O‘rtacha miqdorlar, moda va mediana mavzuning asosiy mazmuni va namunaviy misollar


Korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning guruhlanish natijalari



Download 106,3 Kb.
bet4/5
Sana17.04.2022
Hajmi106,3 Kb.
#558220
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘rtacha miqdorlar, moda va mediana mavzuning asosiy mazmuni va

Korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning guruhlanish natijalari

Ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha guruhlanish

Korxonalar

Oraliqlar o‘rtachasi



24,6-49,1

4

36,85

147,4

49,1-73,6

6

61,35

368,1

73,6-98,1

2

85,85

171,7

98,1-122,6

3

110,35

331,05

Jami

15




1018,25



Demak korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan o‘rtacha mahsulot miqdori 67,9 ming tonnani tashkil qiladi.
Statistikada o‘rtacha arifmetik miqdor bilan bir qatorda o‘rtacha garmonik miqdor ham keng qo‘llaniladi. O‘rtacha garmonik miqdor o‘rtacha arifmetik miqdorning teskarisi hisoblanib u oddiy va tortilgan shakllarga ega.
Agarda to‘plamda belgining variantlari va ularning chastotalari ko‘paytmasining yig‘indisi bir xil bo‘lsa, oddiy o‘rtacha garmonik formulasi qo‘llaniladi. Masalan, tumandagi uchta kichik korxonada bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. O‘rtacha mahsulot tannarxi birinchi korxonada 15 ming so‘m, ikkinchisida 12 ming so‘m, uchinchi korxonada esa 10 ming so‘mni tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari barcha korxonalarda bir xil – 60 ming so‘mdan. Uchchala kichik korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘rtacha tannarxini hisoblaymiz.
Agar har bir korxona bir donadan mahsulot ishlab chiqarganda uning o‘rtacha tannarxi o‘rtacha arifmetik oddiy formula yordamida aniqlanar va bu miqdor ming so‘mga teng bo‘lar edi. Ammo korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni noma’lum. Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini aniqlash umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini har bir mahsulotning o‘rtacha tannarxiga bo‘lish orqali aniqlanadi: birinchi korxonada dona mahsulot, ikkinchi korxonada dona mahsulot, uchinchi korxonada dona mahsulot.
SHuning uchun uchala kichik korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha tannarxi o‘rtacha garmonik oddiy formulasi yordamida topiladi: . Demak, kichik korxonalarda ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning o‘rtacha tannarxi 12 ming so‘mga teng ekan.
Ayrim hollarda ma’lumotlar oraliq qatorlarda berilgan bo‘lib, belgining alohida variantlari ma’lum bo‘la turib, ularning vaznlari noma’lum va lar o‘rniga esa bilan ning ko‘paytmasi keltirilgan bo‘ladi. Bunday hollarda o‘rtachani hisoblash uchun o‘rtacha garmonik tortilgan formulasi qo‘llaniladi. Masalan, 2-jadvalning birinchi va uchinchi ustunlari ma’lumotlari asosida o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlaymiz: . Demak ikkala korxona bo‘yicha bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi miqdori 1020 ming so‘mni tashkil qiladi.
O‘rtacha tortilgan garmonik miqdor o‘rtalashtirilayotgan miqdorlar turlicha vaznga ega bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi.
Aniq sharoitda o‘rtacha arifmetik yoki o‘rtacha garmonik formulani qo‘llash quyidagi holatlarga bog‘liq:

  • agar belgining hajmini ifodalovchi ma’lumot (ya’ni nisbatning surati) va belgining alohida darajalari ma’lum bo‘lsa, u holda o‘rtacha miqdor o‘rtacha garmonik formula yordamida hisoblanadi;

  • agar belgining miqdorini ifodalovchi ma’lumot (ya’ni nisbatning maxraji) va belgining alohida darajalari ma’lum bo‘lsa, u holda o‘rtacha miqdor o‘rtacha arifmetik formula yordamida hisoblanadi;

  • agar belgining hajmi va miqdori ma’lum bo‘la turib, alohida darajalar noma’lum bo‘lsa, u holda ham o‘rtacha miqdor arifmetik (oddiy) formula yordamida hisoblanadi.

O‘rtacha miqdorlar yordamida, kuzatish birliklaridagi u yoki bu sabablar orqali bo‘lgan farqlarni tekislash jarayoni amalga oshiriladi. Masalan, do‘kondagi sotuvchining mehnat unumdorligi uning ish stajiga, yoshiga, sog‘lig‘iga, xizmat ko‘rsatish usuliga, ma’lumotiga, malakasiga va hatto tashqi ko‘rinishiga xam bog‘liq. O‘rtacha mehnat unumdorligi ushbu xususiyatlarni umumlashtiradi.
O‘rtacha miqdor mavhum miqdor, chunki u yo‘q birlikning mohiyatini xarakterlaydi. Bu degani to‘plam birliklarining birortasi ham o‘rtacha bilan teng bo‘lmasligi mumkin. O‘rtachalar mavhum miqdor ekan deb, ularni ilmiy tahlil qilish va o‘rganmaslikka hech qanday asos yo‘q. CHunki mavhumlik har qanday ilmiy tahlilning zaruriy shartidir. O‘rtacha miqdorlarda ham har qanday mavhumiylikka o‘xshab, alohida va umumiy dialektik birligi amalga oshiriladi.
O‘rtachalarni qo‘llash umumiy va individual, ommaviy va alohida kategoriyalarning dialektik tushunishdan kelib chiqishi kerak.
O‘rtacha har bir ob’ekt (birlik)da bo‘lgan xususiyatlarning umumiysini ro‘yobga chiqaradi. SHu xususiyat orqali o‘rtacha har bir birlikda ko‘rinmaydigan va ommaviy hodisalarga taalluqli qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatiga egadir.
O‘rtacha miqdor bir-biridan farqlanadigan alohida miqdorlarning o‘rtachasidir. Ammo ayrim hodisalar bo‘yicha belgilarning aniq qiymatlarini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Bunday hollarda statistikada moda va medianadan foydalaniladi.
Moda – to‘plamda eng katta songa yoki salmoqqa ega bo‘lgan ko‘rsatkich. U oraliq va oraliq bo‘lmagan qatorlar uchun aniqlanishi mumkin. Masalan, ish haqi modasi deyilganda eng ko‘p ishlovchilar oladigan mehnat haqi, erkaklar poyafzali – bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan razmer tushuniladi.
Modaning o‘rtacha arifmetik, garmonik va hatto medianadan farqi, u hamma vaqt mavhum miqdorni emas, balki aniq miqdorni ifodalaydi. Moda, taqsimot qatorini oxirgi hadlariga bog‘lanib qolmagan. SHuning uchun ham teng bo‘lmagan taqsimlanishlarda o‘rtacha arifmetikni to‘ldiruvchisi bo‘lib hisoblanadi.
SHunday qilib, moda to‘plamda eng ko‘p uchraydigan chastota va tipik qiymatdir. U bozor iqtisodiyoti sharoitida keng qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan biri. Masalan, tijorat amaliyotida aholi ehtiyojini o‘rganishda yoki eng xaridorgir tovarlarni aniqlashda ushbu ko‘rsatkich asqotadi.
Diskret qatorlarda modani aniqlash qiyin ish emas. Ularda eng ko‘p uchraydigan varianti moda hisoblanadi.
1-misol. Do‘konda sotilgan erkaklar ko‘ylaklari o‘lchami bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Download 106,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish