O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 327,39 Kb.
bet5/6
Sana24.01.2022
Hajmi327,39 Kb.
#407940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SQ-425-II 10.04.2014

T/r

Mintaqalar

Kelib tushgan murojaatlar soni

Nazoratga olindi

Ijobiy hal etildi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

38

23

2

2.

Andijon viloyati

86

28

8

3.

Buxoro viloyati

51

24

2

4.

Jizzax viloyati

62

21

2

5.

Qashqadaryo viloyati

204

117

31

6.

Navoiy viloyati

59

27

7

7.

Namangan viloyati

53

17

3

8.

Samarqand viloyati

130

46

6

9.

Surxondaryo viloyati

141

68

17

10.

Sirdaryo viloyati

25

9

2

11.

Toshkent viloyati

153

58

9

12.

Farg‘ona viloyati

83

38

8

13.

Xorazm viloyati

37

10

1

14.

Toshkent shahri

332

141

14

15.

Chet ellik fuqarolardan

2

1



16.

Mahkumlardan

56

54

1

17.

Internet bo‘yicha

12

3



18.

Anonim







JAMI

1524

685

113

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu murojaatlar jamiyatdagi mavjud muammolarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashning o‘ziga xos mezoni hisoblanadi.

Fuqarolar murojaatlarini mintaqalar bo‘yicha tahlil qilish aholining o‘z konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi darajasini va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qay darajada anglashidan dalolat beradi.

T/r

Mintaqalar

2013-yilda aholi soni (ming kishi)

Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni

Har 100 ming aholi hisobiga murojaatlar soni

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1724,0

149

9

2.

Andijon viloyati

2780,8

284

10

3.

Buxoro viloyati

1743,1

218

13

4.

Jizzax viloyati

1215,9

281

23

5.

Qashqadaryo viloyati

2863,4

972

34

6.

Navoiy viloyati

894,6

251

28

7.

Namangan viloyati

2481,3

212

9

8.

Samarqand viloyati

3412,8

510

15

9.

Surxondaryo viloyati

2284,0

878

38

10.

Sirdaryo viloyati

757,1

168

22

11.

Toshkent viloyati

2711,0

772

29

12.

Farg‘ona viloyati

3357,9

366

11

13.

Xorazm viloyati

1668,8

196

12

14.

Toshkent shahri

2346,4

1352

58

O‘zbekiston Respublikasi

30241,1

6609

22

Eng ko‘p murojaat Toshkent shahridan (58), Surxondaryo (38), Qashqadaryo (34) va Toshkent (29) viloyatlaridan kelib tushdi. Fuqarolarning Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushayotgan murojaatlarning ko‘payib borishi davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridan fuqarolar murojaatlari kelib tushishi ko‘rsatkichi barqaror saqlanib qolmoqda.

2013-yilda Ombudsmanga chet ellik fuqarolardan o‘z buzilgan huquqlarini tiklash masalalari bo‘yicha murojaatlar soni kamaymadi. Bunday murojaatlar asosan MDH mamlakatlaridan kelib tushmoqda.

T/r

Manzil

Kelib tushgan murojaatlar soni

2013-yil

2012-yil

2011-yil

2010-yil

1.

Rossiya

380

388

12

143

2.

Qozog‘iston

34

44

4

3

3.

Ukraina

188

226

1

79

4.

Belarus

30

23

1

5

5.

Qirg‘iziston

3

8

1

2

6.

Germaniya

18

30

3

21

7.

Isroil



1

1

8.

Daniya





1

9.

Xitoy





1

10

AQSh

3

10

1

10

11.

Moldova

63

53



19

12.

Buyuk Britaniya

8





8

13.

Kanada

4

4



3

14.

Shveysariya

3





3

15.

Estoniya



1



2

16.

Niderlandiya

2





1

17.

Turkmaniston



2





18.

Ozarbayjon

4

2





19.

Norvegiya

1







20.

Latviya

2







21.

Belgiya

6







22.

Avstraliya

3







23.

Avstriya

2







24.

Ispaniya

5







25.

Italiya

1







26.

Fransiya

32







27.

Xorvatiya

2







Jami

794

792

26

299

Hisobot yilida Ombudsmanga xorijiy ombudsmanlardan 21 ta murojaat kelib tushdi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan va uning hududiy vakillaridan — 15 ta, Ukraina Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, Qirg‘iz Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, Ozarbayjon Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan, Gruziya Respublikasi Xalq himoyachisidan, Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilidan va Qozog‘iston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi rahbaridan — bittadan murojaat kelib tushdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan ham xorijiy davlat ombudsmanlariga, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga, Rossiya Federatsiyasi Saratov viloyatining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga, Qozog‘iston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaziga murojaatlar yuborildi.

Xorijiy ombudsmanlar va chet el fuqarolarining murojaatlarida ko‘tarilgan asosiy masalalar pasport hamda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish, pensiya, nafaqalar to‘lovi, vijdon erkinligining ta’minlanishi bilan bog‘liq muammolarga taalluqlidir. Vijdon erkinligining ta’minlanishi masalalariga daxldor shikoyatlarning mavjudligi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tmagan qator diniy tashkilotlar faoliyatining taqiqlab qo‘yilishi bilan bog‘liqdir.

Ombudsmanga jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslardan doimiy ravishda shikoyatlar kelib tushadi. Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakilga 116 ta shunday murojaat kelib tushdi. Mahkumlarning 103 ta murojaati nazoratga olindi, shundan 5 ta holat bo‘yicha mahkumlarning huquqlari tiklandi.

Fuqarolar huquqlarini himoya qilishning xolisligi va samaradorligi darajasini oshirish talablaridan kelib chiqib, fuqarolar murojaatlarida bayon etilgan dalillarni tekshirish alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda fuqarolarning inson huquqlari yaqqol buzilganligidan dalolat beruvchi va Inson huquqlari bo‘yicha vakilning vakolatiga taalluqli murojaatlari majburiy tartibda nazoratga olinadi. Shunga muvofiq 3224 ta ana shunday murojaat Inson huquqlari bo‘yicha vakilning nazoratiga olindi.

Fuqarolarning ijobiy hal etilgan murojaatlari soni Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, hatto bitta murojaat bo‘yicha masalaning ijobiy hal etilishi ham davlat organining ish amaliyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga hamda davlat organlari faoliyatida inson huquqlariga rioya etilishi chog‘ida qonun ustuvorligi prinsipini amalga oshirish zarurligini tasdiqlashiga alohida e’tibor qaratish darkor.

Umuman, 2013-yilda fuqarolarning 608 ta murojaati bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilindi. Ijobiy hal etilgan deyarli har to‘rtta murojaatning biri yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga, inson sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga doir huquqlarning ta’minlanishiga taalluqlidir.

Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini aniqlash va fuqarolarning murojaatlarini hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Ombudsmanga kelib tushgan 5053 ta murojaat arizachilar ko‘targan muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun tegishli davlat organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va mansabdor shaxslarga yuborildi. Shundan 3224 ta murojaat nazoratga olindi.

Hisobot yilidagi faoliyat natijalariga ko‘ra murojaatlarning katta qismi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Ombudsman mansabdor shaxslar va tashkilotlardan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur axborotni so‘rab olish huquqiga egadir. 2013-yil mobaynida Ombudsman tomonidan davlat organlariga 709 ta so‘rov yuborildi, bu so‘rovlarda nafaqat materiallar taqdim etish to‘g‘risidagi iltimoslar, balki inson huquqlarining buzilishi holatlarini bartaraf etishga doir tavsiyalar ham aks etgan.

Bundan tashqari, shikoyatlarning hal etilishi haqida xolisona axborot olish, nazorat vazifalarini amalga oshirish, tekshiruvlar o‘tkazish va inson huquqlariga rioya etilishi uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga 256 ta topshiriq berildi.

155 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni o‘rganish va fuqarolar huquqlarining buzilishiga oid aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun Ekspert guruhi a’zolariga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha faoliyati quyidagi muammolarni aniqlash imkonini berdi:

davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha organlar, rahbarlar va mansabdor shaxslar o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishi, ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi, asosli javoblar qaytarishi shart. Biroq Qonunning qoidalari har doim ham bajarilavermayapti, bu esa fuqarolar murojaatlari, xususan takroriy murojaatlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda;

ayrim rahbarlar hamda mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari asoslarini bilmasligi hamon fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda;

fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni noqonuniy ravishda rad etish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi, oldindan bila turib asossiz, noqonuniy qaror qabul qilish, ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etish yoki fuqaroning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolar murojaatlariga doir qonun hujjatlari buzilishining boshqa holatlari;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning ko‘plab ta’na-dashnomlariga sabab bo‘lmoqda, sud qarorlarining bajarilmasligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda;

davlat organlariga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi, fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish tartibotlari to‘g‘risida yetarli darajada xabardor qilinmagan. Ularning shikoyatda ko‘rsatilgan masalalarni ko‘rib chiqish vakolat doirasiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishi ishlarning ortiqcha darajada ko‘payib ketishiga, shuningdek takroriy murojaatlar ko‘payishiga olib kelmoqda;

“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra xatti-harakatlari yoki qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan mazkur murojaatning ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Biroq, amaliyotda bunday hollar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolarning murojaatlari xolisona ko‘rib chiqilmasligiga olib kelmoqda.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishni yaxshilash, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:

fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni hamda fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish tartibini takomillashtirish imkoniyatlaridan, mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan ish olib borishining zamonaviy shakllaridan, shu jumladan arizachilarning vajlarini qo‘shimcha tekshirishni tashkil etishdan, vakolatli organlar va tashkilotlarni jalb etgan holda joylarga chiqishdan keng foydalanish, bular fuqarolarni xavotirga solayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal qilish, shuningdek asosli jamoaviy va takroriy shikoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi;

organlar va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolar murojaatlarida bayon etilgan masalalar hisobga olinishi, tahlil qilinishi va umumlashtirilishini, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarning ahvoli kuzatib borilishini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlar aniqlanishi va bartaraf etilishini ta’minlash;

arizachilar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni tez va malakali hal etish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish;

davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki huquqiy jihatdan zarur darajada ta’minlanishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish;

aholining huquqiy savodxonligi va madaniyati darajasini oshirish bo‘yicha ishlarda OAV rolini kuchaytirish.

IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari faoliyati

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi vaqtda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari mamlakatimizning barcha mintaqalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular joylarda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib, murojaatlarni joyning o‘ziga borib o‘rganib va hal qilib, har yili hokimiyatning vakillik organlari va boshqaruv vakillik organlarining tegishli yig‘ilishlarida joylarda inson huquqlariga rioya etilishi haqidagi axborotni taqdim etib, Ombudsmanning faoliyati samaradorligini ancha kuchaytirmoqda.

Ombudsman mintaqaviy vakillarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator viloyatlarda, chunonchi Toshkent shahrida, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni qabul qilish uchun hokimlarning qarorlariga muvofiq xonalar ajratilgan. Bunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Ombudsmanga ko‘rsatilayotgan yordam alohida diqqatga sazovordir. Hokimiyat ko‘magi bilan Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili hozirgi vaqtda shahar markazida joylashgan, kapital ta’mirlangan, barcha qulayliklar va sharoitlar yaratilgan binoda faoliyat yuritmoqda.

Fuqarolarning shikoyatlari samarali hal qilinishini ta’minlash maqsadida joylarda ekspert guruhlari tashkil etilgan, Ombudsman mintaqaviy vakilining viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, adliya organlari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va xotin-qizlar qo‘mitalari bilan hamkorlikdagi ishchi guruhlari tuzilgan.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

tegishli mintaqada yashayotgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish;

fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga yuborilgan murojaatlarda bayon etilgan dalillarning joylarda tekshirilishini amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan inson huquqlari monitoringini o‘tkazishda ishtirok etish, shuningdek o‘z faoliyati rejasiga muvofiq monitoring tashkil etish va o‘tkazish;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning inson huquqlariga rioya etilishi borasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlash hamda ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

inson huquqlari sohasida axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarga inson huquqlari haqidagi axborotlarni olishga ko‘maklashish;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash Ombudsman mintaqaviy vakili faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Hisobot davrida Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga 979 ta murojaat kelib tushdi.

Bunda fuqarolar shikoyatlari hamda murojaatlarining asosiy qismi hal etildi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy maslahat ko‘rsatildi yoki tushuntirishlar berildi.


Download 327,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish