O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/740
Sana27.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#414023
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   740
Bog'liq
Raqamli iqt asoslari-Maruza Matn-05.03.2020

venchur firmalar
egallaydi. Ular juda moslashuvchan va samarali 
kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan raqamli innovatsion 
loyihalarni (
yangi ilmiy-texnik yechimlarni
) tekshirib ko’rish, qayta ishlash va 
amaliyotga tadbiq qilish uchun hizmat qiladilar. Ba’zi hollarda esa venchur 
firmalar biror bir aniq muammoni hal qilish uchun tuziladigan vaqtinchalik 
tashkiliy tuzilmalar ham bo’lishlari mumkin. Bunday korxonalar juda faol 
ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki 
ixtironing amaliyotga tadbiq qilinishiga shaxsan qiziqadilar, ya’ni ular buning 
natijasida kattagina daromadga ega bo’lishlari mumkin. Venchur korxonalar 
chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (
masalan, quyosh, 
shamol, mini suv va bioenegetika sohalarida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
innovatsion usullar yordamida qayta ishlash, saqlash va yetishtirish kabilarda

keng tarqalganlar va bu yerda ular aniq yo’nalishdagi amaliy ilmiy izlanishlar 
hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar 
olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati 
quyidagilardan iborat: 

Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil 
bo’lishiga olib kelib, an’anaviy ilmiy izlanishlar tizimiga ta’sir qiladi va 


181 
mamlakatning ishlab chiqarish jarayonidagi zamonaviy ijobiy o’zgarishlarga 
olib keladi; 

Yuqori malakali mutahassislar, injener-texnik xodimlar va olimlarning 
bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi; 

Iqtisodiyot an’anaviy tarmoqlarining texnik va texnologik jihatdan qaytadan 
jihozlanishiga erishish imkonini beradi; 

Yirik korxona, tashkilot va korporatsiyalarga o’z tuzilishini, faoliyat 
yo’nalishini va maqsadlarini zamona talablariga mos ravishda o’zgartirishga 
namuna sifatida hizmat qiladi; 

Venchur biznesning turli hil mamlakatlardagi ko’p yillik tajribasidan shu 
ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizning uzoq muddatli maqsadlarini amalga 
oshirish uchun venchur kapital asosida faoliyat ko’rsatadigan maxsus moliya-
kredit tizimini yaratish zarur (
masalan, venchur biznes korxonalari uchun 
banklar tomonidan foizsiz, ammo foydaga sherik bo’linadigan kreditlar 
berilishini yo’lga qo’yish
). 
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi venchur firmalar bir qancha huquqiy va 
jismoniy shaxslar orasidagi shartnoma asosida yoki bank kreditlari asosida, yohud 
banklar va yirik kompaniyalarning mablag’lari asosida tashkil qilinadi. Venchur 
firmalar tashkil qilish uchun quyidagi shart-sharoitlar bo’lishi kerak: 

Innovatsion yangilik yaratishning asoslangan g’oyasi – yangi texnologiya, 
ixtiro, ishlab chiqarish jarayoni, hizmat ko’rsatish, dastur tuzish, internet 
resursi yaratish, 3D-texnologia, intellektual tizim tashkil qilish va shunga 
o’zshashlar; 

Bu g’oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona 
miqyosida jamiyatning talabgorligi; 

Ushbu g’oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot 
yoki ko’rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; 

Bu g’oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara 
oladigan real tadbirkorning mavjudligi; 


182 

Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi 
“tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. 
Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o’laroq, venchur biznesga 
moliyaviy mablag’ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega: 

Venchur biznesga moliyaviy mablag’lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz 
jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki 
muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag’larni 
yo’qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo’lish 
tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va 
ularning o’zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan 
tushuntiriladi; 

Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan 
oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo’lishi. Ya’ni tavakkal kapitali 
firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy 
mablag’lar ajratilishiga alohida ta’sir ko’rsatidi. O’z navbatida investorlar 
moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o’z ulushlarini olish huquqiga ham ega 
bo’ladilar; 

Mablag’lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi 
hollarda mablag’larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish 
uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to’g’ri keladi; 

Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki 
talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan 
qiziqadilar va shuning uchun mablag’ berish bilangina kifoya qilmaydilar.
Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko’rinishlarda faoliyat ko’rsatishlari 
mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo’lsa, ikkinchisi yirik 
tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki 
hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: 
birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy 
kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning 
asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni 


183 
kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda 
ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan 
tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi 
lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni 
amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini 
birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri 
texnologik platformalardir. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   740




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish