O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bólib, bugungi kunda bu tildan Yer aholisining ellik millionga yaqini asosiy muloqot vositasi sifatida foydalanadi



Download 24,89 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi24,89 Kb.
#653723
Bog'liq
Oʻzbek tili


O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub bólib, bugungi kunda bu tildan Yer aholisining ellik millionga yaqini asosiy muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Shu sababli tilimizning rivojlanishiga, mavqeiga qaratiladigan e’tibor kelajak avlodning ertasi haqida qayg’urishimizning asosi hisoblanadi. Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.
Mamlakatimizda o’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, yosh avlodni ona tilimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, barcha sohalarda faol qo’llanilishiga erishish borasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Vatanimizda adabiy til davlat maqomida va qonun himoyasida, shu sababli uni toza saqlash, asrab-avaylash, chet tillar ta’sirini bir me’yorga keltirish bizning va qalam ahlining yelkasidadir. Xalq tili toza, tiniq suvga o’xshaydi. Chetdan ko’p oqova qo’shilib usti loyqalansa-da, tubi sofligicha qoladi. Vaqt o’tib oqova loyqasi ham tinadi va toza suvga aralashib ketadi. Lekin ko’p quyilaversa tiniq suvni ham loyga aylantiradi va uni tozalash uchun ancha yillar kerak bóladi. Yigirmanchi asr boshlaridan beri tillarning aralashish jarayoni natijasida loyqalangan notoza suvni ichishga o’rganib boryapmiz. Sof til ta’mini bilishimiz susaygan. Bu narsa esa tafakkur va fikrlash doirasini to’mtoqlashtiruvchi asosiy omildir.
Xalq tilini xalqning ózi buzmaydi, buzadigan yot istilohlarni omma ustiga shunday holicha tilshunos olimlar sochadi, omma esa ularni talafuziga moslab, so’zlashuv nutqida qo’llayveradi. Masalan, “parol”, “pedal”, “bloger”, “rul”, “onlayn” “bagajnik” “remont”, “chat”, “status”, “post”, “dezayner”,”logen”, “it”, “spam”, “ye-mayl”, “prezentatsiya” va shu kabi o’nlab atamalarni qanday bólsa, shundayligicha tilga kirityapmiz. Bu kabi so’zlarning muqobiliga egalari ham bor, yo’qlarini esa tilda bor so’zlardan yaratishimiz mumkin. Zamon talabi deb, zamonaviy so’zlar deb yopishib olganmiz, muqobilini qo’llasak birov koyib beradimi? “Tuppa” asrlar osha mavjud bo’lgan milliy taomimiz bo’lsada, go’yo “lapsha”da oy ko’rgandek so’zlashuvda shuni ishlatamiz. Chaqalog’i, kichik go’daklari bor hamma yosh onalar “pampers” deydi. Shu istiloh tilimizga singib ketdi. O’zimizda asl nomi “ko’llik” yohud “ taglik” desak tilimiz uzilib tushadi.“Kurka”, “induk” deymiz, Samarqand tomonlarda “g’ulg’ultovuq”, “g’ulg’ul”, Zomin shevalarida “tuyatovuq” deb ham aytilar edi. Ammo ruslarning “indyuk’i bularni xotiramizdan o’chirib yuborgan. Bir ko’rsatuvda jurnalist yigit tutib olgan balig’ini “sazan” deb rosa ta’rifini berdi. Balki, o’zimizda o’zbekcha nomi bilan “zog’orabaliq” yoki “tangabaliq” desa ham bo’lar ediku! Bozorga kirsangiz baliqchi yigitlar “som”, “karas”, “shuka”, “belamur”,“tolstolib” degan nomlar bilan baliq sotishadi. Ey baliqfurush o’zbek, bu baliqlarni o’zimizni ko’l-u daryolarimizdan tutgan bo’lsang, “laqqa”, “zog’orabaliq”, “do’ngbosh”, “cho’rtanbaliq”,”oqamur” desang xaridor olmaydimi? Nima uchun “problema” deymiz, nega “yurist”, “rasxod”, “plan”, “znak”, “arenda”, “bilet”, “aksiya” deyaveramiz. O’zimizda o’z ona tilimizda “jumboq”, “huquqshunos”, “chiqim”, “reja”, “belgi, nishon”, “ijara”, “patta”, “ulush hujjati” desak zamonaviy bo’lmay qolamizmi? Kiyim rastasiga kirsam, bir bozorkash yigit “garantiya beraman, importni, g’irt fabrichni” deya mahsulotini xaridorga maqtayabdi. Eshitib g’ashing keladi odamni. O’zbek tili shunchalar qashshoqmiki, “garantiya”ni “kafillik”, “import”ni “sifatli(ko’chma ma’noda)”, “fabrika”ni “korxona” deb nomlovchi muqobillari yóq? “G’irt fabrichniy” deganiga to’g’risi tushunmadim. Televedeniya orqali berilayotgan sport ma’lumotlarini “komanda”, “jamoa”, “finalte”, “refere”, “final”, “ochko”, “afsayt” kabi istilohlar bilan hech o’ylamasdan, behijolat uzatishyapti. Nahotki, “komanda”ni “jamoa”, “finalte”ni “jarima”, “final”ni “marra”, “refere”ni “hakam”, “ochko”ni “hisob”, “afsayt”ni “o’yindan tashqari holat” kabi o’zbekcha variantlarini bilishmaydi. Yoki bo’lishsa ham mensishmaydi. Biror eshikka ish izlab borsang, “qancha stajing bor” deb so’raydi. Nega “darajang yoki tajribang qanday” deyishmaydi. So’z ustasi Hojiboy Tojiboyevning “Mazza qilib reklama ko’rib o’tirganingda, kino boshlanib qoladi” degan hangomasiga hamohang erta-yu kech efirdan uzilmaydigan Davron Kabulovning “ok-ok” reklamasini eslashni o’rinli deb bildim. Nima “yaxshi” so’ziga kuydurgi chiqqanmi?(Og’zi qiyshiq bólsa ham boyni bolasi gapirsin ekanda). Ko’chaga chiqsang “qandolat sexi”, “tikuvchilik fabrikasi” kabi yozuvlari bor e’lonlarga beixtiyor ko’zing tushadi. “Qandolat kasabasi”, “ tikuvchilik korxonasi” deya o’zbekcha nomlar bilan yozishsa hech kim e’tibor bermay, o’qimay qo’yadida?! Jizzax shahrining markaziy ko’chalaridan o’tar ekanmiz “Baby”, “Micro market”, “Toshkent market”, “Mouse house”(sichqon uyasiga kirib ovqatlanib bo’larmikin?), “Macro market”, “Zarista”, “Student”, “Minions”, “Macelka”, “Yes”, “Genyus”, “Versal”, “Minutka”, “Sputnik”, “Fitnes”, “Paradise”, “Korzinka”, “Palma”, “Ice cream”, “Simple”, “Smile”, “Salvara”, “Alfa Medline”, “Med star”... Sanab sanog’iga yetmaysan(gap nima haqida ketayotganini hamma tushundi). “Biz O’zbekistonda yashayapmizmi yoki Rossiya, Angliyada yashayapmizmi?” degan o’y keladi ba’zida. Bu ajnabiy atamalarning nimasi borki, sof o’zbekcha so’zlarimizni qo’llamasligimizga asos bo’layotgan? Agar Otabek va Kumushlarning, Anvar-u Ra’nolarning otasi bo’lgan, tilimizni “eng boy til” deya ko’klarga ko’targan, erksevar bobomiz Abdulla Qodiriy bo’lganlarida bu holatlarni ko’rib nima der ekanlar? Bu ajnabiy istilohlar nimasi bilan o’ziga mahliyo qildi ekan? Kim bilsin? Hozir deyarli barcha kishilarning shaxsiy avtomashinasi bor. O’ylab ko’ring, shu mashinangizning “oyna” dan boshqa nechta qismini o’zbekchada aytasiz. “Yonilg’i qildim” emas “zapravka qildim”, “ta’mirlatdim” emas “remont qildirdim”, “yukxona” emas “bagajnik”... Aqalli “eshik dastak”ini “ruchka” demaylik. Maktab darsligida “chek termini” degan birikmaga ko’zim tushdi. Mana “savodxonlik” qayerdan boshlanyabdi. Xattoki, “atmosfera”, “gen”, “trening”, “kommunizm”, “snos”, “konkretniy”,”absolutniy” kabi chet so’zlarni OTMning oliy toifali o’qituvchilarning nutqidan eshityapmiz. To’g’ri, tillar o’zga tillardan kirib kelgan so’zlar bilan boyib boradi. Ammo chetdan kirib kelgan atama , nom so’zning milliy tilda muqobili bo’lmaganida muomalaga kiradi va uni hamma tushunadi. Muqobili bo’la turib, so’zdan foydalanish, tilga bo’lgan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.
Demoqchimanki, biz yangi zamonda yashayapmiz. Bugun iqtisodiyot, kompyuter texnologiyasi, turli yangi-yangi sohalar, ilm-fan va san’atlar bilan bog‘liq ulkan chetso‘zlar bo‘roni kirib kelmoqda. Hozir mayda-chuyda gaplar bilan ovvora bo‘lsak qisqa vaqtdan so‘ng avlodlarimiz bugungi adabiyotimizni ham tushunmay qolishadi.
O‘ylaymanki, bu bitta bizning muammomiz emas. Bugun birlashish vaqti kelgan. “Vip” istilohi tilimizga shunchalik o’rnashib oldiki, ba’zi kishilar bu so’zni o’zbekcha so’z deb bilishadi ekan. Ammo biz tez-tez ishlatadigan bu so’z aslida qisqartma so’z(abbriviatura) ekanini, va uning asl ma’nosi boshqacharoq ekanidan ko’pchilikning xabari bo’lmasa kerak. VIP so‘zining hayotimizga shitob bilan kirib kelish davrini uyali aloqa tizimining dastlabki qadamlari, O‘zbekistondagi ilk «sotka»lar davriga bog‘lash mumkin. Bu matoh har kimda ham yo‘q, boridan ham foydalanish xizmati juda qimmat edi. Kimda uyali telefon bo‘lsa, u obro‘li odam bo‘lgan davrlar. Ammo shu baxtlilar orasida ham bir toifa borki, ular aloqa kompaniyasining eng qimmat va hamma xizmatlarni jamlagan, bir so‘z bilan aytganda suhbatda cheklovni yo‘q qilgan «VIP» tarifidan foydalanadilar. «VIP»chilarning obro‘si aloqa kompaniyasi oldida ham baland – ularga alohida e’tibor qilinadi, mo‘may daromad beruvchi yaxlit mijoz-da. Tanish-bilishlar esa «falonchining telefoni «VIP» deb alqashadi. Asta-sekin aloqa narxlari arzonlashdi. «VIP» tarifiga ham hojat qolmadi. Ammo bu paytga kelib, o‘zbekcha so‘zlashuvga chuqur kirib ulgurgan bu atama bilan ko‘z o‘ngimizda ma’no ko‘chishi ro‘y berdi. Endi biz uchun «VIP» – mo‘l-ko‘lchilikni, bemalolchilikni, o‘ylanmay foydalanaverishni, xotirjamlikni va umuman «hammasi to‘langan» degan tushunchani anglata boshladi. To‘yxona «VIP», mashina «VIP», oshxona «VIP», stadion «VIP”, vaqtim “VIP”... Xattoki, “hayoli” qizlarga nisbatan ham “VIP” atamasi qo’lanila boshlanadi.
Qisqa qilib aytganda, hashamdor mehmonxonalardagi ruschasiga «Vsyo vklyucheno» (inglizcha all inclusive) atamasini biz «VIP» deya ifodalay boshladik. Xo‘sh, bu dabdaba ufurib turadigan «VIP» atamasi nimani anglatadi? Inglizchasiga Very Important Person yoki VIP abbreviaturasi «juda muhim shaxs», «rahbar», «yuqori martabali shaxs», «badavlat korchalon» kabi ma’nolarni anglatib, o‘ziga xos imtiyozlardan foydalanuvchi insonlarga nisbatan ishlatiladi. Ruslar bu so‘zni o‘zlariga moslab – «Vesma imenitaya persona» (VIP) shaklida ham ishlatishadi.Oʻzbek tilining asosiy fonetik belgilari: tayanch shevalarda, shuningdek, boshqa turkiy tillarda 8—9 unli boʻlgani holda, adabiy Oʻzbek tilida 6 unlining mavjudligi; ayrim shevalarga, boshqa bir qancha turkiy tillarga xos boʻlgan lab va tanglay ohangdoshligi (singarmonizm)ning adabiy Oʻzbek tilida yoʻqligi, urgʻuning, asosan, soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushishi va boshqalar Morfologik belgilari: otlarning kelishik (6 ta kelishik mavjud), egalik, son (birlik va koʻplik) kategoriyalariga egaligi va shular boʻyicha oʻzgarishi, jins kategoriyasining yoʻkligi; singarmonizm yoʻqligi tufayli soʻz va shakl yasovchi qoʻshimchalarning bir variantligi; sifatlarda daraja kategoriyasining (ozaytirma va kuchaytirma shakllarning) mavjudligi; olmosh va son turqumlarida soʻz yasalishining yoʻqligi; koʻplab ravishlarning oʻziga xos qoʻshimchalar bilan hosil boʻlishi; feʼllarda mayl, nisbat, shaxsson, zamon kategoriyalarining mavjudligi (q. Fel) vab. Sintaktik belgilari: soʻzlar teng va tobe alrqada boʻlib, tobe aloqaning 3 turi (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) mavjud; soʻz tartibida aniqlovchi aniqlanmishdan, toʻldiruvchi va hol kesimdan oldin keladi. U. t. soʻz yasalishida affiksatsiya ustunlik qiladi. Leksik tarkibi oʻz va oʻzlashgan qatlamdan iborat: oʻz qatlam umumturkiy va sof oʻzbekcha soʻzlardan tashkil topgan boʻlsa, oʻzlashma qatlamda koʻplab arabcha, forscha, tojikcha, moʻgʻulcha, ruscha va rus tili orqali kirgan baynalmilal soʻzlar bor. Terminologiya, asosan, baynalmilal leksika hisobiga boyib bormoqda. Oʻzbek tiliga soʻz oʻzlashtirish majburiylik asosida emas, tillar rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga mos holda amalga oshmoqda.
Bu atama dastlab 1940 yillarda Buyuk Britaniya aviatsiyasida o‘ziga xos e’tibor va xizmatlarni talab qiluvchi yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llana boshlagan. Tez orada atama boshqa sohalarga ham o‘tib, u orqali shou-biznes vakillariga, siyosatchilar, yirik xaridorlarga va umuman badavlat hamda taniqli shaxslarga ta’rif berilgan hamda ular alohida imtiyozlardan foydalanishini anglatgan. Qisqa qilib aytganda, bu so‘z (aniqrog‘i abbreviatura) aslidagi ma’nosiga ko‘ra ko‘pchilik o‘ylaganiday ma’lum bir xizmat turi, vaziyat yoki alohida e’tiborni emas, shunga loyiq ko‘rilgan shaxsni anglatadi. Tilimizni boshqa tillarga mag‘lub qilavermay, o‘zligini saqlagan holda, jahon tafakkuri maxsulotini o‘zlashtirish sinoatini o‘rganishimiz kerak. G‘ozi Olimning
“Ruscha-o‘zbekcha qisqa huquqiy va siyosiy lug‘at”idan namunalar:
Aksiya – ulush hujjati;
Aliment – nafaqa;
Arbitraj – bitimchilik;
Arenda – ijara;
Arestant – bandi, mahbus;
Bank – xazina;
Bilet – patta;
Birja – savdo o‘rni;
Makler – dallol;
Verxsud – ulug‘ yorg‘u, oliy sud;
Veshniy iks – moddiy talab;
Vzyatka – pora, rishvat;
Voenniy tribunal – harbiy yorg‘u;
Volost – kent;
Votum – ko‘pchilik qarori;
Visilka – surgun;
Garantiya – kafillik;
Gerb – tug‘ro, tamg‘a;
Grajdan – biylik;
Grajdanskoe pravo – biylik huquqi;
Davnost – da’vo muddati;
Dobrovolniy – ko‘ngilli;
Doverennost – inonch, vakolatnoma;
Znak – belgi, nishon;
Inventar – asbob-uskana;
Istes – talabgor;
Kodeks – tuzuk;
Konfiskatsiya – musodara;
Opekun – vasiy;
Plan – reja;
Plata – to‘lov;
Pochta – chopar;
Rasxod – chiqim;
Respublika – jumhuriyat;
Sabataj – o‘chakishmak;
Sledovatel – tergovchi;
Texnichesie pravila – amaliy nizomlar
Ekipaj – araba;
Ekspertiza – sinash;
Yuriskonsult – kengashchi huquqshunos.
Xullas, soha mutaxassislari ham, oddiy odamlar ham, talabalar ham chet so'zlarning jamiyatimizda egallagan o‘rnidan rozi emas(ammo ko’r-ko’rona ishlataveramiz). Muammo shundaki, tilning jamiyatdagi mavqeyini har qancha qaror-u farmonlar bilan ham, janjal-u majlislar bilan ham mustahkamlab bo‘lmaydi. Faqatgina jamiyatda kitobxonlikni muttasil rivojlantirish, targ‘ib etish lozim.
Download 24,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish