O'zbek tili leksikasining boyish manbalari. Tehnikaga xos o'z va o'zlashgan so'zlar tasnifi


Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi



Download 30,65 Kb.
bet2/5
Sana18.04.2022
Hajmi30,65 Kb.
#561696
1   2   3   4   5
Bog'liq
4. O\'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI. TEHNIKAGA XOS O\'Z VA O\'ZLASHGAN SO\'ZLAR TASNIFI

Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi

Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:


1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. YAngi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega bo`lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so`zlarning nutqda ko`p yoki kam ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar eskirgan qatlam. So`z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo`qolishi, yoki ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so`zlarning paydo bo`lishi munosabati bilan ayrim so`zlar asta-sekin qo`llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo`llanadi. Ularning ba’zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko`pchilik tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo`llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy so`zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so`zlar o`tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo`lgan, ammo hozir eskirib qolgan so`zlar tarixiy so`zlar deyiladi. Tarixiy so`zlar jamiyatda yo`q bo`lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo`llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo`q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so`zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo`lib qoladi. Bunday so`zlarning bir ma’nosi eskirsa, ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi.
Masalan: boy so`zining ma’nosini qiyoslang: Boy Yo`lchini zimdan kuzatdi (Oybek). Sen boy bo`laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo`ldi?
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa, ulardan til taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
So`zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma’nosi arxaiklashishi mumkin. SHunga ko`ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida ikki xil bo`ladi.
Leksik arxaizmda so`z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma’no eskiradi: chechak – «gul» ma’nosida eskirgan, bekat – karvonlar to`xtaydigan joy ma’nosida eskirgan, bag`ir – «jigar» ma’nosida eskirgan, davlat – «boylik» ma’nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko`p, lekin grammatik hodisalarning arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko`rsatuvchi bog`lama eskirgan grammatik shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi (sovun, qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma’noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, kompьyuter, kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. Neologizmlar yangi paydo bo`lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma’nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo`yog`ini yo`qotadi va umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos, kosmonavt va hokazo.
Ba’zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan leksikadan o`rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. CHunki har bir davr o`z neologizmiga ega bo`ladi.
So`z yoki so`zning ma’nosi neologizm bo`lishi mumkin.
So`z neologizm bo`lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o`zlashib ketmagan so`zlardir. Bunday so`zlar: 1) o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan so`z va yasovchi qo`shimchalar bilan yasalgan yangi so`zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq tiliga singib o`zlashib ketmagan yangi so`zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik ma’nolardan biri yangi bo`lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan: Yo`ldosh (er yo`ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).



Download 30,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish