O’zbekiston Milliy Universiteti " Iqtisodiyot " fakulteti III kurs



Download 11,38 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi11,38 Kb.
#713330
Bog'liq
Yashil 3

O’zbekiston Milliy Universiteti


“ Iqtisodiyot “ fakulteti III kurs
talabasi, Abdullayev Abdurahmon
“ Yashil Iqtisodiyot ” fanidan
"Ilmiy ma'ruza"

YASHIL IQTISODIYOT va Singapur

Iqlimiy o’zgarishlarning ko’lami global bo’lishi mumkin, ammo, uning janubi- sharqiy Osiyodagi ta’siri yanada sezilarliroq bo’ladi, deya xabar beradi Osiyo Taraqqiyot Banki. Taxminlarga ko’ra, bunday o’zgarishlar mamlakat YAIMining 11% ini yutib yuborishi mumkin. Lekin mana shunday xatarlar bilan birga, bunday o’zgarishlar Yashil iqtisodiyot tufayli mamlakat iqtisodiyotining yanada ravnaq topishiga ham sabab bo’lishi mumkin.
Ayni paytda iqtisodiyotni dekorbonatlashtirishga talab juda yuqori. Singapur esa mana shunday bo’shliqni alternativ yo’llar bilan to’ldirishda markaziy o’rin egallamoqda. Singapur Banki buni juda erta boshladi va ular harakatni, allaqachon, boshlab yuborishgan. Kuchli regulativ qo’llab quvvatlov va hukumat boshchiligidagi imtiyozlar, allaqachon, Singapurdagi yashil o’sishga sezilarli ta’sir ko’rsata boshlagan. Birgina misol, o’tgan noyabrning o’zida ushbu sohaga 2 mlrd AQSH dollari yo’naltirilgan. Ushbu loyiha yashil iqtisodiyotga yo’naltirilgan umumbozor strategiyalariga investitsiya kiritishni mo’ljallagan.
MIS yashil kreditlar va yashil bondlarni sertifikatlash uchun qarz oluvchilarga xarajatlarni qoplab beruvchi grantlar e’lon qiladi. Bunda, yana ba’zi sanoat faoliyatiga bog’liq jihatlar ham borki, ular ham yuqori muhimlikka ega.
Dastlab ish boshlaganlar, allaqachon, sezilarli natijalarga erishib bo’ldilar. Singapurdagi banklarning har uchchalasi bu borada Bloombergning yashil qarzlar bo’yicha reytingida top o’rinlarni egalladi.

Singapur banklari, faqatgina, karbon emissiyasini qisqartirishga oid yangi loyihalarnigina emas, balki, joriy loyihalarni qayta moliyalashtirish uchun ham maydonga chiqmoqda.


Albatta, hozir iqlim o’zgarishlari va ularning ta’siri bilan bog’liq muammolar ko’ndalang turibdi, lekin yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi istiqbollar ham nihoyatda muhim.
Hozircha, tahlilchilarning so’zlariga ko’ra, muqobillikka yo’naltirilgan qarzlar miqdori banklar ajratayotgan umumiy summaga nisbatan unchalik ko’p emas. Banklarning bir yilda ajratayotgan yashil qarzlarini 10 mlrd dollar deydigan bo’lsak, bu umuman yirik pul miqdori sanalsada, umumiy 300 mlrdlik portfolioga nisbatan qaralganda masala ancha oydinlashadi. Ya’ni, ushbu portfolioni to’la yashillashtirishga muayyan vaqt kerak bo’ladi va ungacha siz qilinayotga ishlar arzimas va foydasiz deb qarovchilarga nisbatan sabrli bo’lishingizga to’g’ri keladi.
OCBC o’zining muqobil iqtisodiyotga ajratayotgan qarzlarini 2025- yil so’ngiga qadar 25 mlrd Singapur dollariga yetkazmoqchi bo’lsa, DBC o’z oldiga 2024- yilgacha 20 milliard dollar mablag’ ajratishlikni maqsad qilib qo’ydi.
Banklar, faqatgina, yangi yashil loyihalarni moliyalashtirib yoki eskilarini qayta moliyalashtirish bilan cheklanib qolmay, sohaga yangi innovatsiyalarni ham joriy etib uni diversifikatsiya qilishga ham e’tibor bermoqda. Bu ham o’z navbatida “ Yashil ” deb ataladi. Lekin bu bozordagi qiziqishning biroz so’nishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun, endilikda, banklar notijoriy sohalarga ham investitsiya kiritishni boshlaydi. Bularga suvni, chiqindini va energiyani qayta ishlashni misol qilishimiz mumkin.
Ko'pgina banklar ishga sektorlar kesimida yondashgan va har bir bank muayyan bir sektorni moliyalashda turlicha munosabatga ega bo'lishi mumkin. Borgan sari doimiy monitoring qilinishi kerak bo’lganligi sababli loyihalar kansortsium asosida yo’lga qo’yilmoqda.
Hukumatlar kovid-19 davrida o’z iqtisodiyotini qayta qurgan bir paytda Singapurda yashil iqtisodiyotning ulushi yana ham kattalashdi va Singapur Bankining bunda hissasi ancha yuqori bo’ldi. Banklar qaysi yo’nalishga qancha mablag’ yo’naltirishni aniqlab olishi uchun avvalo shu sohadagi ishlarni atrof muhitga va jamiyatga ta’sir darajasini o’lchab olishlari lozim bo’ladi.
To’q yashil iqtisodiyot odatda yashil binolar, energiya tiklanuvchan binolar va boshqalarni o’z ichiga oladiki, biz uning ko’lamini aniq o’lchab
olishimiz zarur. Ana shunda biz faqat to’q yashil iqtisodiyotga emas, balki, iqtisodiyotning unchalik ham yashil bo’lmagan sohalarini ham keraklicha yashillashtirishga investitsiya qilishimiz mumkin bo’ladi. Bularga sement, po’lat sanoatlarini va yana ko’plab tog’-kon va metallni qayta quyish sanoatlarini kiritishimiz mumkin. Chunki ularda katta miqdorda qazilma energiya manbalari sarf qilinadi va bunda birdaniga yirik o’zgarishga erishish, aytish lozimki, biroz mushkul.
Yashil yo’lni tanlashning banklar uchun samarasi uzoq muddatda ko’rinishi mumkin. Muddatning uzoqligi shuni anglatadiki, kattaroq oraliqda bunday moliyaviy investitsiya intstrumentlari banklarga foyda keltirishdan tashqari ularning mijozlar ongidagi obrazlarini ham yorqinlashtiradi hamda brendlarini yanada yaxshilaydi.

Iqtisodiyot fakulteti talabasi


Abdullayev Abdurahmon



  • Manbaa: https://cna.asia/insideryoutubesubFollow

  • Yashil iqtisodiyot. Vaxabov A. V. Xajibakiyev Sh. X. Toshmatov Sh. A. Butaboyev M. T.

Download 11,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish