O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


I.1 X. DAVRON SHE’RIYATIDA POETIK OBRAZLAR TIZIMI



Download 132 Kb.
bet4/9
Sana21.04.2022
Hajmi132 Kb.
#571231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xurshid Davron she’riyatida qôshimcha affikslarning qo’llanilishi

I.1 X. DAVRON SHE’RIYATIDA POETIK OBRAZLAR TIZIMI
She’riyat tuyg‘ular gulshanidir. Biz Xurshid Davronning Vatan, tabiat, jamiyat, sadoqat, ishq haqidagi she’rlarini o‘qiganimizda qalbimiz shu gulshandan taralgan nafosat ifori bilan to‘yinganday bo‘ladi. Boisi, Xurshid Davron poetik obraz yaratishda o‘ziga xos uslubga ega. Shoir o‘z she’rlarini nafis tashbehlar bilan bezatib, ularga o‘zgacha sayqal berishga astoydil harakat qiladi. Lirik qahramonning ruhiy olamini noyob poetik topilmalar va tasvir vositalari yordamida ifodalaydi.
Xurshid Davron yaratgan poetik obrazlar orasida Vatan obrazi alohida o‘rin tutadi. Shoir Vatan obraziga eng vazmin, Istiqlol dardi, davr yukini yuklaydi. Shoirning “Moviy rangli osmonga boqdim” she’riga nazar tashlaylik. Taniqli adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam ta’riflagandek, bu bitikdagi obrazning kuchi, jozibasi shundaki, u shoir ifodalamoqchi bo‘lgan fikr, his-tuyg‘u va kechinmani ma’no jihatidan tovlantirib beradi.
Dastlab she’rni o‘qigan kitobxonda shoir tasvirlagan tabiat manzaralariga qiziqish paydo bo‘ladi. Shoir o‘quvchini moviy rangli osmon, “zumrad dala” go‘zalliklari bilan oshno qiladi, “pishib yotgan bog‘lar” sari chorlaydi. Tong nurlariningto‘lqinlarini ko‘rgan shoirning yuragida yulduz chaqnaydi. Uning bag‘ri shamollarga aylanadi. Shoir “Hayotni yonib kuyladim” deya e’tirof etadi. Aytmoqchi bo‘lgan asosiy fikrini esa she’rning eng so‘nggi qatorlariga joylaydi:
Har kimning ham bo‘lsin osmoni,
O‘z gullari bo‘lsin qalbining.
Erkday ulug‘ O‘zbekistoni,
Cheksizligi bo‘lsin har kimning.
She’rning hali yurtimiz mustaqillikka erishmagan bir tarixiy pallada yozilganligini qayd etadigan bo‘lsak, masalaning mohiyatini yanada teranroq anglaymiz. Boisi o‘sha davrlarda buyuk og‘alar e’tirof etgan vatandan boshqa vatan yo‘qligini uqtiruvchilarni hisobga olsak, shoir “bahorning ilk bargiday yashil”, “gul atridek yosh Vatan” haqida kuylashi, uning timsolini yaratishining o‘zi she’riyatimiz tarixida katta bir voqea edi:
Vatan, sensan bag‘rimga monand,
Bag‘rim kabi musaffo, yorug‘.
Sen onamga o‘xshaysan, Vatan,
Onam kabi tabarruk, ulug‘.
Shunday yorug‘ mening Vatanim,
“Men sevaman” so‘zidek yorug‘.
Shoir nazarida dunyodagi eng yorug‘ maskan, “ona kabi tabarruk, ulug‘” go‘sha bu Vatandir. Shuning uchun ham shoir Vatanini jonidan ortiq sevadi. Uning uchun har narsaga tayyor. Mana shu tarzda Xurshid Davron she’riyatida Vatan bir ulkan poetik obraz, muqaddas go‘sha, ulug‘ sajdagoh sifatida bo‘y ko‘rsatdi.
Xurshid Davron she’riyatida bahor, gul, kuz va qish, qor kabi rang-barang obrazlar uchraydi. Shoirning “Derazamning raxidan qorni…” she’ri bunga misol bo‘la oladi. Deraza raxida turgan qorni hammamiz ham ko‘rganmiz. Lekin shoir uni boshqacha nigoh bilan ko‘radi. SHe’rda tuvakdagi gul va qor obrazlari bor. Deraza raxidagi qorni tuvakdagi gul kuzatganini ko‘rganmisiz? Shoir kitobxonning e’tiborini shu voqeaga tortadi.
Qanday yaxshi kuzatmoq to‘yib
Tashqarida yoqqan oq qorni,
Hech bo‘lmasa oldingga qo‘yib
O‘tkir sharob, bir burda nonni.
Endi lirik qahramonni na uydagi issiq joy, na tuvakdagi gul, na tinchgina kitob o‘qish, na tashqaridagi qorni kuzatish qiziqtiradi. U kiyinib tashqariga otiladi. Tabiat go‘zalligidan, qor yog‘ishidan zavqlanadi. Sizni ham birga qor bo‘roniga, qish zavqidan sarmast bo‘lishga da’vat etadi. Shoir she’rining ta’sir kuchi ham xuddi mana shundadir.
Shoirning “Bo‘ldi, yetar, termulmang oyga…” degan she’rida “men”i va oy obrazi bor. Shoirning lirik qahramoni “Bo‘ldi, yetar, termulmang oyga, ha, bilaman, oy juda go‘zal — To‘yib bo‘lmas bunday chiroyga” deya xitob qiladi.
Yerga boqing: xuddi shu chog‘da
Yulduzlardan ulkan maysalar
Bosh ko‘tarib chiqib kelmoqda, —
deya o‘quvchiga murojaat qiladi. Bu fikrda shunday ramz bor: Oy qanchalar go‘zal bo‘lmasin, u lirik qahramonning istiqlol, ozodlik, hayot haqidagi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Lekin ona zamin bag‘ridan ko‘tarilayotgan maysalarda esa hayot bor, go‘zallik bor. Boisi maysalar yerdan bosh ko‘tarib kelmoqda. Ular tabiatni go‘zallikka burkab, insonga va borliqqa hayot baxsh etadi.
Bolalik! Inson umrining gultoji, betakror bahori. Kim ham bolaligini sog‘inmaydi deysiz. Shoir ham bolalik haqidagi bitiklarida yillar uning bolaligini o‘g‘irlab ketganligini, do‘stlari sochlaridagi “oq tolalarga hayron boqqanligini” tasvirlarkan, goh yillarni koyisa, goho bog‘lar tomon yuz buradi. Shoir bolalik haqidagi tuyg‘ularini shunday ifodalaydi:
Kunlar xazon kabi sarg‘ardi,
Uchib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo sig‘ardi,
Bugun sig‘mas o‘zimning dardim.
O, bolalik, mening quvonchim,
Ey, ko‘z yoshi to‘ymagan uchun.
Kecha do‘stlar bilan men ichdim,
Sening boqiy qudrating uchun.
Shoir yoshlik va bolalikning o‘tib ketganligini “Kunlar xazon kabi sarg‘ardi” satrlari orqali ifodalaydi. U “sarg‘aydi” so‘zini “sarg‘ardi” deb qo‘llashi bilan she’rdagi ma’no yanada kuchayib, uning ta’sirchanligi ortadi. “Uchib ketdi yaproqlar kabi” degan o‘xshatishdan mohirona foydalanadi. Bolaligida shoir qahramonining qalbiga butun dunyo siqqan bo‘lsa, bugun uning ichida hatto tariq aylanmaydi. Shundanmi, o‘zining dardi ham yuragiga sig‘maydi. Biroq bolalik qanchalar yiroqlashib ketgan bo‘lmasin, inson doimo o‘z bolaligini qo‘msaydi, bola bo‘lib qolgisi keladi. Bolalik ana shunday betakror tuyg‘u.
“Xurshid Davron o‘z tuyg‘ularini ko‘z-ko‘z qilmaydi. O‘quvchini hayotiy haqiqat bilan yuzma-yuz qilib, undagi ta’sirlanish, munosabat bildirish va xulosa chiqarishni ko‘proq o‘quvchining o‘ziga qoldiradi. Tuyg‘ular chinligi, holatning samimiyligi, kechinmalar tabiiyligi misralarga joziba baxsh etadi. Shoir ifodalayotgan timsollar uning ijodiy maqsadi yo‘lida xizmat qiladi”.
Xurshid Davron she’riyatida ramziy va majoziy timsollar XX asr o‘zbek she’riyatida yuksak san’at namunalarini bunyod etgan Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron kabi iste’dodli shoirlar o‘zlarining asarlari bilan chinakam she’riyat hamisha hayot bilan chambarchas bog‘liqligini, ular insoniyatning estetik ehtiyojlariga xizmat qilishi lozimligini to‘g‘ri anglab yetishdi. Bu avlod she’riyati adabiyotdagi ko‘p yillik boy va rang-barang ijodiy tajriba asosida shakllandi.
Xurshid Davron she’riyati haqida mulohaza yuritib, Eshqobil Shukur: «Xurshid Davronning asosiy ijod qoidalaridan biri – she’rda Vatan bo‘lishi kerak! U bir maysa timsolida aks etadimi, tuproq misolida namoyon bo‘ladimi, bir daraxt tasvirida ko‘rinadimi, daryo kabi shovullab ovoz beradimi, qanday bo‘lmasin she’rda Vatan bo‘lishi kerak! Biroq bu ramz uning she’rlariga sira zo‘rma-zo‘raki kiritilmagan, balki shamol kabi erkin, muhabbat kabi samimiy, vijdon kabi xalol kirib kelgan», – deb yozadi.
Xurshid Davron she’riyatida faqat o‘zining shaxsiy kechinma va qarashlarigina emas, balki ayni chog‘da XX asrning muhim muammolari ham ifodalangan.
Xurshid Davron zamon muammolarini o‘ziga xos tarzda, uslubda ifodalaydi. Shoir betakror ramziy-majoziy timsollarni yaratadi.
Xurshid Davron she’rlarida qushlar, bulutlar, mayus daraxtlar, quyosh, bog‘lar, daraxt barglari, dalalar, qish, qirov, kuz – hamma-hammasini teran his etadi. Bu ramziy-majoziy timsollarda shoirning tuyg‘ulari o‘zgacha lavha, o‘zgacha manzara kasb etadi.
Xurshid Davron lirikasi o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos sahifalaridan birini tashkil etadi. Bu o‘ziga xoslikni xarakterlaydigan jihatlar ko‘p, albatta. Bu sirada alohida obrazlarga (bola, ot, tun, daraxt, qush kabi), alohida mavzularga (bolalik, urush, tarix, san’at, peyzaj kabi) ko‘p murojaat qilish; badiiy tasvir tizimining o‘ziga xosligi; aksariyat she’rlarda zamonning aniqligi; badiiy tasvirning yorqinligi kabilarni sanash mumkin. Shoir ijodi milliy adabiyotning ma’lum bir davrdagi taraqqiyot xususiyatlarini o‘zida namoyon eta oladi; ayni paytda u milliy she’riyatimiz har qanday bosqichda ham rang-barang izlanishlardan iborat bo‘lganligining bir misolidir.
Badiiy adabiyot namunalariga birgina o‘zbek she’riyati misolida ham yaxlit holda qaralsa, badiiy so‘z taraqqiyoti har bir bosqichining o‘ziga xos obrazlar tizimi, detallari, tafsillari borligini ko‘rish mumkin. “Erk” so‘zini “qasos” so‘ziga qofiya qilish bilan bog‘liq badiiy tafsil aynan 1979-yilda yozilgan she’r matnida mavjud bo‘lishi ham ana shu qonuniyat bilan izohlanadi. Shoir ohangdosh bo‘lmagan so‘zlarni qofiya qilishni ijodning suv va havoday zarur talabi darajasiga chiqarmoqda. Axir, “erk” va “qasos” so‘zlarining ohangdosh emasligi oddiy o‘quvchiga ham ayon-ku! Notabiiyday tuyulgan bu holat ramziy ma’noda badiiy ijoddagi yakranglikni rad etishni, yangilanish ishtiyoqini; ijtimoiy hayotda esa istibdod iskanjasida ezilgan millat qalbining chuqur qavatlaridan qo‘zg‘ola boshlagan qasos tufayli erk masalasi kun tartibiga chiqqanligini ifoda etadi. “Qo‘rqoq bo‘lsang – qo‘rqoq bo‘lar she’r!” degan programmani e’lon etadi shoir davom etib. Keyingi badiiy tafsillar she’rning bu ijtimoiy ruhini ochiqroq ifoda etadi:
To‘marisdek ayol qo‘llarin
Chanoq tig‘i tilarkan kech kuz
Qog‘ozdagi she’rim yo‘llari
Yuragimda qon qoldirgan iz.
Paxta yakkahokimligi bilan bog‘liq bunday badiiy tafsillar Xurshid Davronning boshqa she’rlarida ham ko‘p uchraydi va bu tabiiydir. Shu birgina tafsilda shoirning o‘zi yashayotgan muhit ravish-raftoridan norizoligi, a’zolari o‘z o‘rnini topmagan jamiyatga “qasos”i yashiringan. Aynan To‘maris obrazining eslanishi ham tasodif emas. Vatan mustaqilligini asrab qolishdan iborat xatarli vaziyat bir paytlar ayol qo‘llariga qilich tutqazgan bo‘lsa, she’r muallifi yashayotgan muhit ayolning go‘zalligini dag‘allikka, hayotini rejayu majburiyatlarning qurboniga, o‘zini dalaning doimiy fuqarosiga aylantirdi. Shoirning qalbi ana shu nomuvofiqlikdan iztirobda, shundan uning she’riy satrlari yurak qonining izlari bo‘lib tug‘iladi. Shundan u “So‘z – qushdir…” deb nomlangan yana bir boshqa she’rida “o‘z qoningdan ichirgin qushga” deydi. Ijodkor shaxsning jamiyatdagi, millat hayotidagi o‘rni muammosi “Eng kuchli baqiriq…” she’rida ham ramziy tarzda ifoda etilgan:
Eng kuchli baqiriq –
Soqovning baqirig‘i.
O‘, qanday kuch bilan baqirar
Qabrtoshlar…
Eng kuchli sukunat – na ko‘z sukuti,
na soqov sukuti, na tosh sukuti,
Eng dahshatli sukunat –
Shoir jim yursa…
Shoir yashab turgan davr, jamiyat uni ijodkor shaxsning jamiyatdagi, nafaqat jamiyat – butun insoniyat oldidagi vazifasi, mas’uliyati haqida o‘ylashga majbur etadi. Yozuvchi – har bir davrning vijdoni, xalqning eng ilg‘or kishisi, millatning basirat ko‘zi va uning uyg‘otuvchisidir. Bas, shunday ekan, uning sukut saqlashga haqqi yo‘q. Shoir jim qoldimi, u jamiyatning taraqqiyoti bo‘lmaydi, u millat xoru zabunlik qismatiga mahkum etiladi. Shoir jim qoldimi, demak – davrning vijdoni o‘lgan, millatning ko‘zi ko‘r, istiqbol yo‘li tugagandir. Qisqagina she’r uchun tanlangan jamiyki obrazlar, detallar ana shu g‘oyani ifodalashga yo‘naltirilgan. Bu obraz va detallarning barchasi “sukunat” obrazi atrofida aylanadi: soqov, qabrtosh, ko‘z sukuti, tosh… Zohiran sukunatga zidday bo‘lib tuyulgan “baqiriq” ham aslida sukunatning sherigi, o‘shaning ko‘rinishi. Chunki soqovning baqirig‘i nimani ifodalaydi? Hech nimani. U har qancha kuchli bo‘lmasin anglab bo‘lmaydigan bir tovush, xolos. Shu tariqa Xurshid Davron yetti misradan iborat she’rda ijtimoiy karaxtlik hukm surayotgan jamiyatning poetik obrazini yaratdi.
Xurshid Davron ijodini kuzatgan odam uning umumiy “vatan”ga intilish urf bo‘lgan sho‘ro davrida o‘zining millati va vatani tarixiga ko‘p murojaat qilgani, goho undan faxrlangan bo‘lsa, ko‘proq qayg‘urib, yozg‘irganiga guvoh bo‘ladi. Shoir millati va vatanini sevgani uchun uning tarixini ko‘p kuylagani, shubhasiz. Ammo bu yagona sabab emas. U millatu vatanning bugunidan qoniqmasdi. Shu bois shoir mavzuni ko‘proq tarixdan olardi. O‘zbekning shonli, ulug‘vor tarixini yodga tushirish bilan qulligiga ko‘nikkan, ko‘nikibgina qolmay, bu holidan faxrlanadigan darajaga kelgan millatdoshlarining ko‘zini ochmoqchi, asli kimligini esga tushirib, g‘ururini uyg‘otmoqchi bo‘lardi.
She’rlarining birida: “Ustimdan asrlar, moziylar o‘tar”, — deb yozgan Xurshid Davronning bitiklarida bobolar tog‘dek viqorli, qoyadek cho‘ng, buloqdek toza, tog‘ havosidek tiniq qilib tasvirlanganidan o‘qirman ularni darhol suyib qoladi. Shoir o‘z bitiklarida elu-yurt tarixining nafaqat shonli, balki qonli sahifalarini ham yashirmay aks ettirgan. U milliy tarixning ana shu qonli manzaralari tasviriga ham iliq harorat, kuchli mehr bag‘ishlay olgan. Shoir aksar bitiklarida she’rxonni bobolarday bo‘lishga chorlaydi. U vatan chaqiriq va shior sifatida odamning tashida emas, balki ko‘nglida bo‘lishi kerak, degan fikrni: “O‘zbekiston nomi – bobom o‘giti, Uni taqayvermang duch kelgan yerga” tarzida ifoda etadi.
Xurshid Davron bobolaridan qolgan yurtini yaxshi ko‘radi. Shoir jonni tikib bo‘lsa-da, vatanini himoya qilishga o‘zini burchli sanaydi. Otayurtni maqtab ta’rifini keltirish, uni qanchalar suyishini boshqalarga ko‘z-ko‘zlash emas, zarur bo‘lganda unga qalqon bo‘lish kerak, deb hisoblab:
Uzoqlardan kuylab uchar o‘q
Men Vatanni to‘smog‘im uchun, —
Yozadi
She’riy asarda aks etgan tuyg‘u va qarashlar o‘qirman qiyofasidagi jamiyat a’zolari bilan muloqotga kirishadi. Ijodkor ayni shu muloqot onlarida uyg‘otilishi lozim bo‘lgan fikr va hissiyotni bitiklari zamiriga joylash orqali millat ijtimoiy ongiga ta’sir ko‘rsatadi. Sinkretik san’at o‘laroq adabiyot insonning tafakkur va ruhiyatiga birday ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarda aks etgan ko‘ngil holati hayotdagi odamlar ruhiyatiga ko‘chadi, tozargan ruhoniy hodisa sifatida yana adabiyotga qaytadi. Shu tariqa shaxsdan adabiyotga, adabiyotdan shaxsga qabilidagi uzluksiz kechim yuzaga keladi.
1983-yilda yozilgan “Samarqanddagi ozodlik haykali qoshida o‘ylar” she’rida erkka tashna shoirning go‘zal badiiy topilmalar yordamida ruhiyatlarga dolg‘a soluvchi otashin tuyg‘ulari samimiy aks ettiriladi:
Ozodlik!
Madad ber navqiron dilga,
Kuy bergin, bo‘g‘zimni to‘ldirib olay.
Qudrat ber, bag‘ishlay yurakni elga,
G‘azab ber, men uni solayin she’rga!
She’rdagi har bir so‘z, hatto, “Xazonlar boqqa hukmron, Tillarang bo‘yoqqa bo‘yalgan olam” singari kuz tabiatining tengsiz chiroyi aks etgan manzara tasviri ham ozodlikka tashna Vatan, uning shonli tarixidagi qandaydir voqeaga bog‘liq holda beriladi. Ozodlikka aloqasi yo‘q narsa shoir e’tiborini tortmaydiganday, unda hissiyot uyg‘otmaydiganday tuyuladi. Ozodlik haykali poyidagi mangu olov shoirga lovillab yonayotgan yurakni eslatadi. Bu holat she’rda: “Bu olov yuragim shaklida yonar”, — tarzida ifodalanadi. She’rning mantig‘iga ko‘ra, chinakam odam tiz cho‘kib kechirilgan umrni hayot hisoblamaydi. Odam uchun tiz cho‘kib yashash o‘limdan og‘ir, ochunda birgina narsa – ozodlikka tiz cho‘kish mumkin:
Bobolar qoshingda tiz cho‘kib o‘lgan,
Ular faqat senga tiz bukkan, xolos!
Xurshid Davronning ko‘p she’rlarida Vatanni ozod ko‘rmaganidan iztirob chekkan shaxsning ko‘ngil holatlari aks etadi. Uning ko‘plab bitiklarida ozodlik nafasi, vatan harorati, tarix saboqlari tasvirlanadi. Bugunning yaxshiroq kechirilmog‘i, ertaning mukammal qurilmog‘i uchun tarixni bilish va undan saboq olish lozimligini Xurshid Davron shunday ifodalaydi: “Buguningni o‘ylasang agar Yer ag‘darib ter to‘k, bug‘doy soch – Unib chiqar, albatta, sahar. Ertani ham o‘ylasang agar, Bog‘ yaratgin, yillar o‘taru Yuksalar bog‘ – bepoyon, zafar. Kelajakni o‘ylasang agar, Unib-o‘stir bolalaringni, Kurashmoqni o‘rgansin ular”. Zero, uzoq kelajagini tasavvur qilmagan, uning bugundan ko‘ra shonliroq bo‘lishi uchun kurashmagan millat baxtga munosib emas.
Inson hamisha o‘z o‘tmishiga qiziqib, uni bilgisi kelib yashaydi. Odam bugunini anglashi uchun kechagi kunidan saboq chiqarishi kerak bo‘ladi. Zero, kechagi kun hamisha qaytarilmas tarixdir. Buguniga o‘tmishdan turib nazar solabilgan odamgina ertasini bugungidan yorqinroq qilishga qodir. Kechagi kunini unutib yuborgan yoki eslagisi kelmaydigan kimsalar uchun ertangi kun ham bo‘lmaydi. Ular xuddi jonliqlar kabi faqat hozir bilan tirikchilik qiladilar.
Odam jamiyatdan uzilib hayot kechira olmaydi. Chunki odamning odamligi faqat ijtimoiy muhitda, ya’ni boshqa odamlar orasidagina namoyon bo‘ladi. Shu bois goh odamning butun umri, goh lahzalik ko‘ngil holatini mangulikka muhrlashga intiladigan adabiyot mavjudligining o‘zi bilan ijtimoiy mohiyatga egadir. Eng ichkin ruhiy holat yoki sof tabiat manzaralari aks etgan bitiklarda ham o‘z-o‘zidan ijtimoiy mazmun bor.
Xurshid Davron singari o‘zini jamiyat, millat va uning tarixidan ayro ko‘rmaydigan ijodkorning badiiy yaratiqlarida-ku, inchunin. Unda lirik qahramon kechinmalari ifodasi ham ijtimoiy. Zero, bu kechinmalar jamiyatda yuz berayotgan hodisalar tufayli uyg‘ongan. Shuning uchun ham shoirning “Shamni o‘chirdilar…” she’ridagi:
Mehru shafqat yo‘qdir,
Or-nomus yo‘qdir.
Dillarda muhabbat chirog‘i so‘ngan.
Ko‘ngil yalang‘ochu qorinlar to‘qdir,
Hamma taqdiriga ko‘nikkan, ko‘ngan.
tarzidagi og‘riqli nidosida zarra qadar atayinlik, sun’iylik, zo‘rakilik yo‘q. Bu satrlarda “ko‘ngil yalang‘ochligi bilan qorinning to‘qligi”, hammaning shu taqdirga “ko‘nikkan, ko‘ngan”ligi tasvirida qo‘llangan har bir so‘z keyingisini kuchaytirib, ta’sir darajasini oshirishga xizmat qildirilgan. Shoir ifodalanayotgan ruhiy holatga mos keluvchi so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlata biladi. Olchoqlik tarozisida “ko‘ngan”lik “ko‘nikkan”likdan ko‘ra og‘irroq tosh bosadi. Bir o‘zakdan yasalgan ikki so‘zdagi nozik ma’no farqining bu qadar ingichka his etib qo‘llanilishi she’rning ta’sir kuchini keskin ortirgan.
Asarning keyingi bandida shoirning noroziligi isyon darajasiga ko‘tariladi. U “qotillar bilan g‘ofillar yonma-yon yashayotgan” zamonga ayblov e’lon qiladi:
Dahshatli zamon bu!
Qotillar bilan
G‘ofillar yonma-yon yashagan zamon.
Qor yog‘ar – bu qorni quyoshmas, sovib
Ulgurmagan qonlar eritar hamon.
Adolatsizlik qori erimaydigan zamonda nohaq qon to‘kilmasligi mumkin emas. Zulm qorini, nohaqlik muzini erku adolat yo‘lida to‘kilgan qaynoq qonlargina eritishi mumkin ekani otashin misralarda ifoda etiladi.
Odam odamday yashamog‘i uchun jamiyat odamiy bo‘lmog‘i kerak. Bunday jamiyat esa o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, uni yaratish, bu yo‘lda kurashish, kerak bo‘lsa, jondan kechish zarur bo‘ladi. Shoirning 1987-yilda erk jangchisiga bag‘ishlab yozilgan. “Bobon botirning o‘limi oldidan aytganlari”. 1869-yil she’rida o‘z ozodligi yo‘lida qo‘zg‘almagan xalq qullikka mahkum ekani ijtimoiy-ma’naviy asoslari ko‘rsatilgan holda o‘ta ta’sirchan tasvirlanadi:
Demak, hali xalq ham xalqmas,
Erk uchun shaylanmasa,
Demak, hali sut ham haqmas,
Gar qonga aylanmasa.
Bosqinchi egalik qilayotgan yurtning ulusi o‘z sharmandali qismatining yolg‘iz sababchisidir. Shaxslik g‘ururi, ori bo‘lmagan bunday kimsalar uchun tiriklik tirikchilik o‘tkazishdan, yashamoq yemoqdangina iborat. Hayvoniy istaklarga qul olomon munosabatlarga munosib bo‘lib qoladi:
Demak, hali musavvir ko‘r,
Olim soqov, shoir kar,
Bobo qo‘rqoq, ota sotqin,
Ona zolim, aka g‘ar.
Demak, hali so‘z – fohisha,
Imon yo‘qdir, dil vayron…1
Hayotning shafqatsiz haqiqati shundaki, ba’zan hayot qolmoq uchun qurbon bo‘lish, tiriklik uchun o‘lish lozim bo‘ladi. Bu holatni shoir: “Ona yurtni saqlab bo‘lmas Janggohlarda o‘lmasdan” tarzida ifoda qiladi. “Namozni yov o‘ldirgan tunda” she’ri ham go‘yo oldingi bitikning mantiqiy-hissiy davomi kabi “Bu dunyodan ketganda Namoz, Bizga meros qolgandi qasos” satrlari bilan tugaydi. Ezgulik, ayniqsa, erk yo‘lida qilingan hech bir harakat, berilgan qurbon izsiz ketmasligi shu yo‘sinda umidbaxshlik bilan tasvirlanadi.
Yurt obod, el ozod bo‘lishi uchun, shoirning nazdida har bir odamda “Zilzilani kutgan asbobdek Sergak bo‘lsin doimo yurak”. Millat ahli shunchaki kun kechiraverishga ko‘nikmay, o‘z hayotining mohiyati to‘g‘risida o‘ylay boshlaganda, o‘ylabgina qolmay, uni ma’nili qilishga kirishganda, uning tirikligida mazmun bo‘ladi. Shundagina: “Hayot quchog‘ida jon berar o‘lim”, — deb aytish mumkin. Elning xorligi, yurtning toptalgani, asl yurtsuyarlarning qatag‘on qilinishi shoirda:
Ko‘kka boqsam osmon yo‘q edi,
Yer yo‘q edi, o‘rnimdan tursam.
Bir o‘q meni ta’qib qilardi
O‘sha kuni qayoqqa borsam…
tarzidagi tushkun kayfiyat paydo qiladi. Shoir erk tuyg‘usidan mahrumligi sabab o‘z yurtiga egalik qilolmagan erkak to‘la ma’noda er kishi sanalmasligini: “Erk nima? Javob yo‘q. Qorin to‘q, dil beg‘am. Qorni to‘q qullardan Qo‘rqmaydi ayol ham”, — deya ifodalaydi. Yonib turgan o‘t kabi ko‘ngilu tanni ayovsiz kuydirguvchi bu satrlar kishini seskantirib yuboradi, o‘z xatti-harakatlarini taroziga solib ko‘rishga undaydi.
Xurshid Davron tabiatni yaxshi ko‘radi, uni yaxshi biladi, uning tengsiz tarovatini she’rlariga ko‘chirib, o‘qirmanni ham zavqiga sherik qiladi. Shoirning bir kitobi “Bahor”, “Yoz”, “Kuz”, “Qish” kabi ruknlarga bo‘lingani, boshqa birining esa “Bahordan bir kun oldin” deb atalishi bejiz emas. U tabiatning turli ko‘rinishlaridan ma’no qidiradi va topa biladi. Bir she’ridagi “Kun ham botdi… Yulduzlar yondi” satrlari o‘qirmanga tun go‘zalligidan ta’sirlangan kishi holatini tuydirsa, “Hali ko‘kka boqurman to‘yib Tinglab yulduzni” tarzidagi ifoda yulduzlarni ko‘ribmas, aynan tinglab rohatlana oladigan odam ruhiyatini aks ettirishi bilan e’tiborni tortadi. Bu o‘rinda tuyg‘ulari nozik, tabiat tarovatidan zavq olabiladigan kishining kayfiyati she’rga aylangan.
Xurshid Davron uchun tabiat – ba’zan odamni tasvirlash, unga xos qandaydir sifat-xususiyatni aks ettirish vositasi bo‘lsa, ba’zida o‘zi mustaqil badiiy maqsadga aylanadi. Shoir ko‘klam yellari haqida shunday yozadi: “U kuylay boshlasa, gullarni tishlab Uyg‘ona boshlaydi qurigan shoxlar”. Bahor kelishi bilan og‘ochlar badaniga suv inib, novdalarda hayot paydo bo‘ladi. Og‘och shoxining to‘liqqan kurtaklari qimtilgan lablarga, kurtak ichini yorib chiqayotgan gulbarglar lab orasidan sal ko‘rinib turgan tishlarga o‘xshaydi. Og‘ochning shoxlari ochilgan gullarni tishlab turganday tuyuladi. Shoir hayot qo‘shig‘i bo‘lmish ko‘klamgi yellar esishi hamon butun borliq tirilishi va jonivorlaru, qurt-qumursqalarga ham jon kirib, hayot qozoni qaynay boshlashiday qamrovli jarayonni shu tariqa ikkigina misraga jo qila bilgan. Ko‘klamga madhiya sifatida yozilgan bu she’r – sof peyzaj lirikasining namunasi. Lekin u shoirning nigohi, tasavvur va tuyg‘ulari mahsuli o‘laroq ijtimoiy mohiyatga egadir.
Xurshid Davronning “Kun sovidi” satri bilan boshlanadigan she’rini kuzga va anduh og‘ushidagi toza ko‘ngilga bitilgan marsiya deyish mumkin. Shoir xazonrezgi kuzni avj nuqtada shaxslashtira olgan. Uch bandlik she’rning boshidagi o‘ta mahzun ohang adog‘iga qadar pasaymay, izchil kuchayib boradi. Bunga kuzgi tabiatning tarovatsizligidan ko‘ra, shoirning ruhiyatidagi huzun ko‘proq sababday:
Kun sovidi,
Barglar sarg‘aydi,
Yo‘laklarda shildirar xazon.
Oy – bevaning chorasiz dardi,
Bolakayning kir ko‘ylagi – tong.
Bu besh qatorning avvalgi uch misrasi tabiat ko‘rinishining, keyingi ikki misra esa shoir ruhiyatining manzarasi. Kuzdagi sovuq yaltiragan oy bevaning chorasiz dardiga mengzalishida hayotiy mantiq borligi rost. Lekin bu mantiqning ildizini tabiatdan emas, shoir ruhiyatidan izlamoq kerak. Deyarli barcha shoirlarda tozalik va poklikning ideal ko‘rinishi tarzida kuylanadigan tongni “bolakayning kir ko‘ylagi”ga o‘xshatish esa, odatiy tasavvurlarni sindirishi bilan kishini shoshirib qo‘yadi. Ammo bu g‘ayrioddiy tasvirda tabiat holatidan kelib chiqadigan ichki mantiq bor.
She’rning ikkinchi bandining dastlabki yarmida tabiat shaxslashtiriladi, ikkinchi yarmida peyzaj tasviri aks etadi: “Ko‘chlarini tugib bo‘g‘chaga Nimanidir kutadi borliq. Qop-qoraygan g‘arib bog‘chaga Chinor sig‘mas – yer qilar torlik”. Bu ko‘chirmadagi ilk satrlarda ko‘chlarini tugib, qaygadir ketish taraddudida turgan kuzning tushuniksiz hadikka to‘la holati o‘ta ta’sirli poetik aks ettirilgan. Ziynatlaridan ayrilgach, g‘arib bo‘lib, kichrayib qolgan bog‘chaga sig‘may borayotgan ulkan chinor holati ifodasi ham tuyumli.
She’rning uchinchi bandi butun asardagi anduhning ildizi qayerdaligini ko‘rsatishi va ko‘lami qandayligini anglatishi hamda bitikning ta’sir kuchini oshirishi jihatidan tengsizdir:
Bargixazon,
Vido fasli bu!
“Xayr!” – deyman pichirlab men ham.
Ammo ketmas
Ko‘ksimdan qayg‘u,
Uchmas qushlar ortidan alam…
O‘qirman kutilmaganda kuz manzarasining bu qadar g‘arib va g‘ambodaligi sababi faslning holati emas, balki qayg‘u va alam iskanjasidagi shoirning kayfiyatida ekanini anglab yetadi. Bu hol uni o‘yga toldirib, lirik qahramonga sherik qiladi, uning dardkashiga aylantiradi va shu yo‘l bilan yuragini bir qadar poklaydi.
Xurshid Davron “Yaylov uzra” so‘zlari bilan boshlanadigan dilbar she’rida ko‘klamgi tabiatning poetik manzarasini chizadi. Shoir peyzajga ijtimoiy ma’no ortishga urinmaydi, borliqning borligining o‘zidagi ma’noni o‘qirmanga anglatishga intiladi:
Yaylov uzra kecha…
Hilol charaqlar…
Oq biya boshini ko‘tarar kishnab –
Ko‘zi yaraqlar…
Yashashdan mast go‘yo
Qirovrang toychoq,
Cheki yo‘q kechani zabt etib borar
Xushbo‘y bir butoq…
Bu misralardagi hilol charaqlashi, toychog‘i borligi sabab baxtdan, uning tinmasligi sabab xavotirdan ko‘zlari yaraqlab kishnayotgan oq biya, yashashdan mast bo‘lib o‘ynoqlagan qirovrang toychoq, tunning cheksiz saltanatini zabt etib borayotgan birgina xushbo‘y butoq kabi bir-biriga unchalar bog‘lanmagan sof manzara ko‘rinishlarining o‘zi teran ijtimoiy ma’noga ega. Chunki bu tasvirlar ortida ushbu manzaralarni ko‘rib, tuyibgina qolmay, mangu muhrlanayotgan ijodkor siymosi turadi.
She’rning keyingi bandida tasvir tobora ingichkalashib boradi. Tasvirning ingichkalashuvi o‘qirman ta’bining ham noziklashuvini taqozo qiladi va u: “Chayqalar kemadek Oppoq na’matak, Xush isli shamollar ko‘ksini teshib Shabnam tomadi…” satrlaridagi go‘zal shartlilikni tuyishga intiladi. She’rxon ilk shabnamning yoqimli o‘t-o‘lan isiga to‘yingan ko‘klam elkini ko‘ksini teshib, maysalarga tomishini ko‘z oldiga keltiradi. Shu bois ham “Yaylov uzra kecha… Bahor… Oy… Adir… Titrab-titrab bo‘yin tomirigacha Otlar o‘tlayotir” satrlari zamiriga joylangan tiriklik, yashash va yasharish madhini anglab yetadi.
Qizig‘i shundaki, bu she’r o‘qib tugatilgach ham tugamaydi. Otning dupuri, maysalar shiviri, toychoqlar kishnashi oy nuridan yaraqlab oqayotgan jilg‘aning mayin shildirashiga aylanib, ko‘ngilda davom etadi. Toychoqning rangi bejizga qirovrang emas: avvalo, u oq biyaning bolasi, ikkinchidan, qish hali ko‘klamga o‘rnini to‘la bo‘shatmagan, ammo qor yog‘dirishga quvvati yetmaydigan paytda qirov tushadi. Chiqning tong ayozida muz zarralariga aylanishidan qirov hosil bo‘lgani kabi toychoq ham hali ot emas, ammo yilqining mohiyati unda mujassam. Rangi onasiday oq emas, lekin ko‘k ham bo‘lmaganidan shoir uni qirovrang ataydi.
Ijodkor ushbu she’rida tabiat manzarasining go‘zalligini satrma-satr kuchaytirib boradi: oydin tun, sukunat, shamol va yilqilardan bo‘lak butun borliq uyquda. Nimaligi noma’lum butoqning gurkiragan isi cheksiz borliqning to‘ldirgan, yilqilar shundan mast. Qop-qora tun go‘yo cheksiz dengiz, ko‘zga elas-elas tashlanayotgan na’matak yelkanlari oppoq kema, shamol uni chayqatib, sayohatga chorlayotganday. Yaylov kechasining tengsiz go‘zalligi, hatto, yilqilarni ham befarq qoldirmagan, ya’ni tanasiga sig‘may borayotgan betakror hislar ularni “bo‘yin tomirigacha” titratib yuboradi. Bu she’r o‘zbek so‘zi vositasida yilqilarning tomirlariga solingan titroqni aks ettira olgani bilan qimmatli.
Xurshid Davron – tuyg‘ularni bezovta etguvchi, sezimlarni ag‘dar-to‘ntar qilishga qodir ruhiy holat va uning sabablarini so‘z bilan chizishga mohir musavvir shoir. Uning biror she’ri ijtimoiy ma’nodan xoli bo‘lmasada, bitiklarida aks etgan biror ijtimoiy dard yalang‘och aytilgan emas.
Shoirning “Savr tuni” she’ri ham shunday asarlardan biri. Xurshid Davron yozga evrilayotgan ko‘klam atributlarini hayratlanarli darajada yaxshi biladi va ularni butun o‘ziga xosligi bilan so‘zga ko‘chira oladi: “Chigirtkalar chirillashida Yoz kelmoqda degan darak bor. Ammo hamon o‘tlar boshida She’rlarini shivirlar bahor”. Oshiq ma’shuqasiga izhori ishq qilgani ko‘klam o‘tlar boshida she’r shivirlashining musiqiy tasviri o‘qirmani lol qoldiradi. Lekin bu hali bor-yo‘g‘i prelyudiya – daromad, xolos. O‘ta jozibali ko‘klamiy bu holat shu qadar omonatki, qattiqroq olingan bir nafasdan uchib ketishi mumkin. Iste’dodli shoir kapalak qanotiday omonat bu lahzani mangulikka shunday muhrlaydi:
Nafasingdan uchib ketguday
Tuyuladi bu she’r, bu surat.
Tomog‘ingga tiqilgan toshni
Yutmoq uchun yetmaydi jur’at.
Shunday damda yurak qa’rida
Yorug‘ hislar uyg‘ona boshlar
Va so‘zlarga aylanar shunda
Tomog‘ingga tiqilgan toshlar.
Xurshid Davron chinakam she’r tug‘ilish kechimini kutilmagan bir batafsillik bilan ko‘zga ilinarli, ko‘ngilga ishonarli qilib tasvirlaydi. Go‘zallikning tengsizligidan kishi tomog‘iga tosh, ya’ni yig‘i tiqiladi. Tabiatning betakror chiroyiga daxl qilib qo‘ymaslik uchun yig‘lab-ku bo‘lmas, aqalli yutinishga ham jur’at yetmaydi. SHe’rda shunday saodatli damlarda yurakda yorug‘ hislar uyg‘onib, tomoqqa tiqilgan toshlar so‘zga aylanishiday silsilali jarayon butun murakkabligi bilan jozibali aks ettirilgan.
So‘nggi bandda tabiat ta’sirida shoir ko‘nglini to‘ldirib, ruhiyatini ko‘targan, qalbiga to‘lqin olib kirgan holat g‘oyat ichkin yo‘sinda: “Hayqiriqdan kuchli bir shivir To‘lib kelib, gurillar qalbing” tarzida ifodalanadi. Shivir bilan hayqiriq, shivir bilan gurillash o‘rtasidagi zidlik, “shivir” degan mayin tushunchaning “kuchli bir” sifatlovchisi yordamida oksyumoronli tasviri she’rga alohida joziba bag‘ishlaydi. She’r oxirida shoir: “Yonib turar oy ham ushbu she’r Uzra xuddi sarlavha kabi”, deb yana tabiatning o‘ziga qaytganday bo‘lsada, aslida oydan ko‘ra o‘z ko‘nglidagi yorug‘likni ifoda etadi. Ko‘kda yonib turgan oyni shu oy tasvirlangan she’rning sarlavhasiga o‘xshatish she’riyat tajribasida ko‘rilmagan topildiqdir.
Xullas Xurshid Davron she’riyatini tahlil qilish jarayonida uning o‘ziga xos uslubini ya’ni poetik obrazlardan foydalanish mahoratini baholi qudrat o‘rganishga urindik.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish