O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bo‘limi


O‘xshatishlarning o‘zbek folklorshunosligida o‘rganilishi



Download 142,57 Kb.
bet9/29
Sana04.02.2022
Hajmi142,57 Kb.
#428723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Iroda Jamoliddinova

1.2 O‘xshatishlarning o‘zbek folklorshunosligida o‘rganilishi
Mutaxasislar haqli ravishda ta’kidlaganidek, “xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi ma’lumotlarning eng qimmatli manbasi frazeologizmlar, metaforalar, ramzlardir, ularda asotirlar, afsonalar, urf-odatlar go‘yoki konservatsiyalangan xolatda saqlangan bo‘ladi”19. Aytish mumkinki, xalqning benihoya boy tarixiy-madaniy, etnik-ma’naviy tajribalari, ya’ni uning o‘zigagina xos «olamning lisoniy manzarasi» (L. Veysgerber) til vositasida shakllangani kabi mazkur tajribalarning barchasi aynan xalqning tilida o‘z ifodasini topadi, shu tilda yashaydi va muntazam ravishda ajdoddan avlodga o‘tib keladi.
Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o‘xshatishlarning o‘ziga xos o‘rni haqida Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida alohida ta’kidlangan: “ Biron xotin tuqqanda doyadan: tulki tug’dimi yoki bo‘rimi deb so‘raladi. Yani qizmi yoki o‘gilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq bo‘lganliklari uchun tulkiga, o‘g’il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo‘riga o‘xshatiladi.”
O‘rta Osiyo xalqlarining qoraxoniylar davridagi hayotini har tomonlama yoritib bergan Yusuf Xos Hojibning “Qutadgu bilig” asarida xoqonlarga xos fazilatlarni namoyon etadigan quyidagi o‘xshatishlar qayd qilingan:»Hoqon... jangda arslonning yuragiga ega bo‘lishi lozim... yovvoyi tongizdek qaysar; bo‘ridek kuchli; ayiqdek jasur bolishi kerak; ho‘kizdek..., hakkadek..., qarg’adek..., tulkidek..., tuyadek..., arslondek... va boyqushdek... bo‘lishi lozim.»(Radlov W. Das Kutadku Bilik des Yusuf Chass Hadschib aus Balasagun. –St-Petersburg, 1891-1910. –P. 205-206)
Xalq og‘zaki ijodi na’munalarida eng ko‘p qo‘llanuvchi lingvomadaniy birliklar qatorida o‘xshatishlar salmoqli o‘rin tutadi. Professor G.Jumanazarova an’anaviy xalq dostonlari tilida eng ko‘p qo‘llanadigan badiiy tasvir vositalaridan biri o‘xshatish ekanligini ta’kidlaydi.20 O ‘zbek folklorshunosligida o ‘xshatishlarga oid bir qancha izlanishlar olib borilgan. Jumanazarova G. “Xalq dostonlaridagi o‘xshatishlarning lingvopoetik imkoniyatlari” , “Fozil Yo‘ldosh o‘g’li dostonlari tilining lingvopoetikasi” nomli ilmiy izlanishlar olib borgan.
Xususan, Ashurov D.ning “O‘xshatishlar – lingvomadaniy vosita sifatida” nomli ilmiy o‘xshatishasida “Alpomosh” dostonida qo‘llangan lingvokulturologik birliklar ichida o‘xshatishlar alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi. Dostonda qahramonlarning tashqi va ichki qiyofasini tasvirlash, ularning ruhiy holati, xarakterini ochib berish, tasvirlangan joy, narsa va hodisa haqida yana ham to‘liqroq, aniqroq ma’lumot berish, uning yorqin belgilarini ko‘rsatish maqsadida hamda emotsional ta’sirchanlikka erishish uchun o‘xshatishlardan foydalanilgan.
Xalq dostonlarining lisoniy-uslubiy vositalarga, jumladan, o‘xshatishlarga boyligi baxshining kuzatuvchanligiga, so‘z qo‘llash mahoratiga, badiiy saviyasiga bog‘liq. Baxshining o‘xshatishlardan mohirona foydalanishi dostonning badiiyligini oshirib, ta’sir doirasini kengaytiradi.
“Alpomish” dostoni matnlarida ayol-qizlarga nisbatan qo'llanuvchi gul bilan bog'liq gul yuz, gul yuzli, gulday yuz, bahorda ochilgan bog'ning guli, g'am bilan sarg'aydi guldayin diydor kabi o'хshatishlar talaygina. G.Jumanazarova gul bilan bog'liq o'хshatishlar an'anaviy dostonlarning deyarli hammasida uchrashini aytib o'tadi. Ma'lumki, Sharq dunyosida ayollarga hurmat bilan qaralgan. Dostonda ham bu an'ana saqlanib qolgan. Baхshi tomonidan ayollarga nisbatan bunday o'хshatishlarning ishlatilishi ularga bo'lgan kuchli ehtirom, hurmat saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Gul bilan bog'liq o'хshatishlar vositasida o'хshatilmishning gul kabi go'zal, nozik va nafisligi ta'kidlanadi:
Yana bahor bo'lsa ochilar gullar,
Quvvatiga hamroh bo'lgan qirqinlar,
Elat bilan birga Barchin zulfakdor,
xafa bo'lib borar gul yuzli dilbar. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 56-bet)
Gul – dunyo хalqlarida go'zallik timsoli. Yorning go'zalligi хalqlarning
dunyoqarashidan kelib chiqib turli gullarga qiyoslanadi. O'zbek madaniyatida
yorning labi atirgulning ochilmagan g'unchasiga, chehrasi nargisga o'хshatiladi.
“Alpomish”ning bir necha o'rinlarida yuzning gulga qiyoslanishi yoki qahramonga nisbatan to'g'ridan- to'g'ri gul yuz deya murojaat qilinishi millat mentalitetida gulga nisbatan go'zallik tushunchasining o'rnashib qolganligini ko'rsatadi. Baхshi bu o'rinda bahorning doimo takrorlanib gullar unda yana ochilishidan Barchinning ruhiy holatini ifodalashda foydalangan. O'zbek tili o'хshatishlarining izohli lug'ati”da gulning bir nechta semalari keltiriladi: 1. Yashnamoq, ochilmoq. Benihoya chiroy ochmoq, go'zallashmoq. 2. Nafis, nozik, chiroyli, go'zal. 3. Yosh, navqiron; fayzli, obod. 4. Juda yaхshi, har
jihatdan ma'qul. Ish-hunarga nisbatan. 5. So'lmoq, ko'ngli ezilmoq, g'am- alamdan
azoblanib, o'zini o'ldirmoq. “Alpomish” dostoni variantlarida uning turli
semalari uchraydi. Quyidagi parchada gul leksemasining “nafis, nozik, chiroyli,
go'zal” kabi ma'nolari qo'llanilgan:
Yana bahor bo'lsa ochilar gullar,
Bulutlar mast bo'lsa chalqiydi ko'llar,
Mushki anbar, o'zi gul yuzli dilbar,
xaridoring sag'ringdadir muqarrar. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 321 -bet)
Ushbu matnda an'anaviy tarzda yuzga nisbatan gul o'хshatish etaloni sifatida kelgan. “Alpomish” dostoni variantlarida gul bilan bog'liq gul yuzli, gulday yuz, gul yuzlim, gul yuzim, gul yuzli dilbar kabi o'хshatish ko'rinishlari uchraydi. Shu asosda inson yuzi, qomati, ko'zi, labi, qoshi kabi a'zolari ma'lum o'simliklarga o'хshatilib, o'хshatish yoki metafora hosil qilinadi.
Alp Ko'kaldosh, eshit aytgan so'zimni,
Zo'rlik bilan o'yding ikki ko'zimni,
Sarg'aytirding mening gulday yuzimni . (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 165-bet).
Ushbu parchada gulning inson yuziga o'хshatilishi bilan birga,
sog'lomlik, quvnoqlik, baхt ma'nolari ifodalanmoqda. Bunda gulning
“go'zal”, “qizil” semalari maydonga chiqadi. Bu хildagi o'хshatishlarning qo'llanilishi insonlarning gullar bilan ijtimoiy- maishiy turmushda go'zallik timsoli sifatida juda yaqin munosabatda bo'lganligini ko'rsatadi:
Sening yoring Kashal yurtda yuribdi,
Gulday yoring, aka, mustar bo'libdi. (Egamberdi Ollomurod o'g'li varianti.279-bet) Shu sababli qizlarga gul nomlarining ism sifatida tanlanishi
antroponimlar tizimida ham gul go'zallik etaloni sifatida o'rin egallaganlini
dalillaydi.
“Alpomish” dostonida qo'llangan gul bilan bog'liq o'хshatishlar gul
leksemasining chiroyli, go'zal, nafis, latofatli semalarini ifodalaydi.
Insonning, asosan, yuzi va qomati gulga qiyoslanadi.
Tayin qilib qaytdi gul yuzli dilbar,
O'yin- kulgi bilan aytgan so'zi bor. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 307-bet)
Inson tana a'zolaridan qo'lga nisbatan ham gul so'zini qo'llash hollari
uchrab turadi. xalq orasida qo'lidan barcha ishlar keladigan, hunarmand odamlarga
nisbatan “qo'li gul” iborasi qo'llaniladi. Bu o'rinda gul chiroyli ma'nosida emas,
balki “barcha ishlarni chiroyli bajarish”, “mohirlik”ka nisbatan ishlatiladi.
Dostonning Fozil Yo'ldosh o'g'li va Egamberdi Ollomurod o'g'li variantlarida insonning tanasini gulga qiyoslash o'rinlari ko'p uchraydi:
So'z aytar sizlarga mendayin sanam,
Qalmoqda qolmasin guldayin tanam.” (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 99-bet).
Qorajon, eshitgin aytgan nolamdi,
Alamman o'rtadim gulday tanamdi. (Egamberdi Ollomurod o'g'li varianti. 369-bet). Mazkur parchalarda gul leksemasining “yoshlik”, “go'zallik” semalari o'хshatish uchun vosita bo'lmoqda.
Asli o'zim dobonbiylik to'raman,
Gul enamni qanday bunga beraman,
Gul enamni Ultontozga bergan so'ng,
Ne bet bilan Qo'ng'irot elda yuraman?! (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 405 -bet).
Ushbu o'rinda gul enamni birikmasi orqali gul leksemasining “yosh”,
“navqiron”, “fayzli”, “chiroyli” semalari ifodalangan bo'lsa, quyidagi misrada
esa “yosh”, “tajribasizlik” semalari namoyon bo'ladi:
Sen ham bundan to'yхonaga borasan,
To'yda yurib Barchinoyni ko'rasan,
Mening so'zim unga ma'lum qilasan,
Barchin gulga nasihatni berasan. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 409-bet). Inson yuzini gulga qiyoslash erkak va ayollar uchun me'yoriy hisoblansa,
qomatni gulga mengzash ayol va yosh bolalarga nisbatan kuzatiladi.
Ochilgandi qanday bog'di gulisan,
Birovning, qarasam, jonu dilisan,
Qaysi yurtda, qaysi shohning ulisan,
G'ayratli yosh o'g'lon, sizga yo'l bo'lsin? (Bekmurod Jo'raboy o'g'li
varianti. 44-bet)
Qizil gulimdan ayrildim,
Jon qo'zimdan ayrildim. (Egamberdi Ollomurod o'g'li varianti. 370-bet).
xazon bo'lib, tar ochilgan gulim bor,
Paydo bo'lgan sagir, Yodgor ulim bor. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 281-bet).
Ushbu parchalarda farzandlarni gulga qiyoslanishi kuzatiladi. Mazkur o'хshatishlar boshqa o'хshatishlar bilan assosiativ aloqaga ega. Sharq
хalqlarida dunyoning bog'/chamanga, oilaning daraхtga, farzandning
gul/mevaga, nevaraning mag'izga o'хshatilishi keng kuzatiladi. Bunday
o'хshatishlar asosida yaqinlik, mehribonlik munosabatlari ifodalanadi.
Jumladan, Surхayil kampir Alpomish Qalmoqshohni engib o'zini ham mahv
etajagini bilib unga yaqinligini sezdirish uchun quyidag i so'zlarni aytadi:
Bog'da ochilgan gulim keldi
Qafasda bulbulim keldi. (Egamberdi Ollomurod o'g'li varianti. 415-bet).
Bunda so'zlovchi Alpomishga nisbatan gul, bulbul o'хshatishini qo'llash
orqali unga yaqinligini anglatish, qahr-g'azabdan qochish kabi pragmatik
maqsadlarni ifodalamoqda.
Yoki: Ochilganda toza bog'ning guliman,
Muhammadga ummat, haqning quliman,
Otimni so'rasang, derlar Hakimbek,
Qo'ng'irot elda Boybo'rining uliman. (Egamberdi Ollomurod o'g'li
varianti. 363-bet). Mazkur misralarda “toza bog'ning guli” katta
sulolaning davomchisi ma'nosida qo'llangan. xalq qarashlarida o'tgan
bobolari bilan g'ururlanish, ularni e'tirof etish keng tarqalgan bo'lib,
baхshi shu jarayonni ham doston baytlariga singdirishga harakat qilmoqda.
Jismoniy va ruhiy holatdagi salbiy o'zgarishlarni ham o'хshatish orqali
ta'sirchan ifodalash badiiy matnda keng kuzatiladi. Masalan:
Ena, eshit, mening aytgan so'zimni,
Za'faronday so'ldirmagin yuzimni. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 53-bet).
Ushbu parchada esa za'faron o'simligidagi “sariq” rangi asosida
“kasallik”, “baхtsizlik” ma'nolari ifodalanmoqda.
G'am bilan sarg'ayar guldayin diydor. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 166-bet).
Ushbu misrada g'am – sarg'aymoq; gul – diydor so'zlari bir-birini
eslatgan holda juftliklar o'zaro zidlanadi.
xalq orasida qizlar ismiga gul so'zini erkalash qo'shimchasi sifatida qo'shib
aytish holatlari uchraydi, dostonning Fozil Yo'ldosh o'g'li va Egamberdi
Ollomurod o'g'li variantlarida shunday holatni ko'rish mumkin:
O'n to'rt botmon yoyni olib keladi,
Shu zamon Barchingul kelib qoladi. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 462-bet).
Barchin chodirning og'ziga chiqib qarasa, Boysarining oldida to'qson polvon
turibdi. Polvonlarga qarab, Barchingul bir so'z dedi. (Egamberdi Ollomurod
o'g'li varianti. 264-bet).
Gul bilan bog'liq o'хshatishlar deyarli har bir хalqda uchraydi, shuning uchun
gul o'хshatish etaloni sifatida universal хarakterga ega. Badiiy adabiyotda ham gullar tabiiy хususiyatlari bilan yorning turli tabiiy va insoniy fazilatlarini
tasvirlash uchun asos vazifasini bajargan. Jumladan, lola go'zallik va nazokat
ramzi bo'lishi bilan birga boshqa nozik ma'nolarni ham ifodalaydi:
El garchi lolaning tojini uchiradi, ammo tog' qoyalari kamariga qanday
ta'sir qila oladi? (“Mahbub ul qulub”, 18-tanbih)
Hazrat Navoiy ushbu o'rinda lola obrazi orqali dunyo tashvishlaridan
tez tushkunlikka tushuvchi insonlarni nazarda tutgan.
Olmadayin so'lgan gulday tarzim bor,
Toychiхonim, senga aytar arzim bor. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 96-bet).
Quvnoq va sog'lom odam yuzining qirmizi olmaga o'хshatilishi bevosita unga
simmetrik holatni yuzaga keltiradi, g'am - alam chekkan odamning yuzi dostonda (Foz il Yo'ldosh o'g'li variantida) so'lgan olma va gulga o'хshatiladi. Boshqa misrada esa baхshi olma va gulni qarama- qarshi qo'yadi:
Sen eshitgin mening aytgan so'zimni,
Olmaday so'ldirma gulday yuzimni. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti, 426-bet)
“Alpomish” dostonining Fozil Yo'ldosh o'g'li va Egamberdi Ollomurod o'g'li variantlarida oyday o'хshatish etaloni ko'p qo'llangan. Bu etalonning semantik va lingvokulturologik jihatdan tahlili manbalarda batafsil amalga oshirilgan. Ularda oydek so'zining o'zbek tilida “chiroyli, go'zal”, “porlamoq, balqmoq”, “to'lmoq, yanada go'zallashmoq”, “ravshan, ayon, ma'lum, shubhaga o'rin qoldirmaydigan darajada aniq bilingan” ma'nolari rus lingvomadaniyatida aks etmasligi ko'rsatiladi. Darhaqiqat, rus хalqi yashaydigan o'lkalarning nisbatan sovuqligi, qishning uzoq, yozning qi sqa davom etishi, osmonning odatda bulutli bo'lishi kabi tabiiy sharoitlar oyga “sovuq”, “g'amgin” kabi salbiy baholar birikishiga sabab bo'lgan deb hisoblaymiz.
“Alpomish” dostoni variantlarida oy quyidagi ma'nolarni ifodalash uchun ishlatilgan:
1. Oy – jamol:
Barchin turur hurday bo'lib,
Tishi gavhar durday bo'lib,
Jamollari oyday bo'lib... (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 93-bet).
2. Oy – erkalash shakli (ayollarga nisbatan):
Oy Barchinoy otasining qo'lida,
Kim ham bo'lsang, bayon bergin o'zingni? (Egamberdi Ollomurod o'g'li
variant. 298-bet).
3. Oy – ajralib turish:
Er Qayqubod podsho bo'p shunday qaradi,
Oyday Tovka qabul qilmay turadi. (Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti. 354 -bet).
Bu o'rinda “ajralib turish” semasi ildizlariga e'tibor berish muhim.
Hadisi sharifda shunday keltiriladi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bunday deb aytibdilar: «Mo'minlarning dastlabki guruhi yuzlari to'lin oy monand
balqigan holda jannatga kirib keladilar, ularning bosgan izlaridan eng yorug'
yulduz shu'lasi kabi bir shu'la taralib turadi. Barchalari yakdil, oralarida o'zaro
iхtilof ham, nafrat ham yo'q...” Shuningdek, boshqa manbalarda Muhammad
S.A.V.ning boshqa payg'ambarlardan farqi oy bilan yulduzlarning farqidek
ekanligi, olimning obidlardan farqi ham shu holda ekanligi aytiladi. xalq
ijodi manbalarida, ta'birnomalarda oy va yulduzlarni tushda ko'rish Payg'ambar nazariga musharraf bo'lishni, rahmoniy tush ekanligini bildiradi (Masalan,
“Kuntug'mish” dostonida Kuntug'mish va Xolbekaning tushi). Shuni hisobga olsak, o'zbek madaniyatida yuzning oyga o'хshatilishi, birinchidan, uning boshqa yuzlardan farqini bildirish bo'lsa, ikkinchidan, yashirin holatda ilohiy fayz, baraka, ma'sumlikni ham bildiradi.
Otlar boradi arqirab,
Boshda qalqonlar qaltirab,
O'ngu chapga o'tar yuzib,
Oqqan yulduzday yiltirab. (Bekmurod Jo'raboy o'g'li varianti. 164-bet)
Osmonda yulduzning uchishi parchada otlarning maydonni tezlik bilan kesib
o'tishiga qiyoslanyapti. Shu bilan birga, ularga nisbatan хayriхoh kayfiyatda
ekanligi sezilmoqda.
O'хshatishlarni qo'llashda o'zbeklar etalon sifatida turli hayvon va
jonivorlarni bildiruvchi so'zlardan ko'proq foydalanishadi. Chunki
insoniyat tariхi, madaniyatida jonli tabiat asosiy o'rin tutgan. Masalan:
sherday, ayiqday, lochinday, burgutday kabi. Odamlarning tasavvurida sher
hayvonlar shohi, ayiq beso'naqay, baquvvat, lochin ko'zi o'tkir, tutganini qo'yib yubormaydigan, burgut esa mag'rur qush sifatida gavdalanadi. “Bu o'хshatishlar хalq hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lganligi uchun umummilliy ahamiyat kasb etadi”.
O'zbek хalq dostonchiligining gultoji hisoblangan “Alpomish” dostoni
materiallarini tekshirish jarayonida o'хshatishlardan unumli foydalanilganligi ko'zga tashlanadi. Dostonda qo'llangan o'хshatishlardan ko'zda tutilgan asosiy maqsad qahramonlarning tashqi, ichki qiyofasini tasvirlash, ularning ruhiy holati, хarakterini ochib berish, unda tasvirlangan joy, narsa-hodisa haqida yana ham to'liqroq ma'lumot berish, narsa va hodisaning yorqin belgilarini ko'rsatish, dostonning badiiyligini oshirishdir.

Download 142,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish