Modellashtirish bosqichlari
Umumiy holda matematik modellashtirish jarayoni kuyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
Muammoni qo’yilishi va uni tahlil qilish
Maqsadning qo’yilishi modellashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Bunda o‘rganilaetgan ob’ektni matematik modellashtirish zarurligi, dolzarbligi, iktisodiy jihatdin o‘zini oklashi, modellashtirish imkoniyatlari kabilar hisobga olinadi. Aniq qo‘yilgan maksad asosiy elementlar va ular orasidagi bog‘lanish tarkibi va mikdoriy xarakteristikasini aniqlaydi. Bu bosqichida ma’lumotlar to‘planadi va taxlil kilinadi. Taxhlil uchun tanlangan ma’lumotlarning tugriligi va modellashtirishning so‘nggi natijalariga bog‘lik. To‘plangan ma’lumotlar absolyut mikdorlarda va yagona ulchov birliklariga ifodalanishi kerak. Bu bosqichda modellashtiriladigan ob’ekt va uni abstraksiyalashning muxim tomonlari va xossalari belgilanadi. Ob’ektning strukturasi va elementlari orasidagi asosiy boglanishlar, uning uzgarishi va rivojlanishi buyicha gipotezalarni shakllantirish masalalari o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |