O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining



Download 30,29 Kb.
Sana21.06.2021
Hajmi30,29 Kb.
#72125
Bog'liq
1719-2 09.09.2015




O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining

Qarori

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-sentabrda 1719-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:



1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 21-iyuldagi 20/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1719, 2007-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 405-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV

Toshkent sh.,

2015-yil 22-avgust,

22/9-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-son qaroriga


ILOVA

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 4-bandning birinchi xatboshisi “1-ilovaga” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.



2. 6-bandda:

birinchi xatboshi “bankka” degan so‘zdan keyin “inkassatorlar orqali” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblangan nobank kredit tashkilotlari asosiy hisobvarag‘i ochilgan bank kassasiga eng kam oylik ish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo‘lgan naqd pullarni mustaqil topshirishlari mumkin.”.

3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda mazkur Qoidalarning 1a-ilovasiga amal qilishi shart.

Nobank kredit tashkiloti kassiri naqd pullarni bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo‘yicha qabul qiladi.

Naqd pullar qabul qilinganda nobank kredit tashkiloti bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) va kassiri tomonidan imzolangan, kassir muhri qo‘yilgan yoki kassa apparatining izi (otteski) tushirilgan kvitansiya beriladi.”.

4. 26-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalari mazkur Qoidalarning 1b-ilovasiga muvofiq texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi lozim.”.

uchinchi xatboshidagi “2-ilovada” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 2-ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

5. 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3-ilovada” degan so‘zlar “mazkur Qoidalarning 3-ilovasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

6. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 1a va 1b-ilovalar bilan to‘ldirilsin.

7. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV

2015-yil 12-avgust

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
1-ILOVA

“Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga


1a-ILOVA

So‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash

qoidalari

1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan hamda ular qiymatini belgilaydigan so‘zlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari to‘liq saqlangan banknotlar, ular umumiy o‘lchamining 55 foizi mavjud bo‘lsa hamda shikastlanish darajasidan qat’i nazar, to‘liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar to‘lovga qabul qilinadi.

2. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar:

istalgan qismi, jumladan to‘lovlilik alomatlari belgilanishiga ta’sir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan siyqalangan joylari, dog‘lari bo‘lgan, siyohda yozilgan;

ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo‘lgan yirtilgan va yelimlangan;

qiymatini ko‘rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo‘lgan qismlardan tashqari, o‘z rangini o‘zgartirgan, kuygan (ko‘proq kuygan);

to‘liq hajmini saqlamagan banknotlarni to‘lovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim.

Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.”.

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga


2-ILOVA

“Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga


1b-ILOVA

Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va qo‘riqlash — yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha

talablar

1. Mazkur talablar nobank kredit tashkilotlarida kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va qo‘riqlash — yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha me’yorlarini belgilaydi.

2. Mavjud naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishini ta’minlash uchun kassa quyidagi talablarga javob berishi shart:

a) boshqa xizmat va yordamchi xonalardan ajratilgan bo‘lishi;

b) binoning 1-qavatida joylashgan bo‘lishi, shuningdek ichki ishlar organi va inkassatsiya xizmati bilan kelishilgan holda, ko‘p qavatli binoning oraliq qavatida joylashishi mumkin.

3. Kassa kamida 2 ta xonadan iborat bo‘lishi shart:

a) qimmatliklarni saqlash xonasi;

b) kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi.

4. Kassa xonalari g‘ishtli yoki temir beton devorlarga, mustahkam pol va shiftlarga, ishonchli ichki devor va to‘siq devorlarga ega bo‘lishi lozim.

5. Kassa xonalari tashqi devorlarining qalinligi 400 mm bo‘lgan g‘isht yoki temir beton devorlardan, ichki devorlar va to‘siq devorlarining qalinligi kamida 120 mm bo‘lgan g‘isht yoki temir beton devorlaridan iborat bo‘lishi lozim.

6. Kassa xonalarida diametri 200 mm dan katta bo‘lgan teshiklar mavjud bo‘lsa, ular temir panjaralar bilan jihozlanishi lozim.

7. Qimmatliklarni saqlash xonasi ikkita eshik bilan yopilishi shart:

a) tashqariga ochiladigan, 3 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi temirdan yasalgan bir tavaqali, o‘zi yopilib qolmaydigan ikkita mexanik qulf bilan yopiladigan tashqi eshik (qulflar bir-biridan kamida 300 mm oraliqda o‘rnatiladi);

b) ichkariga ochiladigan, temir panjara ko‘rinishidagi diametri 16 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat simlardan tayyorlangan va xona ichkarisidan surma zulfin bilan yopiladigan ichki eshik.

8. Qimmatliklarni saqlash xonasida derazalarning bo‘lishi man etiladi.

9. Qimmatliklarni saqlash xonasida pul va boshqa qimmatliklar yonmaydigan seyflarda saqlanishi lozim.

10. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasiga tashqariga ochiladigan, 3 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi temirdan yasalgan eshik o‘rnatilishi shart.

11. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasining deraza romlariga ichki tarafdan metall panjaralar o‘rnatilishi shart.

12. Deraza romlariga o‘rnatiladigan barcha panjaralar o‘lchamlari 150x150 mm dan ko‘p bo‘lmagan yacheykalarni hosil qilib, diametri kamida 16 mm bo‘lgan po‘lat simlardan tayyorlanadi va panjaralar devorga qoqilgan uchi qayrilgan mixlarga payvandlash yo‘li bilan mahkamlanadi. Yong‘in yoki favqulodda holatlar yuzaga kelganda insonlarni va moddiy boyliklarni saqlash maqsadida, binoning 1-qavatidagi deraza romlariga o‘rnatiladigan panjaralarni xonaning ichki tomonidan yengil ochiladigan qilib bajarilishi lozim.

13. Uchi qayrilgan mixlar diametri kamida 16 mm bo‘lgan po‘lat simlardan tayyorlanadi va qurilish konstruksiyalariga kamida 150 mm ichkariga qoqiladi.

14. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi xizmat ko‘rsatish uchun o‘lchami 200x300 mm bo‘lgan maxsus darcha bilan jihozlanishi va darcha ichkari tomonidan qulf yoki ilgak orqali berkitiladigan bo‘lishi lozim.

15. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasi kun davomida pullarni vaqtincha saqlash uchun seyf bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

16. Kassa xonalari qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i bilan jihozlanishi shart:

a) birinchi himoya to‘sig‘i — xonaning perimetrini himoya qiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasida derazalar mavjud bo‘lganda, ular deraza ochilishi va oyna sinishini qayd etish xabargohlari bilan jihozlanadi;

b) ikkinchi himoya to‘sig‘i — xonaning hajmini himoya qiladi. Buning uchun hajmni qo‘riqlash (ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto‘lqin rusumli) xabargohlari qo‘llaniladi.

17. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasida kassirlarning ish joylari tashvish xabari vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

18. Qimmatliklarni saqlash xonasidagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i ishdan tashqari vaqtda qabul nazorat uskunasi orqali texnik qo‘riqlash punktiga qo‘riqlashga topshiriladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish xonasidagi tashvish xabari vositasi ish vaqti davomida texnik qo‘riqlash punktiga ulanadi.

19. Kassa va unga tegishli bo‘lgan xonalardagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i alohida shleyflar bilan qabul-nazorat uskunalariga ulanib uning chiqishi bitta shleyf orqali texnik qo‘riqlash punktiga va kassaning navbatchilik xonasidagi xabar berish uskunasiga ulanadi.

20. Kassa xonalari me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda yong‘indan xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h.k.) bilan jihozlanadi va ular texnik qo‘riqlash punktiga yoki navbatchi xodimlar postidagi yong‘indan xabar beruvchi nazorat qilish uskunasiga ulanadi.

21. Qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari tizimi va kassani yoritish tizimi alohida-alohida montaj qilinadi hamda elektr ta’minoti turli manbalardan olinadi. Simlarning barcha turlari plastmassa quvurlarda yashirilgan holda o‘tkaziladi.

22. Kassa xonalarining qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari tizimi ShNQ 2.04.09-2007 “Binolar va inshootlarning o‘t o‘chirish avtomatikasi” talablariga hamda qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadigan obyektlarning idoraviy ro‘yxatlariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lishi lozim.

23. Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan xizmat ko‘rsatishga qabul qilinadigan kassalar ushbu bo‘linmalar rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan himoya vositalari bilan qo‘shimcha ravishda jihozlanishi mumkin.

24. Kassa xonalarini qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlashga doir ishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

25. Kassa xonalarida montaj qilingan qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalarini montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash ichki ishlar organlari qoshidagi qo‘riqlash bo‘linmalari, davlat yong‘in nazorati organlari va nobank kredit tashkilotlari vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo‘riqlash va yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo‘riqnomasini taqdim etadi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 36-son, 481-modda)

Download 30,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish