O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘zbek terminologiyasi fanidan ma’ruza matnlari



Download 457,78 Kb.
bet2/82
Sana04.03.2022
Hajmi457,78 Kb.
#483300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
leksikografiya majmua

Kurs terminini bosqich deb oladigan bo‘lsak, kurs asosidan hosil qilinadigan yasalmalarning taqdiri nima bo‘ladi? Unda kursdoshni bosqichdosh, kurs ishini bosqich ishi deyish kerakmi? Yoki omonim termini bilan bog‘liq omofon, omograf, omonimiya terminlariga nima deb nom beramiz. Achinarlisi, sinonim, omonim, antonim terminlari 5-sinf Ona tili darsligiga yuqorida aytganimizdek kiritib yuborilgan. Bunday holni ijobiy baholab bo‘lmaydi. Aksincha, u soha xodimlarini, o‘quvchini, qolaversa, xalqni chalg‘itadi. Oxir-oqibat adabiy meyor buziladi. Shuning uchun ham terminlarni, sohalar terminologiyasini tartibga keltirish, ya’ni unifikatsiya qilish kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Yana shuni ham ta’kidlash joizki, sohalar terminologiyasining matnini ham adabiy orfografik, lug‘aviy-uslubiy mezon talablariga mos holda bayon qilinishiga alohida diqqat qaratmoq lozim. Chunki ommaga taqdim qilinayotgan matnlar ixcham, sodda va tushunarli bayon qilinishi kerak. Bu borada biz ko‘proq to‘qnash keladigan sohalardan biri ijtimoiy-siyosiy hujjatlar va boshqa terminologik qatlamlardagi turli yo‘riqnomalar va tavsiyalar tilidir. To‘g‘risi, ba’zi bir matnlarda bayon qilingan ifodalarni birinchi o‘qishda uqib olish qiyin. Uni qayta-qayta o‘qib zo‘rg‘a o‘zingizga kerakli ma’lumotni tushunib olasiz.
Terminlarga munosabatda, terminologik tizimini yangilash, o‘zgartirish va takomillashtirishda tilning rivojlanish qonuniyatlariga, uning lug‘aviy tizimini meyorlashning o‘ziga xos ob’ektiv talablariga, mezon, ilmiy o‘lchov hamda tamoyillariga amal qilgan holda ish tutish g‘oyat muhimdir.
Filologiya fanlari doktori G‘.Abdurahmonov shunday yozadi: «Atamalarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi». Demak, terminologiyaning tartibga solinishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta bo‘lgan masaladir.
H.Bektemirov va E.Begmatovlar o‘zlarining “Mustaqillik davri atamalari” kitobida shunday yozadi: “Tilga xohlagan so‘zni kiritaverish, undan xohlagan so‘zni xohlagan paytda chiqarib yuborish mumkin deb hisoblash xato fikrdir. Til hayotiga, nutqiy amaliyotga aralashishning o‘rni, meyori va buning darajasini bilish hamda o‘sha asosda ish ko‘rish ilmiy terminlarni tartibga solish va takomillashtirishning eng to‘g‘ri yo‘lidir” Kursning maqsadi talabalarni terminologiyadagi – norma (meyor) masalalariga, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga o‘zbek terminologiyasining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
O‘zbek terminologiyasining obyekti o‘zbek terminologiyasining paydo bo‘lishi, tadrijiy takomili va bugungi holatidagi o‘zbek tilidagi barcha terminlar majmui tashkil etadi.
Ushbu fanni o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarda o‘zbek terminologiyasining shakllanishi, rivojlanishi, qadimgi davrlardan to hozirgacha holati xususida ma’lumot berishdan iboratdir.
Kursning vazifalarini esa quyidagilar tashkil etadi:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish;
b) terminologiyadagi meyor (norma) bo‘lgan va meyor bo‘lmagan belgi xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash va h. Fanning biror tarmog‘i yo‘qki, unda maxsus so‘zlar, ya’ni terminlar uchramasa, ya’ni terminologiya lingvistik va nolingvistik sohalarning barchasi bilan chambarchas bog‘liq deyish mumkin.



Download 457,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish