Osio Xeyxatiro boshchiligidagi qo'zg'olon qaysi shaharda bo'lib o'tgan?



Download 28,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,5 Kb.
#200839
Bog'liq
Jahongir


  1. Osio Xeyxatiro boshchiligidagi qo'zg'olon qaysi shaharda bo'lib o'tgan?

  • A)Kioto B) Osaka C) Tokio D) Nagasaki

  • 2. Qachon AQSH Kongressi prezidentga Yaponiya bilan savdo aloqalarini o'rnatuvchi vakolat berdi?

  • A) 1845 y B) 1852 C) 1860 D) 18673.

  • 3. 1856-yilda Simoda shahriga kelgan konsul kim edi?

  • A) Nevill B) Borns C) Garris D) Parker

  • 4. Kanagava hozirgi qaysi shahar?

  • A) Yokogama B) Tokio C) Xirosima D) Nagasaki

  • 5. Ronin kim?

  • A) Rohib B) Syogun C) ljarachi dehqon D) Sobiq samuray

  • 6. Komey kim?

  • A) Syogun B) lmperator C) Rohib D) Samuray

  • 7. Fusima va Toba yaqinidagi jang qachon bo'lgan?

  • A) 1867 y B) 1866 y C) 1868 D) 1865 y

  • 8. Syogunat qachon tugatildi

  • A) 1869 y B) 1867 y C) 1868 y D) 1866 y

  • 9. Qachon mamlakatning yagona davlatga birlashtirilishi jarayoni yakunlandi?

  • A) 1867 y B) 1868 y C) 1869 y D) 187110.

  • 10. Davlat qancha pulga sobiq feodal knyazlardan yer-mulk sotib oldi?

  1. 150 mln yen B) 200 mln yen C) 240 mln yen D) 360 mln yen

  • 11. Qachon "dziyuto" shakllandi?

  • A) 1881 y B) 1868 y C) 1871 y D) 186612.

  • 12. "Kaysinto" qachon tashkil topdi?

  • A) 1881 y B) 1882 y C) 1871 y D) 1868

  • 13. S. Katayama qachon immigratsiyadan qaytib keldi?

  • A) 1867 y B) 1873 y C) 1885 y D) 1897 y

  • 14. 1889-yildagi Konstitutsiyaga ko'ra, qaysi moddada vazirlar faqat imperator oldida mas'ul ekanligi belgilab qo'yilgan edi?

  • A) 18 B) 38 C) 55 D) 6915.

  • 1893-yili qaysi davlatda "tonxaklar" qo'zg'oloni bo'lib o'tdi?

  • A) Yaponiya B) Xitoy C) Koreya D) Tailand

  • Yaponiya (日本 Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shimolisharqdan janubigʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaido, Honshu, Shikoku va Kyushu. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377,8 ming km². Aholisi 127,8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri Yaponiya maʼmuriy jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi. Yaponiya yim hajmi bo'yicha kuchli 3 likka kiradiDavlat tuzumiYaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi banana 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989 yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.

  • Tokugava — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn" mustaxkamlash uchun Tokugava hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavf-xatarning oldini olish maqsadida Tokugava hukumati 17-asrning 30-yillarida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻygan. 18-asr oxirida Tokugava davlati tanazzulga uchragan. 1853 y. AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari Tokugava hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58 y. larda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 yillardagi Meydzi isin inkilobi natijasida Tokugava hokimiyati barham topgan.

  • Samuraylar (yaponcha samurau — xizmat qilmoq) — oʻrta asrlarda Yaponiyada zodagonlar, mayda dvoryanlarning harbiy tabaqasi. Minamoto sulolasi davrida (1192—1333) alohida tabaqa boʻlib koʻzga koʻringan, syogun (harbiy zodagon hukmdor)lardan kelib chiqqan. Tokugava sulolasi vaqtida (1603— 1867) esa, batamom tabaqa sifatida shakllangan. Samurayning eng imtiyozli qatlamini xatamoto (maʼnosi "bayroq ostida") tashkil qilib, ular syogunlarning bevosita vassallari boʻlgan. Samuraylarning asosiy qismi knyazlarning vassali edilar, ularning oʻz yeri boʻlmagan, knyazdan maosh sifatida guruch olganlar. Samurayning qonuni — busido (maʼnosi "jangchi yoʻli") oʻz egasi boʻlmish yirik zodagonlarga sodikdikni talab qilardi. Samuray uchun sharafli mashgʻulot faqat harbiy xizmat boʻlib, ular mehnatkash ommani mensimaslik, pisand qilmaslik ruhida tarbiyalangan edilar. Tokugava qonuniga binoan, samuray harbiy tabaqa aʼzolariga nisbatan oʻzini nomunosib tutgan oddiy fuqaroni tezlik bilan oʻldirishi mumkin edi. Tokugava sulolasi hukmronligi davrida ichki urushlar

  • toʻxtaganda, samuraylarningning harbiy otryadlari dehqon qoʻzgʻolonlarini bostirish bilan mashgʻul boʻlgan. Keyinchalik samuraylargaga ehtiyoj kamayib borgan va ularning aksariyati hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullana boshlagan. Samuraylar 1867— 68 yillardagi inqilobda (Meydzi inqilobi) muhim rol oʻynagan. Mazkur inqilobdan soʻng samuray tabaqasi rasman bekor qilinsada, ular oʻzlarining imtiyozli mavqelarini saqlab qolgan. 1872—73 yillardagi agrar qonunlar eʼlon qilinganidan soʻng , samuray yangi zamindorlar qatoriga oʻtgan. Armiya va flotdagi zobitlarning aksariyati sobiq samuraylardan iborat edi. Samurayning "jasorati", anʼanalari (dushmanga asir tushmaslik uchun oʻzini oʻzi oʻldirish — harakiri)ni ulugʻlovchi qonun, yangi urushlarni qoʻmsash, irqchilik, bosqinchilik tashviqoti yapon hukmron doiralarining gʻoyaviy quroliga aylangan. Yapon militaristlarini samuray deb atash odat tusiga kirgan. Samuray atamasi yapon harbiy doiralariga nisbatan ishlatiladi.

  • Xarakiri (yaponcha xara — qorin va kiri — yormoq, kesmoq) — Yaponiyada qornini yorib tashlash orqali shaxsning oʻz joniga qasd qilishi. Oʻrta asrlardan maʼlum. Samuraylar orasida qabul qilingan boʻlib, hukmga binoan yoxud ixtiyoriy suratda (samurayning oʻz homiysi, xoʻjayiniga sadoqat belgisi sifatida, samurayning "ornomusi toptalgan" chogʻda va boshqa holatlarda) amalga oshirilgan. Ikkinchi jahon urushida Yaponiya yengilgach (1945 y. avg .), bir qancha yapon soldat va zobitlari ittifoqchi qoʻshinlarga asir tushmaslik uchun xarakiriga amal qilib, oʻzlarini oʻldirganlar. Hozirgi Yaponiyada xarakiri hodisalari kam uchraydi.

  • Fudziyama, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulqon, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio shahridan taxminan 100 km jan.gʻarbda. Bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—08 yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuq. 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama— yaponlarning "muqaddas togʻi". Turistlar koʻp boradi.

XV BO B . XIX A S R -X X ASRNING

BOSHLARIDA YAPONIYA

Tokugavalarga qarshi muxolifatning kuchayishi va xokimiyat

inqirozi. XIX asrning boshlarida Yaponiyada jamiyatning turli

qatlamlari o’rtasidagi ziddiyatni aks ettirgan bir qator suronli

qo’zg’olonlar ro’y berdi. XIX asr 30-40-yillariga kelib Tokugavalarga

qarshi dexqonlar qo’zg’olonlarining soni sezilarli oshdi.

Shu bilan birga shaharlarda «guruch isyon»lari xam tobora ko’paydi.

Shaxar savdosi rivojlanib, sanoat burjuaziyasi xali savdo-

dan to’la ajralmagan bo’lsa-da, ancha oyoqqa turdi. Syogunlarning

siquvidan qutulishga urinayotgan burjuaziya Tokugavalarning

mutlaq xokimligidan norozi bo’lgan ularning raqiblari - todza-

ma-daymiolar bilan birlashishni istashardi.

Iqtisodiy axvoli yomonlashayotgan samuraylar xam endi Tokugavalar tuzumining ishonchsiz suyanchiqlariga aylangan va ko’pincha syogunlarga karshi chiqayotgan edi. 1837 yili Osakada xukumatga qarshi Osio Xeyxatiro boshchiligida ko’zg’olon bo’ldi. Osio samuraylardan bo’lib, shaxar qo’riqchilari boshlig’i edi. Lekin samuraylarning ham og’ir iqtisodiy ahvoli ularning bir qismini xukumatga karshi chiqishga majbur kildi. Osioning ko’zgoloni

bostirildi. Uning o’zi va do’stlari jangda xalok bo’ldilar, ammo

ular shaxarda bir qator yirik yong’inlarni uyushtirishga erishdilar. Jumladan, g’oyatda keng miqyosda sanoat va bank faoliyati bilan shug’ullangan ikkita qudratli yapon savdo firmalari - Mitsui va

Konoike xonadonlari xam yoqib yuborildi.

Osioning ko’zg’oloni yagona emasdi. Syogunatning bevosita

xomiyligidagi yirik savdo-sudxo’rlik burjuaziyasiga karshi

chiqishlar butun mamlakatni qamrab olgandi. XIX asrning

o’rtalariga kelib Tokugavalar tuzumining siyosiy va iktisodiy

tanazzuli anik ko’rinib qoldi.

Muxolifatning rasmiy markazi imperator saroyi edi. Lekin

amalda u fakat «g’oyaviy nikob» rolini o’ynardi, xolos. Chunki muxolifat uchun syogunning «uzurpatorligiga» karshi imperatorlik xokimiyatining qonuniylik va legitimlik maqomidan foydalanish qulay edi. Shuning uchun xam muxolifat imperatorlik xokimiyatini qayta tiklash uchun kurash shiori ostida chiqdi.

Tokugavalar tuzumi to’lik yakkalanib kolgan edi. Bunga syogunat ichki siyosatining barbod bo’lishigina emas, uning tashki siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklari xam sabab bolgandi.

Yaponiyaning zorlik bilan «ochilishi». Mamlakatni tashki

dunyodan yopib kuyish noto’g’ri ekanligi bu paytga kelib

ko’pchilikka ayon bo’lib qolgandi. Ijtimoiy-iktisodiy va

xarbiy jixatdan qoloq bulgan Yaponiya kapitalistik davlatlar-

ning mamlakat eshiklarini kuch bilan ochish uchun urinishlariga qarshilik qila olmasdi. Yevropalik va amerikalik xarbiy kemalarning yapon portlariga taklifsiz tashriflari tobora kupaya bordi. Tokugavalar xukumatining zaifligidan dalolat beruvchi doimiy ikkilanishlar tashki siyosat masalalari bo’yicha aniq qarorlar qabul qilinishiga to’sqinlik kilardi. Xukumat Yaponiyani tashqi dunyodan ajratib qo’yish siyosatini davom ettirish mumkin emasligini tushunardi. Lekin ayni paytda bu siyosatdan voz kechish zaiflashgan tuzumga yangi zarba bo’lishidan xam xavotirlanardi. Bu siyosiy va xarbiy zaiflikni 1850-1860-yillarda chet mamlakatlarning to’g’ridan-to’g’ri xarbiy xujumlari yaqqol

namoyon qildi. Yaponiyani dunyo bozoriga zo’rlab jalb qilishga

bo’lgan birinchi urinishlarning o’ziyoq muxolifat kuchlarining

birlashishini tezlashtirdi.

1867 yildan avvalgi un besh yil Yaponiyaga kapitalistik

davlatlar tomonidan tobora kuchayib borayotgan bosim ostida

otdi. Bu bosim XIX asrning boshlaridayoq sezila boshlagandi,

1840-yillarda esa xavfli ko’rinish oldi. Aynan ana shu yillarda

Angliyaning Xitoyga karshi xurujlari kuchaydi. Eng kuchli

Bo’lgan ingliz kapitali Xitoy bozoriga shiddat bilan kirib ke-

layotgan edi. Xitoyni qaram kilishdan manfaatdor bo’lgan inglizlar va amerikaliklar o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun Tinch okeanidan tayanch bazalarini izlashardi. Xitoy yaqinida mustamlakalarga ega bo’lmagan va undan Tinch okeani kengliklari bilan ajratilgan AKD1 ayniksa bunga katta qiziqish bilan qarardi. Amerikaliklarning ko’ziga Yaponiya eng qulay baza bo’lib ko’rinar, uni egallash esa AQShga Xitoydagi o’z mavqeini

mustaxkamlash, shuningdek, rus Uzoq Sharqiga va Koreyaga suqilib

kirishda ko’maklashgan bo’lardi. 1845 yiliA QSH Kongressi prezidentga Yaponiya bilan savdo munosabatlarini O’rnatish vakolatini berdi. Vakolatning sabablarini bayon qilishda Amerika Xitoy qirg’oqlaridagi dengizlarda o’ bazalariga ega bulish uchun urinishi ochiqdan-ochiq ko’rsatilgan edi.

Yaponiya xukumati bilan aloqa o’rnatishga bo’lgan bir necha

muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin Qushma Shtatlar 1852 yili

Yaponiyaga karshi xarbiy ekspeditsiya tayyorladi. 1853 yil 8 iyunda poytaxt Edo yaqinidagi ko’rfazga kirib kelgan Amerika eskadrasining qumondoni syogunga AKSH prezidenti nomidan xat va sovg’alar - Amerikada ishlab chiqarilayotgan mashinalarning modellarini topshirdi; bu Amerikaning texnik qudratini namoyish qilishi lozim edi.

Ushbu xarbiy namoyish Tokugavalar xukumatini shoshirib

quydi. Mamlakatni ajratib qo’yish siyosatining eng murosasiz

tarafdorlari tezlikda xarbiy choralar ko’rishni talab qildilar.

Ibodatxonalarda Yaponiyani kelayotgan xavf-xatardan qutqarish uchun duolar o’qish boshlandi. Shoshib qolgan xukumat mudofaa loyixasini tuzishda yordam so’rab xatto gollandlarga xam murojaat qildi. Lekin AQSH prezidentining xatiga javob berish muddati yaqinlashgan sari mo'tadil kayfiyat ustunlik qila boshladi. Yaponiya xukmdorlari, xatto gollandlar ularni qurol bilan ta'minlaganlarida xam, qurolli javob qaytarishning muvaffaqiyatiga umid qilish qiyinligini tushunardilar. Shunday bo’lsada, amerikaliklarga uzil-kesil javob bermasdan, ularni davomli muzokaralarga

jalb etishga qaror qilindi. Muzokaralar olti xafta davom etdi.

Natijada, 1854 yil 31 martda birinchi Yaponiya - Amerika shartnomasi imzolandi va unga ko’ra chet el savdosi uchun Simoda va Xakodate portlari ochildi.

Shunday qilib, amerikaliklar Yaponiyani ikki yarim asr da-

vomida tashqi dunyodan ajratib turgan devordan darcha ochdilar.

AKSH bilan shartnoma tuzilganidan sung Yaponiya qisqaa vaqt ichida Angliya, Gollandiya, Rossiya va boshka bir qator davlatlar bilan xam xuddi shunday shartnomalar imzoladi.

Yaponiyaning «ochilishi» oqibatlari. Shartnoma imzolanib,

Amerika floti Yaponiyani tark etishi bilanoq, bu yerda misli

Ko’rilmagan shiddat bilan ichki kurash avj oldi. AQSH bilan shartnoma imzolagan syogun keskin tanqidga uchradi. Tokugavalar xonadonining feodal raqiblari va ularni q’llab-quvvatlovchi samuraylar syogunni sotqin deb e'lon qildilar.

Yapon burjuaziyasining pozitsiyasi xam murakkab edi. Iqtisodiy jixatdan kuchli, lekin siyosiy jixatdan zaif bo’lgan, buning ustiga feodal tuzum bilan son-sanoqsiz rishtalar orqali bog’langan burjuaziya chet elliklarga yon berish siyosatini qo’llagan syogunning tarafini olish kerakmi yoki o’zini «mamlakatni chet ellik joxillardan ximoya qiluvchilar» sifatida ko’rsatishga urinayotgan feodal muxolifatning yonini olish lozimmi, degan masalada ikkiga bo’linib ketdi.

Yakin kelajakda chet el bilan savdodan yaxshigina daromad olishni mo’ljallayotgan savdogarlarning bir qismi xukumatni ko’llashga moyil edilar. Ammo Yaponiyada savdogarlarning bu qatlami nisbatan kamchilik edi. Savdo doiralarining katta qismi esa bu masalaga boshqacha munosabatda bo’ldi. Birinchidan, yirik firmalar,Yaponiyaga chet ellardan maxsulotlarning oqib kelishi, ularning bozordagi xukmronliklariga jiddiy zarba bo’lishidan qo’rqardilar.

Ikkinchidan, yapon tashki savdo firmalari rivojlanadigan bolsa,knyazlar, xatto syogunning uzi xam bu firmalarga iqtisodiy bog’liqlikdan qutula olmaydilar, degan xavotirda edilar. Nixoyat, uchinchidan, xali kuchsiz bo’lgan, endigina dunyoga kelayotgan sanoat burjuaziyasi chet el tovarlari yapon manufakturasiga rivojlanish imkoniyatini bermasligini tushunardi.

Oddiy samuraylar ommasiga kelganda, ular uz iqtisodiy

xolatidan juda norozi bo’lganliklari uchun to’laligicha syogunatning tashki siyosatini tanqid qiluvchilar tarafida edilar.1856 yili Simoda shaxriga AKShning birinchi bosh konsuli Garris keldi. U Yaponiyada amerikalik savdogarlarga imtiyozlar o’rnatilishini talab qildi. Garris Yaponiya xukumatiga to’g’ridan-to’g’ri do’q urib, agar u bo’ysunmasa, Yaponiyani xam urushda tiz cho’kkalatilgan Xitoyning taqdiri kutishini aytdi. Feodal Yaponiya Garrisning tazyiqi ostida AQSH bilan, keyin esa boshqa davlatlar bilan xam savdo munosabatlarini kengaytirishga rozi

bo’ldi. 1858 yili yangi shartnomalar imzolandi va ularga ko’ra chet elliklar savdo kilish xamda eksterritoriallik xuquqini oldi-

lar. Simoda va Xakodate portlaridan tashqari yaqin yillarda Nagasaki,Kanagava (xozirgi Iokagama), Xyogo (xozirgi Kobe) va boshka portlar xam ochilishi lozim edi. Chet elliklarga Edo va Osakada yashash huquqi berilishi va'da qilindi. Bundan tapshqari Yaponiya boj olish mustaqilligini xam yo’qotdi. Yaponiyadan chetga chiqarish uchun tovar qiymatining 5 foizi, kiritish uchun esa 5 foizidan 35

foizigacha boj to’lovi belgilandi. Shunday qilib, Yaponiyani qaram mamlakatga aylantiruvchi teng xuquqli bo’lmagan shartnomalar zo’rlab qabul qildirildi.

Yaponyaga ko’plab miqdorda chet el tovarlarining olib kirilishi

maxalliy ishlab chiqarishga katta zarar yetkazdi. Bundan tashqari,chet ellik kapitalistlar teng xukukli bo’lmagan kelishuvlar asosida mamlakatga kumush olib kelar va narxlardagi farqdan foydalanib, Yaponiyadan oltin olib ketardilar. Bu Yaponiyada moliyaviy inqirozni kuchaytirdi.

To’xtovsiz dexqonlar urushlari sharoitida syogunatga ichki

muxolifatning va chet el kapitalistlarining tazyiqi oshib bordi.

Tokugava xukumati jon talvasasida feodal tuzumni qutqarib

qolish vositalarini izlardi.

Yaponiyadagi ichki kurash. Vujudga kelgan vaziyatdan foydalangan feodal knyazlar xuquqlarini syogunat xisobiga kengaytirish uchun tobora ko’proq talablar qo’ya boshladilar. 1862 yili Janubiy Yaponiyaning eng qudratli knyazlaridan bo’lgan Snmadzu (Sasuma knyazligidan) imperatorga o’z sadoqatini shaxsan bildirish baxonasida qo’shinlari bilan Kiotoga keldi. U Kiotodan ketmasligini va syogunning taqiqlari bilan xisoblashib o’tirmasligini bildirdi. Simadzu Kiotodan Edoga yo’l oldi va knyazlar bilan xukumatning munosabatlarini tartibga soluvchi eng og’ir cheklovlarning bekor qilinishini syogundan talab qildi.

Xalqning feodal tuzumga qarshi kayfiyati oshib borayotganligidan xavotirga tushgan barcha xukmron guruhlar singari xar ikkala tomon xam kelishuvdan manfaatdor edi. Xalkning norozilik kayfiyati esa faqat dehqonlar qo’g’oloni va shaxarliklarning isyonlaridagina emas, tobelikdan chiqishga urinayotgan oddiy samuraylar

orasidagi kuchli galayonlarda xam namoyon bo’layotgandi.

1 Eksterritoriallik - chet elliklarning faqat o’z davlatlari qonunlariga bo’ysunish xuquqi.

Xukumat yon berdi. Knyazlar oilalarini garovda ushlab turish

tizimi bekor qilindi. Knyazlarning syogun saroyiga majburiy kelish muddati ancha uzaytirildi: bundan buyon knyazlar syogunning oldiga xar yili emas, uch yilda bir marta kelishlari lozim edi. Lekin siyosiy jixatdan, knyazlarning davlat masalalarini xal qilishda qatnashish xuquqining syogun tomonidan tan olinishi kelishuvning eng muhim moddasi bo’ldi. «Davlat masalalarini xal etishda syogunga yordam berishi» lozim bo’lgan feodal seym yoki knyazlar yig’iniga o’xshash bir tashkilot tuzildi. Bu yon berishlar Tokugavalar

xukumatining obrusi juda pasayib ketganligini anik ko’rsatib

turardi. Muxolifatni qoniqtirish uchun syogun xatto Kiotoga, imperator oldiga xam bordi. Yana shu maqsadda syogun imkoni bo’lishi bilanoq o’z vassallarini chet ellik «vaxshiylarga» qarshi chorlash va'dasini berdi.

Chet elliklarga qarshi kurash va ularning 1862-1864-yillar-

dagi bosqinchiliklari. Syogun bilan feodal muxolifat o’rtasida

kelishuvga erishilganidan keyin butun Yaponiya bo’ylab chet elliklarga qarshi kisman xukumat tomonidan keltirib chiqarilgan, yoki o’z-o’zidan paydo bo’lgan chiqishlar yuz bera boshladi. Ko’plab Sharq mamlakatlarida bo’lganidek, Yaponiyada xam g’arblik xristianlarga «yovvoyilar» nomi berilgandi. «Yovvoyilar»ga bo’lgan dushmanlik

odatda samuraylarning chet elliklarga qarshi kichik xujumlari

shaklini olgandi. Tanazzulga uchray boshlagan va o’z axvolidan norozi bulgan samuraylar ayni paytda xali uz aslzodalik g’ururlarini xamda ba'zi bir jangovar sifatlarini saqlab qolgandi. Samuraylarning chet elliklarga qarshi chiqishlari tobora kuo’payib borardi va xukumatning kapitalistik davlatlar bilan nomiga bulsada do’stona munosabatlarni saqlab turishi tobora qiyinlashayotgandi.

1862 yili knyaz` Simadzuning samuraylari bir gurux ingliz-

larga karshi xujum uyushtirdi. Natijada angliyalik Richardson

uldirildi. Bunga javoban Angliya syogunatga qat'iy talab qo’ydi 1863 yili ingliz floti knyaz` Simadzu mulkining poytaxti Kagoyeimaga yaqinlashdi. Ingliz kemalariga Kagosima kurgonidan o’t ochdilar. Bunga javoban ingliz xarbiy kemalari Kagosima shaxriga daxshatli xujum uyushtirdilar. Simadzuning samuraylari inglizlarga qarshi janglarda qatnashish uchun o’zlari 1862 yili egallagan Kiotoni tark etdilar va Satsumaning janubiga shoshildilar. Ammo

chet elliklardan xam, syogunatdan xam uz noroziliklarini ochiqdan-ochik namoyish qilayotgan Tyosyu knyazligining samuraylari Kiotoda qoldilar.

Bir necha oy davomida Kiotoda xokimiyat past toifa xisobla-

nuvchi Tyosyu samuraylari va fakat Tokugavalargagina emas, boshqa hamma knyazlarga va umuman aholining barcha imtiyozli qatlamlariga qarshi bo’lgan roninlarning qo’lida bo’ldi. Biroq bu erkin samuraylar xech qanaqa aniq xarakat rejasiga ega emas va mustakil xarakat

qilayotgan xalq ommasi bilan aloqa o’rnatishga urinmas edi. Bunday sharoitda syogunat mug’ambirlik qilishga urindi: bir tomondan u chet elliklarga zarba berish uchun tayyor ekanligini bildirdi va avvaliga Richardsonning o’limi uchun tovon to’lash xaqidagi Angliya talablarini rad etdi, boshqa tomondan, Angliya bilan Satsuma samuraylari o’rtasida vositachilik qilishini so’rab Fransiyaga murojaat qildi.

Ana shu davrdan boshlab syogunat o’z taqdirini ochiqdan-ochiq chet elliklarning, jumladan, Napoleon III ning qullab-quvvatlashi bilan bog’ladi. Tokugavalar chet elliklar yordamida ichki muxolifatni bostirishni va feodal tuzumni mustaxkamlashni O’ylagandilar.

1864 yili Yaponiyaning janubidagi Tyosyu knyazligining port

va istexkomlarini ingliz-fransuz-golland-amerika birlashgan

floti bombardimon qildi. Bu 1863 yilning may oyida «yovvoyi-

larni quvish» qaroriga binoan chet el kemalarining o’qqa tutilganligiga qarshi javob edi. Bunday vayron qiluvchi bombardimondan keyin, chet elliklarga keskin qarshi bo’lgan maxalliy knyaz` Mori taslim buldi. Bu orada syogun yangi kelishuvni imzolashga majbur bo’ldi, unga ko’ra chet elliklar mamlakatga kiritayotgan barcha maxsulotlar uchun boj to’lovi tannarxning 5 foizigacha pasaytirildi.

Bundan tashqari syogunat Angliya va Fransiya o’z savdo vakolatxonalarini qo’riqlash uchun Yaponiyaga qo’shin kiritishiga rozilik berdi.

Bu mamlakatlardan yordam olgan syogun Yaponiyaning chet el kapitaliga qaramligini sezilarli darajada oshirdi. Ammo Tokugava xukumatining o’zi ishonchli xarbiy yordam va anik siyosiy foyda ololmadi. Fuqarolar urushi bilan band bo’lgan AQSH vaqtincha o’z mustamlakachilik harakatlarini to’xtatib turdi. Fransiya syogunning qo’shinini qurol-yarog’ bilan ta'minlar va uzi uchun aloxida savdo imtiyozlari berilishini talab qilib, xakamlik rolini O’ynashga urinardi. Fransuzlarning mavkei kuchayib ketishini istamayotgan Angliya esa yaqindagina o’zi tor-mor qilgan knyazlar Mori

(Tyosyu) va Simadzu (Satsuma) ustidan xomiylik qila boshladi.

Bularning barchasi mamlakatda mu'tadil ichki vaziyatni saqlab turish imkonini bermasdi. Dexqonlar feodal zulmga qarshi qo’zg’olon ko’tarishda davom etdilar. Syogun muxolifatga qarshi chet elliklar yordamida kurashayotganligidan ko’plab samuraylar g’azablanayotgandi. Yapon burjuaziyasi mamlakatga kiritilayotgan

maxsulotlar uchun boj to’lovlari 5 foizgacha pasaytirilganligidan norozi edi. Bu xali oyoqqa turib ulgurmagan yapon sanoati uchun yangi zarba buldi va ayni paytda dexqonlarning xunarmandchiligini xam qiyin axvolga solib quydi. Keng oqim bo’lib kirib kelayottan chet el maxsulotlari yapon bozorlarini to’ldirib yuborgandi. Bundan

tashqari, chet ellik tadbirkorlar Yaponiya bilan tashqi bozorlardagi oltin va kumush baxosining farqidan (oltin va kumushning narxi o’rtasidagi farkqYaponiyada 1:5, Yevropa va Amerikada 1:15edi) foydalanib, oltinni olib chiqishdan, choy, ipak, guruch eksport qilishdan boyib borar edilar. Bu mamlakatda narx-navoning, ayniqsa ozik-ovk;at maxsulotlari narxining keskin oshib ketishiga olib keldi. Keng xalk ommasi, ayniqsa dexqonlar o’zlarining xonavayron bo’lganliklarini, chet elliklarni mamlakatga kiritgan vaYaponiyada ochikdan-ochik xo’jayinlik qilishlariga yo’l qo’ygan syogunning siyosati bilan bog’lardilar.Tokugavalarga qarshi ittifoqning shakllanishi. Mamlakatning ijtimoiy xayotida ro’y berayotgan dezintegratsion jarayonlar feodallarning bir qismi va burjuaziyaning syogunatga qarshi siyosiy ittifoqi yuzaga kelishiga ko’maklashdi. 1850-1860-yillarda yapon shaxarlaridagi muxolifatchilik xarakatlari, iqtisodiy

qiyinchiliklarning bevosita ta'siri ostida rivojlanib, kuchayib

bordi. Chet el kapitalining suqulib kirishi oqibatida mavjud feudal munosabatlarning tulik buzilganligi ayniqsa shaxarlarda aniq kurinib qoldi. Pul tizimi izdan chiqib, xunarmandchilik tanazzulga uchradi, shaxar axolisining ko’pchiligi qashshoqlashdi va xonavayron buldi. Ular Tokugavalarga qarshi xarakatning eng faol kuchiga aylandi.

Yaponiyada shaxarliklarning eng ilgor kismi ziyolilar

xisoblanardi. Bu o’z tarkibi va kelib chiqishiga ko’ra olakurok

katlam edi. Uning bir kismi samuraylar safidan chiqqan (roninlar) bulsa, boshqa qismi burjua oilalaridan chiqqandi. Shakllanayotgan ziyolilar toifasida sinfiy mansubligini yo’qotgan samuraylardan chiqqanlar ko’pchilikni tashkil etardi. Shunga karamasdan,ziyolilarning bu yangi qatlami ma'lum darajada burjua mafkurasi va inqilobi g’oyasining yetakchilari bo’ldilar. Bu xolatda ziyolilar,xali siyosiy mavkega va ta'sirga ega bo’lmagan, ammo mamlakat ijtimoiy hayotida rivojlanib borayotgan xamda o’sayotgan yangi, yosh

sinfni o’zida namoyon qilayotgandi.Tokugavalarga qarshi muxolifatning ko’pchilik faol arboblari janubiy va janubi-g’arbiy knyazliklarndan chiqqan edi.

Tyosyu knyazligidagi Mori, Satsuma knyazligidagi Simadzu kabi eng boy knyazlar va ularning todzama-daymiolardan bo’lgan qo’shnilari o’z mulklarining markazdan yiroqda joylashganligi tufayli syogundan nisbatan mustakil edilar. Bu xolat isyonchi knyazliklarning syogunatga qarshi kurashdagi rollariga o’z ta'sirini o’tkazdi. Janubiy knyazliklar 1863-1864-yillarda chet elliklarga qarshi shiorlar ostida qo’zg’olon ko’tardilar, ammo mag’lubiyatga uchrab, tor-mor qilindilar. 1863-1864-yillardagi janglardan keyin janubiy knyazliklarda xokimiyatga oddiy samuraylardan chiqqan kishilar keldi. Siyosiy arboblarning bu yangi avlodi g’arbga unchalar qattiq nafratni xis qilmasdi,ular barcha yangi va foydali narsalarni, xatto mustamlakachilardan bo’lsa xam qabul qilishga tayyor edilar. Ular samuraylar orasida mavjud bo’lgan ichki toifaviy to’siqlarni (qatlamlarga ajratishni) bekor qilish tarafdorlari edilar. Janubi-g’arbiy knyazliklardagi siyosiy arboblarning yangi avlodlari, tabiiyki,Tokugavalarga qarshi muxolifatning eng faol ishtirokchilari sifatida maydonga chivdilar.

Muxolifatchilar ittifoqi «Imperatorga xurmat» shiori ostida

xarakat qilardi. Ayni paytda «Yo’qolsin yovvoyilar!» degan eski shior xam kun tartibidan olib tashlanmagan edi. U asosan safsatabozlik maqsadlarida tarqatilgan bulib, Yaponiyaga tengsiz shartnomalar va sharmandalik keltirgan syogunni tugatishga chaqiriq sifatida izoxlanardi. Tokugavaga qarshi xarbiy ittifoqqa keksa knyaz`-daymiolar emas, amalda oddiy samuraylar vakillari raxbarlik qilar edi. Qo’zg’olonlarning boshida mamlakatda «yoshlar» deb nom olgan siyosiy arboblar - Saygo, Okubo, Goto va boshkalar turishar-

di. Tokugava zarba tayyorlanayotganligini bilardi, biroq uning oldini olishga butunlay ojiz edi. Syogunning Tyosyu knyazligiga qarshi jazo ekspeditsiyasi 1866 yilda Tokugavaning mag’lubiyati bilan yakunlandi.

1868 yildagi inqilob, yangi xukumatning ijtimoiy negizi

va siyosati. 1866 yilning boshlari - 1867 yilning oxirlarida

dexqonlar qo’zg’olonlari ayniqsa keng qamrovga ega bo’ldi. Ba'zi bir shaxarlar syogun ma'muriyatiga bo’ysunishdan bosh tortdilar. Yirik savdogarlar xukumat amaldorlari bilan tobora kamroq xisoblashishardi va katta erkinliklarga erishgandi. Faqat poytaxt Edoda burjuaziya syogunni qutqarib qolishga urinardi, chunki ko’pgina yirik firmalar xukumatni mablag’ bilan ta'minlagan va uning inqirozidan manfaatdor emasdi.

1867 yili imperator Komey vafot etganidan so’ng taxtga 15

yoshli Mutsuxito o’tirdi. Syogunga qarshi ittifok yetakchilari

bundan foydalanib, yangi imperator nomidan syogunga, darxol xokimlikni imperatorga qaytarish va qilmishlari uchun javob berish talabi bilan bayonnoma tuzdilar. Bu bayonnoma 1867 yilning oktyabrida knyaz` Tosa tomonidan syogun Kaykiga topshirildi.O’z rakiblarining katta kuchga ega ekanliklarini xisobga olgan syogun bayonnomadagi talablarga rozi bo’ldi, lekin kurashga faol tayyorlanish boshlandi.

Muxolifat xam qurolli kurashga tayyorlanish boshladi. Beshta

knyazlikning qurolli kuchlari katta qo’shinga birlashdi, lekin syogun xam qo’shin to’plashga va uni Kioto tomonga yo’naltirishga muvaffak bo’ldi. 1868 yilning yanvarida Fusima va Toba yaqinida bo’lgan jangda syogun mag’lubiyatga uchradi va Edoga ko’chdi. 1868 yilning may oyida muxolifat qo’shinlariga jangsiz taslim bo’ldi va o’zining

otameros mulkiga jo’nab ketdi. Biroq Tokugava tarafdorlariga

qarshi xarbiy xarakatlar davom etdi. Oktyabrda syogun tarafdorlari Xonsyu orolida mag’lubiyatga uchradi, 1869 yilning baxorida xukumat floti va qo’shinlari Xokkaydo orolida to’plangan xarbiy kuchlarni tor-mor etdi. Syogunat tugadi. Bu yillardagi vokealar Yaponiya tarixida «Meydzi» inkilobi nomini olgan. Bu nom shuning bilan bog’liqki, imperator Matsuxito xukmronligi rasman Meydzi deb atalib, aynan «ma'rifatli boshkaruv»ni anglatardi.

Tokugava o’rniga kelgan yangi siyosiy tuzum qiyin axvolda

qolgandi. Imperator xukumatining tepasida burjualashgan dvoryanlarning yorqin vakillaridan bo’lgan ikki kishi - Okubo Tosimiti va Kido Takamasalar turardi. Ularning xar ikkalasi xam kelib chiqishi jixatidan past toifadagi samuraylardan bulib,qarindoshlik aloqalari bo’yicha savdo burjuaziyasiga yaqin edi.Xukumatdagi bu yangi yo’lboshchilarning asosiy maqsadlari Yaponiyaning siyosiy tarqoqligiga chek qo’yish, g’arbdan zamonaviy xarbiy texnika va ma'muriy tuzumni o’zlashtirib olish, lekin ayni paytda dvoryanlik imtiyozlarini saqlab kolish edi. Ammo o’zgarishlarning ana shu cheklangan rejasini xam amalga oshirish katta qiyinchiliklar bilan bog’liq edi. Tokugava syogunatini ag’dargan kuchlar xilma-xilligi bilan ajralib turardi va turli, ko’pincha manfaatlari jixatidan bir-birlariga qarama-qarshi bo’lgan sinflarning aralashmasi sifatida o’zini namoyon qilardi.Tokugavaga qarshi asosan uchta kuch kurashgandi: 1) feodal tuzumga qarshi kurashgan dexqonlar; 2) xali zaif va shakllanmagan, qariyb to’laligicha ular manfaatini ximoya qilgan oddiy samuraylarning

«dvoryanlik plashchi» ostida qo’zg’algan burjuaziya; 3) feodal zodagonlar - Tokugavalarning siyosiy raqiblari.

Syogunatni ag’dargan ittifoqdosh kuchlar burjuaziya va feodal

knyazlarning vaqtinchalik birikmasi edi. G’alabadan keyin bu

omonat birikmada ichki kurash boshlanib ketdi. Dexkonlar syogun Keykini imperator Meydzi bilan almashtirganlikdan xech qanaqa o’zgarish sezmadilar va ayovsiz ezishlarga qarshi kurashda davom etdilar.

Agar 1866 yili, syogun ag’darilishidan bir yil oldin Yaponiyada

minglab kishi qatnashgan 17 ta yirik qo’zg’olon xisobga olingan bo’lsa, syogunat ag’darilganidan bir yil o’tgach, 1869 yili 42 ta yirik dexqonlar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. Dexqonlar urushi va xokimiyatni mustaxkamlash zarurati o’zgarishlarning muxim sabablaridan biri bo’ldi. Bu xolat ko’pincha imperator xukumatida feodallar bilan

burjuaziya tarafdorlari o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib

chiqardi. Buning oqibatida burjua isloxotlari ko’pincha nomukammal, cheklangan xarakterga ega buldi. Shuning uchun xam inkilobning o’zi Yaponiya va jaxon tarixshunosligida «Meydzi tugallanmagan burjua inkilobi»nomini oldi.

Meydzining burjuacha isloxotlari. 1871 yilda mamla-

katning yagona davlatga birlashish jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari tugatildi va to’g’ridan-to’g’ri markaziy xukumatga bo’ysunuvchi prefekturalar joriy qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqartirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va oddiy xalk.Aslida bu isloxotlar namoyishkorona xarakterga ega bulib, samuraylar o’z imtiyozlarini mutlaqo yo’qotmagan edilar.1872 yili umumiy xarbiy majburiyat joriy qilindi, bu esa

samuraylarniig qurol takib yurishga bo’lgan monopoliyasiga rasman chek qo’ydi. Dexqonlarga xarbiy xizmat bilan bog’lik bo’lgan qo’shimcha majburiyatlar yuklandi. Ofitserlik lavozimlari avvalgidek samuraylarniig qo’lida qoldi.

Xukumat amalga oshirgan eng muxim o’zgarish 1872-1873-yillardagi yer isloxoti bo’ldi. Kengayib borayotgan dexqonlar kurashidan xavotirga tushgan xukumat ularning raxbarlarini o’z tomoniga og’dirish va bu bilan o’z ijtimoiy tayanchini mustaxkamlab olishni istardi. Bundan tashqari, xukumat unga sodiq bo’lgan, syogunat davrida yerlarni noqonuniy egallab olgan yangi boylar: savdogarlar,

Sudxo’rlar, ijaradorlar, amaldorlar va shu kabilar orasida xam

O’z mavkeini oshirishi kerak edi. Ana shu maqsadda, qonun chiqarilayotgan paytda amalda yerga egalik qilayotgan barcha shaxslar uz yerlarining qonuniy egalari deb e'lon qilindi. Umuman olganda, bu ijobiy xarakat edi: yerga feodallarning yakka egaligi tugatildi vaYaponiyada birinchi marta yerga egalik qilishning burjuacha printsipi o’rnatildi.

Ammo bu isloxotlar natijasida dexqonlarning asosiy qismi

amalda yerga ega bo’lmadi. 1868 yilgi inqilobdan ancha ilgari

dexqon jamoalari tomonidan ishlov beriladigan yerlarning kata qismi turli xil garovga kuyish, sovg’a qilish va boshqa shu kabi xujjatlar asosida sudxo’rlar, savdogarlar va kqishloq oqsoqollari qullariga o’tgandi. 1872-1873-yillardagi isloxotlar bu turdagi barcha kelishuvlarni yengillashtirdi va dexqonlarning yerlarini yangi mulkdorlar foydasiga ekspropriatsiya qilish jarayonining qonuniyligini tan oldi. 1872 yili yer oldi-sottisiga qo’yilgan taqiq rasman bekor qilindi.Tabiiyki, bunday isloxot yer masalasini xal qila olmasdi.

Fakat yirik feodal yer egaligi yo’q qilindi, xolos. Davlat juda

katta pulga (200 mln yendan ortik) sobiq feodal knyazlardan yer mulklarini sotib oldi. O’rta va kichik yer egalari feodal yer egaligi belgilarini sezilarli Darajada saqlab qolgandi. Dexqonlar ijara to’lovi sifatida xosilning yarmidan kam bo’lmagan qismini ularga berardilar. Lekin isloxot qishloqda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va axolining tabaqalashuvi jarayonini tezlashtirdi. Yer isloxoti misolida Yaponiyadagi burjua inqilobining tugallanmaganlik xarakteri yorqin namoyon bo’ldi.Shunga qaramasdan, 1868 yilgi burjua inqilobi Yaponiya tarixida eng muxim marra bo’ldi. Kapitalizm rivojlanishi turli xil feudal qoldiklar bilan qiyinlashgan bo’lsada, inqilob uning keying taraqqiyoti uchun rag’batlantiruvchi omil bo’ldi. Yagona davlat doirasida yapon burjua millati shakllandi.XIX asrning 70-90-yillarida Yaponiyaning kapitalistik taraqqiyoti. 1880-yillari Yaponiya tezkor industrial rivojlanish davriga kirdi. Bu jarayon oldingi davrda imperatorlik xukumati xususiy tadbirkorlikni faol qo’llab-quvvatlaganligi bilan bog’lik edi. 1868-1880-yillarda xukumat bir qator «namunali korxonalar» tashkil qilib, keyinchalik ularni savdo va tadbirkorlik firmalaridan xukumat karzlarini uzishi xisobiga yoki uncha kata bo’lmagan to’lovlar evaziga xususiy shaxslar qo’liga o’tkazishni rejalashtirdi. Shunisi xarakterliki, «namunali korxonalar»ni sotishda yoki ijaraga berishda xukumat bir necha imtiyozli firmalarni ma'qul ko’rdi. Bunday firmalar qatorida Mitsui, Mitsubisi,

Furukavalar bor edi.Davlat yangi fabrika va zavodlar ko’rilishiga anchagina mablag’ kiritib, sanoatning rivojlanishini qo’llab-quvvatladi. Bunda davlat byudjeti asosan qishloq axolisi xisobiga shakllantirildi. Davlat oladigan soliqlarning 80 foizdan ortig’ini yer solig’I tashkil qilardi. Yer egalari, o’z navbatida, bu xarajatni ijara To’lovini yanada oshirish bilan to’plardi. Yapon sanoatini yaratishning dastlabki davrida ijara to’lovlari kapitalistik jamiyatning muxim manbai edi. Sanoatga nisbatan protektsionistik

tadbirlar tizimi ikki xil moxiyat kasb etdi. U yetarli bo’lmagan

dastlabki kalitalni mexnarkashlar xisobiga to’ldirishi va shu

bilan birga yapon burjuaziyasini past boj tulovlari oqibatidan

asrashi lozim edi (G’arb davlatlari bilan teng bo’lmagan shartnomalar oqibati). Buning ustiga bunday tizim yapon burjuaziyasini monarxiya davlatiga qaram qilib qo’yar, uning tashabbuskorlik imkoniyatlarini pasaytirar edi.

Xonavayron bo’layotgan dexqonlar shaxarlar uchun arzon ishchikuchi manbai bo’ldi. Shakllanayotgan ishchilar sinfini ekspluatatsiya qilish g’oyat og’irlashib borardi. Ayollar va bolalar mexnatidan ommaviy tarzda foydalanilar, ish kuni 15-16 soatni tashkil etar jismoniy jazo usullari keng qo’llanilar edi. Umuman olganda shaxarlarda yapon proletariatining ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi dexqonlarni ezishning feodal shakli bilan uyg’unlashib ketgan edi.Bu davrda Yaponiya sanoatining rivojlanishi xali bir tomonlama xarakterga ega edi. Yengil, asosan to’qimachilik sanoati yetakchilik

qilardi. Rivojlanish tez bo’layotganiga qaramasdan, Yaponiya yirik kapitalistik davlatlarining rivojlanish darajasidan orqada

qolayotgandi. 1890-yillarning oxiriga kadar Yaponiyada cho’yan va po’lat ishlab chiqarishardi. 1888 yilda korxonalarning fakat 15,3 foizigina mexanik kuchdan foydalanardi. Mamlakatda kichik va juda kichik kosibchilik korxonalari ko’pchilikni tashkil etardi. Sanoat ishchilari kam sonli edi: 1866 yili xammasi bo’lib 112 ming (axolining 0,39%i), 1890 yili esa 346 ming (axolining

0,87%i) sanoat ishchisi bo’lgan.O’z xomashyo bazasi qashshoqligi yapon sanoatini xomashyoning tashqi bozorlariga qaram qilib ko’yadi. Bu xolat tashqi savdoning

xarakteriga katta ta'sir ko’rsatadi. Chiqariladigan maxsulotlar

asosan qishlok xo’jalik mollari edi (ipak xomashyosi eksportning 50% ga yaqinini, choy - 25% ini tashkil qilardi). Ko’prok tayyor maxsulotlar (gazlama, metall, mashinalar) mamlakatga olib kirilar edi. Bundan taqshari, mutlaq ko’pchilik axoli yashash darajasining pastligi xam ichki bozorni cheklab turardi. Shuning uchun xam

yapon kapitalizmi avval boshdanok o’z ichki ziddiyatlarini tashqi bozorlarni egallash xisobiga xal qila boshladi. Bunday xarakatlar zamindorlar bilan burjuaziyaning ittifoqi manfaatlarini ifodalovchi xarbiy-buyruqbozlik davlat mavkeini mustaxkamlashga ko’maklashardi.

Dastlabki siyosiy partiyalarning paydo bo’lishi. 1889 yilgi

konstitutsiya. 1880-yillarning boshida Yaponiyada ijtimoiy

tayanchi zamindor-burjuaziya bo’lgan dastlabki siyosiy partiyalar

shakllana boshladi. Bu partiyalar o’z siyosiy maqsadlariga ko’ra liberallar edilar. Liberal zamindorlar absolyutizmni va xukumat faoliyatini tanqid qilishardi. Ular noroziliklarining asosiy sabablari yer solig’ining yukoriligi va «xukumat lavozimlarini zo’rlik bilan egallab olgan» yarim feodal buyruqbozlar tor guruxining to’la xukmronligida edi. Muxolifatning keskin shiorlari ular tomonga samuraylarning bir qismini, ziyolilarni, xatto dexqonlarning yuqori qatlamlarini xam jalb etdi. Ularning harakatlari 1881 yilda «dziyuto» (liberal partiya) siyosiy partiyasining shakllanishiga olib keldi.Ayni paytda muxolifatchilik kayfiyatlari tez kuchayib borayotgan milliy sanoat burjuaziyasi orasida xam keng tarqala boshladi.Liberal burjuaziya ularga iqtisotdagi yuqori lavozimlarni egallashda, shuningdek, xokimiyatga yo’l ochishda ko’maklashishi lozim bo’lgan ba'zi bir isloxotlarning tezda o’tkazilishini talab kilardi. Ko’yilayotgan talablar orasida eng muximlarn pul tizimini ozgartirish, tashqi savdoni rag’batlantirish, teng bo’lmagan shartnomalarni qayta ko’rib chiqish, shuningdek, faol tashki siyosat, ya'ni, yapon burjuaziyasi uchun tashqi bozorga yo’l ochishi lozim

bo’lgan mustamlakalarni egallash va bosib olish edi. 1882 yili

ana shu asosda liberal burjuaziyaning «kaysinto» (isloxotlar

partiyasi) nomini olgan partiyasi shakllana boshladi. Mamlakat iqtisodida burjuaziyaning salmog’i oshib borishi bilan uning siyosiy faoliyati xam kuchayib bordi. 1880-yillarda xar ikkala partiya konstitutsiya uchun xarakat boshladi. Bu xarakatga keng demokratik doiralar (mayda burjuaziyaning bir kismi, ziyolilar, ayrim kambag’allar) xam qo’shildilar. Shu sababli ba'zi bir bosqichlarda xarakat yorqin radikal xarakterga ega bo’ldi. Imperatorlik xokimiyatini tanqid qilish davlat apparatida feodal elementlarning (masalan, unvonli zamindorlarning) joylashib olishlariga qarshi kurashga aylanib ketdi. Yaponiyadagi konstitutsion xarakat «minken undo» («xalk xukuki uchun kurash») nomini oldi.

«Minken undo» xarakatiga mustaqil rivojlanayotgan ishchilar

xarakati amaliy yordam ko’rsatdi. Yapon ishchilar sinfi mamlakat sanoatining rivojlanishi bilan birga usib bordi. Ishchilarning birinchi chiqishlari yetmishinchi yillarga taalluqli. 1872 yili Takasima shaxtalarida konchilarning ingliz kontsessionerlariga qarshi stixiyali isyonlari alan ga oldi. Shundan keyin yapon ishchilarining chiqishlari ko’payib bordi. 1880-yillarda kasaba uyushmalarini tuzish uchun dastlabki urinishlar bo’ldi. Avvaliga bu uyushmalarning aksariyati xunarmandlarning birlashmalari ko’rinishida edi. Lekin 1890-yillardayoq kasabachilik xarakatlari bevosita proletar qatlamlarini qamrab oldi. Bu xarakat ko’p jixdtdan ishchilarning (keyinchalik kommunistik harakatning

xam) yetakchisi Sen Katayama (1859 yili dexqon oilasida tug’ilgan)nomi bilan bog’liq. 1897 yili imigratsiyadan qaytib kelgan Katayama«Ishchilarning kasaba uyushmalarini tashkil qilish ligasi»ni tuzdi, keyin esa metallistlar uyushmasini, mashinistlar uyushmasini va matbaachilar uyushmalarini shakllantirdi. 1898 yili Katayama «sotsializmni o’rganish jamiyati»ni tuzdi va «Ishchilar dunyosi» jurnalini chop eta boshladi.Xukumat avvaliga «minken undo» faoliyatini keskinlik bilan bostirdi. Lekin yapon absolyutizmining eng uzoqni ko’ra oladigan raxbarlari jamiyatda muvozanatni saqlab turish uchun cheklangan o’zgarishlar va yon berishlar zarurligini tushunardilar. Yapon xukumati ayrim Yevropa mamlakatlari va AKShning konstitutsion tajribasi bilan tanishish uchun, knyaz Ito boshchiligida bir

qator ko’zga ko’ringan vakillarini jo’natdi. Natijada, Yaponiya

uchun eng munosibi Bismarkning konservativ pruss parlament,degan qarorga kelindi. 1889 yili Yaponiya konstitutsiyasi E'lon qilindi.

1889 yilgi konstitutsiyaning muxim jixati yapon monarxiyasi-

ning xukmronligini tasdiqdash bo’ldi. Konstitutsiya imperator-

ning o’ta keng huquqlarini e'lon kildi: unga konunlarni tasdiqlash va e'lon qilish; parlamentni chaqirish va tarqatib yuborish; urush e'lon qilish va yarash shartnomasi tuzish; qurolli kuchlarga oliy bosh ko’mondonlik qilish; barcha fukarolik va xarbiy amaldorlarni tayinlash va bo’shatish kabi xukuklar tegishli edi. Konstitutsiyaning ikkinchi bobi ko’plab istisnolar va izoxlar bilan bo’lsa-da, rasman e'lon qilingan burjua erkinliklarini belgilab berdi. To’rtinchi bobda (55-modda) Yaponiyada vazirlar fakat imperator oldida mas'uliyatli ekanliklari aytilgandi. Oltinchi bob xukumatga parlament bilan hisoblashmasdan va vakolatli tashkilotlarning ijozatlarini olmagan taqdirda xam byudjetni tasdiqlash imkonini berdi. Yana shuni eslatib o’tish kerakki, im-

peratorning shaxsini iloxiylashtirish xam davom ettirildi.

Yapon parlamenti ikki palatadan iborat edi. Yuqori palata

shaxzodalardan, oliy nasab aslzodalardan, shaxsan imperator tomonidan tayinlangan kishilardan, yirik soliq to’lovchilarning vakillaridan tarkib topgandi. Quyi palata, mamlakatning 30 yoshga to’lgan kishilari orasidan, erkaklar tomonidan saylanardi. Bir yilda 15 yendan kam bo’lmagan to’g’ridan-to’g’ri soliqlarni to’lagan va 25 yoshga to’lgan kishilargina saylash xukukiga ega edi. Shundan kelib chiqqan xolda, mamlakat axolisining faqat bir foizigina saylash xuquqiga ega edi. Shunday qilib, konstitutsiya yapon absolyutizmining xuquqlariga da'vo qilmadi, fakat unga zamonaviylik va

joziba baxsh etdi, uning ximoyachisi bo’ldi, xolos.

Yapon parlamenti juda tor asosda shakllantirilgan bo’lishiga

qaramasdan, faoliyatining dastlabki yillarida parlament bilan

xukumat o’rtasida qarama-qarshiliklar tez-tez bo’lib turdi. Parlamentdagi burjuaziya muxolifati xukumatning buyruqbozlik usullarini tanqid qildi va ulkan xarbiy xarajatlar qilinayotganidan noroziligini bildirdi. Shu sababli parlament o’zining dastlabki to’rt yillik davrida imperator tomonidan uch marta (1891, 1893 va 1894 yillari) tarqatib yuborildi.

Yaponiyaning 1870-1890-yillardagi tashtsi siyosati. Yaponiyada qurollanish, ayniqsa kuchli xarbiy-dengiz flotining qurilishi,Xitoyga qarshi tayyorlanayotgan bosqinchilik urushiga bevositaBog’lik xolda shiddat bilan davom ettirildi. Bosqinchilikning dastlabki ob'ekti esa Koreya buldi. Xali 1872 yildayoq Rossiya bilan Yaponiya o’rtasida Saxalin masalasi bo’yicha bo’lgan muzokaralarda Yaponiya xukumati yapon-koreys urushida Rossiyaning betaraflikni saqlashi va yapon ko’shinlarini rus xududlari orqali janubiy Koreyaga o’tkazishi evaziga o’zining janubiy Saxalinga Bo’lgan da'vosidan voz kechishga tayyor ekanligini bildirgandi. Bu

taklif ruslar tomonidan rad etildi, shuning uchun xam samuraylar orasida faqat Xitoy va Koreyaga emas, Rossiyaga xam qarshi urushga da'vatlar eshitila boshladi. Birokq yapon xukmron doiralari xali Rossiyaga qarshi chiqishdan qo’rqib turardilar.Yaponiyaning tashqi siyosatdagi faolligiga yana shu narsa ko’maklashdiki, 1894 yili chet ellar bilan tuzilgan shartnomalarni qisman qayta ko’rib chiqishga erishildi. Chet elliklarning eksterritorialligi bekor qilindi. Shuningdek, Yaponiya uchun boj mustaqilligini cheklovchi eng og’ir kelishuvlar xam bekor qilindi(1899 yil). To’g’ri, Yaponiya rasman to’lik teng xuquqlilikka erisha olmadi (bunga faqat 1911 yili erishdi). Lekin yapon burjuaziyasining teng bo’lmagan shartnomalardan ozod bo’lish xaqidagi asosiy talablari bajarilgan edi. Bu tashqi bosqinchiliklar uchun

yapon xarbiylarining qullarini bo’shatdi.

1876 yili Yaponiya Koreyani teng bulmagan shartnoma imzolashga majbur kildi, 1882-1884-yillarda esa uni ancha kengaytirdi. 1885 yili Tyantszinda yapon-xitoy shartnomasi imzolandi. Unga ko’ra rasman Xitoy syuverenitetai ostida bo’lgan Koreya xududiga Xitoy qushinlari Yaponiyaning roziligisiz, yapon qo’shinlari esa Xitoyning roziligisiz kiritilishi taqiqlandi. 1893 yili Koreyada «tonxaklar ko’zg’oloni» nomi bilan dexqonlarning ommaviy harakati boshlandi. Bu xarakat feudal zulmga va Koreyadagi chet ellik mustamlakachilarga qarshi Yo’naltirilgandi. Qo’zg’olondan qo’rqib qolgan Koreyaning feudal xukmdorlari yordam so’rab Xitoyga murojaat kildi. Xitoy tonxaklarni bostirish uchun qo’shin jo’natdi va Yaponiya Xitoyni Tyantszin shartnomasini buzganlikda ayblab, u xam Koreyaga qo’shin kiritdi

va tonxaklar qo’zg’olonini bostirish baxonasida mamlakatning

muxim strategik nuqtalarini egallab oldi. Yaponlar o’z josus-

larini koreyslarning davlat apparatiga kirita boshladi. Yapon-

lar tashkil qilgan xukumat Koreyaning Xitoydan mustaqilligini

e'lon qildi va yordam so’rab Yaponiyaga murojaat qildi. 1894 yil 25 iyulda yapon xarbiy kemasi Xitoy qo’shinlarini olib kelayotgan kemani cho’ktirib yubordi. 1 avgustda urush e'lon qilindi.1894-1895-yillardagi yapon-xitoy urushi kapitalistik Yaponiyaning Xitoydan to’liq ustunligini namoyish qildi. 1895 yilning baxoriga kelib Xitoy qo’shinlari bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradi. Yaponlar Lyaodun yarimorolini va Veyxayvey portini egallab oldilar, Xitoy poytaxti Pekin xavf ostida qoldi. 1895 yilning 17 aprelida Yaponiyaning Simonoseki shaxrida tinchlik shartnomasi imzolandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgandi: 1) Koreyaning Xitoydan mustaqilligi; 2) yaponlarga Tayvan oroli, Peskador orollari va Lyaodun yarimorolining berilishi; 3)Xitoy tomonidan 300 mln yen miqdorida tovon to’lanishi; 4) savdo kemalarining qatnovi uchun bir qator Xitoy portlarining ochilishi; 5) Veyxayveyning yaponlar tomonidan vaqtincha egallab olini-

shi; 6) xitoylar qamoqqa olgan yapon agentlarining ozod qilinishi.Xitoyga karshi bosqinchilik urushi Yaponiyaning kapitalistik taraqqiyotini favqulodda jadallashtirib yubordi. U bir qator sanoat tarmoqlarining o’sishiga turtki bo’ldi, tashqi savdoning kengayishiga ko’maklashdi va yapon mustamlakachilik imperiyasiga asos soldi. Urush, shuningdek, Koreyada yaponlarning mavkei kuchayishiga xam olib keldi. 1895 yilning oxirida mamlakatda yapon xukmronligiga qarshi bo’lgan Koreya kirolichasi Min yaponlar tomonidan vaxshiylarcha o’ldirildi. Koreya qiroli qotillardan qochib ketdi va rus diplomatik missyasidan boshpana topdi. Koreya

xukumatiga ta'sir o’tkazish birmuncha vakt Yaponiyadan Rossiyaga utdi. 1896 yili KVJD (Xitoy-Shark temir yuli) xaqida rus-xitoy shartnomasi imzolandi va yaponlar tashlab ketgan Port-Artur 1897 yili Rossiyaga o’tdi. Yapon-xitoy urushi Xitoyning imperialistic ta'sir doiralariga bo’lib olinishini tezlashtirdi. Angliya, AQSH va Germaniya rus-yapon munosabatlarini keskinlashtirish uchun barcha xarakatlarni kildi. 1890-yillarning oxirida Yaponiya Angliyaning

faol yordamida armiya va flotini jadal qurollantirib, endi

Rossiya bilan urushga tayyorlana boshladi.

XX asr boshlarida Yaponiya. XX asr boshlarida Yaponiya Yevropaning ilg’or kapitalistik mamlakatlari va AQShdan orqada qolayotgan bo’lsada, Osiyoda mustaqil kapitalistik taraqqiyot Yo’liga kirgan yagona davlat sifatida «buyuk davlat» maqomiga shiddat bilan intilayotgan edi. Qoloq feodal mamlakatdan ilgor, kuchli davlatga aylangan Yaponiya Osiyoning boshqa davlatlarida yashayotgan Ilg’or kishilarda xavas uyg’otayotgan bo’lsada, uning bosqinchilik siyosatini ko’pchilik ma'qullamasdi.Rus-yapon urushidan keyin Yaponiya Janubiy Manjuriya va Koreya

ustidan o’z xukmronligini o’rnatdi. 1905 yil noyabrdan Koreyaning tashqi siyosatini xam belgilay boshladi va 1910 yildan Koreya rasman Yaponiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi.1912-1926 yillar Yaponiyada imperator Taysyo Yosixito nomi bilan ataladi. Taysyo davrida mamlakat iqtisodi shiddat bilan rivojlanishda davom etdi. Yaponiya yangi yerlarni egallab, o’zining katta davlat maqomini mustaxkamlab oldi. 1914 yili avval Germaniyaga qarashli bo’lgan Xitoyning Shandun yarimorolini bosib oldi. Keyin Birinchi jaxon urushida ishtirok etdi.



* * *

XIX asr ayniqsa uning ikkinchi yarmi Yaponiyada kapitalizmning shiddatli rivojlanish davri bo’ldi. U Meydzi inqilobidan So’ng an'anaviy sivilizatsiya mamlakatlari ichida birinchi bo’lib industrial taraqqiyot yo’liga kirdi, kapitalistik taraqqiyot uchun sharoit yaratildi, konstitutsiya qabul kildi, siyosiy partiyalar paydo bo’la boshladi, huquqiy davlatning belgilari paydo bo’ldi. Imperializm rivojlanishi tor ichki bozor, axholi asosiy qismining qashshoqligi sharoitida yuz berdi va bu xol Yaponiyani boshqalar yerlarini bosib oldingaga intiluvchi agressiv davlatga aylantirdi.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish