O‘zbek bolalar adabiyotiga oid shoirlarning hayoti va ijodini konspekt qilish.



Download 11 Kb.
Sana15.09.2021
Hajmi11 Kb.
#174964
Bog'liq
3 topshiriq


3-topshiriq
O‘zbek bolalar adabiyotiga oid shoirlarning hayoti va ijodini konspekt qilish.(2-3 ta shoir )

1.Oʻzbek bolalar adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Zafar Diyor 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida, kambagʻal dehqon oilasida tugʻildi. Avval eski maktabda, soʻng bolalar uyida taʼlim va tarbiya oldi.


Boʻlgʻusi shoir 1927 yilda Oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kirib, uni 1933 yilda aʼlo baholar bilan tugatdi; shu ilm oʻchogʻida adabiyot muallimi boʻlib xizmat qildi. 1941 yilda esa Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatdi.
Shoir ijodi garchi erta boshlangan va koʻpgina sheʼrlari yoshlar gazetalari va “Yosh kuch”, “Kolxozchi bolalar” kabi jurnallarda chop etilgan boʻlsa ham, “Qoʻshiqlar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1938 yilda nashr etildi. Shoirning ijodiy faoliyati jurnalistika bilan chambarchas bogʻliqdir. U 1941 yildan to umrining oxirigacha respublika gazetalarida masʼul kotib, boʻlim mudiri vazifalarida ishladi. Shoirning “Qoʻshiqlar” toʻplamidan soʻng “Tantana” (1938), “Sheʼrlar” (1939), “Bizning qurolimiz”, “Bizning oila” (1942), “Sovgʻa” (1944) kabi sheʼriy toʻplamlari chop etildi.
Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida rang-barang janrlarda samarali ijod qildi. Uning “Qurol bering menga ham!” sheʼri H. Olimjonning “Qoʻlingga qurol ol!” asariga hamohang. Shuningdek, “Orzu”, “Temurchilar maktubi”, “Otam kelar yaqinda”, “Tabassum”, “Toʻqqizinchi may” kabi sheʼrlari yoshlarni qahramonlik, vatanparvarlik va doʻstlik ruhida tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi. Zafar Diyor mohir bolalar shoiri boʻlishi bilan birga, yana navqiron naslning suyukli dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat “Baxtli yoshlik”, “Uch ogʻayni” pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, ahillik ardoqlanadi. U adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi, tarjimon va nosir ham edi.
Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda vafot etdi. Vafotidan keyin “Kichkina bogʻbon haqida doston” (1947), “Chaman” (1948), “Gunafsha” (1952), “Qanotli doʻstlar” (1958), “Suv bilan suhbat” kabi toʻplam va saylanmalari nashr etilgan.
2.Bolalar uchun asarlar yaratishni oʻzi uchun bir baxt deb bilgan, sermashaqqat va qutlugʻ bu ishga umrini bagʻishlagan Ilyos Muslim 1909 yilning 2avgustida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida choʻyan quyuvchi – hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924-yilda shahardagi Narimonov nomli 1-boshlangʻich oʻzbek maktabiga kiradi. Maktabda oʻzbekcha, qirgʻizcha va ruscha kitoblarni sevib oʻqiydi. Atrofda boʻlayotgan oʻzgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va sheʼrlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
1927 yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, oʻzbek erlar bilim yurtiga oʻqishga kiradi. 1930 yilda uni muvaffaqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabogʻ tumanidagi Shaman, Qirgʻiz va Sherozi qishloqlarida oʻqituvchilik qiladi.
1931–1932-yillarda Ilyos Muslim Oʻzbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Oʻsuv” nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili “Zaharxandalar” degan ikkinchi toʻplami, 1934 yilda “Miqti keldi” dostoni bosilib chiqadi. 1938 yilda esa “Sheʼrlar” toʻplami maydonga keladi.
Ilyos Muslim 30 yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning oʻsishi, dehqon taqdiri va ona-Vatanga mehr kabi oʻsha davr masalalari toʻgʻrisida fikr yuritadi. Masalan:
Vatan hamdam,
Hurmiz har dam.
Yoshlik gʻuncha,
Oʻsar har dam.
Mehnat toshdi
Gʻayrat joʻshib.
Hayot qaynar
Zafar quchib.
Ilyos Muslim oʻzining “Miqti keldi” (1933) poyemasi bilan 30 yillar oʻzbek bolalar dostonchiligini boshlab berdi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida ochib beriladi.
Ilyos Muslim 1942–1947 yillarda harbiy xizmatda boʻladi. Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash olib boradi. Birinchi Belorussiya frontida harbiy muxbir boʻlib ishlaydi. “Yovni tutday toʻkamiz”, “Adolat jangi”, “Marshrut – Berlin!”, “Toʻpchilarga”, “Yashna, Vatan!” va boshqa oʻnlab sheʼrlari shu davr ijodining mahsulidir.
1947 yilda harbiy xizmatdan boʻshagan Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovgʻang”, “Tilla qoʻngʻiz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va rayhon”, “Koʻrik”, “Birinchi sovgʻa” kabi kitoblari hozirgi oʻzbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa boʻlib qoʻshiladi. Bu toʻplamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy, estetik tarbiyasida yetakchi oʻrin egallaydi.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda davrimizning bolalar adabiyoti oldiga qoʻygan vazifalari, kichkintoylar oldida turgan muhim ishlar tasvir markaziga qoʻyilganini koʻrish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida dunyoda maktabdan aziz, moʻtabar joy yoʻq, goʻyoki “ona kabi mehribon” bir makon, kishining savodini chiqaradigan, oʻzini oʻziga tanitadigan, ongi va aqliga aql qoʻshadigan ulkan maskan, degan gʻoya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bolaning maktabdan behad minnatdorligi, oʻzining oldida turgan bir qator vazifalar, el-yurtga sodiq xizmatkor boʻlish uchun avvalo maktabda yaxshi va namunali oʻqish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab berilgan:
Aʼlo oʻqishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Ilyos Muslim quyoshli Oʻzbekistonimizning goʻzalligini, bolalaming baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda shoirning “Doʻstlik” sheʼri diqqatga sazovordir.
Shoir doʻstlik va tinchlik tushunchasini kichik yoshdagi bola tasavvurida berib, ularni maktabgacha tarbiya yoshidanoq doʻstlik ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan deb biladi. Bu gʻoyani tinchlik uchun kurash tuygʻusi bilan omixta etib ifodalaydi.
Shoir tinchlikning mohiyatini tushuntirishda kichik yoshdagi bolalarning saviyasiga mos usullar qidirib topgan. Yaʼni bolalar tinchlikni shirin-shakar qand, shokoladlar, konfetlarning moʻlkoʻlligida deb tasavvur qiladi, degan xulosa chiqaradi. Tinchlikni shu yoʻsinda tushuntirib, ularning fikrini tasdiqlaydi:
Juda moʻl boʻlar shokoladlar ham,
Stolga toʻlar marmeladlar ham,
Koʻpayar yana shirin kulcha non,
Holva-yu konfet, obakidandon.
Bogʻlarda oʻynab-kulib yurgan va turli noz-neʼmatlardan bahramand boʻlgan bolalar ham, jahon mehnatkashlari ham elning, yurtning tinch va obod boʻlishini, ota-onalarining tashvish tortmasligini xohlaydi. Shuning uchun ham shoirning kichik qahramonlari olamga jar solib, tinchlik boʻlsin, deydilar:
Bogʻlarimizda yayraymiz har dam,
Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch.
Ota-onalar tashvish tortmas hech.
Download 11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish