“O‘tkan kunlar”



Download 0,66 Mb.
bet5/8
Sana16.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#676113
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“O‘tkan kunlar”

“OQ KEMA”


  1. Bolaning yoshi nechada?

J.: Yettini to‘ldirib, sakkizga o‘tgan

  1. Qaysi tog‘ tilga olingan?

J.: Qorovultog‘

  1. Ko‘lob daryoning chetroq sayoz joyida, qumloq erda bo‘lib, bobosi tosh qalab to‘sib bergan edi. Agar shu to‘siq bo‘lmaganda, kim biladi, balki bola ham allaqachonlar tirik qolmagan bo‘larmidi? Buvisining aytishicha, daryo allaqachon uning suyaklarigacha yuvib, to‘g‘ri Issiqko‘lga eltib tashlarmidi va u erda baliqlar hamda suvdagi har xil baloi battarlarga em bo‘larmidi? Hech kim uni qidirib jon koyitmas, dardida kuyib, ado bo‘lmas edi, rostda, suvda pishirib qo‘yibdimi? Sirasini aytganda, u kimga ham kerak.

Parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. “Cho‘kib yotgan tuya” nima?

J.: Bag‘rini yerga berib yotgan sarg‘ish bukri tosh

  1. “Egar” nima?

J.: Yarmi oq, yarmi qora chavkar toshdagi o‘rindiq

  1. “Bo‘ri” qanday tosh?

J.: Qo‘ng‘ir, oq oralagan, yoldor va cho‘ng peshanali tosh

  1. Bolaning eng sevimli toshi qaysi tosh?

J.: Suv yuvib ketgan qirg‘oqdagi kattakon xarsang — “tank”

  1. Ayollar bor-yo‘g‘i uch kishi: buvisi, bu erning eng kattakon kishisi- o‘rmon qorovuli O‘razqulning xotini Bekey (Bekey- onasining opasi, unga xola) va yordamchi ishchi Seydahmadning xotini yoshgina Guljamol qizchasini ko‘tarib olgandi. Bor-yo‘g‘i uch ayol.

Ushbu uch ayol qaysi asar qahramonlari sanaladi? J.: “Oq kema”

  1. Kim haqida “olamdagi hamma ayollar ichra eng baxtsizi — sababi, farzandi yo‘q” deb yozilgan? J.: Bekey xola haqida

  2. Magazin-avtodo‘kondan Bekey xola nima sotib olganida buvi “Nega o‘z boshingga o‘zing baloni sotib olyapsan?” deb tanbeh beradi?

J.: Ikki shisha aroq

  1. Baltek nimaning nomi?

J.: Itning

  1. Baltekning qornidan bo‘lak tashvishi yo‘q. To‘ysa — uxlar, och bo‘lsa, o‘zinikimi, begonami, farq qilmay, duch kelgan kishiga tama bilan suykalanar edi. Ushbu parchadagi Baltek qanday hayvon?

J.: It

  1. Mo‘min cholning laqabi nima?

J.: Mo‘min chaqqon

  1. Bu atrofda uni hamma tanirdi, u ham hammani bilardi. U ochiq ko‘ngilligi, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, hammaga sadoqati va xushmuomalaligi tufayli shunday laqab olgandi. Ammo tillani tekin tarqatishganda hech kim uchun qadri qolmaganidek, uning jonbozligining qadriga ham hech kim yetmasdi. Ushbu parcha kim haqida?

J.: Mo‘min chol haqida

  1. U bilan betakalluf muomala qilishardi. Bug‘u avlodining mashhur oqsoqollaridan birortasining ulug‘ ma’rakalarida Mo‘min bug‘u avlodidan bo‘lib, bu bilan g‘oyatda faxrlanar va o‘z qabiladoshlaridan birontasining ma’rakasidan qolmasdi, unga mol so‘ydirishar, martabali mehmonlarni qarshi olib, otdan tushirish, choy uzatishu o‘tin yorib, suv keltirishgacha hamma ishni unga topshiraverishardi. Turli tarafdan son-sanoqsiz mehmonlarni kutib olish lozim bo‘lgan bunday katta ma’rakalarda ozmuncha tashvish bo‘ladimi?

Parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. Keksa ham, yosh ham uni ”san”lab gapirar, qaltis hazil ham qilaverishardi- chol beozor zdi, u bilan hisoblashmasa ham bo‘laverardi — chol bezabon edi. O‘z hurmatini talab qilishning uddasidan chiqmagan kishini odamlar oyoqosti qilaveradi, deb bekorga aytishmagan-da. U shuning uddasidan chiqmasdi.

Bu chol kim?
J.: Mo‘min chol

  1. Uning qo‘li gul edi. Duradgorlik, egarchilik qilardi, yoshligidanoq pichan g‘aramlashning ustasi edi, kolxoz uchun shunday g‘aramlar yasardiki, qishda ularni buzishga ko‘z qiymasdi: yomg‘ir uning ustidan xuddi g‘ozning patida sirg‘angandek silliq tushar, qor esa tomning ikki nishabiga tushgandek tushib ketardi. Urushda mehnat frontida Magnitogorskdagi zavodlarning g‘ishtini terdi, staxanovchi bo‘lib shuhrat qozondi. Qaytib kelgach, qorovulxonada yog‘och uy qurdi, o‘rmonchilik bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Bu chol kim?
J.: Mo‘min chol

  1. Kim haqida “Mo‘minning butun umri erta tongdan qora kechgacha ishda, tashvishda o‘tdi, lekin hurmat talab qilishni o‘rganolmadi”, deb yozilgan?

J.: Mo‘min chol

  1. Sipogarchiligi ham, jiddiyligi, badjahlligi ham yo‘q. Oqko‘ngil edi u. Uning qadr topmaydigan bu insoniy xususiyatini bir qarashdayoq payqab olsa bo‘lardi. Bunday qismat hamisha unga: “Oqko‘ngil bo‘lma, yovuz bo‘l! Mana, senga oqibat! Yovuz bo‘l!” deb ta’kidlab kelsa ham, u o‘z xushfe’lligini tashlamaydi. Uning yuzlari kulimsirab turar, ajinlari qat-qat edi. Ko‘zlari esa har doim: “Nima istaysan? Biror og‘iringni engil qilaymi? Men tayyorman, faqat aytsang bas, nimaga muhtojsan?”— degandek mo‘ltirab turardi.

Ushbu kishi kim?
J.: Mo‘min chol

  1. Burni ham yumshoq, o‘rdaknikiday yalpoq, bamisoli kemirchagi yo‘qday. Bo‘yi ham ko‘p baland emas, o‘smirlarday chaqqongina chol. Soqol nima degan gapshu ham nasib qilmagandi. Qip-qizil ko‘sa. Yaydoq iyagida ikki-uchtagina sariq tuk bor, xolos. Bor-yo‘q soqol shu.

Ushbu kishi kim?
J.: Mo‘min chol

  1. Kim haqida “afandife’l edi va unga afandiga muomala qilgandek muomala qilishardi, deb yozilgan? J.: Mo‘min chol haqida

  2. Mo‘minni cholni qattiq xafa qiladigan yagonanarsa nima edi?

J.: Birontasining ma’rakasini o‘tkazish uchun qarindoshlar to‘planadigan kengashga uni chaqirishni unutib qo‘yishgani

  1. Sotuvchi uning so‘zlari va ko‘rimsiz kiyim-boshi ustidan takabburona kulib qo‘ydi — o‘sha-o‘sha beso‘naqay kirza etik, kampir tikkan bo‘z yshton, titilib ketgan kamzul, yomg‘ir va oftobda sarg‘ayib ketgan kigiz qalpoq. Ushbu parchada kim tasvirlangan?

J.: Mo‘min chol

  1. Jigarrang “tuya” oldidan chopib o‘tarkan, uning o‘rkachlariga urib qo‘yishga ham vaqti bo‘lmadi, “egar” yonidan, “bo‘ri” va “tank” yonidan o‘tib, keyin qirg‘oq bo‘ylab yugurib borardi. Yopishqoq butazor orasidagi so‘qmoq yo‘ldan chopib o‘tdi. So‘ngra esa o‘tloqdagi uzun yo‘lakdan Seydahmadning oddigacha chopqillab keldi.

Ushbu holat nima bilan bog‘liq?
J.: Bolaning yangi portfel olishi bilan

  1. Sen uning gapiga ishonma, bobom unaqa emas. Uning sira shumligi yo‘q, shuning uchun ham undan kulishgani-kulishgan. Chunki quvlik-shumlikni bilmaydi. U biz ikkalamizni maktabga olib borib yuradi. Sen hali maktab qayerdaligini bilmaysan-a? U unchalik uzoq emas. Men senga uning qayerda ekanligini ko‘rsataman. Biz unga Qorovultog‘dan durbinda qaraymiz. Men yana, senga oq kemani ko‘rsataman.

Ushbu gaplarni bola kimga yoki nimaga aytadi?
J.: Portfelga

  1. U erda durbinimni yashirib qo‘yganman. Men unda buzoqchamni kuzatib turishim kerak, lekin men, har kuni oq kemani ko‘rishga chopaman. Buzog‘imiz katta bo‘lib qoldi, tortib ketsa to‘xtatolmaysan, sigirni emib qo‘yadigan odat chiqardi. Sigir uning onasi, sutini undan ayarmidi. Tushunding-mi? Onalar hech qachon, hech nimani ayashmaydi. Mana, Guljamol shunday deydi, uning qizchasi bor... Tezda sigirni sog‘ib bo‘lishadi, keyin biz buzoqni yaylovga haydaymiz. O‘shanda biz Qorovultoqqa chiqamiz-da, tog‘dan turib oq kemani ko‘ramiz. Men axir durbin bilan ham xuddi ana shunday gaplashaman. Endi biz uchtamiz — men, sen va durbin...

Ushbu gaplarni bola kimga yoki nimaga aytadi?
J.: Portfelga

  1. O‘razqul minib yuradigan otning nomi nima?

J.: Olabosh

  1. U o‘z takdiridan ranjib yurgan, xudo uni farzand dog‘ida kuydirib, boshqalarga saxiylik bilan besh-o‘ntalab bola berib qo‘ygan bir paytda, bu ahmoqona portfelu, ota-oasi tashlab ketgan, xotiniga jiyan bo‘lmish bu bola bilan qanchalik ishi bor...

Ushbu kishi kim?
J.: O‘razqul

  1. Mo‘min cholning qorovulxonadagi uzoq yillikxizmatlari uchun mukofotga nima berishadi?

J.: Durbin

  1. Dalaning arang ko‘z ilg‘ab oladigan uzoq chekkasida, qumlokdan, tasma tortgan qirg‘oq ortida ulkan ko‘l to‘q samoviy rangda tovlanardi. Bu — ...edi.

Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
J.: Issiqko‘l

  1. Molxonalardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bir parchagina qishloq- chorvadorlar posyolkasi joylashgan. Qishloqcha tepalikdan pastga tomon cho‘zilib tushgan edi. Qishloqning eng chekkasida, ko‘rinishdan turar joyni eslatmaydigan kichkinagina uy turardi. Bu bino nima edi?

J.: Maktab

  1. Daryoga oqib ketsa o‘zidan ko‘rsin — qo‘limni cho‘zmayman. Endi shunisi etmay turgan edi. O‘z ota-onasi tashlab ketdi, Menga boshqa tashvishlar ham etib ortadi, majolim yo‘q. Ushbu gap kim tilidan aytilgan?

J.: Bolaning o‘gay buvisi tilidan

  1. Agar meni xudo jazolamaganda, agar u mening besh go‘dagimni bag‘rimdan yulib olmaganda, yolg‘iz o‘g‘lim o‘n sakkiz yoshida urushda o‘qqa uchmaganda, cholginam, mehribonginam Tayg‘ar suruv bilan bo‘ronda qotib qolmaganda, men siz, o‘rmon odamlarining orasida yurarmidim? Men senga o‘xshaymanmi, senga-ya, tug‘mas? Men qarigan chog‘imda sening jinnisifat otang Mo‘min bilan yashab yurarmidim? Ushbu gaplarni kim aytgan?

J.: Bolaning buvisi

  1. Avliyo o‘zining avliyoligini bilmaydi — u oddiy odam. Faqat qaroqchigina o‘zining qaroqchiligini biladi.

Ushbu fikr qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. Qasi asarda bobo nevarasiga Chipalak otli jimjiloqday bola haqida ertak aytib beradi?

J.: “Oq kema”

  1. Qasi asarda bobo nevarasiga tuya, bo‘ri yutibyuborgan Chipalak otli jimjiloqday bola haqida ertak aytib beradi?

J.: “Oq kema”

  1. Xudo meni befarzand qilib yaratgan bo‘lsa, mening gunohim nima? Bu dunyoda qo‘yday tug‘ib yotgan ayollar ozmi, faqat meni xudoyim farzanddan qisgan. Nega? Nima uchun meiing taqdirim shunday? Bundan ko‘ra o‘ldir meni, yirtqich.

Mana, ur, ur...
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy, Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy. Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy, Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy. Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy, Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy. Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy, Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy.

Ushbu qo‘shiq qaysi asarda keltirilgan?
J.: “Oq kema”

  1. O‘rmonda bir g‘aroyib qush paydo bo‘lib qoldi. Inson ovoziga o‘xshash ayanchli ovoz bilan tundan tonggacha sayrar va yig‘lar, shoxdan shoxga sakrab so‘ylardi; “Katta baxtsizlik bo‘ladi! Katta baxtsizlik bo‘ladi”. Shunday bo‘ldi ham, o‘sha qora kun keldi.

Parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. “Oq kema” qissasida bola tush vaqti har doimqaysi o‘simlikning oldiga borishni xush ko‘rgani ta’kidlangan?

J.: Shiroljinning

  1. Qirg‘iz qabilasining oqsoqoli kim edi?

J.: Botir qulchi

  1. Insonlar qanday yashashlari lozim bo‘lsa, shunday yashanglar.

Ushbu nasihat kim tilidan aytilgan?
J.: Ona bug‘u

  1. “Oq kema” asarida nima to‘kislik, mehroqibat, diydor ramzi hisoblanadi?

J.: Oq kema

  1. Bola o‘tlarga qanday nomlar qo‘ygan?

J.: “Sevimli”, “botir”, “hurkak”, “yovuz”

  1. Bola toshlarga qanday nomlar qo‘ygan?

J.: “Yaxshi”, “yomon”, “ayyor”, “ovsar”

  1. Bola nimalar bilan suhbat qiladi?

J.: Portfeli va durbini bilan

  1. Bolani baliq bo‘lib, uzoq Issiqko‘lga suzib ketishga undagan voqea nima edi? J.: Mo‘min cholning mast-alast holati

  2. Bola kimning yuziga qarab bolta bilan maydalab tashlangan bug‘u kallasini xayolidan o‘tkazadi?

J.: Mo‘min cholning

  1. Gullar orasidagi eng aqlli va quvnoq gul qaysigul?

J.: Pechakgul

  1. “Kamdan-kam uchraydigan baxtli odam” kim?

J.: Mo‘min chol

  1. Insonni tug‘ish va o‘stirish qanchalar qiyin, o‘ldirish esa shunchalar oson.

Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. Mo‘min chol nima sababdan o‘z qo‘li bilan bug‘u so‘yishga majbur bo‘ladi?

J.: O‘razqulning zug‘umi va baxtsiz qizining iltijosi sababli

  1. Juda qartayib qolgan, yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li urushda halok bo‘lgan, umr bo‘yi bir yostiqqa bosh qo‘yib yotgan xotinidan ajralgan, eng katta baxtsizligi — uning qizlariga baxt kulib boqmagan. Gap qaysi qahramon haqida?

J.: Mo‘min chol

  1. Qirg‘iz qabilasining oqsoqoli kim edi?

J.: Botir Qulchi

  1. Qirg‘iz qabilasidan omon qolgan bola va qizchao‘rmonga nima maqsadda ketishgan edi? J.: Qo‘lsavat uchun po‘stloq shilgani

  2. ”Yetimcha yetti ko‘cha” iborasi qaysi asarda qo‘llanilgan?

J.: ”Oq kema”

  1. Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi. Agar baliqlar odamga aylanib qolsa bormi, ularga daryo va dengizlar torlik qilib qoladi.

Ushbu gap kim tilidan aytilgan?
J.: Cho‘tir Baymoq kampir

  1. U sutdek oq, qorni bo‘taloqning yungidek qo‘ng‘ir yung bilan qoplangan. Shoxlari bo‘lsa go‘zallik timsoli: serbutoq, go‘yo kuzgi daraxtning bir bo‘lak shoxi. Yelini emizikli ayolning ko‘kragidek toptoza va silliq.

Ushbu parchada nima tasvirlangan?
J.: Ona bug‘u

  1. Ona bug‘u bola va qizchani qayerga olib ketadi?

J.: Issiq dengiz — Issiqko‘lga

  1. Ona bug‘u bola va qizning birinchi farzandidunyoga kelganda nima olib keladi?

J.: Oppoq qayindan yasalgan, bandida kumush
qo‘ng‘iroqchasi bor beshik

  1. Bola va qizning birinchi farzandiga qanday ismqo‘yilgan?

J.: Bug‘uboy

  1. Oshiqlar suygan qizlarini suluvlikda go‘zal oq bug‘uga qiyos qilishardi...

Ushbu gap qaysi asardan olingan?
J.: ”Oq kema”

  1. E bo‘tam, odamlar aql o‘rniga boyligini ko‘z-ko‘z qilishsa, bu qanday yaramaslik.

Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: ”Oq kema”

  1. E bo‘tam, hofizlar hamd-u sano o‘qishda bahslashsa, qanday yaramaslik, ular qo‘shiqchidan qo‘shiq kushandasiga aylanishadi.

Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: ”Oq kema”

  1. E bo‘tam, qadimgi odamlardan qolgan bir gap bor: boylik takabburlikni, takabburlik esa telbalikni tug‘diradi. Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?

J.: ”Oq kema”

  1. E bo‘tam, pul hukmron bo‘lgan joyda ezgu so‘zga o‘rin yo‘q, go‘zallikka o‘rin yo‘q.

Ushbu hikmat qaysi asardan olingan?
J.: ”Oq kema”

  1. Bola qatnaydigan maktabni atrofdagilar nimadeyishadi?

J.: ”Mitti maktab”

  1. San-Tosh darasi, Jilisoy singari joy nomlari qaysi asarda uchraydi?

J.: “Oq kema”

  1. Bolaga kim znachok sovg‘a qiladi?

J.: Qulibek Cho‘tboy o‘g‘li degan shofyor

  1. Sariq-sariq tog‘lardan, Sariq otda men keldim. Och eshiging, ey, sariq savdogar, Biz ichamiz sariq vinodan. Qo‘ng‘ir-qo‘ng‘ir tog‘lardan, Qo‘ng‘ir otda men keldim. Och eshiging, ey, qo‘ng‘ir savdogar, Biz ichamiz qo‘ng‘ir vinodan...

Ushbu she’riy parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema” 70. O‘rkach-o‘rkach totardan, O‘rkach tuyada men keldim. Och eshiging, bukri savdogar, Biz ichamiz, o‘tkir vinodan...
Ushbu she’riy parcha qaysi asardan olingan?
J.: “Oq kema”

  1. Chingiz Aytmatovning qaysi asariga “Ertakdan so‘ng” degan kichik sarlavha quyilgan?

J.: “Oq kema”

  1. Qaysi asarda “ular bu manfur dunyoni go‘daklikda, toza qalb bilan, bolalik hayosi bilan, yovuz niyat va yovuz ishlar qilib o‘z nomiga isnod keltirishga ulgurmasdanoq, tark etishsin” deyilgan?

J.: “Oq kema”

  1. Asarda yolg‘on e’tiqod insonlarni qay kunlarga solishi va e’tiqodsizlik millatni qanchalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar orqali haqqoniy aks ettiriladi.

Ushbu fikr qaysi asar haqida?
J.: “Oq kema”

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish