O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari. Reja


Orol ekologik muammosini hal etish yo‘llari



Download 26,45 Kb.
bet3/3
Sana07.01.2022
Hajmi26,45 Kb.
#325582
1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston agroekotizimlari muammolar, bartaraf etish yo’llari.

Orol ekologik muammosini hal etish yo‘llari

Orol dengizi havzasi tabiiy muhitining hozirgi holati va uning rivojlanish jarayonini tahlili etish ekologik vaziyatni yanada keskinlashishini ko‘rsatmoqda. Chunki, Orol muammosi o‘ziga xos ko‘p qirrali va ko‘p funksiyali muammo, u yirik hududiy miqyosda mavjud bo‘lganligi tufayli uning yechimi Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi yer-suv masalalarini to‘lig‘icha hal qilish bilan bog‘liq. Orol muammosining tabiiy, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda ulkan: avvalgi qulay sharoitni qayta tiklash umuman mumkin emas.

Orol muammosi ikki qismdan iborat: 1) dengiz sathini ma’lum darajada saqlab qolish va 2) Orolbo‘yida ekologik holatni opitmallashtirish. Orol sathini ma’lum balandlikda saqlab qolish uchun hozirgi suv tanqis bo‘lib turgan sharoitda eng minimal miqdorda asoslanish maqsadga muvofiq. Hisob-kitoblarga qaraganda, dengizga muntazam ravishda yiliga kamida 20 kub km dan suv quyilib tursa, uning sathini 33 m mutloq balandlikda saqlab qolish mumkin bo‘ladi. agarda daryolar orqali keladigan su vshu miqdordan 10 kub km gacha kamaysa, uning yuzasi 27,3 m mutloq balandlikgacha tushadi. Bu holda katta dengiz ikki qismga bo‘linib ketadi, uning sharqiy qismi unchalik chuqur bo‘lmagan sho‘rxokli do‘nglikka aylanadi, g‘arbiy qismi esa ancha chuqur bo‘lgani uchun (tubi minus 16 m da joylashgan) chuqurroq ko‘lga aylanadi. Binobarin, Orolni dengiz sifatida saqlab qolish uchun unga kamida 20 kub km suv quyilib turishi kerak.

Orolbo‘yi, xususan Amudaryo va Sirdaryo deltalarida ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun eng avvalo aholini toza ichilik suvi bilan to‘lata’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish va ular orqali yaylovlar hamda pichanzorlar, to‘qayzorlarga suv chiqarishni amalga oshirish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni fitomelioratsiya yo‘li bilan mustahkamlash, sug‘oriladigan zonada suvni ko‘p iste’mol qiluvchi ekinzorlar maydonini kamaytirish va boshqa donli, poliz va mevali ekinlar maydonini kengaytirish, yem-xashak ekinlari ekiladigan dalalarni ko‘paytirish, yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va boshqa tadbirlar amalga oshirilishi kerak.

Orolbo‘yida, xususan Qoraqolpog‘iston, Xorazm, Doshxovuz vohalarida Tuyamo‘yin suv omboridan (Karapas bo‘limi) yozda jamharilgan, sho‘rligi nisbatan kamroq bo‘lgan suvni quvurlar orqali barcha tuman markazlari, yirik qishloqlarga hozirda yetkazib berilmoqda. Ba’zi aholi punktlarida chet eldan keltirilgan suvni chuchuklashtirib beruvchi qurilmalar ishlab turibdi. Bu borada tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallarga sog‘lomlashtirish markazlarida yordam berilmoqda.

Orolbo‘yida cho‘llashishga qarshi kurashish uchun muxandislik loyihalarini amalga oshirilishi lozim.

O‘nlab yillardan beri ko‘ndalang turgan asosiy muammoni hal etish uchun kundan-kun loyihalar taklif qilindi. Ammo hozircha ularning birortasi ham hayotga joriy etilmadi. Bu loyihalarning hammasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:

orol dengizi havzasida ekologik vaziyatni ichki suv resurslarini burib yuborish hisobiga yaxshilashni taklif etayotgan (intraregional) loyihalar;

zarur miqdordagi suvni chetdan, ya’ni havza tashqarisidan keltirishni taklif etayotgan (ekstraregional) loyihalar;

Orol dengizi stahini mahalliy resurslar hisobiga barqarorlashtirishni ko‘zda tutuvchi loyihalar quyidagi manbalar suvini dengizga oqizishni taklif etadilar: kollektor-drenaj tizimlari suvlarini Sariqamish, Dengiko‘l, Sultontog‘, Mahaqo‘l, Arnasoy, Aydar va Sudoche tashlama ko‘llari suvlarini dengizga burib yuborish;



Gidromelioratsiya tizimining samaradorligini oshirish, sug‘orish texnologiyasini yaxshilash, suv resurslarini hududiy qayta taqsimlash va boshqa tadbirlar hisobiga istiqbolda tejab qolinadigan suvlar.

Mazkur loyihalar hamda takliflarning barchasi Orol dengizi hamda Orolbo‘yi ekologik holatini barqarorlashtirishga, mintaqada aholi salomatligining yaxshilashga uning turmush darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ishlanmalar asosida bildirilgan. Shu boisdan ham ularni tezda amaliyotga tadbiq etish beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Download 26,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish