O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi маktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIMING JORIY ETISHI



Download 58,09 Kb.
bet6/8
Sana13.02.2022
Hajmi58,09 Kb.
#446383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
inklyuziv ta\'lim gulhayo kurs ishi

II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIMING JORIY ETISHI
2.1 O’zbekistonda inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 2017-yil sentyabr oyida
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif: “Yoshlar huquqlari to`g`risida”gi
Xalqaro Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. “Yoshlar huquqlari bu eng avvalo
birinchi navbatda, ularning tinch va sog’lom yashash hamda ta‟lim olishga bo’lgan
huquqlari hisoblanadi.Unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo’lib
voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta‟lim olishini ta‟minlash biz uchun hamisha
ustuvor vazifa hisoblanadi”. Inklyuziv termini inglizcha-uyg’unlashish, hamkorlikdagi ta'lim ma‟nosini berib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta‟lim – barcha o`quvchilar uchun maxsus ta‟lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta‟lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta‟minlashdir.
O‟zbekiston Respublikasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966-yilda boshlangan. 1996 yilning noyabr oyida YUNESKO ishlari bo’yicha O‟zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» mavzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalgaoshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida 2001-yilda O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tashkil etildi.Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari o’tkazildi.
“O’zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta‟lim” loyihasi 2014-
yildan buyon hozirga qadar amalga oshirilib, uning doirasida alohida ehtiyojli 900 dan ortiq o’g’il-qiz maktablar, maktabgacha ta‟lim maskanlarida umumiy ta’limga jalb etildi. Tibbiy, psixologik va pedagogik komissiya a’zolari hamda pedagog xodimlar ta‟lim sohasida inklyuziv xizmat ko„rsatish bo’yicha o’qitildi. Yurtimizning turli hududlarida beshta resurs markazlari tashkil etilib, ularda alohida ehtiyojli bolalar, ularning ota-onalari, ekspertlar uchun o’quv-uslubiy, huquqiy, maslahat ko’magi ko’rsatildi. “Inklyuziv ta‟lim asoslari”, “Alohida ehtiyoji bo’lgan bolalar umumiy ta’limda”, “Inklyuziv maktabni tashkil etish” nomli o’quv modullarining yaratilgani, bu yo’nalishda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog xodimlarning kasb mahoratini oshirish imkonini berdi. Jismoniy imkoniyati cheklanganligi oqibatida inklyuziv ta‟limga htiyoji bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash, ularning ijtimoiylashuvi uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish mamlakatning o`z fuqarolari oldidagi ma‟naviy funksiyasi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi “Alohida
ta‟lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4860-sonli qarori asosida 2020-2025-yillarda Xalq ta‟limi tizimida inklyuziv ta‟limni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:
-alohida ta‟lim ehtiyojlari bo’lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi,
jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta‟limning strategik omil sifatidagi roli
tasdiqlanadi;
-alohida ta‟lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning ta‟limiy muhiti yaxlitligi
mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar
taminlanadi;
-davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta‟lim sohasidagi manfaatlarini
muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
-inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta‟lim sifati,
shuningdek o’quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi; inklyuziv ta‟lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o’zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida:
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi 2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar o‘tayotgan yilning “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin 2020-2021 -yillar davomida:
-inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
-inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
-inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
-inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
-inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi;
b) 2023 — 2025-yillar davomida:
-inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinadi;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
-inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
-inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
Bugungi kunda respublika bo‘yicha jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun jami 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) 21,2 ming nafar, 21 ta sanatoriy turidagi maktab-internatlarda 6,1 ming nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. Shuningdek, uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan 13,3 ming nafar o‘quvchilar uyda yakka tartibda o‘qitiladi.
2014 — 2016-yillarda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida:
-respublikaning 5 ta hududida tajriba-sinov maydonchalari tashkil etildi;
-150 nafardan ortiq tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya va 1,3 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar inklyuziv ta’lim xizmatlariga o‘qitildi;
-pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etishga doir 3 ta o‘qitish moduli kiritildi;
-2 ming nafardan ortiq alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga inklyuziv ta’lim xizmatlari tashkil etildi;
-Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida 5 ta tajriba-resurs markazi hamda 15 ta tajriba maktablari tashkil etilib, ularga 800 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi.Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish, ularning sog‘lom bolalar qatoridan o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son qarorida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar qayd etib o‘tilgan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yichabir qancha qarorlar ishlab chiqildi.Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.Har bir bolaning huquqi inson huquqlari to'g'risidagi Xalqaro Konvensiya, Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya, Nogironlar huquqlari to'g'risida Deklerasiya va boshqa huquqiy hujjatlarda ko'rsatib o'tilgan.
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlari bo’yicha Xarakatlar strategiyasining to’rtinchi yo’nalishi ijtimoiy soxani rivojlantirish bo’lib, unda belgilangan vazifalarmamlakatiimzda insonparvarlik g’oyalarining ustivorligi,millatimizga xos mehr shavqatni muhim qadriyat ekanligidan dalolat beradi. Jumladan,axoliniextiyojmand qatlamini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish xamda keksalar va imkoniyati cheklangan shxslarni davlat tomonida nqo’llab –quvvvatlash,ularga ijtimoiy hizmat ko’rsatishni yaxshilash kabi vazifalar, imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tizimini tubdan yaxshilashni, bu jarayonga innovatsiya texnologiyalarni olib kirishni taqazo etmoqda.
Nogiron - jismoniy, aqliy , psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo’lgan shaxs tushuniladi. “ Nogiron” atamasi hozirgi kunda eskirib qolgan va qo’pol bo’lgan so’z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga nisbatan “imkoniyati cheklangan insonlar ” yoki “ nogironligi bo’lgan shaxslar ” deb murojaat qilish to’g’ri bo’ladi. Hozirgi kunda ko’plab davlatlar qatori O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari, tibbiy muolajalar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va himoya qilinmoqda. . BMT ning Nogironlar huqbolalarning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va himoya qilinmoqda. . BMT ning Nogironlar huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, “nogiron” so’zi o’rniga “nogironligi bo’lgan shaxs” atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi “ Nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari to’g’risida” gi Qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi.
2008-yil 22 - apelda “ O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021 -yil 16-yanvardan o’z kuchini yo’qotgan bo’lib, bu qonunga muvofiq 2020-yil 15 oktabrda “ Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida” gi O’RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo’lib, bu hujjat ko’zi ojizlar uchun mo’ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi.
Prezident tomonidan 13- oktabr 2020- yilda “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim - tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan kuchga kirgan. Hujjatga ko’ra 2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo’yicha “ Yo’l xaritasi” tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, 1- bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta’limni yo’lga qo’yish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash va zarur o’quv qurollari bilan maktablarni ta’minlash nazarda tutilgan.
2- bosqichda ( 2023-2025-yillar) inklyuziv ta’lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o’rta ta’lim muassasalarida joriy etish, bu bo’yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar.
Inklyuziv ta’lim - bu maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda barcha tahsil oluvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini teng ravishda ta’minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda ta’lim olish imkonini beradi.
Inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich ayrim maktablarda sinov tariqasida yo’lga qo’yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi. Shuningdek, o’quvchilarni kasb-hunargayo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi qoshida “ Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni joriy etishda boshqa davlatlarning tajriba va yutuqlaridan foydalanish, yaxshi natijalarga erishish uchun zamin bo’la oladi.
Misol uchun, Amerika davlatlarida nogironligi bo’lgan bola tug’ilsa, uni tug’ilganidan boshlab ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim bosqichiga, so’ngra maktab, kollej va universitetlarda tahsil olishiga erishish va amalga oshirish uchun mutaxassislar, nevropatolog, psixolog, nogironlik turiga qarab logoped, oligofrenopedagog yoki tiflopedagog biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug’ullanishadi va uni bog’chaga ( ijtimoiy muhitga) har tomonlama moslashtirib borishadi. Bog’chada ishlaydigan maxsus pedagoglar imkoniyati cheklangan bolani maktabga tayyorlashadi. Natijada bunday bolalar inklyuziv ta’limga tayyor holatda, oddiy maktablarda boshqa sog’lom bolalar bilan birgalikda tahsil olish, bunday muhitda ulg’ayishga moslashgan holatda chiqadi.
Keyingi o’quv yilidan boshlab alohida ta’limga ehtiyojmand bolalarning 24 foizi, 2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Lekin bu ta’lim tizimi hali O’zbekistonlik imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ota-onalari hamda ustozlari uchun yangi muhit, yamgi bosqich bo’lgani uchun ham xavotirlar mavjud. Imkoniyati cheklangan har bir bolaning ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanish alohida e’tibor talab etadi. Lekin statistikaga ko’ra 2020-yilning o’zida O’zbekistonda ko’plab umumta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin nogironligi bo’lgan o’quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Hozirgi kunda O’zbekiston respublikasida ko’zi ojizlar maxsus maktab-internati 12-yillik ta’lim tizimida ko’rishda nuqsoni bo’lgan va ko’zi ojiz bolalarga ta’lim berib kelmoqda. 2020-yildan boshlab Prezident farmoni bilan bu maktablarda ta’lim olish 11 yillik etib belgilandi. Bu davr ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarning to’la fanlarni va hayotiy zarur bilimlarni o’zlashtirishi, kelajakda biror bir kasbni egallashi uchun yetarli bo’lmaganligi sababli Toshkent shahar 77- sonli va Namangan viloyati Kosonsoy tumani 45-sonli ko’zi ojizlar maxsus maktab-internati o’qituvchi va tarbiyachilari tomonidan Xalq ta’limi vaziri hamda prezident nomiga qilingan murojaatda bunday maxsus maktablarni avvalgi 12 yillik ta’limga qaytarish kerakligi muhim asoslar bilan ko’rsatib o’tildi va so’raldi. Shundan keyin bunday maktablar avvalgi 12 yillik ta’lim tizimiga qaytarildi.
2019-yilda Ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalarning sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash, o’qish sharoitlarini yaxshilash, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida “Ko’ngil ko’zi” loyihasi tashkil etildi. Bu loyiha asosida shu yilning o’zidako’plab ishlar amalga oshirildi. Shu loyiha nomi ostida ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan brayl tilidagi kitoblar chop etildi.
Saida Mirziyoyevaning tashabbusi bilan bu yil yangi yilda “Ko’ngil ko’zi” xayriya tadbiri doirasida uch ming nafardan ortiq ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko’ra, ko’rish qobiliyatini yaxshilash imkoniyati bo’lgan har bir bolaga yordam berish rejalashtirildi. Ayni bayram arafasida bu xayriya doirasida “ Sovg’alar karvoni aksiyasi” doirasida O’zbekistonning barcha viloyatlaridagi imkoniyati cheklangan bolalarga sovg’a-salomlar ulashildi.
Ko’zi ojiz va zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda O’zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. O’zbekiston universitetlarida hozirgi kunda tiflopedagoglarni tayyorlaydigan fakultetlar mavjud emas. Bu borada darslik va qo’llanmalar ham ishlab chiqilmagan. Ko’zi ojiz bolalar o’qishiga mo’ljallangan brayl tilidagi kitoblar juda katta hajmga egaligi va og’irligi bilan bolaning ularni har kuni maktabga ko’tarib borishida qiyinchiliklar tug’diradi
“ Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o’zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko’ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo’lsa, bola battar o’z qobig’iga o’ralib oladi. Ko’ngli cho’kadi, o’qishga bo’lgan ishtiyoqi so’na boshlaydi, alamzada bo’lib qoladi”.
Bu ta’lim tizimini joriy etish uchun avvalo jamiyatni, maktabdagi sog’lom bolalarni ham, imkoniyati cheklangan bolalarni ham bunga moslashtirish kerak. Ayniqsa, boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan bolalar nogironlik nima ekanligi, bunday bolalarning ustidan kulmaslik kerakligini bilishmaydi. Shuning uchun ham ularinklyuziv ta’lim davomida nogironligi bo’lgan tengdoshining ustidan kulishi, masxara qilishi, uni ajratib qo’yishi, kamsitishi kabilar kuzatilsa, bu albatta nogironligi bo’lgan bolaning ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Sog’lom bolalar orasida o’zini kamsitilganday his etish bola uchun doimiy ruhiy zo’riqish ostida yashashga sababchi bo’ladi. Maxsus maktab-internatlarda esa nogironlik jihatidan bir-biriga o’xshash bo’lgan bolalar ta’lim va tarbiya olishi jarayonida atrofidagi tengdoshlari ham o’ziga o’xshashligi, u kabi kasallik bilan og’rigani uchun ham ortiqcha ruhiy bosimlar kuzatilmaydi va ular o’zlarini atrofdagilardan zaif va kuchsizday his etishmaydi.


Download 58,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish