O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari


-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari



Download 35,09 Kb.
bet3/4
Sana23.05.2022
Hajmi35,09 Kb.
#608014
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogika

1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari
Hamza faoliyati ikki davr-inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida o’tgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qo’yilgan va uning manbalarini yo’q qilgan-moddiy (shaxsiy mulk) va ma’naviy (din). Katta hajmdagi ijtimoiy muammolarni yechishni esa davlat o’z zimmasiga oldi.
Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan O’zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo’limlari tuzila boshlandi. Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi bo’yicha muassasalar tuzildi, Moskva va Leningrad oliy o’quv yurtlarida ijtimoiy tarbiya tizimi uchun kadrlar tayyorlash boshlandi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo’mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. SHuningdek, kam ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi “kambag’alik fondlari” ham mavjud bo’lgan.
V.F.Lubensov tomonidan boshqariladigan K.Libxknet nomli mehnat maktabining tuzulishi respublika hayotida muhim voqea bo’ldi. Maktab faoliyatida ijtimoiy pedagogik tamoyillar yorqin joy oldi. Karl Libxnet nomidagi tajriba maktab-kommunasi Toshkent yaqinidagi 600 ta yetim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoye qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi. 1919/20 yil qish fasli juda og’ir keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na kerosin bor edi. qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg’ul bo’lishni davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi. O’quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug’ullanish, turli rasmlar chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilar kontingentining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olibmaktab pedagoglari tarbiya ishini qattiqqo’llik tamoyillari asosida olib borishardi. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag’al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30 dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashdi. “Tozalik” to’garagi oziq-ovqatlanishni nazorat qilardi. Suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi sanitar-gigenik sharoitlar. O’quvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari tuzishdi. Jismoniy mehnat o’quv va fakultativ mashg’ulotlar bilan bir vaqtda o’tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda asosiy tarbiya ishi dala, bog’larda o’tardi. Ular bug’doy, paxta, guruch, jo’xori, olma, sabzavotlar yetishtirishardi. Ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug’ullanishardi. Bunaqa turli xil mashg’ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib keldi.Bolalarning mustaqilligi va mas’uliyatliligini rivojlantirishning yana bir metodi o’z o’zini boshqarish tizimi bo’lib, u jamoada muomala qilish ko’nikmalarini to’ldirardi.
1924 yil maktabda Volga bo’yidagi och bolalar uchun Go’daklar uyi tashkil qilindi. Maktab jamoasi barcha moddiy qiyinchiliklarni bartaraf etdi va 1971 yil maktab tajriba maktabiga aylandi. Qisqa vaqt mobaynida iqtidorli va qiziquvchan pedagoglar jamoasi xizmatlari bilan maktab o’qituvchi kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi, shahar va qishloq maktablari uchun metodik qo’llanmalar, dasturlar chiqaruvchi respublika ilmiy-metodika markaziga aylandi.Maktab jamoasi ilk marta “qishloq o’qituvchisining kutubxonasi” nomli metodik darsliklar yaratdi. SHuningdek, 1925 yilda V.Lubensovning “Boshlang’ich maktabda dars berish metodlari” (o’zbek tilida) nomli kitobi, 1928 yilda V.F.Lubensov va N.P.Arxongelov taxriri ostida “Bilim” nomli o’zbek maktabi boshlang’ich sinflari uchun ilk xrestomatiya chop etildi.1924 yilda O’zSSR tashkil topishi munosabati bilan maktab qoshida o’zbek bolalari uchun boshlang’ich maktablar tuzildi. Unda Inoyatov, Mansurov, Usmonov, Rustamov, Safarov kabi ajoyib o’qituvchilar dasr berishgan.Bu maktab tajribasi nihoyatda qiziqarli bo’lgan va xozirgi ijtimoiy holatda ham qo’llash uchun o’rganilishini talab qiladi. 20-30 yillarda ijtimoiy pedagogik tarbiyaning asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’lgan:

  • savodsizlikni bartaraf etish (ayniqsa ayollarda);

  • mehnat tarbiyasi va ta’limni yo’lga qo’yish;

  • maktab-internatlarni yaratish;

  • ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan birlashtirish.

O’rganilayotgan davrda nafaqat o’quv yilida balki ta’tillarda ham “yozgi maktab” nomi ostida o’tkaziladigan darsdan tashqari o’qish ham rivojlana boshladi. Ilk maktabdan tashqari bolalar muassasalari-kutubxona-qiroatxonalar, maktab-teatr jamoalari paydo bo’la boshladi. XX asrning 30-yillarda maktabdan tashqari bolalar texnik va qishloq xo’jaligi stansiyalari, klublari, kutubxona va teatrlari faoliyat yuritdi. Turli maktab to’garaklari yoshlarning ijodini rivojlantirish vositasi sifatida bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazishi uchun tashkil qilindi. Aynan shu davrda pedagogik faoliyatini boshlagan o’zbek shoiri G`.G`ulomni (1903-1966) tilga olmay iloj yo’q. 1918 yildan G`.G`ulom ilk o’zbek maktab-internatlarining ochilishida faol ishtirok etgan va 1943 yilgacha bu maktablarda dars bergan. Uning faoliyati bir qator ijtimoiy pedagogik vazifalardan-savodsizlikka qarshi kurash, kattalar uchun kechki kurslarni tashkil qilish, ta’lim berishning ilg’or usullarining qo’llanishi, o’quvchilarning mustaqil badiiy faoliyatiga rahbarlik, o’quvchilarda kasb, mehnatga qiziqish uyg’otishdan iborat edi. G`.G`ulom oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bergan va bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalishi ota-onaga bog’liq ekanligini dalillar bilanasoslangan..

Download 35,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish