O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

BOSHQARUVNING QONUNIY ASOSLARI 
Mamlakatda ta’lim jarayoni va uni boshqarish «Xitoy Xalq Respublikasining 
ta’lim to‘g‘risida»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining majburiy ta’lim olish to‘g‘risi-
da»gi, «Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim to‘g‘risida»gi, «Xitoy Xalq 
Respublikasining kasbga yo‘naltirilgan ta’lim to‘g‘risida»gi, «Xitoy Xalq 


97 
Respublikasining o‘qituvchilar to‘g‘risida»gi qonunlari «Xitoy Xalq Respublikasi-
da ilmiy darajalar to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma»si bilan boshqarilib, ular bilan bir 
qatorda XXR Davlat Kengashi «Nogironlar ta’limi xususidagi holat», «Ta’limdagi 
muvaffaqiyatlari uchun taqdirlash to‘g‘risidagi holat», «O‘qituvchilar mandati 
xususidagi holat», «Bolalar bog‘chalarini boshqarish haqidagi holat» va boshqa 
(jami 10 ta) turli xil qarorlar asosida amalga oshiriladi. 
Вundan tashqari Ta’lim vazirligining 600 dan ortiq ma’muriy aktlari 
Respublikada zarnon talablari va jahon standartlariga mos keladigan qonun 
hujjatlaridan iboratdir. O‘tgan yili «Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga qo‘shimcha 
ravishda yana 138 ta mahalliy qarorlar qabul qilinib barcha qonunlar nazorati va 
amaldaga ijrosi yuqori mavqega ega tashkilotlar tasarrufidadir. 
Ayni paytda sohadagi barcha qonun hujjatlarining amaldagi faoliyati qattiq 
nazorat ostiga olingan. Aynan shu qonun va qonuniy hujjatlar Xitoyda davlat ta’limi 
yo‘nalishi va sohaning asosiy g‘oyalari ta’lim muassasalarida olib borilishi lozim 
bo‘lgan axloqiy-tarbiyaviy ishlar mezonini belgilab berdi. 
50 yil ichida Xitoy Xalq Respublikasining ta’limi ulkan yutuqlarga erishdi, 
Ayniqsa, so‘nggi 20 yil davomida Xitoyda olib borilgan siyosiy islohotlar va ta’lim 
tizimining ochiqligi ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va albatta, o‘quvchilar 
sonining keskin ortishiga olib keldi.
Bugungi kunga kelib XXRda 1590 ming ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, 
ulardan 860 mingtasi yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, 730 mingta ta’lim muassa-
salari katta yoshdagilar ta’lim olishiga ixtisoslashgan. O‘quv yurtlarida 230 mil-
liondan ortiq o‘quvchilar ta’lim olib, ularga 16 million o‘qituvchilar dars berish-
moqda. 
Xitoy hukumati boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor berib 
kelmoqda. 181100 ta bog‘chada 23,262,600 nafar 3 yoshdan maktab yoshigacha 
bo‘lgan bolalar tarbiyalanib, milliy g‘oyani singdirish, bolajonlarni Vatanga 
muhabbat, xalq ishiga sadoqat ruhida tarbiyalash mudira vazifa qilib belgilab 
qo‘yilgan. 1949 yili mamlakat aholisining 80% savodsiz bo‘lib, shu yildan boshlab
Xitoy hukumati mamlakatda mazkur muammoni tugatish borasida keng ko‘lamdagi 
ishlarni amalga oshira boshladi. Yarim asrdan so‘ng savodsizlar soni 5,5% ni tashkil 
qilib, bular ham 60 yoshdan oshgan qariyalar edi. 
Bugunga kelib hukumat diqqat-e’tiborini maxsus ta’lim rivojiga qaratmoqda. 
Xalq farovonligini oshirish, jismoniy nuqsonga ega odamlar, nogironlarning jami-
yatdan ajralib qolmasliklari hamda ularning intilishlarini rag‘batlantirish maqsadi-
da ochilgan mazkur ta’lim muassasalarining soni ayni paytda 1600 dan ortib ketdi. 
Bu o‘rinda Xitoyda mahalliy aholi bilan birgalikda bir tanu bir jon bo‘lib yashayot-
gan kam sonli millat vakillarming ta’lim olishlari uchun ham barcha sharoitlar 
yaratilgan. 
Xitoydagi 55 ta elatdan 53 tasi o‘z tiliga ega bo‘lib, mamlakatning beshta 
avtonom hududlari-Sintszyan, Tibet, Ninsya, Ichki Mo‘g‘iliston va Nuansisda 12 ta 
milliy universitetlar, 74 ta kasbga yo‘naltirilgan milliy oliy o‘quv maktablari, 3500 
ta milliy o‘rta maktablar va 20 mingdan ziyod milliy boshlang‘ich ta’lim 
muassasalari faoliyat ko‘rsatayotir. 


98 
Shuningdek, hukumat turli xil ko‘rinishdagi ta’lim muassasalari va kurslarini 
ochayotgan jamoat tashkilotlarini ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda 
samarali faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarining bunday ko‘rinishlarida 10 
milliondan ziyod har xil yoshdagi aholi vakillari bilim olmoqdalar. 
Masofadan turib ta’lim olish tizimi Xitoyda 1990 yillardayoq shakllanib 
bo‘lgan edi. Asosan bu teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar 2000 yilga kelib 
Xitoyning barcha hududlariga yetib borgan INTERNET va CERNET bo‘ldi. 
CERNET 1994 yili tashkil topib, ta’lim va ilmiy tekshirishlar tarmog‘i hisoblanadi. 
Aynan shu tarmoq hozirgi kunda 70 ta shahar va 400 ta oliy o‘quv yurtlarini qamrab 
olib, mamlakatda va xorijda qilinayotgan kashfiyotlar, ta’lim sohasidagi 
yangiliklaming tezkorlik bilan tarqalishiga imkon yaratib bermoqda. INTERNET 
orqali masofadan o‘qitish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugunga kelib Xitoyda 30 
ta oliy o‘quv yurtlari o‘z talabalariga ularni mehnat faoliyatlaridan uzmagan 
holda bilim olishlariga ko‘maklashayotir. Xitoy ta’lim tizimining yorqin qirrala-
ridan yana biri, bu - mamlakatda har bir odam hayotining oxirigacha har qanday 
ta’lim muassasalarida o‘qish huquqiga egadir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish