O`zbekiston respublikasi fuqarolik huquqining manbalari


Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari



Download 38,18 Kb.
bet4/5
Sana01.06.2022
Hajmi38,18 Kb.
#624450
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari

Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash va ularning turlari

Fuqarolik-huquqiy normalarni tadbiq etish va sharhlash to`g`risida to`xtalib shuni aytish kerakki, huquqiy normalarni tadbiq etish deganda, konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq normasiga muvofiq holda qilinishi va bu munosabat yuzasidan majburiy kuchga ega bo`lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi. Huquq normalari tadbiq etishga vakolatli bo`lgan davlat organlari tomonidan, chunonchi, sud, prokuratura, xo`jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek ba`zi hollarda jamoat tashkilotlari tomonidan qo`llaniladi.


Huquq normalarini tadbiq etish tushunchasidan ularga rioya qilish tushunchasi farq qiladi. Huquq normasini yuqorida aytilganidek, faqat muayyan vakolatli organlargina tadbiq etishlari mumkin bo`lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir shaxs (fuqarolar ham yuridik shaxslar ham) majburdir.
Huquq normasining to`g`ri qo`llanilishi uning hozirgi vaqtda amalda bo`lish-bo`lmasligini, ya`ni uning bekor qilingan-qilinmaganligini yoxud o`zgartirilgan-o`zgartirilmaganligini, uning qanchalik majburiy bo`lish-bo`lmasligini va haqiqiy matnini aniqlash imkonini beradi. Huquq normasini tegishli fuqarolik-huquqiy munosabatga tadbiq etish uchun uning aniq mazmunini, ma`nosini va ahamiyatini belgilash zarur. Huquq normasi ma`nosini belgilash va tushuntirishga qonunni sharhlash, deyiladi.
Normani sharhlovchi subyektlar huquq normalariga rasmiy va norasmiy sharh beruvchilarga bo`linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo`lgan hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma`lum darajada majburiy kuchga ega bo`ladi. Bunday sharh Oliy Majlis tomonidan beriladi. Ular Respublika doirasida barcha fuqarolar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan beriladigan sharhlar ham rasmiy, ayni paytda majburiy hisoblanadi.
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. Ma`lum bir ishni hal qilishda sud tomonidan berilgan sharh chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirganidan so`ng mazkur ish bo`yicha majburiy hisoblanadi. Ammo kelajakda shunga o`xshash boshqa ishni hal qilishda, boshqa sudlar, jumladan, shu sudning o`zi ham avvalgi ishning hal qilinishiga qarab masalan,i yecha olmaydi. Chunki, umumiy xarakterda bo`lgan ba`zi sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar sudlarda ishlarning bir xilda ko`rilishini ta`minlashga qaratilganligi sababli sudlar uchun majburiydir.
Norasmiy sharh deb, majburiy kuchga ega bo`lmagan sharhga, masalan, ilmiy asarlarda, darsliklarda, ma`ruzalarda beriladigan sharhlarga aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega bo`lmasa ham qonunning ma`nosini aniqlashga yordam beradi. Ular imloviy, mantiqiy, tizimli va tarixiy sharhlashga bo`linadi.
Imloviy sharhlashda imlo qoidalaridan foydalanib qonunda ishlatilgan ayrim so`zlar, jumlalar, ifodalarning ma`nosini aniqlash yo`li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, FKning 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o`z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”, deyiladi. Bu yerda qonun chiqaruvchi ikkinchi “yoki” so`zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan bittasi, ya`ni o`z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara olmaslikning mavjud bo`lishi yetarli ekanligini ifodalaydi.
Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki, uzviy, mantiqiy bog`langanligini aniqlab, huquqiy normaning muzmuni belgilanadi. Masalan, FKning ushbu 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o`z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin”, deb aytildi. Demak, voyaga yetgan fuqaro ruhiy kasal bo`lsa ham, to sud tomonidan “muomalaga layoqatsiz” deb tanilguniga qadar muomalaga layoqatli, deb faraz qilinadi.

Download 38,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish