O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Ekologiya kadastr, nazorat va ekspertiza



Download 366,42 Kb.
bet5/5
Sana17.07.2022
Hajmi366,42 Kb.
#817593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot final

3.3 Ekologiya kadastr, nazorat va ekspertiza

1. Ekologik boshqaruvda ekologik kadastr, nazorat va ekspertizaning ahamiyati Nufuzli xalqaro tashkilotlar YuNEP va YuNESKOlarning tavsiyanomalariga ko ‘ra, rivojlanib borayotgan va bozor iqtisodiyotiga o ‘tish bosqichida turgan davlatlarda (jumladan, O ‘zbekistonda ham) ekologik xavfsizlikni ta ‘minlash uchun uch dolzarb muammoning yechimini topish tavsiya etiladi:


1) davlatning ekologik boshqaruv (jumladan, ekologik kadastr, monitoring va nazorat) tizimini yo ‘lga qo ‘yish;
2) xalq xo ‘jaligiga ekologiyalashtirilgan texnologiyalarni keng jalb etish;
3) fuqarolarning ekologik ongi va madaniyatini ko ‘tarish. Keyingi ikki muammoning yechimi davlatning izchil ekologik boshqaruv va nazoratini yo ‘lga qo ‘yish bilan uzviy bog ‘langandir. Ekologik boshqaruvni amalga oshirish uchun, albatta unga bir necha talablar qo ‘yilgan Yuqorida keltirilgan ekologik boshqaruv tizimining qismlari, albatta, mana shunday ketma-ketlikda va iyerarxik pog ‘onada turadi. Ularning birisiz ikkinchisini amalga oshrish yoki boshqaruv mexanizmini yuritishning imkoniyati yo ‘q. O ‘zingiz bir tassavur qilib ko ‘ring: ekotizimlarni aniqlamay turib (masalan, baland tog ‘ yoki cho ‘l ekotizimi), ularning o ‘ziga xos sifat va son ko ‘rsatkilarining holatini ayta olmaymiz. Ekotizimlardagi unsur yoki komponentlar holati qanday darajada ekanligi, ularning sifati, tarkibi va soni ekologik kadastr uchun indikator bo ‘lib xizmat qiladi va h.k. Hech qachon monitoring baholash yoki kadastrdan avval o ‘tkazilishining iloji yo ‘q. Biz ushbu darslikda ekologik boshqaruvning eng asosiy elementlari – ekologik kadastr, nazorat va ekspertizaga alohida to ‘xtalib o ‘tamiz. Chunki ularning amaldagi holati qaysi bir mamlakatda yaxshi yo ‘lga qo ‘yilsa, Ekologik boshqaruv talablari. ana shu yurtda ekologik-huquqiy boshqaruv mexanizmi harakatda bo ‘ladi va real ekologik boshqaruv imkoniyatini yuzaga keladi. Ekologik boshqaruv aynan ekologik kadastr, aniqrog ‘i, tabiiy obyektlarning kadastrini yuritishdan boshlanadi.Kadastr–fransuz tilida «Cadastre» – reyestr, ro ‘yxat, degan ma ‘noni anglatadi. Odatda, ushbu ro ‘yxatlash umumiy obyektlar bo ‘yicha emas, balki aniq bir moddiy, jumladan, tabiiy obyektlarga nisbatan qo ‘llaniladi.
2000-yil 15-dekabrdagi «Davlat kadastrlari to ‘g ‘risidagi qonun»ning 3-moddasiga binoan ekologik kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu yagona tizim O ‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini ta ‘minlashga mo ‘ljallangan ko ‘p maqsadli tizimi tarzida yaratiladi.
Ekologik kadastr– uning obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to ‘g ‘risidagi yangilanib turiladigan (o ‘zgaruvchan) ma ‘lumotlar va hujjatlar tizimi. «Davlat kadastrlari to ‘g ‘risidagi qonun»ning 5-moddasi ekologik kadastr obyektlariga berilgan Ekologik kadastrni olib borish obyektlari. Ekologik kadastrni yuritishdarespublika hududini to ‘liq qamrab olish, fazoviy koordinatlarining yagona tizimini qo ‘llash, uslubiyatning umumiyligi, axborotning aniqligi va ommaviyligi kabi huquqiy prinsiplarga asoslaniladi. Mazkur kadstrlarni Vazirlar Mahkamasi, Yerresurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr i davlat qo ‘mitasi hamda tegishli vazirliklar, davlat qo ‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni nomlashda «davlat» so ‘zi qo ‘shib ishlatiladi. Davlat ekologik kadastr obyektlarini baholash tabiiy unsur hamda komplekslarning sifat va qiymat jihatlarini o ‘z ichiga oladi. Masalan, «Davlat yer kadastri to ‘g ‘risidagi qonun»ning 17-moddasiga binoan, yer sifati – qishloq xo ‘jaligi bo ‘yicha uni rayonlashtirishni, tuproq va yerlarni tasniflashni, ularni agronomik, ekologik, texnologik va shaharsozlik belgilari bo ‘yicha tavsiflashni, tuproqni guruhlarga ajratishni o ‘z ichiga oladi. Yerlarning qiymat bahosi 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan «O ‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo ‘ljallangan yerlarning sifat, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning Muvaqqat uslubi»ga binoan yerlarning me ‘yoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda xususiy turar-joylar qurish uchun yer ajratib berish, dehqon xo ‘jaligiga qo ‘shimcha yer berish va yer solig ‘i stavkalarini aniqlash kabi hollarda yer uchast kasining dast labki (boshlang ‘ich) bahosi belgilanadi.
Boshqa tabiiy obyektlarni kadastrlash bo ‘yicha ham Nizomlar ishlab chiqilgan va amalda tatbiq qilinmoqda. Ekologik kadastr obyektlari bo ‘yicha hujjatlar –ularga nisbatan mulk huquqi va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, yig ‘ma jildi, xaritasi (plani), kitobi, holati haqidagi hisobotlarni o ‘z ichiga oladi. Ekologik kadastr obyektlari bo ‘yicha axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
2.Ekologik nazorat Tabiiy va tabiiy-antropogen obyektlar kadastri ekologik nazoratni olib borishning iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy, huquqiy asosi bo ‘la oladi. Ekologik nazorat– ekologik munosabat subyektlarining faoliyatlarini vakolatlangan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari tomonidan tekshirib borish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish tizimi. Tabiatni muhofaza qilish to ‘g ‘risidagi qonunning 29-moddasiga bi noan ekologik nazorat quyidagi vazifalarni bajarish uchun olib boriladi: ekologik monitoringni o ‘tkazish;
ekologik qonun hujjatlarida ko ‘rsatilgan me ‘yor va qoidalarning bajarilishini tekshirib borish hamda tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish;
davlatning ekologik xavfsizligini ta ‘minlashga qaratilgan dastur, reja va loyihalarini ro ‘yobga chiqarish. Ekologik nazorat ekologik boshqaruv mexanizmining ajralmas bir qismi bo ‘lib, u ekotizimlarni muhofaza qilish, buzilganlarini esa qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni yo ‘lga qo ‘yishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Ekologik nazorat tizimiga quyidagilar kiradi:
ekologik munosabatlarning davriy o ‘zgarishini ekologik kadastr ma ‘lumotlariga asoslangan holda kuzatib borish;
olingan ma ‘lumotlarni umumlashtirish va tegishli davlat organlari va jamoat birlashmalariga topshirish;
fuqarolarning ekologik faoliyatlarini baholash;
tegishli xulosalar chiqarish va chora-tadbirlarni belgilash;
yuridik va jismoniy shaxslarning ekologik faoliyatlariga litsen ziyalar berish;
noekologik faoliyat yuritayotgan shaxslarning harakat yoki harakatsizliklarini ogohlantirish, huquqlarini chek lash, faoliyatlarini bekor qilish
yoki to ‘xtatib turish;
hamda ularni tegishli javobgarlikka tortish. Ekologik nazorat obyektlari,
shakllari, turlari va metodlari. Yuqoridagi fikrimizdan ko ‘rinib turibdiki, ekologik
azorat juda keng qamrovli va turlicha yo ‘nalishdagi faoliyat hisoblanadi. Shuning
uchun ham u yagona tizimga birlashtiriladi.Ekologik nazorat xizmati tizimiga:
ekologik monitoring xizmati;
davlat ekologik inspeksiyalari xizmati;
huquqni muhofaza qilish davlat organlari xizmati;
ichki idoraviy va ishlab chiqarish organlari xizmati;
jamoat birlashmalari xizmati quyidagilar kiradi.
Ekologik monitoring – ekologik nazoratning birinchi bosqichi bo ‘lib, u atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslarning davriy o ‘zgarishini (kadastr ma ‘lumotlariga asoslangan holda) kuzatib borish, hisobga olish, baho berish va istiqbolini belgilash tizimi. Ekologik monitoring milliy, regional (mintaqaviy) va global miqyosda olib boriladi. O ‘zbekistonda milliy ekologik monitoring tizimi 1972-yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Stokgolm konferensiyasida qabul qilingan Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan rezolyutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga mos ravishda olib borilmoqda. Uning huquqiy asosi bo ‘lib «Tabiatni muhofaza qilish to ‘g ‘risida»gi qonunning 28-moddasi, 2002-yil 3-aprelda Vazirlar Mahkamasining 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to ‘g ‘risida»gi Nizom, maxsus vakolatlangan davlat organlarining Nizomlari (masalan, 2000-yil 23-dekabrdagi «O ‘zbekiston Respublikasi Yer monitoringi to ‘g ‘risida»gi Nizom) hamda boshqa qonuning osti normativ hujjatlar hisoblanadi.
Lekin ekologik monitoring faqatgina davlat organlari tomonidan olibboriladi, deyish noto ‘g ‘ri bo ‘ladi. Ekologik kadastrdan farqli o ‘laroq, ekologik monitoring nodavlat tashkilotlari, o ‘zini o ‘zi boshqaruv idoralariga ham xos bo ‘lgan nazorat turidir.
Ekologik monitoring xizmati davlat boshlig‘i, hokimiyatlar va ijroiya organlariga atrof-muhit holatiga doir ma ‘lumotlarni o ‘z vaqtida yetkazib berish orqali ekologik yo ‘nalishdagi maxsus vakolatlangan davlat inspeksiyasi xizmati faoliyatini aniq va jadal sur ‘atlarda olib borishga asos bo ‘ladi. Ekologik monitoring ma’lumotlari Tabiatni muhofaza qilish to ‘g ‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, ochiq-oshkora ravishda olib borilishi kerak. Ushbu axborot, avvalo, ekologik boshqaruv organlarida umumlashtiriladi va baholanadi. Salbiy ekologik holat bo‘yicha monitoring ma ‘lumotlari darhol aholiga e ‘lon qilinishi shart. Tabiiy resurslarning miqdori, sifat va boshqa xil ko ‘rsatkich lari, ulardan foydalanish hajmi, tartib, tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrini yuritadi. Atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta ‘sir etishi mumkin bo ‘lgan obyekt lar, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi zararli moddalar va ularning miqdori, ishlab chiqarish va ro ‘zg ‘or (kommunal) chiqindilarining hajmlari, tarkibi ham nazorat etib boriladi va davlat hisobiga olinadi. Tabiatni muhofaza qilish to ‘g ‘risidagi qonunning 30-moddasiga muvofiq ekologik nazorat xizmatining tarkibi, tashkil etilishi, faoliyati hamda ekologik kadastr va ekologik monitoring xizmati Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari bilan belgilab boriladi va tasdiqlanadi. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga muvofiq, ekologik nazorat inspeksiyasi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari hamda maxsus vakolatlangan davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ham o ‘z ekologik boshqaruv vakolatlaridan kelib chiqqan tarzda umumiy va maxsus ekologik nazoratlovchi davlat organlariga ajratiladi. Umumiy ekologik nazorat organlari: Oliy Majlis– ekologik qonunlar va o ‘z qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi. Prezident– ekologik xavfsizlik va davlat ekologik nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi.
Vazirlar Mahkamasi– ekologik qonun va qonun osti normativ hujjatlar, jumladan, dastur, reja va loyihalarning bajarilishini nazorat qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari – o ‘z vakolat doirasida atrofmuhitni muhofaza qilish masalalari bo ‘yicha nazorat ishlarini olib boradi. Maxsus ekologik nazorat organlari:
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo ‘mitasi– atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan kompleks davlat nazoratini amalga oshiradi. Sog ‘liqni saqlash vazirligi – atrof tabiiy muhit sanitariyasi, gigiyenasi va epidemiologik holati bo ‘yicha nazoratni olib boradi. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazo rat qilish inspeksiyasi– xalq xo ‘jaligi tarmoqlarida yer osti va usti mineral boyliklaridan foydalanish ishlarini atrof tabiiy muhit holatiga keskin zarar yetkazmaydigan qilib olib borilishini nazorat qiladi. Ichki ishlar vazirligi – joylarda ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik nazoratga ko ‘maklashadi, jamoat joylari tozaligini nazorat qiladi, avtotransportdan atmosfera havosining ifloslanishini va shovqinlanishining oldini oladi, tabiiy va xalq xo ‘jaligi obyektlarining yong ‘inga qarshi turish holatini nazorat qiladi. Qishloq va suv xo ‘jaligi vazirligi– qishloq xo ‘jaligi yer, suv va o ‘rmon fondlaridan unumli foydalanish hamda ularning muhofaza qilinishini nazorat qiladi.
Yer resurslari davlat qo ‘mitasi– yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazorat – vazirliklar, davlat qo ‘mitalari va idoralarning ekologik xizmatlari o ‘z tasarrufidagi korxonalar hamda tashkilotlar ustidan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi nazoratni olib boradi. Tabiatni muhofaza qilish to ‘g ‘risidagi qonunning 32-moddasiga ko ‘ra, ishlab chiqarish ekologik nazorat korxona, tashkilot, birlashma, muassasalardagi ekologik xizmatni amalga oshiradi. Bu o ‘rinda qonunda aks ettirilmagan muassasalarni alohida ta ‘kidlab o ‘tish darkor. Chunki ta ‘lim sohasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalaridatabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yangi turdagi madaniy o ‘simliklar, kimyoviy dorilarni yaratish, ularni sinab ko‘rish mobaynida ishlab chiqarish faoliyatining ekologik talablarga javob berishini nazorat qilish ham ekologik xavfsizlikni ta ‘minlashda muhim ahamiyatga ega.
Download 366,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish