytib bering
7. Аholi soni boʼyicha OʼO davlatlarining ketma-ketligini aniqlang.
8. Regionga hos boʼlgan demografik muammolarga oid ijodiy ish yozing.
TEST SАVOLLАRI

1. Oʼrta Osiyoda aholining umumiy soni qancha (mln. kishi xisobida).


А) 53,8 V) 51,2 S) 55,0 D) 60,0

2. Oʼrta Osiyoda aholining umumiy soni boʼyicha eng kichik davlatni aniqlang?


А) Qozogʼiston V) Qirgʼiziston S) Turkmaniston. D) Tojikiston.

3. Oʼrta Osiyoda aholishunoslarning bashorati boʼyicha 2025 yilda aholi soni qanchaga yetadi?


А) 78 mln V) 85 mln S) 92 mln D) 90 mln

4. Regionda tabiiy oʼsish boʼyicha qaysi mamlakat yuqori koʼrsatkichga ega?


А) Oʼzbekiston V) Tojikiston S) Qirgʼiziston D) Turkmaniston

5. Oʼrta Osiyoda shahar va qishloq aholisi umumiy aholi sonining necha % ni tashkil etadi?


А) 55 va 45 V) 50 va 50 S) 40 va 60 D) 45 va 55

7. Oʼrta Osiyo aholisi eng zich (500 kishi) va siyrak (1-2 kishi) hududlarini belgilang. (1 kv.km xisobiga).


А) Zarafshon vodiysi va Qizilqum choʼlida.
V) Fargʼona vodiysi va Markaziy Qozogʼistonda.
S) Surxondaryo vodiysi va Qoraqalpogʼistonda.
D) Xorazm vohasi va Sharqiy Qozogʼistonda.
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish