Ozbek mumtoz adabiyotida yusuf alayhissalom obrazi, anana va talqinlar


III.BOB Durbekning “Yusuf va Zulayho” asarida Yusufning obrazi



Download 0,61 Mb.
bet9/12
Sana08.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#758023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
dissertatsiya

III.BOB Durbekning “Yusuf va Zulayho” asarida Yusufning obrazi.
3.1. Asarning marifiy-badiiy asarlar ananasi bilan bogliqligi
“Yusuf va Zulayho” - Sharq xalqlari orasida mashhur va keng tarqalgan ishq qissasi. Asl manbasi — ilohiy muqaddas kitoblar: Tavrot, Injil va Qurʼoni Karim. Qurʼondagi talqini birmuncha ixcham va badiiy shakllangan. Tavrotdagisi folklorga yaqin va qadimiy Misr afsonalariga borib taqalishi taxmin qilinadi. Sharqda keng tarqalgan qissaning bu varianti Qurʼoni Karimning 12 surasi asosida shakllangan boʻlib, jamiki “Yusuf va Zulayho” qissa va dostonlarining ilhom manbai ushbu suradir. Mazkur qissa davrlar oʻtishi bilan Sharqda goʻzal adabiyot namunasi sifatida keng tarqaldi, koʻplab yangi voqealar bilan boyib, alohida asar holida qalamga olina boshladi. Sharqda (IX asrdan) 150 dan ortiq «Yusuf va Zulayho» doston va qissalari yaratildi. Shularning 45 tadan ortigi turkiy tilda yozilgani etiborga molikdir.
Bu shakl turk xalqlari ogzaki ijodiga juda yaqin. Alining qissasi mazmun tomonidan ham fors poeziyasi bilan boglanmagan. U Quron variantiga amal qiladi. Ali Quronda berilgan afsonaviy qissani turkiy xalqlar ortasida keng tarqatishni oz oldiga maqsad qilib qoygan. Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabab uning mazmun mohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar “Yusuf va Zulayho”, “Qissai Yusuf alayhissalom” yoki “Qissai Yusuf paygʻambar” deya turlicha nomlanishiga va turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzusi sofiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib qolaverdi. Shu bilan birga, “Yusuf va Zulayho” dostonlari oʻziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy adabiyot namunasi hamdir. Ushbu sujet asosida asarlar yaratish 20-asrda ham davom etdi. Xususan, Hamza Hakimzoda Niyoziy “Qiroat” kitobida bu qissani sodda til bilan qisqacha hikoya qilgan, Nozim Hikmat “Goʻzal Yusuf” pyesasi, Ramz Bobojon “Yusuf va Zulayho” musiqali dramasini yaratdi. Jomiyning “Yusuf va Zulayho” asari XIX asrda Ogahiy tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilindi.
Dastlab “Tavrot” va “Injil”da, songra “Quron”da oz ifodasini topgan. Xalq ogzaki ijodi va yozma adabiyotda Yusuf nihoyatda gozal, olijanob, dono shaxs namoyandalari “Yusuf va Zulayho” nomida dostonlar yaratganlar. “Tavrot”ning birinchi kitobi Ibtidoda25 Yusufning hasadgoy akalari tomonidan savdogarlarga qul qilib sotilishi, oqibat Yusuf Misr firavnining amaldorlaridan Potifarning xonadoniga kelib qolishi hikoya qilinadi. Potifarning xotini deyiladi, Zulayho nomi esa keltirilmagan. Yusufni sevib qoladi va unga izhori dil qiladi. Xojasiga sadoqatli Yusuf (Zulayho) ishqini rad qiladi. Alamzada Zulayho tuhmat qilib Yusufni zindonga tashlatadi. Zindonda Yusuf firavnning soqiysi va novvoyi bilan birga boladi. Ularning tushlari tabirini aytadi. Malum vaqtdan song firavn qorqinchli tush korib, tabirini sorash uchun Yusufni zindondan chiqaradi. Yusuf firavnga yurtda yetti yil toqchilik, yetti yil ocharchilik bolishini aytib, toqchilikda galla gamlashni maslahat qiladi. Firavn bu ishlarni Yusufning oziga topshiradi. Qahatchilik boshlangach boshqa ellardan ham Misrga galla izlab odamlar kela boshlaydi. Yusufning akalari ham keladilar. “Quron”da bir yuz on bir oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bolgan va paygambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. Unda asosan Allohning paygambarlaridan Yusuf ibn Yaqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, oga-inilari va begonalardan korgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoliqqanlari, zindonband bolganlari haqida va bunday ogir korgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega bolganlari xususida soz boradi.
“Quron”da bir yuz on bir oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bolgan va paygambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. Unda asosan Allohning paygambarlaridan Yusuf ibn Yaqubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, oga-inilari va begonalardan korgan kulfatlari — chohga tashlanganlari, tuhmatga yoliqqanlari, zindonband bolganlari haqida va bunday ogir korgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulk-u xazinasiga ega bolganlari xususida soz boradi.26
Yusuf haqidagi badiiy asarlarda mavjud eng tasirchan va hayajonli lavhalardan biri Yusufning onasi qabri ustidagi holati tasviridir. Bunda ham Tavrotga asoslanilgan. Tavrotda Yusufning onasi qabri ustidagi faryodi berilmagan bolsa ham, onasining vafot etganligi aytilgan. Bu tasvir Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida keltirilgan bolib, uni qul qilib olib ketishayotganda karvondan ajralib, onasining qabri ustida nola qiladi:
Ul mozorni quchib, qilib zori; Dedi yuz dard ila shu guftorni:
Ayri tushdim padardan, ey modar, Menga zulm etdilar birodarlar.
Tosh ila urdilar; zabun boldim, Lola yanglig gariqi xun boldim.
Qahr ila choh qariga otdilar, Oqibat banda debon sotdilar.
Koshki men ham olsam, ey onajon, Senga hamxona bolsam, ey onajon.
Roviylar deydiki, ul vaqt bul mozor, Zori qildi goyokim oshiqi zor.
Dedi: “Yiglama, ey kozim nuri, Otda yoqma bu xoki mansurni.
Mendan senga bashoratlar, Hali qongay boshingga davlatlar.
Ki podshoh bolarsan Misr shahriga, Egilibon kelgaylar eshigingga.
Dargohingga arzi hol aylagaylar, Sadoqatin bayon aylagaylar.”
Tirik bolganingda ogay akalarim qolida bundayin xorlikda qolmasdim, ahvolimni kor deya dod solayotganda onasi uning tepasiga kelib unga dalda beradi. Bu kunlarning bari otkinchi yaxshi kunlar oldinda ekanligini aytib, ogliga dalda beradi.27
Durbek (XIV-asr oxiri — Balx — XV-asr boshi) — ozbek shoiri. Uning “Yusuf va Zulayho” dostonigina yetib kelgan. Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni 1409-yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor sujetga aylanib ketgan bu mavzu oziga xos uslubda qaytadan turkiy tilda bayon etilgan.
Keyingi yillarda dostonning chuqur va batafsil organilishida adabiyotshunos S.Haydarovning xizmati katta boldi. U Durbek va uning “Yusuf va Zulayho” dostoni boyicha ilmiy tadqiqod ishlari olib borib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olim mazkur ishida xalqchillik, dunyoviylik motivlari va realizm elementlari dostonda mustahkam orin olganligini alohida takidlab otish bilan birga, Durbek ijodini organish tarixiga oid kopgina adabiyotlar royxatini ham keltiradi.
Durbek ozi yashagan davr manzaralarini doston ruhiga singdirib yuborgan. Asarda Balx shahrining qamal qilinishi, shahar xalqi boshiga tushgan ogir fojialar yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Qamal tufayli yuz bergan ochlik, suvsizlik kabi qiyinchiliklarni shahar tashqarisidagi mamurchilikka qarama-qarshi qoygan. Dostondagi qahramonlar faoliyati Markaziy Osiyo shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari, turmush hodisalari, xalq urf- odatlari tasviri orqali aks ettirilgan. Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va uning hayotga bolgan munosabatini turli vaziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, oz eliga muhabbatida kozga yaqqol tashlanadi. U behuda qon tokmasdan, aql-idrok bilan mamlakatni boshqaruvchi odil shoh darajasiga kotariladi. Durbek xotin-qizlar latofati va zakovatini yangi jihatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli sevgi sohibasi obrazini yarata olgan. “Yusuf va Zulayho” dostonining qolyozma nusxasi Ozbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida, Parij va Istanbul kutubxonalarida saqlanadi. Yusuf haqidagi ilk dostonlarda Yusuf va Zulayho ilohiy obraz markazida tasvirlansa (masalan Yusuf va Zulayhoning qayta yosharishi), keyinchalik Yusuf va Zulayho muhabbati dunyoviy talqin qilina boshlandi. Durbek va Abdurahmon Jomiy dostonlarida bosh qahramonlar Zulayhoni gozal qiz sifatida tasvirlaganlar.
Shoir Durbek haqidagi malumotlar tarixiy manbalarda deyarli uchramaydi. Uning nomi 1920- yillargacha ilmiy adabiyotda ma'lum emas edi. “Yusuf va Zulayho” dostonining qolyozmasi topilgach, shoir adabiyotshunoslar diqqatini jalb etadi. U haqda ilmiy ishlarda umumiy ma'lumotlar bеrildi. Asardan parchalar bosildi. Durbеk 1930-40- yillardan boshlab darsliklardan ma'lum darajada orin ola boshladi. Shoir ijodini organishda sharqshunos Bеrtеls ancha ishlarni amalga oshirdi. Dostonning qolyozma nusxalari kop bolib, dunyoning turli fondlarida saqlanadi. Mamlakatimizda ham uning turli davrlarda kochirilgan onga yaqin nusxasi (OzFAShI fondida tortta, Til va adabiyot institutida bitta, SamDU fondida ikkita, kishilarning shaxsiy kutubxonalarida ham mavjudligi aniqlangan) mavjud. Asar mamlakatimizda ilk bor 1959-yilda Sh.Sharafitdinov (Xurshid) tomonidan “Fan” nashriyotida chop etilgan. Keyinchalik 1987-yilda nashr ettirilgan “Uch bulbul gulshani” kitobiga ham kiritilgan.
“Yusuf va Zulayho” dostonining ayrim nusxalari (xususan SamDU fondida saqlanadigan nusxasida) “Ayladi bu qissani Durbek bayon” misrasi mavjud. Shunga tayangan holda adabiyotshunos olimlar Bеrtеls, Hodi Zaripov, P.Shamsiеv, Oybеk, M.Shayxzoda, O.Sharofiddinov, V.Zohidov, I.Sulton, H.Yoqubov, G.Karimov, A.Qayumov, A.Hayitmеtov, N.Mallaеv, B.Valixojaev, S.Haydarov va boshqalar “Yusuf va Zulayho”ning muallifi Durbеk dеb ta'kidlaydilar. Biroq ilmiy jamoatchilik orasida “Yusuf va Zulayho”ning muallifi Durbеk emas, Ulugbеk, Homidiy Balxiy hatto Alisher Navoiy dеgan fikrlar ham aytilgan. 90-yillarda chop etilgan umumtalim maktab darsliklarida esa “Yusuf va Zulayho” dostoni muallifi noma'lum asar sifatida bеrildi. Bu munozaralarning asosiy sabablari quyidagilar:
1. XV asrda yashagan shoir Durbek haqida biron bir tarixiy manba yoki tazkirada malumot uchramaydi.
2. Doston Balx qamal qilingan paytda yozilgan. Uning yozilgan yili abjad hisobi vositasida harflar bilan berilgan:
"Zod" edi tarix taqi "he"yu "dol", Muddati hijratdin otub mohu sol.
(ﺽ zod-800; ﺡ he-8; ﺩ dol-4. 800 + 8 + 4 = 812)
Ushbu bayt asarning hijriy 812 (melodiy 1409)-yilda yozilganligini korsatadi. Biroq dostonning ayrim nusxalarida baytning birinchi misrasi:
“Zod" edi tarix taqi "ayn"u "dol", - tarzda beriladi.
Bu esa asarning hijriy 874 (melidiy 1469-70)-yilda yozilgan degan xulosaga olib keladi (ﻉ ayn-70).
3. Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da Yusuf (a.s.) haqida alohida asar yozmoqchi ekanligini aytgan.
4. Durbek sozining arabcha yozilish shakli Ulugbek sozining yozilish shakliga oxshaydi.
5. Doston matnida qollangan “homiyi din” birikmasi ayrim olimlar tomonidan “Homidiy” tarzda oqilgan.
“Yusuf va Zulayho” dostoni va uning muallifi masalasiga bagishlangan ilmiy munozaralarning eng songgisi Mahmud Diyoriyning “ Durbek dovrugi” maqolasidir.
Akad. B.Valixojaev mazkur holatlarni tahlil qilgan holda dostonning samarqandlik ziyoli kishi Abdulmajid Polodiyning shaxsiy kutubxonasida saqlanadigan nusxasida ham Durbek taxallusi qollanganligini qayd etib, dostonning yangi qolyozmasi yoxud shoir haqida yangi malumotlar aniqlanmaguncha, uning 1409-yilda Durbek taxallusli shoir tomonidan yozilganligi haqiqatga yaqinroq, degan xulosaga keladilar. “Yusuf va Zulayho” ishqiy sarguzashti haqidagi sujetning tarixi arab va yahudiy xalqlarning qadimiy ogzaki ijodiga borib taqaladi. Biroq uni faqat shu xalqlarning qadimgi ogzaki ijodigagini boglab korsatish bir yoqlamalik boladi28. Chunki boshqa xalqlar ijodida ham Yusuf va Zulayho mavzuidagi afsona, rivoyat va ertaklar uchraydi. “Yusuf va Zulayho” Qissasi xalq ogzaki ijodidan song Tavrot, Injil va Quroni Karim singari ilohiy kitoblardan joy oldi. Bu esa mazkur qissaning muqaddaslashtirilishini taminlagan omil boldi. Natijada tarixning hamma bosqichlarida turli etiqoddagi ijodkorlar bu ilohiy qissaga qiziqib, uning asosida nafaqat sheriy va nasriy, balki dramatik badiiy asarlar ham yarata boshladi. “Yusuf va Zulayho” dostonining qolyozma nusxalari toqqista bolib, shundan yettitasi Ozbekistonda va ikkitasi chet ellardadir. Chet elda saqlanayotgan nusxalar Ozbekistondagi nusxalarga nisbatan ancha nodir hisoblanadi.
“Yusuf va Zulayho” sujеti xalq orasida nihoyatda mashhurdir. Manbalarda Yusuf timsolining juda qadimiy ildizga ega ekanligi, u yahudiylarning qadimiy ilohlaridan biri bolsa kеrak dеgan qarashlar bayon etilgan. Yozma adabiyotda “Yusuf va Zulayho” sujеti ancha ilgari davrlardan boshlab yoritila boshlandi. Abul Muayyad Balxiy, Baxtiyoriy dеgan shoirlar bu sujеt asosida asar yozgan dеgan ma'lumotlar mavjud. Lеkin ularning asarlari bizgacha saqlanib qolmagan. Durbekdan keyin ham fors-tojik va turkiy adabiyotning bir qator mumtoz namoyandalari bu sujetga murojaat etishgan. Xususan, Abdurahmon Jomiy “Haft avrang” da Xusrav haqidagi doston ornida Yusuf va Zulayho sujetiga murojaat etiladi. Xorazmda yashagan mumtoz turkman shoiri Nurmuhammad Andalib ham nasr va nazm yoli bilan qissa yaratgan. Shu bilan birga, ozbek va turkman xalqlari orasida shu nomdagi xalq qissasi ham mashhur bolgan29. Yuqorida takidlaganimizdek, Durbеkning “Yusuf va Zulayho” dostonini 1409-yilda Balx qamali davrida yozilgan. Muallif qamal davrida kop kitob mutolaa qilganligini, forsiy tildagi “Yusuf va Zulayho” asarlarini oqiganligini va turkiy tilda asar yozish niyati tugilganini ta'kidlaydi.
Dostonda XIV asr oxiri - XV asr boshlari ijtimoiy muhitining ayrim qirralari Yusuf va Zulayhoning romantik sarguzashtlari orqali tasvirlanadi. Asarda hayotiy, insoniy gozallik, dunyoviy va diniy ishq-muhabbatning tasviri, halollik va togrilik kabi mavzular yoritiladi. Asardagi ijobiy qahramonlar ozining xaraktеri, ruhiyati, oziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ijobiy qahramonlarga Yusuf va Zulayho, Ibn Yamin, Ya'qub, Bashir obrazlari kiradi. Asarning bosh obrazi Yusufdir. Dostondagi asosiy voqea Yusufning sarguzashtidir. Boshqa voqea va sarguzashtlar u bilan uzviy boglanib boradi, uni toldiradi va takomillashtiradi. Qul xotin va Bashir voqeasi esa dostondagi asosiy voqeani mazmun va badiiy jihatdan boyituvchi voqea bolib xizmat qiladi. Qul xotin Mubashsharaning sevimli ogli Bashirni Yaqub a.s. sotib yuboradi. Qattiq qaygu va istirobga tushgan onaning achchiq qismati keyinchalik Yaqub a.s.ning ham boshiga tushadi. Taqdir taqozosi bilan Yusuf oz koylagini otasiga Bashir orqali berib yuboradi.
Shoir Yusuf faoliyatini boshlanishidan to oxirigacha batafsil tasvirlaydi.
Dostonda ikkita sujet chizigi mavjud:
1. Yaqub paygambar — uning ogillari — Yusuf (a.s.) ortasidagi ziddiyat.
2. Zulayho — Yusuf — Misr azizi ortasidagi sujet chizigi. Ikkala sujet ham ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi tarkibiy qismlarga ega bolib, mahorat bilan uygunlashtirilgan, bir-birini toldiradi va bir nuqtaga borib birlashadi.
Yusuf - Ya'qub paygambarning kichik ogli. Durbеk bu obrazni, diniy va insoniy mavzuni uzviy boglagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi kop jihatlari bilan Qur'oni Karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba'zi jihatlari bilan farq ham qiladi. Yusufdagi ijobiy fazilatlar, insonga xos xususiyatlar, uning donoligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi, vatanparvarligi, ota-onasiga nisbatan bolgan farzandlik muhabbati kabilarda korinadi.
Yusuf-gozallik timsoli. Otasining sеvimli farzandi. Shu sabab ham akalari unga hasad qilishadi. Yusufni chohga tashlashadi. Qul qilib sotishadi, azoblarga giriftor etishadi. Kеyinchalik Yusufning hayoti va taqdiri Misr xalqi hayoti bilan boglanadi. U Zulayhoning tuhmatlariga chidaydi, zindon azobini boshdan kеchiradi, otkir muabbirligi-tushni ta'birlay olishi, zindon azobini tortish Misr xalqini ochlikdan xalos etishi, akalari bilan uchrashuvi, Zulayhoga uylanishi, akalarining gunohlarini kеchirishi, otasi Ya'qub bilan uchrashishi, Misrni odillik bilan boshqarishi va boshqalar bilan xaraktеrlanadi.
Asardagi muhim obrazlardan yana biri Zulayhodir. Zulayho-gozal va ayni paytda otli ishq egasi. U Yusufni tushida korib, sеvib qoladi. Magrib shohi Taymus shoh qizi bolgan Zulayho quyidagi qiyofaga ega:
Bir qizi bor edi mahi xovariy,
Oraziga shamsu qamar mushtariy.
Yuzi quyosh erdi, valе bеzavol,
Barcha funun bobida sohibkamol .
Hosili umri edi ul shohning, Oti Zulayho edi ul mohning.30
Zulayho ishq dardiga mubtalo boladi. Dardi kundan-kun alangalanadi. Tushida Yusufning “Misr elida shahriyor” ekanligini bilgach, Misrga borishga ahd qildi, ota-onasi uni Misr Aziziga uzatishadi. Biroq Zulayhoning tushida aytilgan sozlar kelajak haqidagi bashorat edi. U Misr Aziziga turmushga chiqqan bolsa-da, Yusuf ishqi bilan yashaydi. Zulayho Yusufni sotib oladi. Yusufga bolgan munosabati oshkor bolib, ayollarning malomatlariga qoladi. Yusufga tuhmat qilishga majbur boladi. Qiyinchiliklarni sabr bilan yеngadi va oxir-oqibat Yusufga turmushga chiqadi. Yusuf va Zulayho Mishom va Farohim ismli ogil va Rohima ismli qiz farzandlar koradi. Asardagi Ya'qub mеhribon ota sifatida namoyon bolsa, Bashir va uning onasi obrazlarida shoirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari oz ifodasini topgan. Dostondagi salbiy obrazlarni Yahudo boshchiligidagi Ya'qubning katta ogillari tashkil etadi. Molik tojir esa savdogarlarning tipik obrazidir. Asarda ramziylik xususiyati kuchli, qaysidir manoda asosiy orinni egallaydi, deb aytish ham mumkin. Undagi alohida epizodlar ilohiy marifat ifodasi sifatida ham namoyon boladi. Jumladan taqdiri ilohiyning barhaq ekanligi, yaxshiliksiz yomonlik va yomonliksiz yaxshilikning bolmasligi, tangri suygan bandalarini azobda sinashi haqidagi va boshqa bir qator aqidalar ozining gozal, tasirli va eng muhimi hayotiy ifodasini topgan. Yusuf zindonga tushgach, Zulayho zindonbondan uni kaltaklashni soraydi va ozi eshik oldiga borib uning ovozini eshitish bilan soginchi, ishtiyoqi, ishqiga taskin beradi. Zero Zulayho ozodlikda bolsa-da Yusufdan on chandon ortiq azoblanayotgan edi.
Yusuf akalarining nodonligi, xiyonati, vahshiyligini kechiradi. Chunki uning talqini boyicha qavmini qahatchilikda qirilib ketishdan saqlab qolishi uchun uning Misrga borishi shart edi. Demak uning Misrga sotilishi ilohiy taqdir. Asarninng sujet boshida korilgan tush ijobati bilan yakun topishi ham ramziylikning oziga xos namunasidir. Asarda bir qator ikkinchi darajali va epizodik obrazlar ham mavjud bolib, ular ham doston badiiyatida munosib oringa ega. Borilar sardori, Yusufning onasi (qabri ustida Yusuf onasining ruhi bilan sozlashadi) kabi toqima timsollar shular jumlasidan bolib, ananaviy sujetning badiiy takomili, tasirchanligi oshishiga xizmat qilgan. Bu esa shoir Durbekning mahorati qirralaridandir. Dostonningning yetakchi qahramonlari Hazrati Yaqub; Yusuf va Zulayholar hisoblanadi. Shu bilan birga asar tarkibida toqsonga yaqin nomlar uchraydiki, ular ham dostondagi muayyan goya va maqsadni ravshan korsatishda hissa qoshadi. dostondagi bu timsollarning voqealar rivajidagi orni birday emas, albatta. Ulardan ayrimlari voqealar rivojida bir necha marta tilga olinsa; bazilari muayyan lavhalardagina ishtirok etishadi. Shunday bolishiga qaramay, ularni nazardan chetda qoldirish also mumkin emas. Chunki osha nazarga ilinmaydigan qahramonlarsiz ham asarning yaxlitligini tasavvur qilish qiyin. Shu qahramonlar tufayli Yaqub, Yusuf , Zulayho va boshqa faol timsollar sarguzashti, qiyofasi, ruhiy — manaviy olami, felu atvori,tabiati mukammallik kasb etadi.
“Yusuf va Zulayho”da xalq ogzaki ijodining kuchli ta'siri sеziladi. Tush korish, tushni ta'birlash, bеhad gozallik, hayvonlarning gapirishi, bir zarb bilan toshni kotarib otish, yiglaganda giyohlarning unishi, yiglay-yiglay kozning kor bolishi, farzandining koylagini koziga surtishi bilan kor kozning ochilishi kabilarda bularni kuzatamiz.
Shoir Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni:
1. Ozbek mumtoz dostonchiligi taraqqiyotiga sezilarli tasir korsatdi.
2. Yusuf (a.s.) qissalarining diniy qissadan badiiy sujet darajasiga kotarilishida munosib oringa ega boldi.
3. Mazkur sujetning turkiy xalqlar orasida shuhrat qozonishi, xalq kitoblari, qissalarining yuzaga kelishida turtki boldi.
Dostonda oz ifodasini topgan diniy, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar barcha davrlar uchun tarbiya vositasi bola oladi.
Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida Yusufning akalari tomonidan chohga tashlanishi “Quroni Karim”dagi singaridir: Yusufning ogay ogalari biz kopchilik bolsak-da, shak-shubhasiz, Yusuf va uning birodari Binyamin otamizga bizdan kora suyukliroqdir. Yusufni oldiramiz yoki biron yerga olib borib tashlaymiz shundagina otamiz faqat bizlarga boqadi. Shunda ulardan biri Yusufni oldirmanglar, undan qutulish uchun uni quduq qariga tashlab yuboringlar, yolovchi karvonlar olib ketadi. Ular shunday qarorga kelganlaridan song, Yaqub alayhis-salomning oldiga kelib, ota nima sababdan Yusufni bizga ishonmaysan? Axir biz uni xolis yaxshi koruvchilarmiz-ku. Uni ertaga biz bilan aylanishga yuborgin, oynab-yozilib kelsin. Yaqub uni olib ketishlaringiz meni mahzun qiladi. Men, sizlar gaflatda qolib, uni bori yeb ketishidan qorqaman deya ozi sezmagan holda, ularning shum niyatlariga bahona topib berdi. Endi bu tasvirning “Tavrot”da kelishiga qarasak Yusufning akalari otalarining podalarini boqish uchun Shakamga ketishgan edi.Shu vaqt Isroil ( “Tavrot”da Yaqubning ismi shunday berilgan ) Yusufga sen akalaring oldiga borib, podalarning ahvolidan menga xabar keltir deb, Yusufni akalari oldiga Yaqubning ozi yuboradi. Ular kechqurun otalari oldiga yiglagan hollarida kelishib, ota bizlar Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvlashib ketgan edik, uni bori yeb ketibdi. Endi rost gapirsak ham sen bizlarga aslo ishonmaysan dedilar va Yusufning koylagini yolgon qonga, yani bir qoyni soyishib oshaning qoniga boyab keltirdilar. Shunda Yaqub yoq sizlarga havoyi-nafslaring biron yomon ishni chiroyli qilib korsatgan. Endi mening ishim chiroyli sabr qilmoqdir deydi31.
Odamzod shunday yaratilganki, boshiga kelgan balo-musibatdan yiglab- siqtab besabrlik qiladi. Lekin har qanday odam ham asta-sekin kelgan korgulikka konikib, endi sabr qilish lozimligini anglab yetadi. Allohga va barcha yaxshi-yomon ishlar yolgiz Uning amri bilan bolishiga sidqidildan iymon keltirgan kishilar esa musibat tushgan birinchi lahzadanoq dod-voysiz “chiroyli sabr” qila olar ekanlar. Bu xususida ozining yeru kokka ishonmaydigan farzandi-dilbandidan ajralib qolgani haqidagi xabarni eshitgan zahoti “chiroyli sabr” qilishga rozi bolgan Yaqub alayhis-salom to qiyomat iymon-etiqod egalari uchun ibratdir. Sabr nima ekanligi haqida paygambarimiz Muhammad alayhis-salom esa shunday marhamat qilganlar: “Baloning birinchi zarbasi paytidagi sabrgina chin sabrdir” Korinib turibdiki, “Quron”dagi qissa ishq-muhabbat talqinida emas, balki sabr-toqatli bolishdadir. Durbek dostonda bori tasviriga alohida etibor qaratib, uni Yaqub bilan suhbatini tasvirlaydi. Yaqub boridan nima sababdan oglini yeganini soraydi. Bori bu ishni qilmaganligini Yaqubga aytadi. Yusufning quduqqa tashlanishi, Misrda sotilishi tasviri diniy kitoblar va Durbekning dostonida deyarli farq kuzatilmaydi. Yusufning Misr azizi sotib olishi uni oziga ogil sifatida korib, barcha ishlarini ishonib topshirgani, songra Zulayhoni unga intilishi “Quron”da Durbekning dostonida bir xillik kozga tashlanadi. Faqat Durbek bunda badiiy goyalar bilan dostonni boyitishga harakat qiladi. Zuloyho tush koradiva Yusufning kimligini qayerdan ekanligini soroydi. Yusuf ozini Misr yurtida shahriyor ekanligini aytgach, Taymus shoh Misrga elchi yuborib, bizga ogil bolsin deya noma yollaydi. Magrib padshohining qizi Zulayho hazrati Yusufni tushida korgani.
Bir kecha Yusufni magar kordi xob.
Kirdi oning qoynina chun oftob.
Shamsu qamardek topibon ittisol,
Bir-biridin ayladi sebi visol.
Dedi Zulayhoki: — Ayo gulbadan,
Menga de otingni — nedur? Qaydasan?
Qayda tilay yoqlasam oxir seni?
Munda toparsan chu tilasang meni.
Dediki: — “Yusufdur otim, gul uzor,
Men eruram Misr elida shahriyor.
Mehnatu dardu alamu ranju gam, Yetgusidur muncha balo dambadam.
Oqibat ul tengri inoyat qilib, Seni menga, men senga bolgum nasib”.
Ushbu soz ustinda Zulayho ravon
Seskanib uygondi magar ul zamon.
Erdi aning ogzida Yusuf oti,
Ortadi boshdin-oyogi ishq oti.
Oqibatul-qissa, chu Taymus shoh,
Dedi erur Misr chu shash moha roh.
Yigdi ulug beklarini ul zamon,
Dedi qiling Misrga elchi razon.
“Nomau tahsin bitingiz bu dam,
Misr Azizi ul emish muhtaram,
Yani ogulluqqa qilurbiz qabul,
Bizning oramizda yurursun rasul.
Misrda uldur chu shahi komgor,
Anga erur yaxshi-yomon ixtiyor”
Butkarib elchiga berib ul zamon,
Misr sari qildilar elchi ravon.
Bu tasvir Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonida ham xuddi shunday berilgan bolib, Zulayho uch marta tush koradi. Birinchi va ikkinchi tushlarida ishq dardiga mubtolo bolgan Zulayho oz tanasiga jarohat yetkazayotganini korgan Taymus shoh qizini kishanlashni buyuradi. Uchinchi bor tush korganda Yusuf unga Misrda shaxriyor ekanligini aytadi. Misrga kelgan Zulayho Misr azizi tushida korgan Yusuf emasligidan qattiq istirobga tushadi. Shunga qaramay or-nomus, deb unga turmushga chiqishga rozi boladi. Bunda toqima obrazlardan Zulayhoning enagasi muhim rol oynaydi va ikkala dostonda Jomiy, Durbek asarlarida keltiriladi.Yusufni sotib olgan Misr azizi uni uyiga olib kelib, Zulayhoga topshiradi va ogil qilib olishini aytadi. Zulayho tushida korib sevib qolgan yigitni taniydi. Jomiyning dostonida Yusufni Zulayhoning ozi sotib oladi. Bir kuni Zulayho Yusufning visoliga intildi. Agar Yusuf Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini kormaganida, u ham Zulayhoga moyil bolar edi. Yusufdan yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik . Zero, u pokiza bandalarimizdandir32.
Durbek va Jomiyning dostonlarida esa, Yusufning koz ongida otasi Yaqub gavdalanadi. Ikkalasi ham eshik tomonga chopishdi va Zulayho Yusufga yetib olib uning koylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida esa Zulayhoning hojasi — eriga yoliqib qolishdi. Shunda Zulayho eriga qarab,Yusufga tuhmat qilishga majbur boladi. “Sening oilangga yomonlik qilmoqchi bolgan kimsaning jazosi yo zindon, yoki alamli azobdir”, dedi.
Yusuf uning ozi meni yoldan urmoqchi boldi deb aytadi. Shu payt Zulayhoning uruglaridan biri guvohlik berib, agar uning koylagi old tomondan yirtilgan bolsa, u holda Zulayhoning gapi rostdir va Yusuf yolgonchilardandir. Agar koylagi orqa tomondan yirtilgan bolsa, u holda Zulayhoning gapi yolgondir. Rivoyat qilishlaricha, mazkur guvohlik beruvchi Zulayhoning amakivachchasi bolib, beshikdagi chaqaloq edi. Ne tongki, Tangri taolo Ozining paygambari Yusufni masum bir godak tili bilan oqlaydi. Ushbu voqea birgina “Tavrot”da uchramaydi. “Quron”da, Durbekda va Jomiyda xuddi shu holat kuzatiladi. Zulayho malomatga qoladi. Shahardagi ayollar hokimning xotini oz xizmatkorini yoldan urmoqchi bolibdi. Rosa yuragidan uribdi-da! dedilar. Zulayho ularning igvolarini eshitgach, ularga odam yubordi va kelganlaridan keyin anvoyi mevalar bilan dasturxonni toldirib, ulardan har biriga bittadan pichoq berib qoydi. Keyin Yusufni ularning oldiga chiqardi. Ular ozlari sezmagan hollarida, qollaridagi pichoqlari bilan oz qollarini kesa boshladilar. Agar mening amrimni bajarmas ekan, albatta zindonga tashlanur va xor-zor bolasan deganda, Yusuf men uchun zindon yaxshiroqdir deb aytadi. Zindonga u bilan birga yana ikki yigit tushgan edi. Ulardan biri ilgari hokimning soqiysi bolgan, boshqasi esa hokimning novvoyi bolgan. Yusuf ularning tushini tabir qiladi.
Kunlarning birida Misr mamlakatining shohi men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan etti boshoqni kordim. Ayonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bolsangizlar, bu tushimning tabirini menga aytinglar dedi33. Bu tushlar va ularga qilingan tabirlar,diniy kitoblarda, Durbek va Jomiy dostonlarida bir xillikda bolib, “Yusuf va Zulayho” haqida yaratilgan deyarli barcha asarlarda ananaviylikni va oziga xoslikni tashkil etadi. Yusuf mamlakatda yetti yil serhosil bolib, yetti yil qahatchilik bolishini aytadi. Shoh Yusufni Misrga hokim etib tayinlaydi hamda vafot etgan avvalgi hokim Qitfiyrning xotini Zulayhoni Yusufga nikohlab beradi. Qitfiyr qandaydir kasallikka chalingani uchun shuncha yil birga yashagan bolsalarda, hali Zulayhoga yaqinlik qilolmagan, Zulayho bokira qiz ekan. Shohning tushida ayon bolgan qahatchilik boshlanadi. Yusufning akalari hokimning oldiga don-dun sorab kelishadi, ammo oradan ancha yillar otib ketgani uchun Yusufni tanishmaydi. Ogli yoqolganidan yiglay-yiglay kozlari kor bolib qolgan Yaqub alayhissalomga Yusuf ozining koylagini berib yuboradi. Oglining hidini tuyib, uning tirik ekanligiga ishonch hosil qilgach, Yaqub alayhissalomning kozlari ochilib ketadi. Durbek tomonidan yaratilgan Yusuf va Zulayho dostoni yuksak badiiy mahorat bilan toliq ishlangan va bizga malum bolgan ozbek tilidagi barkamol dostonlarning qadimgisidir. Durbek ozbek xalqi tarixida yuz bergan tos-topolonlar sodir bolayotgan bir davrda yashab ijod etdi. U jahon miqyosida keng tarqalgan sujetga Yusuf va Zulayho qissasiga murojaat qilib, uni oz zamonsi talabi bilan qayta ishladi. Dostonda kozga tashlanadigan muhim xarakterli tomonlardan biri uning zamonaviy bolishidadir. Ozbek adabiyoti tarixida dunyoviy hayotni ozida toliq mujassamlashtirgan, zamon ruhini ozida aks ettira olgan dostonlardan biri Durbekning “Yusuf va Zulayho”sidir. Durbek asari qahramonlari xarakterini, ruhiy kechinmalarini ozbek xalqi hayoti bilan boglay oldi. Shoir ijodi murakkab bir davrga togri keldi. Dostonda tasvirlanayotgan asar qahramonlari faoliyati Orta Osiyo shahar va qishloqlariga xos tabiat manzaralari turmush hodisalari, xalq urf — odatlari bilan chatishib ketadi. Yaqub bolalari ortasida tugilgan bir-birini kora olmaslik kayfiyatlari uning oilasidagi aka-ukalar orasida vujudga kelgan ziddiyatta yaqqol kozga tashlandi. Kitobxon asar bilan tanishar ekan, dastlab ana shu oga-inilar ortasida tugilgan ziddiyat bilan toqnashadi. Durbek keyingi boblarda dostonning oxirigacha Yusuf taqdiri va uning hayotiga bolgan munosabatini turli bosqichlarda hikoya qiladi. Yusufning akalari obrazi dostonda oz maqsadlarini amalga oshirishda hech qanday yovuzliklardan qaytmaydigan makkor shaxslarni eslatadi. Ular oz istaklarini royobga chiqarishda, ukasi — Yusufni yoq qilishning turli yollarini izlaydilar, Bu yolda ular hatto otalarini ham aldashga muvaffaq boladilar, Lekin oxiri haqiqat tantana qiladi. Kanon mamlakatiga qahatchilik kelgach, akalari Yusuf oldiga bosh egib boradilar, Yusuf va uning ogli oldida tiz chokadilar. Oga-inilar otasi boshchiligida bir-birlarining gunohidan otadilar. Xalq ogzaki ijodining tasiri bu dostonda juda sezilarlidir. Bu jihatdan Yusufning katta ogli Mishom bilan Yusufning akalari Shamun vaYahudolarning olishuvi, shahar maydonida yotgan katta toshni siljitish uchun shart boglashlari xalq doston va ertaklarida uchraydigan traditsion motivlarni eslatadi.
Hazrati Mishom shahi bokaram, Qoydi bu maydon ichida chun qadam. Tutti Yahudo kamarin sher mard, Erdi chu erlikta ul shahi fard. Tashladi maydondin oni tashqari, Bordi yiqila uzala besh qari. Ayladi afgon kanonilar, Keldi yana ortada Shamun magar. Hamrahi Mishom edi fathu zafar, Ayladi Shamunni andin batar.
Bu misralarda bayon etilga fikrlar xalq qahramonlik eposlaridagi bahodirlar oldiga qoyilgan shartlarga juda yaqin turadi. Dostondagi bunga oxshash xarakterli detallar shoirning xalq ogzaki ijodidan ancha xabardor ekanligini tasdiqlaydi.
Durbek Quronning “Yusuf sura”si voqealariga ijodiy munosabati, Ilohiy kitob va doston matnidagi oxshash hamda tafovutli nuqtalar xususida teran mushohadalar diqqat markazida tutiladi. Dostonda nafaqat Yusuf va Zulayhoning sevgisi, balki ota va farzand, aka — ukalarning ozaro munosabatlari, bunda notavonbinlik va kechirimlilikning orni, xalq taqdirini oylash, hukmdorlik qoidalari, musofirlikda ozini tuta bilish, qiyinchiliklar oldida bukilmaslik, doimo ezgulik tomonida bolish, vijdonni pok iymonni butun tutish,sabr —toqatli va qanoatli bolish goyalarining olga surilganligini kankret misollar orqali korish mumkin.
Durbekning ozbek adabiyoti tarixida tutgan buyuk xizmati uning ananaviy sujetni Quron doirasidan uzoqlashtirish va uni hayotiylashtirishidadir. Doston orqali u XIV asr oxiri XV asr boshlaridagi muhim voqealarni berishga muvaffaq boldi. Durbekning “Yusuf va Zulayho”si ozbek adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa bolib qoshildi. Durbek fors-tojik tilida ijod qilish ananlariga ergashmadi, balki oz ona tilining homiysi va jarchisi boldi, bu tilda muvaffaqiyat bilan yirik va gozal epik doston yaratdi. Doston XV asr boshlaridagi xalq jonli tiliga juda yaqindir. Oradan besh yarim asr otgan bolishiga qaramay, bu doston tili jihatidan hozirgi kunning kitobxoni uchun u qadar qiyinchilik tugdirmaydi. Qahramonning ruhiy kechinmalari tasviri voqealarning mohiyatini toliqroq ochib berishga, personajlarning manaviy qiyofasi bilan yaqindan tanishishga yordam beradi. Yusufning onasi qabri ustida qilgan nola-figoni, chohdagi kechinmalari, zindondagi kayfiyati, Zulayhoning hijron azobi va boshqalar shular jumlasidandir. Durbek “Yusuf va Zulayho” dostonini oziga xos va maromiga etkazib yozgan. Yani Durbek oz asarini zamon ruhi bilan toyintiradi. Bu esa asarning ishonchli va jonli chiqishida katta rol oynagan.
Durbekning oziga xos mahorati dostondagi ishq mavzusini salaflariga qaraganda ancha joshqin, keng va chuqur talqin qilishida namoyon boladi. U ozi murojaat qilgan mavzuni ozi yashagan davr va zamon nafasi bilan sugora oldi va yangicha mazmun kasb etdi. Durbek ozi yashab turgan muhitda yuz bergan tarixiy voqealarni, xususan temuriy shahzodalarning toj-taxt talashuvlari va xalq boshiga tushgan ogir kulfatlarni kiritishga muvaffaq boldi. Balx shahri xalqi ogir azobni kop qiyinchiliklarga duchor bolgan Yusuf timsoli orqali ochib berishga intilgan Durbek va u yaratgan dostonning badiiy qiymati, tarbiyaviy va marifiy ahamiyati ham shundadir. Dostonning pafosi tinch-totuv yashashga chaqirishdan iboratdir. Demak, Durbek ilgari surgan goya ahillik, totuv hayot kechirishdir. Durbek dostonida Balx qamalini tasvirlaydi. Aynan ana shu qamal ichida qolgan Durbek “Yusuf va Zulayho” dostonini yozadi va uch oy davomida sodir bolgan zulmni shunday tasvirlaydi. Dostonda Yusufning akalari Misrga kelishi voqealari asarga yangicha birr uh baxsh eta olgan. Chunki Yusuf ogalaridan jabr korishiga qaramay, ogli Meshomga ularni bir uyga olib borib, ziyofat qilishni tayinlaydi va ularni ogalari ekanligini aytadi. Chuqur qayguga botgan Yusuf koziga yosh olib turganda Zulayho buning sababini soraydi, Yusuf ogalari kelganligini aytadi. Durbek dostonda bevosita oga-inilar ortasidagi munasabat qanday bolishi kerakligini Ibn Yamin barcha ogalari ovqat yeb otirganda koziga yosh oladi, uni kuzatib otirgan Yusuf nega sen ovqat yemayapsan deb soraganda Ibn Yamin mening ham toqqan ogam bor edi, u yonimda bolganida men bunchalik yolgizlanib, qolmasdim deya javob beradi. Ogasi Yusuf niqob ortida koz yosh tokadi va Misr shohi bolishiga qaramasdan bugundan boshlab men sening ogangman deb uning oldiga tushib ovqat yeyish tasviri yillar ortab kelgan soginch alamini ochib bera oladi. Akalariga ozini tanitgan Yusuf asar songida ularni kechiradi. Ulardan qancha azobuqubat kormasin Yusuf buni oz taqdiri ekanligini anglaydi. Yuqorida keltirilgan Yusufning tushi, onasining ogliga qilgan bashorati xuddi shu zaylda amalga oshadi.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish