O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet29/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

Haydar Xorazmiy


Haydar Xorazmiy X1V asming oxiri va XV asming boshlarida yashab
ijod qilgan iste’dodli so‘z san’atkoridir. Shoir haqidagi ba’zi ma’lumotlar D avlatshoh Samarqandiyning «T azkiratush-shuaro», Alisher Navoiyning «M ajolisun-nafois», «M uhokamatul-lug'atayn» kabi asarlarida uchraydi. Ularda shoiming noyob iste’dod sohibi ekanligi qayd etilib, turkiy va forsiy tillarda yaxshi she’rlar bitganligi, Amir Temur nabiralaridan Iskandar Sheroziyga bag'ishlab Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi») dostoniga javoban turkiy tilde go‘zal, ijodiy doston yozganligi e ’tirof etiladi.Haydar Xorazmiyning turkigo‘y shoirligi va uning xorazmlik ekanligi Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida e’tirof etilgan.Salohiyatli shoir o‘z masnaviysini turkiy tilda yozishini quyidagicha izohlaydi:
Turk zuhuridur ochunda bu kun,
Boshlar uluq yir bila turkona un!...
Turk surudini tuzuk biria tuz,
Yaxshi ayolg‘u bila ko‘kla qo‘buz...
Men bitigan xat bila yo‘ng‘il qalam,
Men yurug‘on yo‘l bila urgil qadam
(Muborak maktublar. Toshkent-1987, 221-bet. Ushbu majmuada asaming nomi «Gulshanul-asror» tarzida berilgan. R.V., H.E.).Adabiyotshunos N.Mallayev «Maxzanul -asror» Haydar Xorazmiy adabiy merosidan bizgacha yetib kelgan yagona asar ekanligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, olim oliy maktab uchun yozilgan darsligida shoiming hayoti haqida quyidagi m a’lum otlarni keltiradi: «Haydar asli Xorazmdandir. Uning Haydar Xorazmiy deb atalishi ham shu boisdan.
U qachonlardir Fors viloyatiga kelgan. Birmuncha vaqt, Navoiy va Davlatshoh ta’kidlaganlaridek, Sulton Iskandar huzurida bo‘lgan. Sulton Iskandar birmuncha ma’rifatparvar amirzodalardan bo‘lgan, o‘z atrofiga ilm, san’at, adabiyot ahllarini to‘plagan, o ‘zi ham she’riyat bilan shug‘ullangan. Haydar Xorazmiy farazan 1409-1414 yillar orasida «Maxzanul-asror» dostonini yaratgan» (Mallayev N. 0‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 288-bet). Keyingi yillarda Mavlono Lutfiy asari sifatida qayd etib kelingan «Gul va Navro‘z» dostoni ham Haydar Xorazmiyga nisbat berilayotir. «Fununul-balog‘a» hamda Bobur Mirzoning «Aruz risolasi»dagi e ’timodli qaydlar shunday xulosani yanada quwatlantirishga xizmat qiladi.
«Maxzanul-asror»ning London, Parij, Vena, Qozon va boshqa joylarda saqlanayotgan qo'lyozma nusxalari fan olamiga ma’lum. Doston yuzasidan E.E.Bertels, H.Zarifov, A.Abdug‘afurov, B. Valixo‘jayev,E.Rustamov, J.Sharipov, A. Hayitmetov singari bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. N.Abdullayev asaming qiyosiy matnini vujudga keltirdi va 1974 yilda Nizomiy Ganjaviy dostoni bilan chog‘ishtirish asosida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi.Sharq xalqlari adabiyotida ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy
«Xamsa»siga yoki uning ayrim dostonlariga javob aytish adabiy an’ana sifatida shakllandi. Bu ish shoirdan katta iste’dod, teran tafakkumi talab etardi. Qutb Xorazmiyning «Xusrav va Shirin» dostoni mana shu an’ananing samarasi o‘laroq vujudga kelgan bo‘lsa, ajab emas. Haydar Xorazmiy o‘zining «Maxzanul-asror» dostoni bilan ushbu adabiy an’ana ravnaqiga muhim hissa qo‘shdi.
Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostoni falsafiy-ta’limiy asardir. Dostonning asliyati 59 bobdan tarkib topgan. Masnaviyning dastlabki 18 fasli an’anaviy muqaddimaviy boblar sanaladi. Asaming asosiy qismi 20 maqolat va 20 hikoyatdan iborat bo‘lib, mazmundor
xotima bilan nihoyasiga yetadi. Shayx Nizomiy dostonining an’anaviy kirish qismlari Tavhid va Munojot, Muhammad alayhis-salomning ta’rifi, payg‘ambaming me’roji, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi ta’rif, Dovud o ‘g‘li Malik Faxriddin Bahrom shohning ta’rifi, Bahrom
shohga xitob va ta’zim, bu kitobning tartibi, so‘z madhi, nazmning nasrdan yuksakligi, ko'ngil, ko‘ngil parvarishi haqida birinchi xilvat,birinchi xilvatning samarasi, ikkinchi xilvat, ikkinchi xilvatning samarasi singari bo‘limlardan tarkib topadi.Dostondagi maqolatlarda shoir o‘zining muayyan ijtimoiy-siyosiy,axloqiy-ta’limiy qarashlarini ixcham, o ‘ta purma’no baytlarda ifoda etadi,Ularda ilgari surilgan g‘oyalami esa hikoyatlar asosida oydinlashtirish va mustahkamlashga erishadi. Maqolatlarda shoir adolat, mamlakatni boshqarish va xalqqa munosabat, zolim podshohlardan shikoyat, mehnat va uning foydasi, kishilarga yaxshilik qilish va qivinchiliklardan qo'rqmaslik, rashk va hasadning zarari, saxovatning foydasi, baxillikning yomon oqibati haqida muhim mulohazalarini bayon etgan.
Haydar Xorazmiyning «Maxzanul-asror» dostoni tuzilishi hamda janr xususiyatlariga ko‘ra, Nizomiy Ganjaviy masnaviysiga juda yaqin turadi. Har ikkala doston ham falsafiy-ta’limiy mohiyat kasb etib,aruzning sari’ bahrida (sari’i musaddasi matvii makshuf muftailun,
Ganjaviy dostoniga nisbatan hajman ancha kichik. Haydar Xorazmiyning dostoni 639 baytdan iborat bo'lib, 23 bobdan tarkib topgan. Asaming dastlabki 7 fasli an’anaviy muqaddimaviy boblardir. Mazkur boblar Alloh hamdi, payg‘ambar na’ti, xalifalar ta’rifi, Sulton Iskandar madhi, musannifning vasfil-holi kabi masalalarga bag'ishlangan.Dostonning asosiy qismi 16 bobni o‘z ichiga oladi. Ularda mav’iza (o‘git-nasihat), maqolat va hikoyatlar mavjud. Haydar Xorazmiy Nizomiy Ganjaviydan farqli o ‘laroq, dostonda aw al hikoyat, undan so'ng shuhikoyatdan kelib chiqadigan xulosa va fikrlami umumlashtiruvchi bob (maqolat) keltiradi. Maqolatlar va hikoyatlaming mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ulaming ba’zilari Nizomiy Ganjaviy maqolat va hikoyatlariga ancha yaqin tursa, ba’zilari tamomila yangidir.
Haydar Xorazmiy dostonidagi «Musannifning vasfil-holi» bobida o‘zining bir kecha g‘am bilan hamnafas bo‘lganligi hamda ichki iztiroblarini bayon etib, Nizom iy Ganjaviyning «Maxzanul-asror»dostoniga yuksak baho beradi. Undagi tashbehlar va teran fikrlaming sodda uslubdagi bayoni shoiming nozik did va so‘z san’atining o ‘ziga xos jozibasidan mahorat bilan foydalana oladigan ijodkor ekanligidandalolat beradi:
Aqlni dengizga tashbeh qilgan shoir shu dengizda yashiringan ma’nigavharlarini ummonda g`avvos singari suzib, jon tishlari bilan qaziganligini g'oyatda go‘zal tasvirlaydi. Bu- «gavhari ma’ni», shubhasiz, Nizomiy Ganjaviy dostonidir. Shu bois shoir Nizomiy kashf etgan bu ganjga musharraf bo‘lish uchun katta mehnat talab qilinishini bayon etadi.Iqtibosdagi «hech topa bilg'aymu bu maxzanga roh»-misrasida shoir iyhom san’atidan mahorat bilan foydalangan. Haydar Xorazmiy «maxzan» so‘zini dasdab xazina ma’nosida qo'llagan bo‘lsa, ikkinchidan, «Maxzanul-asror» dostonini nazarda tutgan. Shuningdek, shoir Nizomiy Ganjaviy dostonidan ilhom olgani, undan adabiy ta’sirlanganini quyidagicha e ’tirof etadi:

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish