O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/32
Sana31.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#134372
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili

2.3.Zamonaviy fizikaning sakllanishi va rivojlanish davri 

Hozirgi  zamon  fizikasi  davrini  shartli  ravishda  3  bosqichga  ajratish 

mumkin:  Birinchi  bosqich  (1905-1931)  relyativ  va  kvant  g’oyalaridan  keng 

foydalanish  davri  bo’lib  u  kvant  mexanikasining  shakllanishi  va  yaratilishi 

bilan  tugaydi.  Ikkinchi  bosqich  (1932-1954)  fizikaning  subatom  bosqichi 

bo’lib  fiziklar  materiyaning  yangi  darajasiga  ya’ni  atom  yadrosigacha  kirib 

bordilar.  Nihoyat  uchunchi  bosqich  subyadro  va  kosmik    fizika    bosqichi  

bo’lib,bu  bosqichning  boshqa  bosqichlardan  farqli  xususiyati  shuki,  endi 

hodisalarni  o’rganish  yangicha  fazoviy-vaqtiy  miqyosda  olib  borilmoqda. 

Uchinchi  bosqichni  boshlanishini  shartli  ravishda  1955-yildan  deb  hisoblash 

mumkin.  Chunki  shu  yildan  boshlab  fizikada  nuklonlarning  strukturasi 

o’rganila boshlandi. 

Buyuk  nemis  fizigi  Vilgelm  Konrad  Rentgen  (1845-1923)  tomonidan 

1895-yilda  uning  nomi  bilan  ataluvchi  nurlanishning  kashf  etilishi  bilan 

bog’lash  mumkin.  Shu  yili  fransuz  fizigi  Jan  Batist  Perren  (1870-1942)  katot 



 

 

nurlari  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  oqimi  ekanligini  eksperimental 



tarzda  isbotladi.  Ingliz  fizigi  Jozef  Larmor  (1857-1942)  tashqi  magnit 

maydonida  elektronlarning  prosessiyasi  haqidagi  teoremani  yaratdi.  P.Kyuri 

tomonidan 

paramagnitlarning 

magnit 

sindiruvchanligini 

absolyut 

tempuraturaga  bog’liqligi  kashf  etildi.  P.  Kyuri  ferromagnitlarning  magnit 

xususiyati  yo’qolishiga  olib  keluvchi  tempuratura  mavjudligini  (eng  avvalo 

temirda)  isbotladi,  ya’ni  bu  temperaturadan  yuqori  temperaturalarda 

ferromagnitlarning 

spontan 


ravishda 

magnitlanishi 

buziladi 

(Kyure 


tempuraturasi). V. Vin va O. Lyummer (nemis fizigi, 1860-1925) absolyut qora 

jismlarning  modeli  sifatida  ichki  sirti  ko’zgudan  iborat  va  juda  ingichka 

tirqichli  sharni  olish  mumkinligini  taklif  etdilar.  A.  S.  Popov    radioni  ixtiro 

qildi. 1896-yil 24 mart kuni 250 metr masofaga birinchi radiogramma uzatildi. 

Shuni  aytish  kerakki  1892  yilda  radioaloqa  prinsipi  to’g’risida  ingliz  olimi 

Uilyam    Kruks  (1832-1919)  ham  o’z    g’oyalarini  oldinga  surgan  edi.  1896- 

yilda  simsiz  aloqa  uchun  A.  S.  Popovning  asboblariga  o’xshash  va 

radioto’lqinlarni  uzatuvchi  asbobni  italyan  fizigi  Gulelmo  Markoni  (1874-

1937)  ham  yasagan  edi.  G.  Markoni  xizmatlari  tufayli  1901-yilda  Atlantik 

okeani orqali radioaloqa o’rnatildi.  

1896  yil  1-martda  Antuan  Anri  Bekkerel    (fransuz  fizigi,1852-1908) 

uranda tabiiy radioaktivlikni kashf etdi. 

1897  yilda  ingliz  fizigi  J.J  Tomson  (  1856-1940)  magnit  va  elektr 

maydonlarida  katod  nurlarining  og’ishini  o’rganar  ekan  ,ular  manfiy 

zaryadlangan  zarrallar  oqimidan  iborad  degan  xulosaga  keldi,bu  zarrallarning 

massasini o’lchaganida u vadorod atomi massasidan taxminan 1837 marta kam 

ekanligi aniq bo’ldi.Bu elektronning kashf etilishi edi.  

    1898 yilda M.Sklodovskaya-Kyuri (polyan va fransuz fizigi,1867-1937) 

va  P.Kyuri  yangi  radioaktiv  elementlar-poloniy  va  radiyni  kashf  etishdi.1898-

1900  yillarda  metallarda  ozod  elektronlar  (elektronlar  gazi)  konsepsiyasi 

oldinga  surildi  (K.Pikke,  P.Drude,  J.J.Tomson).  Bu  g’oya  o’zining  keyingi 

rivojini 1904 yilda X.Lorens tadqiqotlarida topdi. 




 

 

   1899  yilda  A.Bekkerel,St.Mayer,E.Shveydler  va  F.Gizellar  magnit 



maydonida    radioaktiv  nurlarning  og’ishini  aniqladilar.E.Rezerford  (buyuk 

ingiliz  fizigi,yadro  fizikasi  asoschisi,1871-1937)  uran  nurlanishi  ikki 

komponentali ekanligi ya’ni α va β –nurlardan iboratligini ko’rsatdi. 

    P.N.Lebedev  (rus  fizigi,  1866-1912)  tajriba  asosida  qattiq  jismlarda 

yorug’likni  bosimini  o’lchadi.Bu  tajriba  unga  juda  katta,  dunyo  miqyosidagi 

shon  -  shuhrat  keltirdi.Mashhur  olim  U.Tomson  bu  xususida  shunday  yozgan 

edi:  “Men  yorug’lik  bosimi  to’risidagi  g’oyani  tan  olmay  butun  umrim 

davomida Maksvell bilan kurashib keldim va mana endi… Lebedev meni o’z  

tajribasi oldida tiz cho’ktirishga majbur etdi.” 

    1900  yilda  nemis  fizigi  M.Plank  (1858-1947)  kvant  nazariyasiga  asos 

soldi,  uning  nomi  bilan  ataluvchi  (Plank  doimiysi)  doimiylikni  fanga  kiritdi, 

absolyut qora jism spektrida energiya taqsimotiga doir formulani yaratdi (Plank 

qonuni).Plankning  nurlanish  qonuni  tajriba  asosida    G.Rubens  (nemis  fizigi, 

1865-1922) va F.Kurlbaum (nemis fizigi,1857-1927) tomonlaridan tasdiqlandi. 

P.Billar  (fransuz  fizigi,1860-1934)  γ  -  nurlarni  kashf  etdi.  J.Taunsend  (ingiliz 

fizigi,  1868-1957)  gazlarda  o’tkazuvchanlik  nazariyasini  yaratdi  va 

zaryadlangan zarralarning diffuziya koeffisientini hisobladi. 

    1901  yilda  J.Perren  atomning  planetar  tuzilishi  to’g’risidagi  gipotezani 

oldinga  surdi  (Perren  modeli).  A.Bekkerel  va  P.Kyuri  tomonidan  radioaktiv 

nurlanishning  biologic  ta’siri  o’rganildi.  O.Richardson  (ingiliz  fizigi,1879-

1959)  termoelektron  emissiya  hodisasida  to’yinish  tokining  zichligi  katod 

sirtining temperaturasiga bog’liqligini aniqladi (Richardson qonuni). 

   1902 

yilda 


B.Kaufman 

(nemis 


fizigi,1871-1947) 

tomonidan 

elektronning massasi uning harakat tezligiga bog’liqligi tajriba asosida birinchi 

bo’lib  isbotlandi.  F.Lenard  (nemis  fizigi,1862-1947)  fotoeffekt  tenglamasini 

yaratdi,unda  fotoelektronlarning  energiyaisini 

yorug’lik  chastotasiga 

bog’liqligi o’z ifodasini topgan. 

    1902-1903  yillar  mobaynida  E.Rezerford  va  F.Soddi  (ingiliz 

fizigi,1877-1956)  radioaktiv  yemrilish  nazariyasini  yaratdilar  va  radioaktiv 



 

 

aylanish qonunini yaratdilar. M.Abragam (nemis fizigi, 1875-1922) tomonidan 



elektromagnit  impuls  tushinchasi  fanga  kiritildi  va  elektronning  elektromagnit 

massasi uchun formula olindi. 

    Shunday qilib, klassik fizika rivojlanishining III davri o’ziga xos o’tish 

davri bo’lib, yangi-yangi g’oyalarning amalga oshishi, kutilmagan kashfiyotlar 

va  ixtirolarning  ochilishi  bilan  xarakterlanadi.  Shu  bilan  birga  fizika 

yangilanishga,zamonaviy  tus  olishga  muhtoj  edi.  Bu  davr  zamonaviy 

fizikaning paydo bo’lishiga zamin yaratdi.Zamonaviy fizikaning dadil qadami 

1905-yildan  -  tabiatshunoslikning  buyuk  o’zgartiruvchisi  A.Eynshteyn 

kashfiyotlaridan boshlanadi.  

Albatta,  fizika  rivojlanishining  yuqoridagi  davrlarga  bo’linish  sxemasi 

ma’lum  darajada  shartlidir,  lekin  shunday  qilinganda  fizikada  kashf  etilgan 

hodisa va qonuniyatlarni ancha keng va ketma-ketlikda o’rganish imkoniyatini 

yaratadi. 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish