O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzah pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim fakulteti (sirtqi) boshlang'ich umumiy pedagogika fanidan yozgan mustaqil ishi



Download 1,38 Mb.
bet7/8
Sana04.02.2022
Hajmi1,38 Mb.
#430290
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi1

Oliy ta`lim tizimini boshqarish:
O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Maxkamasi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta`limni boshqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta``lim Vazirligihisoblanadi.
Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar beriladi:

  • bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta`lim muasalarini ular bilan ta`minlash;

  • oliy ta`lim yo’nalish va mutaxassislik Klassifikotoriga zarur bo’lganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

  • oliy ta`lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy ta`minotini ishlab chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;

  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari o’quv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;

  • oliy va o’rta maxsus kasb- hunar ta`limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;

  • Ta`lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta`minlash.

Oliy ta`lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shakllarini rivojlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bo’lib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.
Oliy ta`lim muassasalarining boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta`lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi.Davlat oliy ta`lim muassasasi rektori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ta`sischilar tomonidan tayinlanadi.
Oliy ta`lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik rektor zimmasida turadi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta`lim muassasa Nizomiga ko’ra, rektor oliy ta`lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi, mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta`lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.
Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini amalga oshirilishining alohida javobgarligi rektor zimmasiga yuklatilgan.
Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:

  • oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;

  • prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi;

  • ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi;

  • oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;

  • oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;

  • kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;

  • Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.

Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:

  • oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;

  • O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.

Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.
Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi.
Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko’ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko’ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o’xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi.
Oliy ta`lim muassasasi tasdiqlangan ishchilar miqdori va byudjet chegarasida (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar), talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda o’z strukturasini shakllantiradi.
Inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish istiqlol yillarida O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadidir.
Masalan, Davlat dasturining to‘rtinchi bo‘limida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, kadrlarni kasb jihatdan hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlash, ta’lim sifatini yanada oshirish va takomillashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini hayotga tatbiq etish davomida zamon talablariga javob beradigan, barcha jabhalarda mamlakatimizni izchil rivojlantirishni ta’minlash shart-sharoitlariga mos keladigan, butun dunyoda e’tirof etilgan noyob uzluksiz ta’limning milliy modeli yaratildi. Mazkur tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur mustahkam moddiy-texnik baza shakllantirildi, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi, yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlar ishlab chiqildi.
"Obod turmush yili" Davlat dasturida ushbu ijobiy jarayonni yanada rivojlantirish maqsadida 217 umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va 164 tasini kapital ta’mirlash, 159 akademik litsey hamda kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim muassasalarining 45 ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Ularning barchasi kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 55 musiqa va san’at maktabi, 116 bolalar sporti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularni barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari va ularning hududlardagi filiallari optik-tolali aloqaga ega bo‘lib, ular “ZiyoNET” milliy ta’lim tarmog‘i hamda yuqori tezlik bilan ishlaydigan internetga ulangan. Ishga tushirilgan yagona axborot-kutubxona tizimiga 300 mingdan ortiq darslik, qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlariga doir bibliografik ma’lumotlar kiritilgan. 2013-2016-yillarda ushbu bazani 30 mingdan ortiq elektron darslik va kitoblar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan yangi avlod darsliklarini yaratish tizimi shakllantirildi. Ayni paytda ular jami o‘quv adabiyotlarining 99,4 foizini tashkil qiladi. 2013-yilda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining kutubxona fondi 343 nomdagi 600 mingta o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitiladi
Hayotimizning barcha sohasini jadal rivojlantirish mutaxassislar tomonidan zamonaviy bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarni tizimli asosda o‘zlashtirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda. Joriy yilda xalq ta’limi tizimidan 90 ming, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidan 23 ming, oliy ta’lim tizimidan 5,8 ming nafar xodimning malakasi va tajribasini oshirish tashkil etiladi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini masofadan turib oshirish tizimi yanada rivojlantiriladi. Ushbu tizim bugun mamlakatimizning barcha hududida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlarining qator magistrantlari, ilmiy xodim va o‘qituvchilari ilg‘or xorijiy ta’lim muassasalarida tajriba oshiradi. Bularning barchasi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogika texnologiyalarini keng tatbiq etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Joriy yilda “Ta’lim grantlari dasturi”, “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” tanlovlarini o‘tkazish davom ettiriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida va oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan 100 nafar iqtidorli yigit-qizlar uchun kasaba uyushmasi stipendiyalari ta’sis etiladi.
Aksariyati an’anaga aylangan bu tadbirlar mamlakatimizning barcha hududidagi iqtidorli bolalarni aniqlash va ularning ijodini rivojlantirishga xizmat qilmoqda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuqori salohiyatini namoyish etmoqda.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni yanada kengroq ommaviylashtirish maqsadida 2013-yilda qishloq aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Alpomish” va “Barchinoy” hududiy musobaqalari, “Milliy qadriyatlar – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy sport va xalq o‘yinlari respublika festivali, Navro‘z, Mustaqillik bayramlariga bag‘ishlangan umummilliy marafonlar tashkil etiladi. Buxoroda “Universiada – 2013” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Davlat dasturida "Biz barkamol avlodmiz” o‘n kunligi, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Har bir bolaga mehr va e’tibor” haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri- bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
Oliy ta'lim odatda 18-19 yoshdan boshlanadi va kamida 4 yil davom etadi. Ikki bosqichga bo'linadi.Ular oliy ta'lim muassasalari mustaqilligini kuchaytirish, jamoat boshqaruvini joriy etish. O'qishda mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofadan ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqarish hamda o'zlashtirish, ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlashni nazarda tutadi.
Respublika bo'yicha oliy ta’lim muassasalari 2014-yilda jami 75 ta ulardan Universitetlar 19 ta, Institutlar 37 ta, Akademiyalar 2 ta, Filiallar 11 ta, Chet el OTM filiallari 6 tani tashkil etadi ( 1-ilova). Prezident Islom Karimov 2013 yil 11 iyun kuni “O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlariga 2013-2014 o'quv yili uchun qabul haqida” qaror qabul qildi. Qarorga binoan O'zbekiston oliy o'quv yurtlari 2013-2014 o'quv yilida 62,9 mingdan ortiq talabani o'qishga qabul qilindi. Ulardan 56 607 kishi bakalavriat yo'nalishiga qabul qilindi. Shundan 19120 kishi davlat granti asosida (2012/2013 o'quv yilida 19,34 ming) va 37487 kishi shartnoma to'lov asosida qabul qilindi. Magistraturaga esa
Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish