O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari



Download 253,89 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi253,89 Kb.
#815016
Bog'liq
Xolmamatov 401


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Fan: Kompyuterni tashkil etilishi


Amaliy ish

Mavzu: SSD dsiklar

Bajardi: Xolmamatov
Guruh: 214-20

Mavzu: SSD disklar


SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSDRAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
Biz maqolada, qattiq diskning ko'p tarqalgan turi SSD fleshni ko'rib chiqamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o'lchami kattaroq bo'ladi.
SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.

Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.


O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.

Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini mavjud emas. Bir eslang, HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan «mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDDasosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar bilan kelishib ketaolmaydi(kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant Windows 7bo'lib turibdi, Windows 8'ni bilmiman. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi(man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Hulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).

SSD (inglizcha solid state drive — „qattiq yurituvchi“) maʼlumot saqlash uskunasi boʻlib, maʼlumotni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Flesh xotiradan farqli raishda, MHX qattiq disklarni oʻrnini bosish maqsadida shaklan va ishlash jihatidan unga oʻxshatilgan boʻladi. Shuningedek MHXda flesh xotira oʻrniga DTMX yoki O'TMX dan foydalaniladi, va koʻpincha Tasodifiy Murojaat Xotira qurilmasi deb ham ataladi.

2.5 dyuymli SSD qurilmasi.

mSATA SSD
Mustahkam holat atamasining asl maʼnosi elektron quvurlar oʻrniga yarim oʻtkazgichlardan foydalanganligini bildirsada, ushbu oʻrinda buning maʼnosi qurulmaning harakatlanuvchi mexanik qismlari yoʻqligini ham anglatadi. Buning hisobiga xotiraga boʻlgan murojaast (oʻqish va yozish) tezligi yuqori boʻladi va sarflanadigan vaqt ham juda kam boʻladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1978 yil StorageTek kompaniyasi birinchi mustahkam holdagi xotira qurilmasini ishlab chiqdi. 1980 yilga kelib Santa Clara Systems „BatRam“ dunyoga tanishtirdi, u 1 megabit massivdagi DIP TMX sxemalariga asoslanib, qattiq diskni emulyatsiya qilish uchun maxsus moslamga ega edi. Sharp yapon kompaniyasining 1983 yilda chiqargan „Sharp PC-5000“ noutbuklarida 128 kilobayt mustahkam holatdagi xotiradan foydalanilgan edi. TMX qurilmalar 1980 yilda tizimni boshlash uskunasi (booting media) sifatida juda mashxur boʻlgandi. Bunga asosiy sabab qattiq disklarning qimmatligi va epchil disklarning murojaat tezligini pastligi boʻlgan.
Download 253,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish