Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi


[1] kishi davrda topmas navo, Yolgʻuz ovuchdin[2]



Download 264,09 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi264,09 Kb.
#675620
1   2
Bog'liq
Kurs ishi Hozirgi o\'zbek adabiy tili \'\'Alisher Navoiy asarlarida perifrazalar

[1] kishi davrda topmas navo,
Yolgʻuz ovuchdin[2] kim etmish sado?…
“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqoloti rostgoʻylik, halollik va toʻgʻrilikka bagʻishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgoʻy va toʻgʻri boʻlishga chaqiradi, yolgʻonchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolgʻon soʻzlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzogʻiga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.
Dostonning oʻn birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir oʻsha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yoʻlida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm oʻldi amal aylagil.
Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni oʻqish, oʻrganish va yuksak odobli, aʼlo xulqli boʻlishga chaqirishi katta ahamiyatga ega boʻlib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-taʼlimiy qarashlari hozirgi kunda ham oʻz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, doʻstlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik gʻoyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning koʻpgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bagʻishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chogʻlaridanoq ilm-hunarga, mehnatga boʻlgan muhabbatini zoʻr mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta eʼtibor bilan qaraganligini koʻrsatadi.
Farhod yoshlik chogʻidanoq juda aqlli, zehnli bola boʻlib oʻsadi. U maktabda zoʻr havas va qunt bilan oʻqiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada oʻrganib oladi. Yosh Farhodning ilmga boʻlgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib koʻrdi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turfa fanlardan saboq oʻqitardi. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga oʻz sir-asrorini toʻliq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan oʻqib, bilimdon va zukko inson boʻlib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida eʼtibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab oʻqitish zarurligini, bunda ota-onaning vazifasi nihoyatda katta ekanligini, bolalarga ilm oʻrgatish muhimligini taʼkidlaydi.
Farhod qaysi fanni oʻqimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
Agar bir qatla koʻrdi bir saboqni,
Yana ochmoq yoʻq erdi ul varaqni.
Ne soʻznikim, oʻqib koʻngliga yozib,
Dema koʻngliki, jahon lavhiga qozib.
U davrda bolalar chuqur, yodaki oʻqitilar edi. Bolalar oʻzlari yodlagan narsalarining maʼnosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, oʻqilgan narsaning maʼno-mazmunini tushunib olishga undar edi:
Oʻqib oʻtmak, uqib oʻtmak shiori,
Qolib yonida, safha-safha bori…“Mahbub ul-qulub”ning birinchi qismi jamiyatning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va huquqiy hayotiga mas'ul bo'lgan toifaga tavsif berish bilan boshlanadi. Navoiyning uzoq yillar davomida hosil qilgan xulosasiga ko'ra, mamlakatning siyosiy barqarorligi, osoyishtaligi hamda rivoji, eng avvalo, odil podshoh, sadoqatli bek va vazirlar, o'z ishiga xolislik va diyonat bilan yondashadigan sadrlar, fidoiy bahodir va yasovullar, shijoatli va vatanparvar sipohiylarning dunyo va oxirat saodatini ko'zlab ish yuritishlariga bog'liqdir. “Odil podshohlar zikri”dagi fasl zaminida adolatni targ‘ib qilish, shohning mamlakat tinchligi, ulusning farovon, baxtiyor hayotini targ‘ib etishdagi o‘rni va ahamitini ko‘rsatish g‘oyasi turadi” 6 . Navoiyning diniy arboblar, shayxlar hamda o'rta asrlarda jamiyatning huquqiy tizimini boshqaruvchi ruhoniylarga bo'lgan munosabati “Mahbub ulqulub”da yaqqol ifoda etilgan. Ulug' mutafakkir ham diniy, ham dunyoviy bilimlardan puxta xabardor yirik davlat arbobi sifatida shayxulislomlar, qozi va faqihlar, tariqat shayxlari, qorilar va hofizi qur'onlar, voizlar haqida fikr yuritar ekan, ularni diyonatli insonlar hamda ilmini vositai joh aylagan dindorlar toifasiga ajratadi. Navoiyning ta'kidlashicha, din arboblari jamiyatning ilg'or toifasi sifatida odamlarni haq yo'lga hidoyat qilishda shaxsiy ibrat ko'rsatib, riyokorlik, poraxo'rlik, ta'magirlik, g'arazgo'ylik kabi illatlardan pok, ilm, ma'rifat va go'zal insoniy fazilatlar bilan ziynatlangan bo'lishlari kerak
Farhodning qunt qilib, maʼnosini tushunib oʻqishi natijasida koʻp ilmlarni egallaganligi taʼkidlanadi:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm,
Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.
Shu tariqa Navoiy bolalarni ilmni puxta egallashga chaqirib, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va oʻstirish yoʻllarini koʻrsatadi.
Bundan tashqari, dostonda Farhod jismoniy tomondan chiniqqan yigit sifatida tasvirlanadi. U suvda suzish, chavandozlik va qilichbozlik sirlarini mehr bilan oʻrganadi. Alisher Navoiy yoshligidan boshlab ilmga berilgan, jismoniy jihatdan chiniqqan Farhodni har tomonlama mukammal, maʼnaviy, jismoniy goʻzal, yetuk yigit timsolida beradi. Shuningdek, Navoiy Farhodni mehnat va hunarga katta havasli, sartaroshlik, rassomlik va naqqoshlik hunarlarini ham mukammal egallab olgan yigit sifatida ulugʻlaydi.
Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan, mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga gʻamxoʻr, sofdil, mard va oliyjanob, jasur inson boʻlib yetishadi.
Farhod boshchiligida va uning bevosita fidokorona mehnati natijasida katta kanal (“Hayot daryosi”) va hovuz (“Najot dengizi”) qaziladi. Navoiy Farhodni suvsiz yerlarga suv chiqargan qahramon, mehnat sohasida moʻjizalar koʻrsatgan bahodir yigit sifatida taʼriflaydi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farhod Shirinni qidirib, Armanistonga borganda, arman yurtida togʻda kanal qazish uchun qiynalib ishlayotgan kishilarni koʻradi va:
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdir oxir! –
deya, oʻz bilimi, hunar va gʻayratini ishga soladi, kanal qazuvchilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq oʻrtasida katta shuhrat qozonadi.
Bu qahramonning muhim xislatlari undagi qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va doʻstlik tuygʻularidir. Farhod elyurtining obodonligi uchun kurashadi hamda insonlarga ofat keltiruvchi dushmanlarga qarshi jang qilib, ularni mardona yengadi.
Bundan tashqari, Navoiy Farhod, Shirin va Shopur imsolari orqali xalqlar doʻstligi gʻoyasini ilgari suradi. Farhodning arman qizi Shirinni sevishi va eronlik Shopur bilan doʻstlashuvi xalqlar doʻstligi gʻoyasining yorqin namunasidir.
Navoiy Farhodning jasoratini badiiy tasvir etar ekan, uning mamlakat obodonligi va tinchligi, xalqlar farovonligi va ilm bobida qilgan xizmatlarini chuqur mazmunli misralarda uygʻunlashtiradi:
Ki to olam, binosi boʻldi bunyod,
Bu yangligʻ qilmadi ish odamizod.
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida ilgari surilgan yuksak insoniy xislatlar, insonparvarlik gʻoyalari yosh kitobxonlar maʼnaviyatiga ham chuqur taʼsir etadi, ularni xalq, vatan uchun kerakli inson boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi.
Buyuk shoir bolalarning oʻqishi va tarbiyasiga doir fikrlarini “Layli va Majnun” dostonida ham ilgari surgan. Yangi maktablar bino qilish gʻoyalarini targʻib qilgan Navoiy maktablarda oʻgʻil bolalar bilan bir qatorda qizlarning ham oʻqishlarini orzu qiladi.
Alisher Navoiy oʻzining Farhod, Qays, Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarida tarbiyalanish, taʼlim olish borasida bosib oʻtgan yoʻlini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, bolaning voyaga yetishida tarbiyaning katta kuch-qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.
Shoirning 1500yilda yaratgan “Mahbub ul-qulub” (Koʻngillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-taʼlimiy qarashlari bayon etilgani bilan qiziqarlidir.
Navoiy bu asarida sabr, qanoat, kamtarinlik (Muqbil va Mudbir), vafo, hayo, karam (muruvvat), saxovat, himmat, oliyjanoblik, mardlik, hilm (muloyim tabiatlilik), doʻstlik, ilmga amal qilish, shirinsoʻzlik, rostgoʻylik kabi fazilatlarni ulugʻlaydi, aksincha, baxillik, badfeʼllik, hasadgoʻylik, chaqimchilik, xasislik, yolgʻonchilik, tamagirlik, nodonlik (bilimsizlik), takabburlik, mayxoʻrlik (badmastlik), badnafslik (ochkoʻzlik) kabi yomon illatlarni qattiq qoralaydi: “Chin so ‘z – mo ‘tabar, yaxshi so ‘z – muxtasar. Ko ‘p so ‘zlovchi – zeriktiruvchi. Kishi aybini gapiruvchi – o ‘ziga yomonlik sogʻinuvchi (birovlarning aybini izlashdan koʻra, odam oʻz ayblarini topib, ulardan qutulishi oqillikdir, demoqchi boʻladi shoir). Agar so ‘z go ‘zallik ziynati bilan bezalmasa ham, unga chinlik bezagi yetarlidir! Yolgʻonchining gapi qanchalik chiroyli boʻlsa, shunchalik qabihdir. Aqlli odam yolgʻon gapirmas, ammo barcha rost gaplarni aytaverish ham toʻgʻri emas”.
Navoiy xushmuomala, ochiq yuzli odamlarni maqtaydi: “Ochiq yuzidan xaloyiqqa xursandlik, chuchuk so ‘zidan el-yurtga xurramlik. Tilini tiyolgan odam – donishmand, oqil. So ‘ziga erk bergan (koʻp vaysagan) odam – beandisha va pastkash. Yolgʻonchi Haq oldida gunohkor, xalq oldida sharmanda. Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”.
“Mahbub ul-qulub” 3 qismdan iborat. Kitobning 1qismi “Halollik ahvoli va afoli va ahvolining kayfiyatida”, yaʼni kishilarning feʼl-atvori va gap-soʻzlarining ahamiyati haqida boʻlib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, sanʼat va adabiyotning ahamiyatini targʻib qiladi, malakali, iqtidorli oʻqituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, sanʼatkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. Oʻqish ham, oʻqitish ham ogʻir va masʼuliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Bu oʻrinda u murabbiylarning halol xizmatlarini alohida taʼkidlaydi.
Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqutmish ranj ila,
Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Kitobning 2-qismi, asosan, axloqiy masalalarga bagʻishlangan. Bu bobda yaxshi fazilat va yomon xislatlar tahlil qilinadi. Toʻgʻrirogʻi, insonda boʻlishi kerak boʻlgan odob-axloq haqida gap boradi. Masalan, qanoatni olaylik. Navoiy qanoatli odamlarni sevadi, ularga havasi keladi. Kimki qanoatli boʻlsa, unday odamni el sevishini, eʼzozlashini taʼkidlaydi. Mutafakkir qanoatni bir buloqqa – chashmaga oʻxshatadi. Negaki buloq suvini qancha olgan bilan qurimaydi, u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urugʻi izzat va shavkat hosilini beradi. U bir daraxtki, unda qaram boʻlmaslik va hurmat mevasi bordir. Bu bobda sabr, tavoze haqida ham koʻp ibratli gaplar aytiladi.
“Turli foydali maslahatlar va maqollar”, deb nomlagan 3qismida turli tashbehlar berilgan. Bu qismda koʻproq oʻqish, ilm olish, kasb-kor egasi boʻlish va boshqa masalalar oʻrtaga tashlanadi.
Alisher Navoiy oʻz asarlarida xalq ogʻzaki ijodidan, ayniqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, oʻzi ham taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan, maqollarga yaqin boʻlgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Masalan:
Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq.
 
Tilga eʼtiborsiz – elga eʼtiborsiz.
 
Oz-oz oʻrganib dono boʻlur,
Qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur.
 
Bilmaganni soʻrab oʻrgangan – olim,
Orlanib soʻramagan oʻziga zolim.
Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida mamlakatdagi u yoki bu toifaga taalluqli kishilarga o‘z munosabatini bildirganda, asosan ularni kontrast ikki tipga mansub deb baholaydi. Negadir, ularning barchasi bir xil darajadagi johillar yoki odillar turkumiga dahldor ekanligi, yaʼni ijobiy yoki salbiy xarakterli deb mutafakkirni tan olishi ayrim shubhalarni vujudga keltiradi. Lekin insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida yomonlik bilan yaxshilik o‘rtasida uzluksiz kurash borishi shaxsning psixologik xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari tarkib topishida ham baholashning bu ikki mezoni faol ishtirok etadi. Xuddi shu bois, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurashda ham adolat yoki yaxshilik g‘alaba qiladi, o‘z-o‘zidan yomonlik (yovuzlik) mag‘lub bo‘ladi. Bu ijtimoiy voqelik xalq ijodiyotida markaziy o‘rin egallaydi. Bu borada biz Navoiyning shaxsiy qarashlariga tanqidiy munosabat bildirishdan yiroqmiz, biroq shaxslarning individual-psixologik xususiyatlari aynan bir-biriga identik emasligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz, xolos.
Diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar) to‘g‘risida Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida fikr bildirganida, asosan, ularning psixologik xususiyatlarini tavsiflanadi va oxir oqibatda ruhiy qiyofasi yaratiladi, muallifning o‘ziga xos qarashlari yaxlit munosabat majmuasini vujudga keltiradi. Biroq qaysi vaziyat va holatlar, voqelik va sharoitlar shaxsda illatlarini yuzaga keltiradi, degan savolga muallif obrazlar talqini orqali javob beradi.
Navoiy mansabdor shaxslarning psixologik olamini tahlil qilganda, turlicha tomonlari yuzasidan fikr yuritadi. Jumladan, “vijdonsiz, harom-xarishdan tortinmaydigan, bediyonat sadrlar–hech zarurati bo‘lmagan bidʼatdir”. Muallif ularga nisbatan munosabatini bildirishda davom etib: “Agar u nokas, ilmsiz bo‘lsa, butun qilmishi – buzuqlik, fisqu fujurdir. Uning bazmidagi soz va kuy ohanglari ilm va taqvoga tutilgan azaning motam faryodidir”, deb taʼkidlaydi.
Mutafakkir ularning illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritganida, xarakter-xususiyatiga baho berganida, quyidagi salbiy xulq-atvor, kuchsiz irodaga egalik, or-nomusda tubanliklarni tavsiflashga intiladi:
1) olimlar tarafidan gulob (gul sharbati) solib keltirilgan shishalar bo‘shagach, xizmatkorlari bu idishlarni may bilan to‘ldiradilar. Natijada mayxo‘rlik davom etib, tubanlikgacha boradi;
2) ular uchun keltirilgan novvatni ushatib, sadrlar o‘z ichkiliklariga gazak qiladilar.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, diyonatsiz mansabdorlar olimlarning aql-zakovati yuksak ekanligini tan olmas, ularga xizmatkorlardek qarashadi, lekin tanqidiy (o‘ziga nisbat), teran fikrlash bundaylarga begonadir. Shuning uchun ularning asosiy vazifalari, holatlarga masʼulligi hayot va faoliyatning boshqa jabhalariga, narsalarga ham jismoniy, ham ruhiy ko‘chirilgan. Ichkilikbozlik, meʼyorni bilmaslik, o‘zini iroda eta olmaslik sadrlarning illatlari bo‘lib hisoblanadi.
Ularning fikricha, bunga o‘xshash davralarda “yaramaslik unda g‘olib, talabalar esa yugurdaklik qiladilar. Ularning xizmatkorlari xonaqo uchun ajratilgan taomga, mahram bolalari esa shayx va mudarris maoshiga sherik”. U fikrni davom ettirib, shunday deydi: “bazmiga may keltirishga muhtasib rozi va unga may suzguvchi soqolli qozi”.
Alisher Navoiyning“Mahbub ul-qulub” asarida yuqoridagi diyonatsizliklarni umumlashtirib shunday xulosa chiqaradi: “mamlakatda shu kabi maʼn qilingan narsalar rivoj topaversa, islom va shariatga hurmat bo‘larmidi?” degan ijtimoiy muammoni muxokamaga qo‘yadi. Muallif o‘zi ilgari surgan g‘oyaga o‘zi javob berishga harakat qilishi bilan qanoat qilibgina qolmasdan, muayyan tavsiyalar ham ishlab chiqadi. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi: birinchidan, “sadr-olimlariga dastyor, shayxlariga xizmatkor, sayidlariga ko‘makchi va fuqaro xizmatiga hamma tayyor bo‘lmog‘i kerak. Ikkinchidan, ular zulm rishtasini uzguvchi, vaqf yerlarining buzilganini tuzuvchi va ziroat – dexqonchilikni avj oldirishga saʼy–harakat ko‘rgizuvchi bo‘lmog‘i kerak”.
Navoiyning mulohazalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, jazolash bilan guruhiy, ijtimoiy xususiyat, kasb etuvchi illatlarni bartarab qilish imkoniyatini quyi bo‘lganligi tufayli kishilarga hatto mansabdorlarga taʼsir o‘tkazishning boshqa shakllarini tatbiq etish yuzasidan jamiyatga va uning boshqaruvchisiga taklif beriladi. Bizningcha, Navoiy mansabdorga tanbeh berish, psixologik maslahat (konsultatsiya)ni amalga oshirish, hakimlar tomonidan psixokorreksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, ular bilan mashg‘ulot (trening) o‘tkazish ijobiy natijalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida fikr yuritgan bo‘lsa, ajab emas.
Maʼlumki, zindonband qilish, osish, boshini chopish orqali mamlakatda tartib-intizom o‘rnatish, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Navoiy ana shunga iqror bo‘lganligi sababli sadrlarga jamoatchilik fikri yordami bilan taʼsir o‘tkazish yuqori samara berishi haqidagi ilmiy faraz (taxmin)larini ilgari suradi. Shu bilan birga reoriyentatsiya (hayotga qaytadan yo‘naltirish)ni turmushga tadbiq etish imkoni mavjud ekanligiga ishonch his-tuyg‘usi vujudga keladi, demak uning uchun xalqparvarlik (millatparvarlik) ustuvor ahamiyat kasb etishidan darak beradi. Alisher Navoiy yuqoridagi fikrlarni ilgari surishi bilan turmushda keskin islohotlarni amalga oshirishi o‘ta murakkab muammo ekanligini to‘g‘ri (adekvat) tasavvur qilganligi uchun dastlabki qarashlardan mutlaqo voz kechmaydi. Shuning uchun sadrlarga dahldor masnaviyni fuqarolar hukmiga havola qiladi:
Sadr buzmas faqat mayxo‘r, palidni,
U buzg‘ay hojani, hatto sayidni.
O‘zi ayyoru makkordir sarosar,
So‘zi ko‘p yaltiroq, to‘n zebu zevar.
To‘rtlikda mansabdorlarni xaqiqiy psixologik qiyofasini, xarakterologik xususiyatlarini ochib tashlashga xamisha tayyor ekanligini anglatadi, shu bilan birga, xalqimizning dono hikmatlariga to‘liq (mansab kishini buzadi; sadoqatini sinash uchun unga amal berib ko‘r va h.k) rioya qiladi.
Navoiy salaflari pandnomalarida har bir jamiyatda uchrab turadigan tilanchi, gado, tayinli kasb-kor bilan shug'ullanmay, boshqalar hisobidan kun kechirishga odatlangan tekinxo'rlar, befoyda mashg'ulotlar bilan aziz umrini sovuradigan kimsalar haqida alohida to'xtalinmagan. “Mahbub ul-qulub”da esa, ulardan farqli ravishda XV asr Hirotda yashab umrguzaronlik qilgan jamiyatning barcha qatlamlari ko'zgu yanglig' aks etgan, mavjud holat haqida aniq xulosa va haqqoniy fikrlar bayon qilingan. Tarixiy manbalarga ko'ra, Sulton Husayn Boyqaro davrida bir guruh mushtumzo'r va betayin kimsalar “yatim”, “lavand”, “olufta” nomlari bilan shuhrat topib, odamlarning tinchini buzish, yo'lto'sarlik va zo'ravonlikdan topgan mablag'larini aysh-ishratga sarflab yurganlar. Bu toifadagi kishilarga nisbatan murosasiz bo'lgan Navoiy ularning pichoqbozlik bilan odamlarni qo'rqitib yurishlarini yirtqich hayvonlarga, birovning mehnati orqali kun kechirishlarini zararkunanda hasharotga qiyoslab, “Zararkunandalarni o'ldiring” ma'nosidagi hadis hukmiga ko'ra, tavba qilib, rost yo'lga kirmaganlardan dunyoni butkul xoli ko'rishni tilaydi: Xaloyiqqa iyzo alarg'a sifot, Nabiy dedikim: “Uqtulul- mu'ziyot”. Navoiyning xulosasiga ko'ra, har bir kasb-hunar, amal yo martaba, mansab yo vazifaning yaxshi-yomon bo'lishi o'sha kasbni egallagan odamning xulqatvoriga bog'liq. Buyuk mutafakkir odamlarga ularning kasb-koriga qarab emas, balki faoliyatlari odamiylik mezoniga nechog'li mos kelish-kelmasligiga qarab baho berish kerak, degan aqidani turli misol va dalillar yordamida isbotlab bergan. “Mahbub ul-qulub”ning ikkinchi qismi “Hamida af'ol va zamima xisol zikrida” deb nomlanib, o'n bobda Navoiy ijodining o'zak masalalardan hisoblanmish tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavozu' (xoksorlik) va odob, zikr, tavajjuh, rizo, ishq kabi tushunchalarning irfoniy-axloqiy talqini keltirilgan. Har bir bobda ruhiy tarbiyaning muhim bosqichlari hisoblanmish ushbu o'nta insoniy fazilatning asl mohiyati ochilib, mashhur shayxlar va afsonaviy personajlar nomi bilan bog'liq ibratli hikoyat va rivoyatlar bilan quvvatlantir“Mahbub ul-qulub”ning ushbu qismi inson tabiatidagi bosh illatlardan biri – takabburlik va manmanlik mohiyatini ochib beruvchi tanbeh bilan boshlanadi. Birinchi tanbehda berilgan xulosaga ko'ra, har bir insonda yuz berishi mumkin bo'ladigan holat – o'ziga faqat yaxshi narsalarni ravo ko'rib, boshqalarning g'am- tashvishi va mashaqqatlariga nisbatan beparvo bo'lish haqida so'z yuritilib, bu narsa insonning doimiy dushmani – nafsning xohish va istaklaridan paydo bo'lishi ko'rsatib o'tilgan. Nafsning istaklariga bo'ysunish o'ziga bino qo'yish, o'z so'ziga oshiq bo'lish hamda zohirparastlikka olib kelishiga mumkinligini keyingi tanbehda o'z she'rini Sa'diy Sheroziy va Amir Xusrav she'ridan ustun qo'yadigan iste'dodsiz shoirlar, o'zini Ja'far va Azhar kabi mashhur xattotlar qatorida sanaydigan badxat va xat-savodsiz kotiblar, Moniy va Abdulhay kabi ulug' musavvirlarning ijodini ham pisand etmaydigan uquvsiz rassomlar, o'zining donoligini ko'z-ko'z qilish maqsadida erta-yu kech madrasada munozara bilan mashg'ul nodon va mutaassib mutakallimlar misolida ko'rsatiladi. Beshinchi raqam ostida kelgan tanbehda takabburlik va o'ziga bino qo'yishlik illatiga mubtalo bo'lganlarni Navoiy uch toifaga ajratadi. Birinchi guruhga yuqorida zikr etilganlar, ya'ni boshqalar uni inkor etsa ham, o'jarlik bxatosini tuzatishga kirishmagan toifa kiradi. Ikkinchi toifaga esa, o'zining xato fikrlari va noma'qul ishlarini boshqalarga ma'qullatishga kirishganlar hamda o'zidan boshqa hech kimni nazar-pisand qilmay, to'g'ri yo'lga kirishni maslahat berganlarni ham ranjitadiganlar mansub. Navoiy bunday kishilarni hayoti davomida ko'p uchratganini, ularga qancha yaxshilik qilsa, evaziga faqat jafo va muruvvatsizlik ko'rganini nadomat bilan qayd qilib, ko'pchilikda uchraydigan bu illatning o'zagini o'ziga bino qo'yishlik, shayton yo'liga boshlovchi nafs amriga mute bo'lishda deb hisoblaydi. Uchinchi toifa takabburlikda haddan oshganlardan iborat bo'lib, Navoiy ularni yana uch guruhga ajratadi: 1) boshida podshoh bo'lish xayoli tushib, bu yo'lda nomunosib ishlar qilish va xudo tomonidan yuborilgan sultonga nisbatan isyon ko'targanlar; 2) fosid xayollarga berilib, o'zini payg'ambar deb da'vo qilgan gumrohlar va ilohiy g'azabga duchor bo'lganlar: “Va har xoini kozibki, bu da'vo qila kirishti, anbiyo arvohidin anga jazo va rasvoliqlar yetishti”. 3) Alloh bergan ne'matlarga kufr keltirib, Fir'avn va Namrud kabi xudolik da'vosini qilganlar. Sakkizinchi tanbehda oldingi fikrlarning xulosasi sifatida Navoiy quyi-dagi hikmatni keltiradi: “Takabbur Shayton ishi va biyiklik nodon ishi... Butparastliq yaxshiroqkim, xudparastliq”. Insonning yaxshi-yomon qilmishlari haqida mulohaza yuritarkan, fosiqlik va zohidlik, yaxshilik va yomonlik, gunoh va savob – barchasi Ilohiy iroda va ixtiyor tufayli sodir bo'lishi, to'g'ri yo'lga kirganlar – shukronalikni bajo keltirishlari, xato qilgan holatlarda esa, tavba qilishlari lozimligi ta'kidlanadi: “Zuhdu fisq elga taqdiri Yazdondindur, ammo ikkalasini birdek ko'rmak nodondindur. Taqvoga shukr kerak va isyong'a uzr”. Ayrim tanbehlar (11-18, 58, 1 Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari shoir hayotining so‘ngida yozilgan eng so‘nggi yirik nasriy asar hisoblanadi. Asar 1500-yilda yozilgan bo‘lib, 3qism, 127 ta tanbeh, 13 ta hikoyatdan iborat. Birinchi qismda insonlar xulq-atvorida uchraydigan yaxshi-yomon xislatlar va illatlar haqida fikr yuritiladi. . 4 qismda tasavvufiy allomalar va ular hayoti bilan bog‘liq hikoyatlar uchraydi. Uchinchi qismda pand-nasihat ruhidagi 127 ta tanbeh kiritilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishida “Mahbub ul-qulub”dagi adabiy-estitik, inson va uning kamoloti haqida ko‘plab qarashlar asosiy mavzu qilib olingan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Navoiyning ko‘pgina asarlarida adabiy-estitik, inson va uning kamoloti haqida ko‘plab qarashlar kiritilgan. Ularni alohida olib o‘rganish, bugungi kun talablari asosida fikr yuritish muhim vazifalardan hisoblanadi. “Mahbub ul-qulub” dagi adabiy-estetik, inson va uning kamoloti haqidagi qarashlarni ana shu tarzda o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi 108)ga sarlavha qo'yilgan, asosiy qismi sarlavhasiz keltirilgan. «Mahbub ul - qulub» - Navoiy umrining oxirida yozilgan nasriy asardir. U muallifning g‘oyat mazmunli va sermashaqqat hayoti davomida to‘plagan boy tajribasi va xulosalarining yig‘indisidir. Navoiy bu asarni yaratishda ko‘zlagan maqsadi haqida asar muqaddimasida shunday yozadi: «... bolalikdan to qarilikka qadar ko‘hna davron voqealaridan, aylanuvchi osmon hodisalaridan, fitna qo‘zg‘ovchi dunyo buqalamunligidan zamonaning rang singari gunogunligidan ko‘p vaqt va uzoq muddat har xil hayol va taraddudlar bilan daydib yurdim, har tovur va ravishda bo‘ldim va turli yo‘llarga kirdim, yaxshi-yomonning xizmatini qildim, katta-kichikning suhbatida bo‘ldim, goh xorlik va qiyinchilik vayronasida nola qildim, goho izzat va ma’murlik bo‘stonida majlis qurdim... Goh amirlik ornida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini surdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qaragan elga muruvvat ko‘rsatdim... Maqsadim shuki, har yo‘lda yurdim, olamda bo‘lmish har nav’ odam bilan ko‘rishdim, katta - kichikning fe’l-u atvorini o‘rgandim, yaxshiyomonning xislatlarini tajribadan o‘tkazdim, yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zahrini totib ko‘rdim...» («Mahbub ul qulub», 3-bet) 7 Navoiy hayotda ko‘rgan, kechirgan, yaxshi va yomon kunlari, mehr-u jafolarni ushbu misralarda aniq bayon eta olgan: Gahe topdim falakdin notavonlig‘, Gahe ko‘rdum zamondin komronlig‘, Base issig‘-sovug‘ ko‘rdum zamonda, Base achchig‘-chuchuk tottim jahonda. («M.q.,», 11-bet) Shoir hayotining xulosasi, donishmand insonning hayot, kishilar, ularning fe`l-atvorlari haqidagi Buyuk va mutaffakir shoir, davlat arbobi, siyosatshunos, adabiyotshunos va tilshunos olim Alisher Navoiyning ijodiy merosini o’rganish va tadqiq etish biz yoshlarning bugungi kundagi muhim vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Bu mutaffakir zotning milliy adabiyotimizga va ma`naviyatimizga qo’shgan hissasi katta. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday deydi: “Alisher Navoiy xalqimizning adabiyoti, madaniyati va siyosiy tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum etgan o’lmas so’z san`atkoridir” [3.34] deb tariflaydilar.
Navoiyning nafaqat boy ijodi, balki sermazmun hayoti ham biz yoshlar uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, fidoiyligi barchamizga o’rnak bo’lishi lozim.
Uning so’nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma yo’nalishida yozilgan “Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) dir. Bu asar 1500-yilda yozilgan. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx Sa`diyning “Guliston”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruzi Samarqandiyning “Chor maqola” kabi asarlari qatorida turadi. «Mahbub ul-qulub» asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko‘rgan-kechirganlarini teran tahlil qilib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma’naviy merosidir. Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo‘lgan hayotiy muammolarga eng to‘g‘ri yechimlarni ta’sirli usulda berishi bilan yuksak daraja kasb etadi. Musajja' san'atining nodir namunasi sanalgan bu noyob asarning yaralishi sabablarini muallif quyidagicha izohlaydi: “Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko’y va ko’chada yugurubmen va olam ahlidin har nav` elga o’zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning af’olin bilibmen va yamon- u yaxshi xislatlarin tajriba qilibmen. Xayr va sharrdin (yomonlik, gunohlardan) no’sh va nish ko’ksumga yetibdur va laim (past, xasis, nokas) va karim zaxm va marhamin ko’nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi as'hob (suhbatdosh) va davron xaylidin ba'zi ahbobki (ayrim do„stlar) bu hollardin xabarsiz va ko’ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur. Bu nav` ashob va ahbobg’a intiboh qilmoq va alarni nav` bu holatdin ogoh qilmoq vojib ko’rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidinshuurlari bo’lg’ayki, munosib el xizmatig’a shitob qilg’aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilg’aylar va bari el bila maxfiy rozlaridin so’z demag’aylar. Va shayotin makr-u firibidin boziy emagaylar. Har nav` el suhbat va xususiyatiki, alarg’a havas bo’lg’ay, bu faqirning tajribasi alarg’a bas bo’lg’ay” [1.453-454]
Alisher Navoiyning fikriga ko’ra, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.
Oltin, kumush etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni davlat tunidin,
Gar yo’qdir adab ne sud oltin uni din,
Elning adabi xushroq erur oltundin. [7.435]
Birinchi qism ­ “Xaloyiq ahvoli va af’oli va aqvolining kayfiyati” ­­– xaloyiqning ahvoli va fe’l-atvori hamda so‘zlarining kayfiyatiga bag‘ishlangan 40 fasldan iborat bo‘lib, unda jamiyatning turli qatlam vakillari (odil podshohdan tortib oddiy navkargacha, shayxulislom va mudarrislar, shoirlaru mug‘anniylar, tijorat vakiliyu dehqonlar)ning fe’l-atvori, o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari to‘g‘risida aniq fikr yuritadi, bu borada o‘zining ibratli mulohazalarini ilgari suradi.
Ikkinchi qismda – “Hamida af’ol va zamima xisol xosiyatida” – ya’ni, yaxshi qiliqlar va yomon xislatlar xususiyati tahlil qilingan. Axloqiy masalalar yetakchi o‘rin tutuvchi 10 bobdan iborat bu qismda “tavba”, “qanoat”, “sabr”, “tavoze”, “odob”, “zikr”, “rizo”, “ishq” kabi zarur insoniy xislatlar talqin qilinadi. Ijodkor har bir insoniy fazilatni bayon etar ekan, shunga mos ravishda hikoyatlar, nasihatomuz baytlarni tanlab, ta’sirchanlikni oshirishga erishadi.
Uchinchi qism “Mutafarriqa favoyid va amsol surati” ­– turli foydali maslahatlar, maqollar va pand-nasihatlarni qamrab olgan bo‘lib, tanbeh shaklida yozilgan. 120 dan ortiq tanbehda muallif ochko‘zlik, baxillik, badxulqlik, takabburlik, xudbinlik singari inson xarakterida kuzatiladigan bir qancha salbiy fe’l-atvordagi xislatlarni keskin tanqid qiladi; odamiylik fazilatlari, komillikka yetaklovchi chin insoniy sifatlar xususida ibratli fikirlar bildiradi. O‘z fikrlarini turli mazmundagi hikoyat, hikmatli baytlar bilan asoslashga harakat qiladi.
Asarning har bir qismida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning yuksak ma’naviy qiyofasi, buyuk ma’rifati porloq quyoshdek balqib turadi va o‘quvchi qalbiga o‘zining so‘nmas ziyosini ulashadi. Asarning birinchi bobida avvalambor olloxga xamd bilan boshlanadi so’ngra turli xil podsholar qozilar beklar va shunga uxshash mansabdor amirlar xaqida fikir yuritadi va bunga quyidagi misralarni keltirish mumkin:
Bahrdin qatrag’a ta`zim ila tahsin ko’rdim,
Mehrdin zarrag’a e`zoz ila ehson topdim.
Ya`ni, dengizning tomchiga ta`zim ila tahsin qilganini ko’rdim, quyoshning
zarraga e`zoz va ehson ko`rsatganiga guvoh bo’ldim deb yozadi shoir asarlaridan birida. [5.8-9]
Bayt:

Mundin o’ldi muqarrabi Boriy,
Shayx al-islom piri Ansoriy
Qozilar musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchilar deb ta`riflanadi. Bu toifa ahlini Navoiy cholg’u asbobiga o’xshatadi, chunki ular nima desalar shu bo’lgani uchun ya`ni cholg’udan qanday kuy chiqishini faqatgini cholg’u xal qiladi. Bu o’rinda cholg’u soz bulsa undan nafis kuy tarladi agar soz bulmasa qancha berilib chalgan bilan undan bemani tovushdan boshqa sado chiqmaydi.
Asarning ikkinchi bobida ya`ni ayniqsa yoshlarga oid bo’lgan yaxshi va yomon xislatlar xaqida so’z yuritildi va bularga quyidagilarni misol qilish mumkun:
Isrof qilish - saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni - devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Yaxshiliklarni topmoq - yedirmoqdir; Ayblarni yashirmoq - kiydirmoqdir..
Saxovatni quyidagicha tariflaydilar: Hosildor daraxt, Foydali meva, Mavj urib rthturgan dengiz, Bebaho gavharga qiyoslaydi,saxovatsizlikni esa Yog‘insiz bahor buluti, Hidi yo‘q mushk-anbar, O‘tin, Tutun, Mevasiz daraxt , Dursiz sadafga qiyoslaydilar. Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang - yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan. Hilm - axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Yumshoq ko‘ngillilik - hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.
Alisher Navoiy insonlardagi yomon illatlarning o’rnini qanday qilib yaxshi xislatlarga aylantirishni aniq ko’rsatib berganlar va bu yozganlariga xam o’zlari doimo amal qilganlar.
Alisher Navoiy ilm haqida quyidagicha ta’riflaydi.
El aybini ayturg’a birovkim, uzatur til,
O’z aybini fosh aylagali til uzotur, bil. [2.117]
Ya’ni ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni xaydab urug’ sepmaganga yoki urug’ sepib, urug’idan hosil olmaganga o’xshaydi.
Asarning uchinchi bobida insonlarda uchraydigan bir qancha qusrlarni qattiq tanqid ostigaa oladi: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i - eshakning bemahal hangramog‘i. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma -kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. O‘zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.Har kimningki so‘zi - yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolgon; yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni - kumushga oltin qoplab sotuvchi zargar. Yolg‘on gapiruvchi g‘aflatdadir; so‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.Komil inson tarbiyasida bunday yomon illatlarning bo’lishi mutlaqo nojoizdir deb hisoblanadi.

Buxoro davlat universiteti


Filologiya fakulteti
6-5 guruh talabasi Hojiyev Hasan
‘’Hozirgi o’zbek adabiy tili,, fanidan

Kurs ishi



Mavzu: Alisher Navoiy asarlarida perifrazalar
Download 264,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish