O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasi to‘G‘risida


-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari



Download 123,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana16.09.2021
Hajmi123,92 Kb.
#175488
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
Qonunch pal????

18-modda. Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining vakolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari:

1)  o‘z  tashabbusi  bilan  yoki  Qonunchilik  palatasining  topshirig‘iga  binoan  O‘zbekiston

Respublikasi  qonunlarining  hamda  o‘zining  vakolatlariga  kiradigan  masalalar  yuzasidan

Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;

2)  qonun  loyihalarining  dastlabki  tarzda  ko‘rib  chiqilishini  va  ularni  Qonunchilik

palatasida ko‘rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;

3)  qonunlarning  loyihalari  yuzasidan  xulosalar  beradi,  qonun  loyihasini  Qonunchilik

palatasining  majlisi  kun  tartibiga  kiritish,  uning  ustida  ishlashni  davom  ettirish  yoki

asoslantirilgan holda uni rad etish to‘g‘risida Kengashga takliflar kiritadi;

4) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar

beradi;


Oldingi tahrirga qarang.

5)  fraksiyalar  taklifiga  ko‘ra  joylarda  budjet  mablag‘larining  maqsadli  sarflanishi  va

ulardan samarali foydalanilishi masalalarini o‘rganadi;



(18-modda  birinchi  qismining  5-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  4-sentabrdagi  O‘RQ-

563-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  05.09.2019-y.,  03/19/563/3685-

son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiardi)

6)  Qonunchilik  palatasining  topshirig‘iga  yoki  palata  Kengashining  tavsiyasiga  binoan

muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan mas’ul

bo‘ladi;


7) kiritilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning

tarkibiga  davlat  organlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining,  ilmiy  muassasalarning

vakillarini,  mutaxassislar  va  olimlarni,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  rahbarlarini  jalb

etadi;


8)  qonunchilik  tashabbusi  huquqi  subyektlari  vakillarining  ular  tomonidan  kiritilgan

qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;

9)  kiritilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  shuningdek  Qonunchilik  palatasi

tomonidan  qabul  qilinayotgan  qarorlar  matniga  o‘zgartish  yoki  qo‘shimchalar  kiritish

yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

10)  davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlardan,  mansabdor  shaxslardan  hujjatlarni,

ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi;

Oldingi tahrirga qarang.

11)  davlat  organlari,  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  rahbarlarining  ular  tomonidan

qonunlarga  rioya  etilishi,  Qonunchilik  palatasi  va  uning  Kengashi,  Qonunchilik  palatasi

qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi;



(18-moddaning birinchi qismi 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-

459-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  10.01.2018-y.,  03/18/459/0536-

son)

Oldingi tahrirga qarang.

12)  davlat  organlari,  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari  tomonidan  qonunlarning,

Qonunchilik  palatasi  qarorlarining  ijro  etilishi  holatini,  huquqni  qo‘llash  amaliyotini  vaqti-

vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi;



(18-moddaning birinchi qismi 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-

459-sonli  Qonuni  tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  10.01.2018-y.,  03/18/459/0536-

son)

13)  yangi  qabul  qilingan  qonunlar  ijrosini  ta’minlash  uchun  qonun  osti  hujjatlarining

o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi

Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonunlarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga

oshirishi mumkin.

(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni

tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)


Download 123,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish