O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

 
, ya‘ni 
(6.10)
 
 
(6.8) tenglamadan esa, nasos unumdorligi suyuqlik g‘ildiragidan ajralishdagi absolyut 
tezligini radial tashkil etuvchisiga proporsional, ya‘ni 
V

C
r2
 
(6.11)
 
Nasos talab etadigan quvvat esa, unumdorlik va naporning ko‘paytmasiga proporsional (6.10) 
va (6.11) tenglamalarga binoan quyidagi ko‘rinishni hosil qilamiz:
 
(6.12)
 
(6.10) - (6.12) tenglamalar proporsionallik qonuni tenglamalari deyiladi. Biroq bu 
tenglamalarni tahminiy hisoblar uchun ishlatish mumkin. Aniq hisoblar uchun esa, nasos ish 
g‘ildiragini aylanishlar chastotasi bilan foydali ish koeffisienti inobatga olinishi kerak. Shuni qayd 
etib o‘tish kerakki, proporsionallik qonunlari, aylanishlar soni bir-biridan 2 barobardan ortiq farq 
qilgandagina qo‘llash mumkin.
 
Nazorat savollari: 
1. Markazdan qochma tipdagi nasoslarning ishlash prinsiplari 
2.Markazdan qochma tipdagi nasoslarning sanoatda qo‘llanilishi 
3.Markazdan qochma tipdagi nasoslarning ishlash prinsipi 
4 markazdan qochma nasoslarning asosiy elementlari 
7-MAVZU. KOMPRESSORLAR. VAKUUM NASOSLAR. NASOS VA 
KOMPRESSORLARNI TANLASh 
Reja: 
7.1. Asosiy tushunchalar 
7.2. Porshenli kompressorlar 
7.3. Rotorli kompressorlar 
7.4. Markazdan qochma tipdagi kompressorlar 
7.1. Asosiy tushunchalar 
Kimyo sanoati korxonalarida ko‘p miqdorda gaz va gaz aralashmalarini qayta ishlashga 
to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera bosimdan farqli bosim ostida olib 
borilishi, jarayon tezligini oshiradi, qurilma o‘lchamlarini kichik bo‘lishiga va hokazolarga olib 
keladi. 


32 
Gazlarni siqish yordamida ularni quvurlarda va qurilmalarda harakati ta‘minlanadi va vakuum 
hosil qilinadi. Bundan tashqari, havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish, suyuqliklarni purkash 
uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida qo‘llaniladigan bosim miqdorlari 10-3 dan 108 H/m
2
(10-8...103 
atm) gacha bo‘ladi. 
Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi. 
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim R2 ning, gazni so‘rilish paytidagi bosim 
R1 ga nisbati siqish darajasi deb nomlanadi. 
Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) Ventilyatorlar (P2/P1) <1,1 - katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun
2) Gazoduvkalar 1,1 <(P2/P1) <3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan 
gazlarni uzatish uchun; 
3) Kompressorlar (P2/P1)>3 yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi; 
4) Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun. 
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsipi) bo‘yicha porshenli, rotorli, markazdan 
qochma, o‘qli va boshqa mashinalarga bo‘linadi. 
Porshenli mashinalarda gazlarni siqish hajmining kamayishi hisobiga amalga oshadi. Bunda 
porshenning ilgarilana-qaytma harakati tufayli gazning bosimi oshiriladi. 
Rotorli mashinalarda gazlarni siqish ekssentrik joylashgan rotorning aylanishi tufayli 
hajmning kamayishi oqibatida hosil bo‘ladi. 
Markazdan qochma mashinalarda ishchi g‘ildirakning aylanishida hosil bo‘ladigan inersiya 
kuchlari yordamida gaz siqiladi. 
O‘qli mashinalarda ishchi g‘ildirak va yo‘naltiruvchi qurilma uzunligi bo‘ylab, gaz 
harakatlanganda uning siqilishi sodir bo‘ladi.
Vakuum-nasos sifatida har qanday kompressordan foydalanish mumkin. Faqat vakuum-nasos 
bilan kompressor orasida farq shuki, vakuum-nasosda so‘rish bosimning atmosfera bosimidan 
sezilarli kam bo‘lsa, uzatish esa atmosfera bosimidan ko‘proq bo‘ladi. Porshenli kompressorlar kam 
miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5...20 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi. 
Turbokompressorlar esa, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15...1,5 MPa) uzatib 
berishga mo‘ljallangan. 
7.2. Porshenli kompressorlar 
Porshenli kompressorlar siqish bosqichi soniga qarab bir, ikki va ko‘p bosqichli, ishlash 
prinsipi bo‘yicha esa, oddiy (bir tomonlama) va ikki tomonlama harakatli kompressorlarga bo‘linadi. 
Kompressor mashinasining tuzilishi xuddi porshenli nasosning tuzilishiga o‘xshash. Kompressor 
mashinasining gazni biror oraliq yoki oxirgi bosimgacha siquvchi qismiga siqish bosqichi deyiladi. 
Porshen silindrda o‘ngga va chapga krivoship-shatun mexanizmi yordamida ilgarilama - qaytar 
harakat qiladi. Kompressorlarda porshen silindr devoriga zich qilib o‘rnatiladi va uni ikki qismga 
bo‘lib turadi. Porshen chapdan unga ilgarilama harakat qilganda, so‘rish klapani ochiladi va silindr 
gazga to‘ladi. Porshen orqaga qaytganda esa, silindrdagi gazning siqilishi natijasida bosim ortadi va 
haydash quvuriga uzatiladi. Ma‘lumki, gaz siqilganda uning temperaturasi oshadi. 
Oddiy porshenli kompressorlarda porshenning bir marta to‘liq, borib-kelishida bir marta so‘rish 
va o‘zatish bo‘ladi. Ikki tomonlama porshenli kompressorlarda ikkita so‘rish va ikkita uzatish bo‘ladi 
(7.1 - rasm). 
Bir bosqichli kompressorlar gorizontal va vertikal holda tayyorlanadi. Gorizontal 
kompressorlar ikki tomonlama, vertikallari esa - bir tomonlama bo‘ladi. 
Bir bosqichli, bir tomonlamagorizontal kompressorda (7.1a-rasm) porshen 2 silindr 1 da 
harakatlanadi. Silindr bir tomonidan so‘rish 3 va uzatish 4 klapanlari o‘rnatilgan qopqoq bilan 
yopilgan. Porshen shatun 5 va krivoship 6 bilan bevosita ulangan. 


33 
7.1-rasm. Oddiy porshenli kompressor: 
a-bir silindrli, bir tomonlama harakatlanuvchi; b-bir silindrli, ikki tomonlama harakatlanuvchi; v-ikki 
silindrli, bir tomonlama va harakatlanuvchi. 1-silindr; 2-porshen; 3-so‘rish klapani; 4-haydash 
klapani; 5-shatun; 6-krivoship; 7-maxovik; 8-kreyskopf. 
7.2-rasm. Ikki bosqichli porshenli kompressor: 
a-«tandem»; b-«kompaund»; v-differensial porshenli; g-V-simon silindrli. 1-silindr; 2-
porshen; 3-so‘rish klapani; 4-haydash klapani; 5-kreyskopf; 6-shatun; 7-krivoship; 8-maxovik; 9-
sovutkich. 
O‘qda esa, krivoshipdan tashqari maxovik 8 o‘rnatilgan. Porshen chapdan o‘ngga 
harakatlanganda, silindr ichida, ya‘ni qopqoq bilan porshen orasida, siyraklanish hosil bo‘ladi. 
So‘rish liniyasida bosimlar farqi hosil bo‘lgandan so‘ng, silindrda klapan 3 ochiladi va silindrga gaz 
kiradi.
Porshen o‘ngga qarab harakat qilganda esa, so‘rish klapani yopiladi, silindr ichidagi gaz 
porshen yordamida, ma‘lum bosim 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish